Agrokimyo va tuproqshunoslik


Mantiyadagi konvektiv oqimlar



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Mantiyadagi konvektiv oqimlar.
Yerning energetika balansi muammosining 
mustaqil vazifasi bo'lib energiya tashilishi mexanizmi sanaladi. U bir necha usullar 
bo'yicha amalga oshishi mumkin. Yerning ichki qismidan issiqlik o'zatilishining 
samarali mexanizmi mavjud. Energiya o'zatishning eng samarali usuli bo'lib 
konvektiv massa yordamida issiqlik tashilishidir. Konveksiya deganda suyuqlik 
massasining harakati tushiniladi. U suyuqlikning turli qismida zichlik va haroratning 
keskin farqi tufayli gravitasion beqarorlik natijasida vujudga keladi. Bunday bir jinsli 
emaslik sababi muhitda issiqlik yoki kimyoviy muvozanatning buzilishidir. Bunda 
engil massalarning yuqoriga va og'irlarining pastga harakati tufayli energiya ajralib 
chiqishi bilan kechadi va tog' massalarining o'zi issiqlik tashiydi. 
Mantiyadagi 
konvektiv 
harakatlar 
Yer 
moddalarining 
chuqurlikdagi 
differensiasiyasini tushintirib beruvchi yagona mexanizm xisoblanadi. Agar 
chuqurlikdagi issiqlik Yer yuzasiga konduktiv yo'l orqali odatdagi issiqlik 
o'tqazuvchanlik usulida tashilganda edi, planetaning butun yoshi davomida uning 
yuzasiga etib bormagan bular edi. Bunday holda er qa'rida issiqlik to'planishi tufayli u 
butunlay suyuqlanib ketar edi. Konvektiv massaning issiqlik o'tqazuvchanligi 
Yerning juda qizib ketishining oldini oladi. 


19 
Issiqlik konveksiyasi nazariyasi suyuqliklarni o'rganish misolida yaratilgan. 
Uning asosiy tamoyillari mantiyadagi konvektiv oqimlar nazariyasining asosini
tashkil etadi. Erkin va majburiy konveksiyalar ajratiladi. Erkin konveksiya deb 
issiqlik tashuvchi massaning issiqlikdan kengayishi tushuniladi. Bu uning zichligi 
pasayishi bilan kechadi. Gravitasion kuchlar ta'sirida issiqlik tashuvchi massa 
(suyuqlik) harakatga keladi. Bunday konveksiya issiqlik konveksiyasi deyiladi. 
Mantiyadagi konveksiya gravitasion turg'unlikning faqat ma'lum chegaraviy 
parametrlaridagina rivojlanishi mumkin. Konvektiv oqimlar yopik zanjir shakliga ega 
bo'ladi. Uni oddiy tajribada tekshirib ko'rish mumkin. Bunga o'quvchi kastryulkadagi 
suvni gaz gorelkasida qizdirish yo'li bilan ishonch hosil qilishi mumkin. 
Idish tubidagi haroratning oshishi bilan suv qalinligida harorat gradienti va 
yuqoriga harakatlanuvchi issiqlik oqimi yuzaga keladi. Qizigan suv balandga ko'tarila 
boshlaydi, yuzasi bo'ylab yoyiladi va, sovushi tufayli, idishning devori bo'ylab pastga 
tushadi. Bu holda suyuqlikning barcha qatlamlari konveksiyaga jalb etiladi. hosil 
bo'lgan konveksiya tartibli va bir yarusli bo'ladi. Agar bir qancha gorelkadan 
foydalanilsa konveksiya tartibsiz holga keladi. Ammo har ikki holda ham suvning 
butun qatlami konveksiyaga jalb qilingan, konveksiyaning o'zi esa bir yarusli 
bo'ladi. Boshka tajribada o'zaro aralashmaydigan suyuqliklarning ikki qatlamli (suv, 
moy) modelidan foydalanamiz. Uni qizdirish jarayonida konveksiyaning ikki sathi 
vujudga keladi va ularning har birida mustaqil zanjirlar hosil bo'ladi. Bu holda 
konveksiya ikki sathli yoki ikki yarusli hisoblanadi. 
Yer mantiyasida ham, suyuqliklar bilan o'tqazilgan tajribadagi singari, 
konvektiv oqimlar vujudga keladi. Ammo bu jarayon juda murakkab bo'lib, ko'p 
omillarga bog'liq bo'ladi. Energiya generasiyasining turli sathlarda va turli jadallikda 
kechishi, jinslarning yuqori qovushoqligi, mantiya va po'stloqning qatlamlarga 
ajralganligi va lateral bir jinsli emasligi shular jumlasidandir. Ular tog' jinslarining 
turli petrokimyoviy tarkibi, zichligi va qizdirilganligi bilan bog'liq. 
Litosfera plitalari kinetik energiyani litosferaning asta—sekin sovushi, uning 
qalinligi va zichligi oshishi hisobiga oladi. Litosferaning ostki yuzasi energiya 
manbaida (O'rta okean tizmasi o'qi buyicha plyumning chiqishi) uzoqlashgan sari 
pasayib boradi, plitaning o'zi esa, uni mantiyaning pastga yunalgan konvektiv oqimi 
tortib ketishi sababli, qo'shimcha tortish energiyasini oladi. Subduksiya zonasida 
og'irlashgan, suzuvchanligini yuqotgan litosfera mantiyaga cho'kadi. Bu haqda 
seysmotomografiya buyicha aniqlangan chuqur fokusli zilzilalarning uchoqlari va 
sovub, subduksiyalangan og'ir massalarning holati dalolat beradi.
Idish tubidagi haroratning oshishi bilan suv qalinligida harorat gradienti va 
yuqoriga harakatlanuvchi issiqlik oqimi yuzaga keladi. Qizigan suv balandga ko'tarila 
boshlaydi, yuzasi bo'ylab yoyiladi va sovushi tufayli, idishning devori bo'ylab pastga 


20 
tushadi. Bu holda suyuqlikning barcha qatlamlari konveksiyaga jalb etiladi. Hosil 
bo'lgan konveksiya tartibli va bir yarusli bo'ladi. Agar bir qancha gorelkadan 
foydalanilsa konveksiya tartibsiz holga keladi. Ammo har ikki holda ham suvning 
butun qatlami konveksiyaga jalb qilingan. Issiqlik energiyasi va uning yer yuzasiga 
chiqishi, konvektiv oqimlarning vujudga kelishi kabi. Yerning to'zilishi va 
rivojlanishi haqidagi zamonoviy dunyoqarashning fundamental asosi hisoblanadi. 
Umummantiya bir yarusli (bir zanjirli va ikki zanjirli) va ikki yarusli konvektiv 
oqimlar bilan qamrab olingan mantiyaning tuzilishi ham muhim muammo sanaladi. 
Bir yarusli umummantiya konveksiyasi tarafdorlari seysmotomografiya yordamida 
aniqlangan mantiyani yorib utuvchi yadro va litosfera orasidagi modda aylanishi va 
almashinuvini tushuntiruvchi apvellinglar va dauvelinglarning planetar tizimiga 
tayanadi. Geoximiklar tomonidan qo'llab — quvvatlanuvchi boshqa nuqtai nazar 
bo'yicha mantiyadagi konveksiya ikki yarusli ssenariy bo'yicha amalga oshadi. 
Buning isboti bo'lib magmagenerasiyalovchi uchoqlari mantiyaning turli gipsometrik 
sathlarida joylashgan O'rta okean tizmalari va okean orollaridagi magmalarning 
kimyoviy tarkibidagi farq sanaladi. Bunda asosiy e'tibor yuqori va o'rta mantiya 
oralig'idagi o'tuvchi zonaga (660 — 670 km) qaratilgan bo'lib, ba'zi 
subduksiyalanuvchi sleblar undan pastga tushmaydi. 
Ular Yer moddasining 
chuqurlik differensiasiyasini ta'minlaydi va litosfera 
plitalarini harakatga keltiradi. 
Bundan qo'yidagi xulosa chiqadi: mantiyada jadal kechadigan yirik miqyosli 
konveksiya mavjud bo'lib, u Yer moddalari differensiasiyasi va unda tarkibi va fizik 
xossalari turlicha bo'lgan geosferalar hamda ularni kesib utuvchi apvelinglar 
(plyumlar) va daunvelinglar (sleblar) shakllanishi uchun javobgardir. Shu tufayli 
mantiyadagi zichligi turlicha bo'lgan konvektiv oqimlar bilan qamrab olingan, 
ularning o'zlari esa D11 qatlamida mantiya moddasi differensiasiyasi jarayonlari va 
qaynok mantiyaga sovuq okean litosferasining cho'kishi tufayli generasiyalanadi. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish