Agrokimyo va tuproqshunoslik



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Relyefi.
Yevropa qismida asosan tekislik va ancha past balandlikdan iborat 
bо‘lib, bu territoriyada daryo vodiylari va darasoylar, jarliklar bilan bulinib ketgan 
maydonlar ham ancha. 
Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar asosan turli mexanik tarkibli lyoss va 
lyossimon qumoqlardan iborat. 
О‘rmon dasht va dasht zonasi tuproq paydo qiluvchi jinslarining о‘ziga xos 
xususiyati karbonatli bо‘lishidir. 
О‘simliklari utmishda о‘rmon-dasht zonasining tabiiy о‘rmon uchastkalari 
dasht о‘tloqlarining almashib turishi bilan xarakterlangan (YE.M.Lovrenko). 
Dasht zonasi turli о‘tchil kovil va tipchokli kovil dasht о‘simliklaridan 
iborat (.rasm). Birinchi gruppa о‘simliklar orasida chim hosil qiladigan utkir bargli 
gallasimonlar - kovillar (Stipa stenophulla, S. Capillata), tipchok (Festuca Sullata), 
dasht sulisi (Helictotrichon desertorum) tarqalgan bо‘lib, ular bilan shalfey, 
sebarga, kolokolchik singarilar aralashgan. 
Tipchok - kovilli dashtlarda uncha Qalin va xilma-xil bо‘lmagan 
о‘simliklardan past buyli patsimon kovillar (S. Lessingeana), tirsa (S.capillata), 
tipchok (Festika suleata),jitnyak (Agropyrum pect niforme),iloklar (Carex 
stenophylla) asosiy rol о‘ynaydi. Tipchokli kovil о‘simliklari dashtlarida efemer 


176 
va efemeroidlar ham keng tarqalgan.Shuningdek, nam kam bо‘lgan joylarda 
shuvoklar (Artemisia austriaca) usadi. 
Xozirgi vaqtda qora tuproqli maydonlarning asosiy qismi xaydab 
yuborilgan. Tabiiy о‘simliklar faqat ayrim uchastkalarda (balkalar, kiya 
yonbag‘irlarda, kurikxona maydonlarida) gina saklanib kolgan. 
2. Qora tuproqlar zonasi Rossiyaning asosiy gallachiliq о‘lkasi bо‘lganligi 
sababli, aksariyat olimlarning tadkikotlari ham ana shu tuproqlarda olib borilgan. 
V.V.Dokuchayev qora tuproqlarni xar tomonlama va batafsil urganib "Rus qora 
tuproqlari" (1883) asarini yaratgan va unda qora tuproqlarning paydo bо‘lishi 
xakidagi kator yangi ilmiy goyalarni bayon kildi. 
Qora 
tuproqlarning 
kelib 
chiqishi 
xakidagi 
dastlabki 
nazariya 
M.V.Lomonosovning "Yer qatlamlari xakida" (1763) asarida aks etgan bо‘lib, 
unda olim qora tuproqlar birinchi materiya bulmay, balki о‘simlik va xayvonot 
organizmlari qoldiqlarining vaqt utishi bilan chirishidan hosil bо‘lgan tabiiy jism 
deb ta’riflaydi. 
Qora tuproqlarning kelib chiqishi tugrisida keyinchalik yaratilgan kо‘plab 
faraziya va nazariyalarni kuyidagi, ya’ni qora tuproqlarning dengizlardan kelib 
chiqishi faraziyasi, qora tuproqlarning botqoqliklardan hosil bо‘lishi xakidagi 
nazariya va uning quruqlikdagi о‘simliklardan kelib chiqishi xakidagi nazariya 
kabi uch gruppaga ajratish mumkin. 
Qora tuproqlarning dengizlardan hosil bо‘lishi xakidagi faraziyaga kо‘ra 
qora tuproqlar bir vaqtlar suv bosib turadigan tekis dengiz sohillarida tо‘plangan 
chо‘kindilar va ayniqsa Qora dengiz va Kaspiy dengizi chekingach, undan chukib 
kolgan turli loykalardan paydo bо‘ladi. 
Qora tuproqlarning paydo bо‘lishini geologik nuktai nazardan 
tushuntiriladigan bu gipoteza, xozirgi vaqtda faqat tarixiy ahamiyatga ega. 
Qora tuproqlarning botqoqliklardan kelib chiqishi xakidagi nazariya 
paleontolog I. E. Eyxvald tomonidan uning "Rossiya poleontologiyasi" (1852) 
asarida bayon etilgan bо‘lib, mashxur geolog I. D. Borisyak bu fikrlarni kо‘llab 
kuvvatlaydi. Ancha keyin V. R. Vilyams bu nazariya asosida, о‘zining qora 
tuproqlar torfli botqoqliklarning kurishidan hosil bо‘lgan degan fikrini aytadi. 
Qora tuproqlarning quruqlikdagi usimlilardan kelib chiqishi xakidagi 
nazariya M. V. Lomonosov (1763), R. German (1836), F. I.Ruprext(1866), P.A. 
Kostichev, V.V. Dokuchayev va boshqa olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. 
P.A.Kostichev о‘zining “Rossiya qora tuproqli viloyatlarining tuproqlari” 
(1886) asarida qora tuproqlardagi chirindining tо‘planishida ut о‘simliklar ildiz 
sistemasining muxim ahamiyatga ega ekanligini kursatdi. 


177 
Qora tuproqli dashtlarda о‘simliklar ostida koladigan moddalarning biologik 
aylanishiga doir tо‘plangan xozirgi zamon materiallari qora tuproqlarning hosil 
bulish moxiyatini tо‘liqrok tushunish imkonini beradi. 
Qora tuproqli dashtlardagi tabiiy о‘simliklar xar yili yerda kо‘plab organik 
massa koldiradi.Uning umumiy miqdori 100 -200 s/ga, yoki barcha biomassaning 
40-60 foizini tashkil qiladi. Yerga tushadigan va tuplanadigan organik 
qoldiqlarning 40-60 foizi о‘simliklarning ildizlaridan iborat. Yer yuzasida va 
ildizlar xisobida tuplanadigan organik massa tarkibidagi kо‘l moddalari о‘tloq-
dasht о‘simliklarida kо‘p bо‘lib, 7-8, igna bargli о‘rmonlarda esa 0,7-1,7 va 
yaproklik о‘rmonlarda 1,6 - 7,5 foizni tashkil etadi (Bazilevich, 1962). 
Shuningdek, о‘tloq - dasht о‘simliklarining qoldiqlarida azot miqdori ham eng 
kо‘p (1-1,4 foiz) bо‘ladi. 
Qora tuproqli dashtlarning о‘simlik qoldiqlari kо‘l elementlari va azotga boy 
xdmda uning umumiy massasining kо‘p bо‘lishi tuproqda x,am bu elementlarning 
maksimal mikdorda tuplanish imkonini beradi. jumladan, azot va kо‘l elementlari 
ignabargli о‘rmonlar ostida xar yili 30-40 kg/ga tuplanadigan bulsa, quruq 
dashtlarda (kashtan tuproqlarda) 200-250 kg/ga, qora tuproqli dasht о‘simliklari 
sharoitida esa bu kursatkich 600-1400 kg/ga ni tashkil etadi. 
Demak, qora tuproqlar hosil bо‘lishidagi moddalarning biologik 
aylanishining muxim xususiyati - о‘simlik qoldiqlari bilan birga xar yili tuproqqa 
tushadigan azot va kо‘l moddalarining kо‘p tо‘planishidir. 
О‘simlik qoldiqlarining chirib, parchalanishi va gumusga aylanishi ham 
ishqoriy reaksiyada, xavo yaxshi kirib turadigan, namlik mо‘tadil bо‘lganda va 
о‘simlik qoldiqlari oksilli azot moddalar va asoslar bilan boyigan sharoitda, yaxshi 
kechadi. Tuproqda tuplanadigan gumus miqdori, gumus qatlamining qalinligi, 
karbonatlarning tо‘planishi, tuproqdagi namlik, suv va issiklik rejimlarining 
shakllanishida shu maydondagi tabiiy-iqlim sharoitlari muxim rol о‘ynaydi. 
Qora tuproqlarning hosil bо‘lishidagi zonal va fassial xususiyatlariga kо‘ra 
tuproqlar asosiy belgilarining ifodalanish darajasi ham konuniy ravishda uzgaradi. 
qora tuproqlar uzlashtirilib, foydalanilganda kator uzgarishlar rо‘y beradi. 
Jumladan, xaydalma qatlamning strukturasi ancha bо‘ziladi, gumus va azot qisman 
kamayadi. kishlok xujaligida yerlardan foydalanishning birinchi yilida bu oziq 
moddalar kamayishining miqdori ayniqsa kо‘proq bо‘ladi, keyinchalik gumus 
miqdori, nisbatan barqarorlashadi. 
Maxalliy, organik о‘g‘itlardan muntazam va samarali foydalanish gumus 
miqdori kamayishining oldini olish imkonini beradi. 


178 
Qora tuproqlarni xar toionlama urganish natijasida tо‘plangan materiallar 
xozir qora tuproqlar tipini kuyidagi tipchalarga va avlodlarga bulish imkonini 
beradi 
Barcha qora tuproqlar kator belgilari asosida turlarga ajratiladi: jumladan, 
gumusli gorizont (A +V) ning qalinligiga kо‘ra: gumusli qatlami juda Qalin (> 120 
sm), Qalin (120 -180 sm), о‘rtacha Qalinlikdagi (80-40 sm), kam Qalinlikdagi (40-
25) va juda kam Qalinlikdagi (yupka) (<25 cm); qora tuproqlarga: gumus 
miqdoriga qarab: kо‘p gumusli (>9); о‘rtacha gumusli (9-6), oz gumusli (6-4) va 
juda oz gumusli (4 foizdan kam) qora tuproqlarga ajratiladi. Bundan tashkari qora 
tuproqlar kushimcha jarayonlarning ifodalanishi darajasiga kо‘ra (kam, о‘rtacha, 
kuchli ishqorsizlangan, kam, о‘rtacha, kuchli shurtoblangan kabi) ham turlarga 
bulinadi. 
Qora tuproqlar tipchalarining geografik tarqalishida muayyan konuniyat 
kuzatiladi. Shuning uchun qora tuproqlar zonasi shimoldan janubga qarab: 
podzollashgan va ishqorsizlangan qora tuproqlar, tipik qora tuproqlar, oddiy qora 
tuproqlar va janubiy qora tuproqlar kabi zonachalarga ajratiladi. 
Podzollashgan qora tuproqlar. Bu tipchada qora tuproqlarning morfologik 
belgilaridagi eng muxim farq - ular gumusli gorizontida podzollanish jarayonining 
qoldiq 
alomatlarini 
ifodalovchi 
kremnezyomning 
kukunsimon, 
oqish 
sochilmalarining bо‘lishidir. Tuproq profilining gumusli A gorizonti sur buzgish, 
kamdan - kam tо‘q tusli sur kо‘lrang. B - gorizonti ancha och sur tusli bо‘lishi 
bilan xarakterlanadi. 
Karbonatlar gumusli gorizontdan ancha pastda (odatda 1,3 - 1,5 m dan 
chukurda) bо‘ladi. Shuning uchun podzollashgan qora tuproqlarning gumusli 
qatlami ostida karbonatlardan yuvilgan qо‘ng‘ir yoki kizgish-qо‘ng‘ir rangli 
yongoksimon yoki prizmatik stо‘qturali illyuvial gorizont joylashgan. Bu gorizont 
asta-sekin karbonatli yangi yaralmalar tо‘plangan qatlamga utadi. Podzollashgan 
qora tuproqlar: oddiy, kuchsiz differensiyalashgan, zichlashgan (kuyma) va 
karbonatsiz qora tuproqlar kabi avlodlarga bulinadi. 
Ishqorsizlangan qora tuproqlar. Bu tuproqlarning podzollashgan qora 
tuproqlardan farqi, uning gumusli gorizontida kremnezyomning kukunsimon 
sochilmalari bо‘lmasligidir. A - gorizonti tо‘q tusli sur yoki qoramtir rangli bо‘lib, 
g‘ovak qovushmali donador- uvokli strukturaga ega. Qalinligi 30-40 dan 40-50sm 
gacha va undan pastda 70-80 sm Qalinlikdagi B gorizonti joylashgan. 
Ishqorsizlangan qora tuproqlarning B
1
gorizont ostida karbonatlardan 
yuvilgan (ishqorsizlangan) B2 gorizontining bо‘lishi xarakterli. Bu gorizont 
yaxshi ifodalangan qо‘ng‘ir tusli, gumusli oqmalari va primazkalarning yaxshi 
ifodalanishi, yongoksimon- prizmatik yoki prizmatik strukturasi bilan ajralib 


179 
turadi. Bundan pastda BC yoki C gorizonti anik ifodalanib, oxakli-mogorli 
karbonatlarning tо‘planishiga qarab, uni oson ajratish mumkin. Oddiy, kuchsiz 
differensiyalashgan, karbonatsiz, chukur gleyli, zich (kuyma), ishqorsizlangan 
qora tuproqlar kabi avlodlarga bulinadi. 
Tipik qora tuproqlar. Odatda chukur gumusli (90-120sm va undan ortik) 
profilga ega va gumusli gorizontida karbonatlar mitsellasi yoki oxak naychalari 
xolidagi yangi yaralmalarning bо‘lishi bilan xarakterlanadi. Karbonatlar kо‘pincha 
60-70sm chukurlikda joylashadi. Morfologik jixatdan batafsilrok xarakterlash 
maksadida gumusli A gorizonti о‘zining rangiga kо‘ra 2 gorizontgacha:AB
1
va B
1
ga ajratiladi. 
AB
1
gorizonti tо‘q sur tusli, uning pastki qismi kuchsiz qо‘ng‘ir bо‘lib, 
tovlanadi. B
1
- yaxshi ifodalangan qо‘ng‘ir tusli gorizont xisoblanadi. AB
1
gorizontining pastida yoki kо‘pincha B
1
gorizontida karbonatli yaralmalar yaxshi 
kurinib turadi. B
2
(BC) gorizontida va undan ostki jinslarda mitsella shaklidagi 
karbonatlar, oxakli naychalar yoki "turnachalar" shaklidagi yangi yaralmalar 
uchraydi. 
Tipik qora tuproqlar: oddiy, karbonatsiz, chukurdan kaynovchi karbonatli va 
solodlashgan singari avlodlarga ajratiladi. 
Dasht zonasining qora tuproqlari. Dasht zonasida oddiy va janubiy qora 
tuproqlar tarqalgan. Bu zona qora tproklari shurtoblar kampleksi bilan 99 mln 
gektarni tashkil etadi. 
Oddiy qora tuproqlar A- gorizonti 30-40 sm bо‘lib, tо‘q tusli - sur yoki qora 
rangli, yaxshi ifodalangan donador va uvokli - donador strukturali. Bu gorizont 
asta - sekin, qо‘ng‘ir tusli yoki tо‘q sur tusli va uvokli, uvokli - prizmatik 
strukturaga ega bо‘lgan, B1 - gorizontiga utadi. Oddiy qora tuproqlarda gumusli 
qatlam qalinligi, kо‘pincha 65-80 sm ni tashkil etadi. 
B1 gorizontidan pastda gumusli oqmalar bо‘lgan B2 gorizonti joylashgan 
bо‘lib, aksariyat xolda bu illyuvial - karbonatli gorizontga tugri keladi yoki 
osongina B
k
- karbonatli gorizontga utadi. 
Karbonatlar ok kuzanaklar shaklida bо‘lib, shu xususiyati bilan boshqa 
tipchalardan farq qiladi. 
Oddiy qora tuproqlar: oddiy, karbonatli, shurtobsimon, chukurdan 
(karbonatlar ta’sirida) kaynovchi, yaxshi differensiyalashgan (tabaqalashgan) va 
solodlashgan qora tuproqlar singari avlodlarga bulinadi. 
Janubiy qora tuproqlar. Dasht zonasining janubiy qismini egallaydi hamda 
bevosita tо‘q tusli kashtan tuproqlari bilan chegaralangan. 
A gorizonti 25 -40 sm Qalinlikda bо‘lib, tо‘q sur yoki tо‘q tusli qо‘ng‘ir 
(kо‘pincha jigarrang toalanadi) , uvokli strukturaga ega. 


180 
B
1
gorizonti yaxshi ifodalangan jigarrang qо‘ng‘ir tusli va uvokli prizmatik 
strukturalidir. Gumusli qatlam (A + B
1
) ning umumiy qalinligi 45-60 sm ni tashkil 
qiladi. 
Illyuvial karbonatli gorizontida, kо‘pincha karbonatlardan iborat ok 
kuzanaklar yaxshi ifodalangan. Kislota ta’sirida kaynash chizigi V
1
gorizontdan 
pastda yoki gumusli gorizont chegarasida joylashgan. 
Janubiy qora tuproqlarning 1,5 - 2m chukurligida mayda kristallar (odatda 
noziq tuproq bushliklarini tuldirib turadi) shaklidagi gips saklangan. Bu 
chukurlikda ba’zan suvda oson eriydigan tuzlar ham tо‘plangan. Janubiy qora 
tuproqlar: oddiy, shurtobsimon, karbonatli, chukurdan kaynovchi, kam 
differensiatsiyalashgan (tabaqalashgan) va solodlashgan qora tuproqlar kabi 
avlodlarga ajratladi. 
Karbonatli, shurtobsimon va shurxoksimon tuproqlar oddiy qora tuproqlarga 
nisbatan, bu yerda kо‘proq tarqalgan. 
Mexanik va mineralogik tarkibi. Qora tuproqlarning mexanik tarkibi ona 
jinslar tarkibiga kо‘ra xilma-xil. Og‘ir qumoq va soz tarkibli xillari kо‘proq 
uchraydi. Tipik, oddiy va janubiy qora tuproqlar profilida mexanik elementlar 
deyarli tekis tarqalgan. Podzollashgan va qisman ishqorsizlangan qora tuproqlarda 
hamda shurtoblangan va solodlashgan qora tuproqlar profilining pastki qismida 
<0.001 mm li loyka (il) zarrachalari ancha kо‘p bо‘lishi mumkin. 
Yuqori dispers shakldagi minerallar tuproq profilida ancha tekis tarqalgan 
bо‘ladi. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish