Agrokimyo va tuproqshunoslik



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Kimyoviy tarkibi. Qora
tuproqlar uchun uning gumusga boyligi, gumusli 
gorizontda о‘simliklar uchun zarur oziq elementlar (N.P.K, mikroelementlar)ning 
kо‘p saklanishi, tuproq profili bо‘yicha mineral qismi umumiy, kimyoviy 
tarkibining nisbatan ancha bir xilligini, karbonatlarning illyuvial gorizontda 
tо‘planishi va shuningdek suvda oson eruvchan tuzlardan yuvilganligi kabi 
xususiyatlar xarakterli. 
Gumus tuproq profili bо‘ylab, asta-sekin kamayib boradi (bu о‘simliklar 
ildizining tarqalishi bilan bog‘liq).Qora tuproqlarning gumusi tarkibida 
fulvokislotaga nisbatan gumin kislotasining kо‘p bо‘lishi xarakterli(S
tk
-Sf
k
1,5-2) 
Gumus miqdori tuproq paydo qiluvchi tabiiy sharoitlarga va tuproqlarning 
mexanik tarkibiga bog‘liq. Jumladan, soz va og‘ir soz mexanik tarkibli tipik, oddiy 
va ishqorsizlangan qora tuproqlarda gumus ancha kо‘p (3-12 dan 15 foizgacha) 
saqlanadi (36- rasm). 
Gumusga qarab azot miqdori ham (0.2- 0.7 foizgacha) uzgaradi. Gumus 
tarkibida 5-7 foizgacha azot saklangan bо‘ladi. 


181 
Fizik- kimyoviy xossalari. Qora tuproqlarda gumusning kо‘pligi, biogen 
kalsiyning intensiv xarakati va boshqa sabablarga kkra kо‘ra bu tuproq singdirish 
kompleksi yuqoriligi (30-70 mg.ekv)ning, asoslar bilan tо‘yinganligi bо‘lib, 
tuproq neytral reaksiyali va yuqori buferli ekanligi bilan xarakterlanadi. 
Singdirilgan kationlardan kalsiy kо‘proq bо‘lib, magniy singdirish hajmiga 
nisbatan 15-20 foizni tashkil etadi. Podzollashgan va ishqorsizlangan qora 
tuproqlar tarkibida singdirilgan kationlardan vodorod ham ishtirok etadi va 
gidrolitik kislotaligi 100 g tuproqda 5-7 mg\ekv dan kо‘p. 
Tuproqning reaksiyasi kо‘pchiliq qora tuproqlarda neytral yoki unga yakin 
(suvli surimdagi rn=6,4-7,0). 
Qora tuproqlarda о‘simliklar uchun zarur bо‘lgan oziq elementlar zaxirasi 
ancha yuqori. Ammo tuproqdagi gumus miqdori va mexanik tarkibiga kо‘ra oziq 
moddalar miqdori uzgaradi. Tuproqning xaydalma qatlamidagi azotning umumiy 
miqdori 1ga.da о‘rtacha 8-10t bо‘lib, ammo serchirindili soz tarkibli qora 
tuproqlarda 12-15t ni tashkil etadi. Tuproqning pastki qatlamlari bо‘ylab azot va 
boshqa oziq moddalar miqdori kamayib boradi. Fosfor zaxirasi azotga nisbatan 
biroz kamroq bо‘lib, ammo uning miqdori ancha kо‘p bо‘lishi ham mumkin. 
Tuproqning xaydalma qatlamida fosfor miqdori 4-6t ga yetadi. Fosforning asosiy 
qismi (60-80 foiz) organik birikmalar shaklidadir.Qora tuproqlarda kaliy, magniy, 
kalsiy va shuningdek mikroelementlar ( Cu. Zn.B. Co va boshqalar ) ning umumiy 
zaxirasi ham ancha katta. Shunga karamasdan ekinlardan yuqori hosil olish uchun 
oziq elementlar zaxirasi hamma vaqt ham yetarli emas. Jumladan, tuproqning 
xaydalma qatlamida xarakatchan azot va fosfor bilan kam yoki yuqori darajada 
ta’minlangan bо‘lishi mumkin. Odatda xarakatchan kaliy kо‘p, ammo ba’zan 
mikroelementlar yetarli emas. 
Madaniylashgan qora tuproqlarda о‘simliklar uchun eng qulay oziq rejimi 
yaratilgan bо‘ladi. 
Qora tuproqlarning fizik va suv-fizik xossalari asosan tuproqdagi gumus 
miqdorining kо‘pligi, chirindili gorizontining qalinligi va strukturali xolatining 
yaxshi bо‘lishi bilan bevosita bog‘liq. 
Strukturali qora tuproqlarning gumusli gorizontida zichlik uncha yuqori 
emas (1- 1,22g\sm
3
), gumus osti qatlamida 1,4-1,45g\sm
3

Shurtob qora tuproqlarning V
1
gorizontida zichlik eng yuqori bо‘ladi. 
Tuproq kattik fazasining zichligi yuqori qatlamlaridi uncha kо‘p emas (2,4-
2,5g\sm
3
), tuproqning pastki gorizontlarida 2,55-2,65g\sm
3
dan oshadi (49-jadval). 
Qora tuproqlar strukturasining yaxshi bо‘lishi, uning serkovak (55-60 foiz) 
bо‘lishini ta’minlaydi. Yerni chukur xaydash, uning yuzasini g‘ovak xolda 
bо‘lishini ta’minlash yog‘in suvlarini yaxshi singib ketishini ta’minlaydi. Qora 


182 
tuproqlarda gumusli qatlamning qalinligi bu tuproqlar nam sig‘imining yuqori 
bо‘lishiga olib keladi. 
Pastki relyefli joylarda qora tuproq paydo bulish jarayoni yuqori namlik 
sharoitida boradi. Namlanish darajasiga kо‘ra dashtlarning о‘tloq-qora va о‘tloq 
tuproqlari tipi ajratiladi. Bu tuproqlarning maydoni 21 mln. gektarni tashkil etadi. 
О‘tloq qora tuproqlar G‘arbiy Sibir va Baykal orti territoriyalarida tarqalgan. 
Ular daryolarning soxil usti terrasalarida, о‘rmon dashtlardagi yer osti suvlari kam 
oqib chiqib ketadigan tekisliklarda, dashtlardagi pastlik joylarda yer osti suvlari 3 -
6 m chukurlikda joylashgan yerlarda tarqalgan. 
О‘tloq-qora tuproqlar yaxshi unumdorlikka ega va ekinlar uchun ancha 
qulay yarokli xisoblanadi. Bu tuproqlarning katta maydonlari xaydalib 
о‘zlashtirilgan. 
Dashtlarning о‘tloq tuproqlari yer osti suvlari 3 m dan yuqori bо‘lgan, 
patskam va uzoq muddat davomida namlanib, turadigan joylarda shakllanadi. Bu 
tuproqlarning 50 sm gacha bо‘lgan gumusli qatlami va yuqori gorizontlarida 15 
foizgacha gumus saklashi bilan hamda gley alomatlarining yaxshi ifodalanganligi 
bilan xarakterlanadi. Karbonatlar AB gorizontidagi 20-35 sm chukurda joylashgan. 
О‘tloq tuproqlar pichan urish va mollar boqish uchun yaylov sifatida 
foydalaniladi. 
1.
Qora tuproqlar zonasi dexkonchiliqda yaxshi о‘zlashtirilgan bо‘lib, bu 
yerda MDX axolisining deyarli yarmi yashaydi. MDX xududidagi haydaladigan 
yerlarning 60 foizi qora tuproqlarga tugri keladi va tovar gallaning 80 foizi, 
kungaboqar va mevaning ancha qismi shu yerda yetishtiriladi. 
Qora tuproqlar zonasida galla, texnika va moyli ekinlardan kuzgi va baxori 
bugdoy, makkajuxori, kand lavlagi, kungaboqar, zigir va shuningdek meva va 
uzumning jaxondagi eng yaxshi navlari ustiriladi. 
Qora tuproqlar juda katta potensial energiyaga ega bо‘lib, tuproqdagi 
gumusning zaxirasiga (400-800 t/ga) nisbatan xisoblaganda, bu energiya miqdori 
gektariga 2,4 • 10
9
kkal. ni tashkil etadi (V.A. Kovda, 1981). 
Qora tuproqlar egallagan barcha maydonning taxminan 90 foizi ekin ekish 
uchun yarokli, 85 foiz maydondan dexkonchiliq va chorvachiliqda foydalaniladi, 
50 foizidan kо‘progi haydaladigan yer, 15,5 foizi pichan uriladigan yerlar, 0,6 foiz 
о‘rmon va butazorlardan iborat. Qora tuproqlarda azot va boshqa oziq moddalar 
kо‘p hamda fizik va kimyoviy xossalari qulay bо‘lishiga karamasdan, ba’zan 
ekinlar hosili bu yerda ancha past. Bunga sabab tuproqda namning yetarli 
emasligi, davriy ravishda chang bо‘ronlari va kurgokchiliqning takrorlanib 
turishidir. 


183 
Qora tuproqlardan ratsional foydalanishning muxim tadbirlari jumlasiga: 
tuproqni suv va shamol eroziyasidan muxofaza kilish, almashlab ekishni tugri 
yо‘lga kuyish, begona utlarni yukotish va yerda namni kо‘proq tuplash singarilar 
kiradi. Bunda toza shudgorning ijobiy roli katta. 
Qora tuproqlar zonasida keyingi yillarda rо‘y bergan turli sabablarga kо‘ra 
(yerdan intensiv foydalanish, organik о‘g‘itlarni yetarli kо‘llamaslik, almashlab 
ekishni tugri yо‘lga kuymaslik, eroziya jarayonlarining kuchayib borishi kabi 
omillar natijasida) tuproqdagi gumus miqdori boshqa zonalar kabi ancha kamayib, 
unumdorligiga salbiy ta’sir etmokda. Shunday sharoitda tuproqning gumusli 
xolatini saklab kolish, suv- fizik va biokimyoviy rejimlarini yaxshilashda organik 
о‘g‘itlardan keng foydalanish yaxshi samara beradi. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish