191
Iqlimi. CHо‘l zonasi iqlimining nixoyatda quruq bо‘lishi bilan
xarakterlanadi. Zonaning turli noxiyalarida atmosfera yog‘inlarining о‘rtacha
miqdori 75 dan 200 mm ni tashkil etadi. Bu zonada yog‘inlarga nisbatan namning
bug‘lanishi 10-20 barobar kо‘p .
О‘rtacha harorat 18
0
S (15-20
0
). 5
0
S yuqori harorat li davr 194-235 va 230-
275 kun davom etadi.
Sovuq bulmaydigan davr shimolda 160-200 kun, janubda 195-248 kunga
barobar.
CHо‘l zonasining 10
0
S dan yuqori harorat yigindisi 4000-5000
0
S bо‘lib,
kuyosh radiatsiyasining intensivligi ham yuqori ekanligi zona iqlimining quruq
subtropiklarga yaqinligini kursatadi. Iqlimning yuqorida
kursatilgan xususiyatlari
о‘simliklar olamiga, tuproq paydo bulish jarayonlariga va tuproqlardan qishloq
xо‘jaligida foydalanish xarakteriga ta’sir qiladi.
Relyefi va tuproq paydo qiluvchi ona jinslari. CHо‘l zonasining relyefi juda
murakkab va xilma-xil. Qoraqum va Muyunqum kabi qumli chо‘llarni о‘z ichiga
oluvchi Turon pasttekisligi nixoyatda katta maydonni egallaydi. Shuningdek,
Sirdaryo, Amudaryo, Tajang, Turgay, Murgob va Atrek daryolarining Qadimgi va
xozirgi zamon deltalari hamda О‘zboyning Qadimgi vodiysi katta territoriyani
tashkil etadi. Sari- Kamish botigi massivi ham ancha katta.
CHо‘l zonasida
turli mexanik tarkibli, xar xil shurlangan va karbonatli
qadimgi va xozirgi -zamon allyuvial va kо‘l allyuvial jinslar, uchlamchi davrning
gipsli, oxakli va
Gil yotqiziqlari, dengiz qum va gilli jinslarning ellyuviy va dellyuviysi, turli
oxaktoshlar, slanets, mergelli gillardan iborat chо‘kindi jinslari, magmatik
jinslarining elyuviysi, delyuviysining ancha skeletli jinslari va x.z.lar uchraydi.
CHо‘l zonasida qadimgi allyuvial qumli yotqiziqlar va qumlar ham keng
tarqalgan.
О‘simliklari о‘zining kserofitligi, juda siyrak va kompleksli bо‘lishi bilan
xarakterlanadi. Iqlimining juda quruqligi sababli о‘simliklar koplamida ildizlari
ancha chukurda usadigan turli yarim bо‘talar va bо‘talar asosiy rol о‘ynaydi.
Efimer о‘simliklari yozda kuyib , kо‘zda yana tiklana boshlaydi.
Joyning relyefi, tuproqning namlanish va tо‘z rejimlarining xususiyatiga
kо‘ra о‘simlik turlari ham о‘zgaradi. О‘simliklar koplamining xarakteriga kо‘ra:
qumli chо‘l о‘simliklari, gilli chо‘llar о‘simligi va gipsli shurxokli о‘simliklar
ajratiladi.
Qumli chо‘llarda efemer va efemeroidlar asosiy rol о‘ynaydi. Shuningdek,
kо‘p yillik о‘simliklar, jumladan chо‘l bо‘talaridan, kо‘proq boyalich buyurgun,
192
jо‘zgun
yoki kandim, qum akatsiyasi, cherkezlar, ok saksovul (Holoxylon
persium) singarilar asosiy rol о‘ynaydi.
Ustyurt, Betpakdala platosi, Qoraqum va Qizilqumning gipslangan gilli
chо‘llarida biroz efemer va efemeroidlar aralashgan shuvok-shurali о‘simliklar
asosiy rol о‘ynaydi. Gilli chо‘llar yuzasida suv о‘tlari
va lishayniklar tez-tez
uchraydi. shurxokli yerlarda bir yillik va kо‘p yillik shuralar asosiy rol о‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: