9
5.Geologiya fanining shakllanishiga hissa qo'shgan olimlar va ularning fikri
to'g'risida ma'lumot bering.?
2- MAVZU. YERNING PAYDO BO‘LISHI, TARKIBI, TUZILISHI VA
QUYOSH SISTEMASI
Reja.
1.Yerning paydo bo'lishi va yoshi
2.Quyosh tizimidagi sayyoralar
3.Yerning tuzilishi va litologik tarkibi
4.Yer qobiqlarining petrokimyoviy tarkibi
1.Koinotda muallaq turishi to'g'risidagi oddiy afsona
bilan ilmiy kuzatishlarga,
inkor qilib bo'lmaydigan dalillarga asoslangan aniq hisoblar o'rtasida birgina haqiqat
mavjud. Bu ham bo'lsa, Yerning doimiy va o'zluksiz harakatda ekanligidir.
Agar biz ko'p yillik ko'zatishlarga asoslangan ilmiy nazariyalarni taxlil qilsak,
Yerning harakati, uni ko'tarib turgan «baliq» yoki «ho'kiz» bilan bog'liq emas, balki
ma'lum rivojlanish qonuniyatiga asoslangan murakkab tabiiy fizik- kimyoviy
jarayonning mahsuli ekanligiga amin bo'lamiz.
Rus geofizik olimi O.Yu.Shmidt (1943) sayyoralar tizimi sovuq xolatdagi
changlar oralig'idagi Quyosh harakatidan paydo bo'lib, Yer va boshqa sayyoralar
dastlab sovuq xolatda bo'lgan, keyinchalik esa radioaktiv unsurlarning
parchalanishi
natijasida asta sekin qizib borgan, degan fikrni bildirgan. Mazkur gipoteza Quyosh
tizimining ko'pgina xususiyatlarini ishonchli darajada isbotlab bergan bo'lsada, lekin
Quyosh va yulduzlar rivojlanish bosqichlarining ayrim muammolarini tushuntirib
berolmadi.
Astronom olimlardan V.G.Fesenkovning fikricha (1950), Quyosh va sayyoralar
dastlabki gaz - changli materiyaning keyinchalik jipslashuvi natijasida paydo bo'lgan.
Bunda markaziy qismda Quyosh, uning atrofida esa sayyoralar paydo bo'lganligi
tushuntiriladi.
2.Quyosh tizimi, Koinotning to'zilishidagi ayrim ma'lumotlarga to'xtalib o'taylik.
Zero, Yerni Koinot jismlaridan ajratilgan holda tasavvur qilish mumkin emas.
Bizni
urab turgan moddiy olam, bir so'z bilan aytganda, Koinot (yunoncha
dunyo, olam) deyiladi. Koinotning fazo va makonda o'lchami yo'q cheksizdir.
Koinotda materiyalar bir xildagi taqsimotga ega bo'lmasdan, yulduzlar, sayyoralar,
meteoritlar, kometalar va turli gazlar majmuasidan iborat bo'lib, bir butun Galaktikani
tashkil etadi.
10
Quyosh tizimiga 9 ta sayyora, 42
ta yuldosh, 50 mingdan ortiq kichik
asteroidlar, sanog'i yuq meteorit va kometalar kiradi.
Ularning markazida Quyosh joylashgan bo'lib, u barcha Koinot jismlarini o'ziga
tortib turadi. Bu tizimdagi hamma jismlar o'zaro gravitasiya (butun olam tortishish
qonuni) kuchi bilan bog'langan.
Quyosh diametri Yernikiga nisbatan 109 marta katta, o'rtacha zichligi 1,41
g/sm3, tashqi qobiqlarining o'rtacha harorati 5600°S, yoshi 6 - 6,5 mlrd. yil.
Quyosh tizimidagi sayyoralardan faqat Yergina o'zining mukammal rivojlangan
atmosferasi va gidrosferasiga ega. Yerning fazodan turib olingan suratida tog'
tizmalari, okeanlar, yirik tekisliklar aniq ko'zga tashlanadi.
Oy Yerning yuldoshi
bo'lib, ular orasidagi masofa 384000 km, orbita bo'ylab aylanish davri 27 sutka,
zichligi 3,3gFsm3. Oyning Yer va o'z o'qi atrofida aylanishi bir xilda bo'lgani uchun
Yerdan uning doimo bir tomonigina ko'rinadi.
Quyosh tizimi va Yerning paydo bo'lishiga oid ayrim gipotezalar bilan tanishib
chiqamiz. Yer va Quyosh tizimiga kiruvchi sayyoralarning paydo bo'lish muammosi
butun tarixiy davr mobainida olimlarning diqqat markazida bo'lgan. Taraqqiyotning
turli davrlarida har xil gipotezalar yuzaga kelgan va ma'lum vaqt hukmronlik qilgan.
1755 yili nemis faylasufi I.Kant bildirgan fikrga ko'ra olamning paydo
bo'lishidagi birlamchi materiya mayda zarrachalardan iborat bo'lib, Quyosh,
yulduzlar va boshqa Koinot jismlari itarilish va tortilish kuchlari ta'siridan shu tarqoq
zarrachalarning to'planishi natijasida paydo bo'lgan. Fransuz matematigi P.Laplas esa
(1796) Quyosh tizimini tarqoq va chug'dek qizigan gazsimon tumanlikning aylanma
harakati natijasida paydo bo'lgan, deb tushuntiradi. Keyinchalik bu ikki olimning
gipotezasi Kant-Laplas gipotezasi deb nomlangan va olimlar tomonidan qabul qilindi.
o'z zamonasida bu gipoteza ilg'or xisoblanib, keyinchalik
astronomik tadqiqotlar
chuqurlashuvi tufayli ayrim talablarga javob berolmagani uchun e'tibordan chetda
qolgan.
Quyosh - Quyosh sistemasining markaziy va eng massiv jismi bo'lib, massasi
Yer massasidan 333 000 marta katta va hamma planetalarning umumiy massasidan
750 marta ortiq. Quyosh yuzasining temperaturasi 6000°S. Quyosh diametri bo'yicha
Yerdan 109 marta, hajmi bo'yicha 1,3 mln. marta katta. Quyosh kuchli manba bo'lib,
u elektromagnit to'lqinlari spektrining hamma diapazonida nurlanadi. Bundan
tashqari nurlanish quyosh sistemasidagi hamma jismlarni
yoritib ularni qizdiradi,
planeta (sayyora)lar atmosferasining fizik xolatiga ta'sir ko'rsatadi. Quyosh Yerdagi
hayot uchun zarur bo'lgan yorug'lik manbai va bizga eng yaqin yulduz bo'lib, boshqa
yulduzlardan farqli ularoq, uning diskini ko'rishimiz mumkin. Quyosh moddasining
o'rtacha zichligi 1400 kg/m3 ga teng.
11
Yer atmosferasidan tashqarida quyosh nurlariga o'ralgan 1 m 2 sirtga
Quyoshning 1,36 kv yorug'lik energiyasi to'g'ri keladi.
Yer Quyosh tarqatayotgan
energiyaning taxminan 1/2 000 000 000 qisminigina oladi.
Quyosh sistemasiga kiruvchi asosiy planetalar (Yer guruhidagi va gigantlar) dan
tashqari bu tizimda kichik planetalar (asteroidlar), bolidlar va kometalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: