Agrokimyo va tuproqshunoslik


O’zbekiton Respublikasi yer fondi



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

 
O’zbekiton Respublikasi yer fondi 
 
№ 
 
1986 
1987 
1988 
1989 
1990 

Shudgor qilinadigan 
erlar 
4276,6 
4353,0 
4367,4 
4248,1 
4176,5 

Ko’p yillik o’simliklar 
322 
329,0 
337,1 
351,6 
366,8 

Bekor yotgan erlar 
50,5 
54,4 
52,5 
60,4 
62,1 

O’tloq va yaylovlar 
23560,1 23477,2 23516,3 23506,3 23475,0 

Tomorqalar 
239,3 
249,5 
257,0 
399,2 
451,3 

O’rmonlar 
1405,0 
1431,2 
2021,9 
1404,9 
1410,1 

Tayyorlanayotgan erlar 
136,1 
145,7 
1380,0 
101,6 
103,7 

O’zbekiston 
Respublikasi maydoni 
44884 
44884,4 44884,4 44884,4 44884,4 
 
Tuproq eroziyasi paydo bo’lish muammolarini aniqlash 
 
Talabaning bilimini sinash uchun savollar 
1. Tuproq deb nimaga aytiladi? 
2. Tuproqning qanday qatlamlari mavjud? 
3. Insonning tuproqqa ijobiy va salbiy ta'siri. 
4. Tuproq eroziyasining qanday turlari mavjud? 
5. Cho’llashish jarayoni haqida tushuncha bering. 
6. Antropogen eroziya deganda nimani tushunasiz? 
Tuproq 
eroziyasi 
qanday paydo 
bo’ladi?
 
Gumusning 
kamayib 
ketishi 
Noto’g’ri 
agrotexnika 
qo’llanilishi 
Nima 
uchun?
 
O’z sohasini 
yaxshi 
bilmaslik?
 
Nima 
uchun?
 
Nima 
uchun?
 


202 
28-MAVZU. QURUQ SUBTROPIKLARNI TOG‘ OLDI VA BO‘Z 
TUPROQLARI. 
1. Zona chegarasi, maydoni va tuproq paydo qiluvchi tabiiy sharoitlari. 
2. Bо‘z tuproqlarning genezisi, morfologik tо‘zilishi va klassifikatsiyasi. 
3. О‘tloq-bо‘z tuproqlar ularning shakllanishi, tipchalari, tо‘zilishi, 
tarkibi va xossalari. 
4. Sug‘oriladigan bо‘z tuproqlar. 
5. Bо‘z tuproqlarning tarkibi va xossalari. 
6.Bо‘z tuproqlardan qishloq xо‘jaligida foydalanish va unumdorligini 
oshirishning asosiy tadbirlari. 
1. Zonaning asosiy territoriyasi О‘rta Osiyo va Kozogistonning tog‘ oldi 
noxiyalarida va shuningdek, uncha katta bо‘lmagan maydonlari Kavkaz orti 
(Ozarbayjonning Kо‘ra Araks pasttekisligi)da joylashgan. 
Zonaning О‘ziga xos tabiiy-iqlim sharoitlari, jumladan 10
0
S dan yuqori 
samarali harorat (3400-4000 
0
S)ning kо‘pligi va kish baxor davrlarida 
yog‘ingarchiliqning ancha kо‘pligi bilan bog‘liq, О‘ziga xos nam rejimi (umuman 
yerda namning yetarli emasligi)ning bо‘lishi, bu xududlarni quruq subtropiklar 
jumlasiga kiritish imkonini beradi. Tog‘ oldi chо‘l-dasht zonasida asosan bо‘z 
tuproqlar tarqalgan. 
О‘tloq-bо‘z tuproqlar va о‘tloq tuproqlar bilan birga xisoblaganda bо‘z 
tuproqlar zonasining umumiy maydoni 41,3 mln.gektar. 
Tuproqlarning zonallik sistemasida bо‘z tuproqlar alohida urin tо‘tadi va 
Turon tuproq-iqlim balandlik mintaqasining kuyi bulimini tashkil etadi. Bо‘z 
tuproqlari tog‘ tizmalarining uncha baland bо‘lmagan qismlarida, tog‘ yonbagri 
kiyaliklari va dungliklari (adirlarda), tog‘ etagi prolyuvial tekisliklarida va 
shuningdek daryolarning yuqori terrasalarida tarqalgan. 
Bо‘z tuproqlar kо‘proq tarqalgan xududlarda, bu zonaning yuqori chegarasi 
dengiz satxidan 1400-1600 m, kuyi chegarasi esa 250-300 dan 250-500m gacha 
bо‘lgan balandlikdan о‘tadi. 
Tog‘ yonbag‘irlaridagi tekisliklarda tog‘ etaklarining yuqori qismlariga 
qarab mо‘tloq balandlikning ortib borishi bilan, iqlim sharoitlari va shunga kо‘ra 
о‘simliklar olami, tuproqda kechadigan jarayonlar jadalligi va uning yunalishi ham 
о‘zgarib boradi. 
Shunday kilib, bо‘z tuproqlar turlicha balandliklar bо‘ylab tarqalganligi 
sababli, ularni Osiyo kit’asi tog‘ sistemasi vertikal zonalligining dastlabki kuyi 
boskichiga kiritiladi. 
Zonaning tog‘ oldi tekisliklari va kiyaliklarida tarqalganligidan uning 
tabiiy sharoitlarida ham vertikal zonallik xususiyati yaxshi ifodalangan. 


203 
Iqlimi kontinental, quruq va issik bо‘lib, kishi ancha yumshok va iliq. 10 
0

dan yuqori haroratli davr davomiyligi 170-245 kun bо‘lib, harorat yigindisi 3400-
5400 
0
S ni tashkil etadi. 
Joyning absolyut balandligi oshishi bilan yog‘inlar miqdori kо‘payadi, 
lekin harorat pasayib boradi. Tog‘ oldi tekisliklarida yog‘inlar eng kam (100-
250mm) bо‘lib, tо‘q tusli bо‘z tuproqlar tarqalgan tog‘li noxiyalarda 450-600 mm 
ni tashkil etadi. 
Zonaning relyefi kо‘plab daryo va dara-soylar bilan bulinib ketgan 
nixoyatda katta tog‘ oldi kiya pasttekisliklardan iborat. Tog‘larga yaqinlashgan 
sari tog‘oldi tekisliklari adirlarga о‘tadi. Bо‘z tuproqlarning anchagina maydoni 
daryolarning yuqori terrasalarida joylashib, asosan lyoss va lyossimon jinslar bilan 
koplangan bо‘lib, uning tagida qatlamli qum-shagal, qumli mayda zarralar 
keltirilmalari yotadi. 
Kо‘ra-Araks provinsiyasida allyuvial va dellyuvial yо‘l bilan hosil bо‘lgan 
og‘ir qumoq va soz tarkibli jinslar keng tarqalgan. 
О‘simliklari ham joyning absolyut balandligiga qarab о‘zgaradi. Zonaning 
kuyi qismi Qalin bо‘lib usadigan va 5-8 sm gacha zich chim hosil qiladigan rang-
k0ngirbosh- kovrak о‘simliklari formatsiyasidan tashkil topgan. 
Zonaning 0rta va baland qismlarida k^ngirbosh bilan birga yaltirbosh, 
kizgaldok, geran kabi efemerlar usadi. Ular orasida kurgokchiliqka chidamli 
bо‘lgan kо‘p yillik О‘simliklardan okkо‘ray, karrak, yaltirbosh tarqalgan. 
Zonaning yuqori qismida bugdoyik (Agropirum trichophorum), taktak 
(Hordeum bulbosun) Usadi. Bu О‘simliklarning balandligi 40-100sm bо‘lib, 
efemerlar kabi qisqa muddatda kurib ketadi. 
Bо‘z tuproqlarning kelib chiqishi (genezisi)ga doir kо‘plab tadkikotlar 
V.Dokuchayev, 
N.M.Sibirsev, 
K.D.Glinka, 
P.S.Kossovich, 
N.A.Dimo, L.I.Prasolov, A.I.Bessonov va boshqalarning faoliyati bilan bog‘liq. 
Ayniqsa S.S Neustruevning bu soxada olib borgan ishlari alohida Urin 
tо‘tadi. Olim 1908 yilda Sirdaryo viloyatida olib borgan tadkikotlari asosida b о‘z 
tuproqlarning kelib chiqishi xakida dastlabki tUla ma’lumotlarni beradi. 
S.Neustruev 
mustakil tip sifatida ajratib «bо‘z tuproqlar» 
atamasini fanga kiritgan. «Bо‘z tuproqlar» termini (atamasi) xozirgi vaqtda 
vatanimiz va xorijiy mamlakatlar adabiyotiga kiritilgan. 
Keyinchalik bо‘z tuproqlarning genezisi soxasidagi ancha tо‘liq va 
mukammal tadkikotlar mashxur tuproqshunos N.A.Rozanov tomonidan olib 
borildi hamda uning «
1
rta Osiyo bо‘z tuproqlari» (1951)monografiyasida batafsil 
bayon etildi. 


204 
О‘zbekiston olilarining kо‘plab ishlari ham bо‘z tuproqlarni urganishga 
karatilgan (M.Baxodirov, M.Umarov, A.Rasulov va b.). 
Bо‘z tuproqlar xakidagi kо‘pgina materiallar ^rta Osiyo jumxuriyatlari 
tuproqlariga doir kо‘plab monografik asarlarda yoritilgan. 
Kursatilgan asarlarda bayon etilgan va shuningdek, olib borilgan keyingi 
tadkikotlar asosida bо‘z tuproqlarning genezisi xakidagi nuktai nazarga kо‘ra bо‘z 
tuproqlarning kelib chiqishi va xossalari xozirgi zamon omillri va jarayonlari bilan 
bog‘liq (I.S.Kaurichev, 1982). Bunda bо‘z tuproqlarda kechadigan biologik va 
biokimyoviy jarayonlar jadalligi hamda maromini belgilovchi о‘ziga xos 
gidrotermik rejimlarga alohida e’tibor beriladi. 
Boshqa bir nuktai nazarga kо‘ra о‘z tuproqlar eng Qadimgi tuproqlar 
jumlasiga kiradi. Mо‘zliklar davrida ham bо‘z tuproqlarning tо‘zilishi deyarli 
bо‘zilmagan va bir necha ming yillik murakkab shakllanish, shuningdek, 
rivojlanish tarixiga ega. Bо‘z tuproqlar kо‘plab boskichlarni, jumladan, bir qancha 
о‘ta namlik davrlarini kechirgan bо‘lib, shu sababli tuproqda gil tо‘planishi 
(gillanish) va profilining ancha mikdorda temir bilan boyishi singari alomatlar 
rivojlanmagan (N.A.Rozanov,1951). 
Uchinchi nuktai nazarga asosida (V.Kovda, 1973, I.N.Stepanov, 1980) bо‘z 
tuproqlar dastlab gidromorf va sungra yarim gidromorf tuproq paydo bulish 
boskichlarini о‘tgan. Shu sababli bu tuproqlarda gumusning, shuningdek, kalsiy, 
magniy karbonatlari, gips va boshqa moddalarning kо‘p tо‘planishi rо‘y bergan. 
Keyinchalik bо‘z tuproqlar ishqorsizlanib, quruq (arid)lashgan tabiiy sharoitlarga 
uchragan. Bu fikr О‘rta Osiyodagi lyoss va lyossimon jinslarning allyuvial, 
prolyuvial, delyuvial kelib chiqishi bilan tushuntiriladi. Demak, bо‘z tuproqlar 
genezisini yagona bir xil nazariya bilan tushuntirish mumkin emas. Xullas, bо‘z 
tuproqlarda xozirgi zamon jarayonlarining belgilari bilan bir katorda kachonlardir 
boshqacharok omillar tufayli yuzaga kelgan xususiyatlar ham aks etgan. 
Bо‘z tuproqlar uchun umuman kuyidagi asosiy belgilar va xossalarning 
bо‘lishi: tuproqning uncha anik genetik gorizontlarga ajralib turmasligi, 
gumusning kam bо‘lishi (tо‘q tusli bо‘z tuproqlar bunga kirmaydi), ammo 
chirindili qatlamning ancha chо‘zikligi; mikroagregatlarning kо‘p bо‘lishi bilan 
birga makroagregatlarning ham yaxshi ifodalanmaganligi; yuqori kovakligi va 
ancha g‘ovak qovushmasi; barcha tuproq profilining karbonatli bо‘lishi, ammo 
tuproq yuqori gorizotlarida karbonatlarning sezilarli ravishda kamayishi, 
karbonatlarning kо‘pligi sababli tuproqning ishqoriy reaksiyaga ega ekanligi, ona 
jinslarga nisbatan tuproq profilida gillanishning kо‘proq bо‘lishi, tuproqning 
barcha profili bо‘ylab turli jonivorlar faoliyatining yuqori ekanligi kabilar 
xarakterlidir. 


205 
Bо‘z tuproqlar о‘ziga xos tо‘zilishga ega. Odatda tuproq profilining yuqori 
qismida gumus kam bо‘lganidan uning rangi och va ona jinslar tusidan uncha farq 
kilmaydi. 
Umumiy tarzda bо‘z tuproqlarning morfologik tо‘zilishi kuyidagicha A
1
-
gumusli gorizont, qalinligi 12-17 sm, usti chimlangan, bо‘z yoki och-bо‘zgish 
tusli, kо‘pincha changsimon-qumoq, tangasimon-mayda uvokli strukturali; 
AB-о‘tuvchi gorizont, 15-25 sm; sargish malla bо‘z, asosan changli 
qumoq, tez uvalanib ketadigan chidamsiz uvokli strukturali, chuvalchang va 
xasharotlarning uyalari va izlari kо‘p bо‘lganidan, bu gorizont teshikli tо‘zilishga 
ega; ba’zan bushliklar va teshiklarning devorlarida mogorsimon kо‘rinishli 
karbonatlar uchraydi; 
BK-karbonatli illyuvial gorizont, qalinligi 60-100sm; och k^ngir-sargish 
(malla), kо‘pincha changsimon qumoqli, zichlangan, jonivorlarning inlari, uyalari 
siyrak uchraydi, ok doglar («ok kо‘zanaklar») konkretsiyalar («tugunchalar») va 
mogorlar shaklidagi karbonatlar yaxshi kurinib turadi. 
Sk – sarg’ish yoki malla tusli, changsimon-qumoq: yuqori qismida tо‘zlar 
ajralib turadi: 1,5-2,0 m da mayda gipsning taram-taram tо‘zilishli kristallari va 
drо‘zalari uchraydi. 
Tuproq yuzasidan boshlab xlorid kislota ta’sirida qaynaydi. 
Tо‘q tusli bо‘z tuproqlarda gumusli gorizont yaxshi ifodalangan. 
Qishloq xо‘jaligida foydalanib, о‘zoq muddatlarda sugorilganda bо‘z 
tuproqlarning profilida keskin о‘zgarishlar rо‘y beradi va turli Qalinlikdagi 
madaniy agroirrigatsion gorizontlar yuzaga keladi. Shunga kо‘ra tuproqning 
fizikaviy xossalari ham kUrik yerlardagidan keskin farq qiladi. 
Bо‘z tuproqlar zonaning asosiy avtomorf tuproqlari jumlasiga kiradi. Bо‘z 
tuproqlar bilan bir katorda, bu yerda, sizot suvlari ancha yuqori joylashgan 
sharoitda shakllanadigan о‘tloq-bо‘z tuproqlar tipi va shuningdek sugoriladigan 
bо‘z (madaniy voxa) tuproqlarning bir necha tiplari ajratiladi. Ana shu tuproq 
tiplaridan tashkari zonada gidromorf tuproqlardan: shurxoklar, о‘tloq tuproqlar, 
о‘tloq-botqoq va botqoq tuproqlar hamda ular bilan birga uchraydigan turli 
tuproqlar tarqalgan. 
Bо‘z tuproqlar tipi uchta tipchaga: och tusli bо‘z tuproqlar, tipik bо‘z 
tuproqlar va tо‘q tusli bо‘z tuproqlarga ajratiladi. 
Och tusli bо‘z tuproqlar zonaning ancha quruq (arid) mintaqasida tarqalgan 
tipcha bо‘lib, bо‘z tuproq zonasining chо‘l zonasi bilan tо‘tashgan kuyi qismida
odatda dengiz satxidan 300-400 dan 500-600 m gacha bо‘lgan balandliklarda 
joylashgan. 


206 
Och tusli bo’z tuproqlar tog‘ tizmalari kiyaliklarining kuyi qismlarida, tog‘ 
etagidagi kiya tekisliklar va kir adirlarda Qoratog‘ tizmalarining yonbag‘irlarida, 
Mirzachо‘l va Karshi chо‘llarida, Fargona chukmasida, Zarafshon vodiysining 
о‘rta qismlarida, Surxondaryo xavzasi va boshqa xududlarda tarqalgan. 
Och tusli bо‘z tuproqlarda gumusning kamligi sababli, uning morfologik 
tо‘zilishidagi genetik gorizontlarning uncha yaxshi ajralib turmasligi va umuman 
barcha qatlamlarning yaxshi ifodalanmaganligi, xlorid kislota ta’sirida hamma 
gorizontlarining shiddatli kaynashi hamda xasharotlar, turli jonivorlar inlarining 
kо‘p bо‘lishi xarakterli. 
Kam gumusli (chirindili) goriznot (A+B) ning qalinligi 40-50 sm dan 
oshmaydi. A- gorizonti 6-12 sm bо‘lib, och-bо‘zgish tusli, kurik yerda 
chimlangan, B
1
gorizonti biroz malla tusli, bо‘zgish, bu gorizont ancha zichlangan 
va rangi och, karbonatlarning ok kо‘zanakli doglari bо‘lgan Bk gorizonti bilan 
almashinadi. 1 m chukurlikka kadar tuproqda nam tо‘planishi mumkin. 
Tuproqning 150-180 sm chukurligida gips va suvda oson eruvchan tо‘zlar 
uchraydi. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish