Agrokimyo va tuproqshunoslik


Quyosh sistemasidagi asosiy planetalar



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Quyosh sistemasidagi asosiy planetalar.
Bu planetalar ikki guruhga bo'linadi: 
Yer tipidagi planetalar guruhi va Gigant planetalar. Birinchi guruhga Merkuriy
Venera, Yer, Mars, Pluton, ikkinchi guruhga esa Yupiter, Saturn, Uran, Neptun 
kiradi. Yer kabi boshqa planetalar ham o'z uqi atrofida va Quyosh atrofida aylanadi. 
Marsning massasi Yerdan 9 marta, Merkuriydan 20 marta kam. Uran va Neptun esa 
Yerdan 10 lab marta og'ir, Ayrim planetalarning yo'ldoshlari mavjud: Yerning 
yo'ldoshi Oy, Marsning ikki yo'ldoshi (Fobos va Deymos), Uranning 7 ta yo'ldoshi 
borligi aniqlangan (so'nggi 2 tasi 1997 yil oktyabr oyida amerikalik astronomlar 


12 
tomonidan aniqlangan), Saturnda - 16 ta, Yupiterda 17 ta yuldosh bor. Jami Quyosh 
sistemasidagi planetalarning 46 ta yo'ldoshi mavjud (1.1 - rasm). 
Xozirgi zamon dunyoqarashi ham sayyoralar dastlab bir xil tarkibidagi 
moddadan tashkil topib, keyinchalik ularning gravitasion saralanishi oqibatida turli 
qobiqlar paydo bo'lganligi aniq dalillar bilan asoslangan. Bunga yaqqol misol qilib 
Yerning ichki tuzilishini keltirish mumkin. Yerning ichki tuzilishi to'g'risida malumot 
berishdan oldin sayyoramizning hosil bo'lishi to'g'risidagi ayrim fikrlar rivojlanishga 
uning geometrik va miqdoriy ko'rsatkichlariga va tashqi qobiqlariga to'xtalib o'tamiz. 
.
 
 
1- rasm. Quyosh sistemasi va unda yerning tutgan o`rni 
 
3.Yerning shakli.
Yerning shakli haqidagi dastlabki tasavvurlar juda oddiy va 
asossiz bo'lgan. Bunda odamlar o'zlari yashab turgan joyning tabiiy geografik 
sharoitidan kelib chiqib Yer disk shaklda, uni turli xayvonlar ko'tarib turadi deb faraz 
qilishgan. Jumladan, okean va unga tutash dengizlar soxilida yashovchi odamlar 
toshbaqa, uning ustida fillar yassi disk ko'rinishidagi Yerni kutarib turishini tasavvur 
etishgan. Boshqa mulohazalarga ko'ra Yer disk shaklda bo'lib, uni okeandagi baliqlar 
ko'tarib turadi degan bo'lsa, qurg'okchil o'lkalarda disk shakldagi Yerni xo'kiz 
shohlarida ko'tarib turishni faraz kilishgan. 
Yer — Quyosh tizimidagi 9 ta sayyoraning biri. Antik dunyo olimlaridan 
Pifogor (eramizgacha V— asr) va Aristotel — Arastu (eramizgacha III — asr) 
Yerning shakli va tuzilishini o'rganib, uni shar shaklida degan edilar. 


13 
Yer shaklini ellipsoidga yaqin deb bilishning sababi shundaki, agar ellipsoid 
aylanasini Yer shakliga ustma — ust qo'yilsa, u holda okean yuzasi barobarligida 
olingan geoid chizig'iga yaqinlashadi. Demak, Yer shaklini ellipsoid shakliga yaqin 
bo'lgan geoid deb qabul qilingan. Geoidning lug'aviy ma'nosi Yer o'ziga xos shaklga 
ega demakdir. Uni birinchi bo'lib 1873 yilda nemis fizigi Listing fanga kiritgan (1.2 – 
rasm). 
Haqiqatdan ham Yer yuzasi g'oyat notekis bo'lib, o'ziga xos shaklga ega. 
Uning eng baland nuqtasi (Himolay tog'idagi Jomolunguma cho'qqisi, 8848 m) bilan 
eng chuqur botiq joy (Tinch okeanidagi Mariana cho'kmasi (11022 m) o'rtasidagi farq 
19870 m ni tashkil etadi, U xech qanday geometrik shakllarga to'g'ri kelmaydi. 
Yerning bunday shaklda bo'lishiga asosiy sabab, uning bir necha million yillar 
dovomida Quyosh va o'z o'qi atrofida aylanishi hamda yer yuzasidagi havo, suv, 
Yer ichidagi bitmas — tuganmas energiya ta'siri ostida bo'lishidir


Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish