Agrokimyo va tuproqshunoslik


Sur-qо‘ng‘ir tusli chо‘l tuproqlar



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Sur-qо‘ng‘ir tusli chо‘l tuproqlar 
Kelib chiqishi. Sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar о‘zoq yillar davomida alohida 
tipga ajratilmasdan bо‘z tuproqlar bilan birga qarab kelindi. S.S.Neustruev va 
N.A.Dimo uni dastlab strukturali och tusli tuproq, A.N.Rozanov esa kir bо‘z 
tuproqlari, B.V.Gorbunov primitiv (yosh) bо‘z tuproqlarning tipchasi sifatida 
qarab keldilar. Keyinchalik I.P.Gerasimov sur-qо‘ng‘ir tusli chо‘l tuproqlarni 
alohida mustakil tipga ajratishni tavsiya etadi. 
Sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlarning genetik xususiyatlarini asoslash, ularni xar 
tomonlama urganish va alohida tipga ajratish soxasida R.V.Kimberg, 
S.A.Shuvalov (1949), G.I.Dolenko (1953) va YE.V.Lobova (1960)larning olib 
borgan tadkikotlari muxim ahamiyatga ega buldi. 
Sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlarning tо‘zilishi va xossalari о‘ta quruq 
chо‘llarning kserofit-efemerli о‘simliklari ta’sirida kechadigan tuproq paydo 
bulish jarayonlarining о‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. CHо‘llarining 
ana shunday sharoitida tuproq paydo bulish jarayonlari, jumladan, tuproqda 
gumusning tо‘planishi qisqa va davriy xarakterga ega bо‘lishi bilan xarakterlanadi. 
Qisqa baxor mavsumida о‘simliklar jadal rivojlanib, mikroorganizmlar va 
jonivorlarning ham biologik aktivligi kuchayadi. Natijada о‘simlik qoldiqlari bir 
mavsumning о‘zida deyarli tо‘liq ravishda parchalanib, minerallashadi. Shu 
sababli tuproqda gumus nixoyatda kam tuplanadi. Yozning juda issik va quruq 
davrlarida tuproqdagi biologik jarayonlar deyarli tuxtab koladi. 
CHо‘l tuproqlarida gumusning kam tо‘planishi, deyarli barcha joylarda 
tuproqning shurlanganligi moddalar biologik aylanishining xususiyatlari bilan 
bog‘liq. Sur- qо‘ng‘ir tusli tuproqlarda usadigan о‘simliklarning yer ustida va 
ildizlari xisobida tuplanadigan organik massasi miqdori xar gektarga о‘rtacha 10s 
ni tashkil etadi va bu dashtlardagiga nisbatan bir necha barobar kamdir. CHо‘l 
о‘simliklari biomassasining 80 foizi ildizlarga tugri keladi. Bu yerdagi 
о‘simliklarning qoldiqlarida kо‘l moddasining kо‘p bо‘lishi xarakterlidir. 
Sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlaridagi chо‘l о‘simliklari biomassasida 200 kg/ga 
miqdorida xar xil kimyoviy elementlar tuplanadi. Bunda kalsiy va magniy bilan bir 
katorda natriy ham ancha kо‘p tuplanadi. Natriy miqdorining kо‘payishi bilan 
tuproq eritmasining ishqoriyligi oshadi va shurtoblanish jarayoni ham rivojlanadi. 


193 
Shura о‘simliklari tarkibida natriy bilan bir katorda xlor va oltigugurt ham ancha 
kо‘p Sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar yuzasida katkalokli gorizontning hosil bо‘lishi, 
tuproqdagi organik va mineral moddalarning yuqori dispers (mayda zarrachalar) 
xolati va tuproqning gidrotermik rejimi bilan bog‘liq. Tuproqlarning yuqori 
dispersligi tuproq eritmasining о‘ta ishqoriyligi bilan belgilanadi. Shuvok-shura 
о‘simliklarining qoldiqlari parchalanib, minerallanganda natriy, kalsiy bikarbonati 
va karbonatlari hosil bо‘lib, ishqoriyligini oshiradi. Natriy va kalsiy 
bikarbonatlarining karbonatlarga о‘tishi tufayli tuproqning dispers kolloid 
zarrachalarning, tuproq yuqori qatlamlaridan yuvib olib kelinishi natijasida yuzaga 
keladi. Tuproq profilining о‘rta qismlari kolloid zarrachalar bilan boyiganligi 
sababli, bu qatlamda suvning о‘tishi sekinlashib, alyumosiliqatlarning nurash 
jarayenlari esa kuchayadi va kator gilli minerallar hosil bо‘ladi. Tuproqning temir 
birikmalari bilan boyishining sababi: tarkibida temir (2 oksidi) bо‘lgan 
minerallarning nurashi va shuningdek tuproqdagi qisqa muddatli anaerob 
jarayenlarning yuzaga kelishidir. Keyinchalik bu temir birikmalari oksidlanib va 
degidratatsiyalanib (suvsizlanib) minerallar yuzasida temir pardasi hosil bо‘ladi. 
Klassifikatsiyasi. Sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar ikki tipga: karbonatli tipik sur- 
qо‘ng‘ir tusli va oz karbonatli sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlarga bulinadi 
(YE.V.Lobova, 1966). 
Sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar tipi termik rejimlari va rivojlanish sharoitiga 
kо‘ra xozirgi vaqtda 3 tipchaga bulinadi: 
mо‘zlaydigan juda iliq sur-qо‘ng‘ir tusli chо‘l tuproqlari; 
qisqa muddatli mо‘zlaydigan subtropik sur-qо‘ng‘ir tusli chо‘l tuproqlari; 
issik subtropiklarning mо‘zlaydigan sur-qо‘ng‘ir tusli chо‘l tuproqlari. 
Sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar kuyidagi avlodlarga ajratiladi; shurxoksimon 
oddiy sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar (suvda oson eriydigan tо‘zlar 30sm chukurlikda 
joylashgan); 
shurxokli sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar, deyarli yuza qismida suvda oson 
eriydigan tо‘zlar (0,3 foizdan kо‘p) saklangan bо‘ladi. 
Gipsli sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar 50-70sm chukurlikda biroz qum saqlagan 
notugri shakldagi ignasimon yeki tabletkasimon gips kristallarini saqlagan bо‘ladi. 
12-15sm chukurlikda kо‘p mikdorda labsimon ignachali gips saklovchi sur-
qо‘ng‘ir tusli tuproqlar alohida avlodga ajratiladi; 
Shurxokli sur-qо‘ng‘ir tusli gipsli tuproqlar kо‘p mikdorda (70-80 foiz) gips 
saklovchi gorizontning mavjudligi bilan xarakterlanadi; 
Taqirli shurtobsimon sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar mustaxkam katkalok 
qatlamli bо‘lishi, poligonal (yuzasi xar xil shakldagi yerilib turadigan) yuzasi va 
umumiy ishqoriyligining yuqori bо‘lishi bilan farqlanadi. 


194 
Uncha katta bо‘lmagan maydonlarda о‘tloq-sur-qо‘ng‘ir tusli chо‘l 
tuproqlari tarqalgan. Bu tuproqlar sizot suvlari yaqin bо‘lgan pastkam joylarda 
boshokdoshlar va shuvokli о‘simliklar ostida hosil bо‘ladi. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish