Agrokimyo va tuproqshunoslik


 – rasm. Yerning koinotdan ko`rinishi



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

1.2 – rasm. Yerning koinotdan ko`rinishi 
 
1.3 - rasm. Yerning ichki 
tuzilishi
So'nggi kosmik tasvirlar tahlidan kelib chiqib Yerning shimoliy qutbiy radiusi 
janubiy qutbiy radiusiga nisbatan 21 km uzun ekanligi aniqlangan. Shunga asoslanib 
Yerning shakli uch o'qli ellipsoid yoki kardioid (yunoncha: yurakka o'xshash) deb 
atash qabul qilingan. 
Eramizdan ikki asr oldin qadimgi yunon olimi (kutubxonachi) Eratosfen 
Yerning kattaligini birinchi bo'lib o'lchagan. Eratosfen kunduz soat 12 da Quyosh 
nuri hosil qilgan yer yuzasidagi burchakni skafis (skafis — yunoncha so'z bo'lib, 
masofa ulchov asbobi) bilan ulchab, so'nggi hulosasida Yer aylanasi 250000 stadiy 
(yoki 39500 km), radiusini 6290 km deb aniqlagan. Eratosfen aniqlagan Yer radiusi 
hozirgi vaqtda aniqlangan ma'lumotdan 88 km, aylanasi esa 575,7 km kamroq 
chiqqan (1.3 - rasm). 
Yer shakli ko
’rinishi


14 
Eng so'nggi kuzatishlar natijasida Yer kattaligini quyidagi miqdoriy birliklar 
bilan belgilash qabul qilingan: ekvatorial radiusi 6378,245 km, qutbiy radiusi 
6356,863 km, yerning o'rtacha radiusi — 6371,110 km. Ekvator aylanasi esa 40075,7 
km ga teng. 
Yerning og'irligi
5,977 1021 t, hajmi 1,038 mlrd. km3, maydoni 510 mln.km2, 
o'rtacha zichligi 5,517 gRsm3 ga teng. Sayyoramiz yuzasining katta qismi (70,8%) 
suv bilan qoplangan, quruqlik esa 29,2% ni tashkil etadi. Dunyo okeani o'zaro 
bog'langan to'rtta: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlaridan iborat. 
quruqlik oltita: Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya 
va Antarktida qit'alaridan iborat. Okean bilan quruqlikning nisbati Shimoliy 
yarimsharda 61 va 39% bo'lsa, Janubiy yarimsharda — 81 va 19% ga teng. 
4.Yerning tashqi qobiklari atmosfera, gidrosfera va biosferadan iborat bo'lib, ular yer 
po'sti 
shakllanishida muhim o'rinni egallaydi. Bu qobiqlar bir -biri bilan doimo o'zaro 
bog'liqlikda bo'lib, yerning qattiq qobig'i bilan materiya va energiya almashunivida 
faol ishtirok etadi. 
Yer yuzasidan markaziga tomon yer kesmasini kuzatsak, uning qattiq tanasi uch 
bo'lakdan iboratligini ko'rish mumkin: markazi — yadro, oraliq mantiya va tashqi — 
yer po'sti. Agar o'rta maktabdagi geografiya fanini yana bir bor eslab ko'rsak,, 
ustozlarimiz yerning ichki qismini xuddi tuxumning yoki olmaning ichki qismiga 
o'xshatib tushuntirishgani bejiz emasligini darhol anglaymiz. 
Tabiiyki, savol tug'iladi, xush, zamonaviy texnik asboblar yerning 10-12 km 
chuqurligidan namuna olish imkoniyatiga ega bo'lsa, 6000 km.li yerning ichki 
qismida qanday jinslar borligini nima bilan isbotlash mumkin. 
Haqiqatda, xozirgi burg'ilash texnikasi bor — yug'i Yerning 12 km 
chuqurligigacha etdi. (Rossiyaning Kola yarim orolida), ya'ni shu oraliqda qanday 
jinslar mavjudligini olingan namunasidan bilish mumkin. Shu bilan birga yerning 
ichki qismini o'rganishga muljallangan ba'zi fizik asboblar borki, ulardan olingan 
ma'lumotlar asosida turli qatlamlar tarkibini aniqlash mumkin. Shunday 
tadqiqotlardan biri seysmik to'lqinlar yordamida yerning ichki qismini o'rganish 
bo'lib, u keyingi vaqtda ulkan yangiliklarga olib keldi. 
Ma'lumki, turli jinslarda to'lqin tebranishi turlicha kechadi. Shu xususiyat 
Yerning ichki qismidagi turli qobiqlarni ajratishga asos bo'lgan. 
Ko'pchilik olimlar tomonidan aynan shu ma'lumot asosida Yerning ichki moddiy 
tarkibi o'rganilgan. hozirgi vaqtda mukammal ishlangan shunday modellardan biri 
Gutenberg — Bullen modeli xaqiqatga yaqin deb qabul qilingan. 
Aslida uch qobiqqa ajratilgan Yerning ichki qismi shartli yetti bo'lakdan iborat 
(A, V, S, O, Fe, R, S). Bular seysmik to'lqin tezliklarining o'zgarishini aks ettirgan 
bo'lib, ular turli qobiqlarga to'g'ri keladi. 


15 
Seysmik to'lqinlar ikki hil ko'rinishda bo'lib, ular kundalang (S) va bo'ylama (R) 
turlarga bo'linadi. Chizmadagi kundalang to'lqinning 2900 km da so'nishi markaziy 
qatlamlar suyuq — qovushqoq moddallardan iboratligidan dalolat beradi, chunki S 
to'lqinga faqat qattiq jinslarda tarqaladi. 
Yerning nisbatan zich qavati yadro hisoblanib, u ichki va tashqi yadrolarga 
bo'linadi. Seysmik ma'lumotlarga asosan tashqi yadro suyuq qovushqoq holatga 
yaqindir. Ichki yadroda bo'ylama to'lqin (R) tezligining ortib borishi uning qattiq 
holatdaligidan dalolat beradi. Ichki va tashqi yadroning moddiy tarkibi deyarli bir 
hilda bo'lib, temir jinslidir Yadroda temir va nikel elementlari ko'p bo'lgani sababli 
uni ilmiy adabiyotlarda «nife» qatlami deyiladi. 
Yerning eng yirik oraliq qatlami mantiya xisoblanadi. Yer massasining 2F3 
qismi mantiyadan iborat. Mantiya yer yuzasidan 200 — 2900 km oraliqda joylashgan 
bo'lib, moddiy tarkibi: SiO2; A12O3; Fe2.O3; FeO: TiO2; SaO; MgO; Na2O; K2O 
MgO birikmalaridan iboratdir. Uning tarkibida Si va Mg nisbatan ko'proq bo'lgani 
uchun bu qobiq «sima» deb nomlanadi. Mantiya o'z navbatida ikkiga: qo'yi va 
yuqori mantiyalarga bo'linadi. 
Yerning ichki tuzilishida uning tashqi «tosh» qobiri —yer po'sti alohida o'rinni 
egallaydi. Chunki yerdagi barcha tirik organizmlarning faoliyati, turli jarayonlar, 
xilma—xil foydali qazilma konlari aynan shu qobiqda mujassamlangan. O'z 
navbatida yer po'sti ham uchta bir — biridan tarkibi jihatidan keskin farq qiladigan 
qo'yidan yuqoriga qarab bazalt, granit va cho'kindi jinslari qatlamlaridan iboratdir. 
Yer po'stining qalinligi ham bir xilda emas. tog'li o'lkalarda 60 — 70 km, 
tekisliklarda 35 — 45 km, okean ostida 5—10 km. Bu qatlamlarda seysmik
to'lqinlarning tarqalish tezliklari va tog' jinslari zichliklari turlichadir. 
Yer po'sti tog'li o'lkalar, tekisliklar va okean cho'kmalari viloyatlariga bo'linadi. 
Ularning paydo bo'lishida yerning ichki (endogen) harakatlarining ahamiyati katta. 
Bizning tasavvurimizdagi va hozirgi vaqtda ko'z oldimizdagi yer qiyofasining 
shakllanishida zamonaviy tektonik harakatlar. alohida ahamiyatga ega. Bu harakatlar
to'g'risida qo'yida batafsil to'xtalamiz. 
Umumiy holatda shuni aytish mumkinki, sayyora sifatida shakllangan va 
hozircha yagona xayot maskani bo'lgan. Yerimiz o'lkan jarayonlar natijasida yuzaga 
kelib, hozirgi vaqtda ham doimo harakatdadir. Buni ichki kuchlar ta'sirida yuksalib 
borayotgan tog'lar va yer yuzasidagi kuchlar ta'sirida emirilayotgan — nurash 
jarayonlari ko'lami tasdiqlab turibdi.
Yerning ichki harakatlari doimo yer yuzasidagi jarayonlarni nazorat qilib 
turadi. 
Yer rivojlanishining turli bosqichlarida ichki harakatlarning dam kuchayib, dam 
susayib borganligini ko'zatishimiz mumkin. Yerning kuchli ichki harakatlaridan biz 


16 
yashab turgan o'lkalarda zilzila, kuchki, o'pirilish ro'y berib turadigan bo'lsa, o'rta 
okean tizmalarida hamda quruqlik va okean er po'stlari tutashgan (Kamchatka, Kuril, 
Indoneziya va boshqalar) hududlarida vulkanlar faoliyati, geyzerlar — issiq suv va 
bug'lar otilishi bundan dalolat berib turibdi. Bu jarayonlar natijasida yer yuzasining 
yemirilipsh, buzilishi, tog' jinslarining bir joydan ikkinchi joyga ko'chirilishi va ular 
asosida nohush ekologik vaziyatlar paydo bo'lishi mumkin. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish