164
2. Tuproq klassifikatsiyasi.
3.Tuproq hosil bo‘lish jarayoni
4.Tuproq hosil qiluvchi omillar.
Tuproq zonalari.
Yer yuzidagi barcha tuproqlar o‘ziga xos geografik zonada
ma’lum tabiiy qonun asosida tarqalgan. Tuproqning bu zonallik qonuni asosda
joylanishini dastlab V.V.Dokuchayev aniqlagan va keyinchalik bu ta’limotni
N.M.Sibersev rivojlantirgan. V.V.Aokuchayev va N.M.Sibersevlar
tuproqlarning
tekislikda ekvatordan qutubga tomon tarqalishini gorizontal zonallik va tekislikdan
(dengiz sathidan) tog‘likka qarab ko‘tarilishini (asta-sekin o‘zgarib boirishi) esa
vertikal zonallik deb atadilar. Muayyan sharoitda mahalliy faktorlar ta’sirida bir
zonada tarqalgan tuproqlar orasida boshqa tipdagi tuproqlarning uchrashi esa
introzonallik deb yuritiladi. Masalan, podzol tuproqlar
zonasida yaqin joylashgan
botqoq tuproqlar uchraydi. Yoki bo‘z tuproqlar zonasida yaqin joylashgan botqoq
tuproqlar uchraydi. Demak, bu holda botqoq (tuproq) va sho‘rxoklar introzonal
tuproqlar hisoblanadi.
Yer yuzida, shuningdek MDH territoriyasining tekislik
qismida shimoldan janubga tomon quyidagi 7 ta gorizontal tuproq zonalari mavjud:
1) tundra tuproqlari zonasi:
2) podzol tuproqlar zonasi:
3) o‘rmon sur tusli tuproqlar zonasi:
4) qora tuproqlar zonasi:
5) kashtan va qo‘ng‘ir tuproqlar zonasi:
6) bo‘z tuproqlar zonasi:
7) qizil va sariq tuproqlar zonasi:
Yuqorida bayon qilganimizdek tuproqlarning o‘zgarishi ularni paydo qiluvchi
faktorlar (tuproq
ona jinsi, iqlim, relyef, o‘simlik, hayvonlar va inson faoliyati) ga
bog‘liq.
Shuning uchun ham MDHning har bir tuproq zonalarida o‘ziga xos o‘simlik
gruppalari tarqalgan, bu esa quyidagi 7 ta o‘simlik zonalaridan iborat (shimoldan
janubga):
1) tundra;
2) tayga yoki mo‘tadil iqlimdagi nina bargli va aralash o‘rmonlar zonasi;
3) o‘rmon-dasht zonasi;
4) dasht zonasi;
5)
quruq dashtlar zonasi;
6) cho‘llar zonasi;
7) chala savannalar zonasi.
Geografik kenglikdagi tuproqlarni paydo qiluvchi faktorlarni ularning ta’siriga
ko‘ra ikki guruppaga bo‘lish mumkin.
165
1. Quruqlikning katta qismiga ta’sir etuvchi faktorlar-iqlim, organizimlar va
yerning yoshi. Bu faktorlar ta’sirida tuproq tiplari hosil bo‘ladi.
2.
Tuproqning ona jinsi, mikroiqlim va inson faoliyati. Bu faktorlar ta’sirida
tuproq tiplari hosil bo‘lidi.
Quruqlikda tuproqning paydo bo‘lish sharoiti va xossalariga ko‘ra bir-biridan
keskin farq qiladigan 50-70 tacha tuproq tiplari bor. Shulardan tog‘ tuproqlaridan
tashqari 12-15 tachasi MDH da uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: