Mavzu: Qon ketishi. Qon va uning o'rnini bosuvchi suyuqliklarni quyish
REJA:
1.Qon ketishi, sabablari, tasnifi, belgilari.
2.Qon yo’qotish darajalari. O'tkir kamqonlik.
3.Qon ketishini vaqtincha va batamom to'xtatish usullari. Ichki qon ketish.
4.Qon quyish. Usullari. Qon o'rnini bosuvchi suyuqliklar.
Qon ketishi deb, qon tomirlarining mexanik shikastlanishi, biror kasallik oqibatida yemirilishi yoki qon ivish tizimining buzilishi, o'tkazuvchanlikning oshib ketishi natijasida, qon tomirlaridan tashqi muhitga, atrof to'qimalarga va ichki bo’shliqqa qon chiqishiga aytiladi. Qon ketish ko'pincha-to'qima va organlarga mexanik ta'sir etish natijasida ro'y beradi (tabiiy ofat, urush, transportdan shikastlanish, jarrohlik operasiyalari ta'sirida). Katta qon tomiri shikastlansa, shikastlangan kishining hayoti xavf ostida qoladi. Qon ketishi qon tomiri devorining biror kasallik oqibatida yemirilishi esa tomirlar yoki atrof to'qimalarining kasallanishi sababli yuz berib, ateroskleroz, yiringli infeksiya, spesifik yallig'lanish, o'sma va nekroz (jonsizlanishi) kasalliklari qon tomirlarining anatomik buzilishiga olib keladi.
I. Qon ketishi kelib chiqishiga ko'ra ikki turga bo'linadi:
1.Travmatik turi-odam yarador bo'lganda, biror joyi urilganda, shikastlanishlar oqibatida vujudga keladi.
2.Jarrohlik turi-operasiya qilinganda qon tomirlar ma'lum darajada shikastlanadi va qon oqadi.
II.Shikastlangan qon tomirning anatomik va fiziologik holatiga qarab:
1) arterial
2) venoz;
3) aralash;
4) kapillyar
5) parenximatoz.
Arterial qon ketishida qon juda tez va kuchli fontanga o'xshab otilib chiqadi. Xavfli bo'lib tezlikda yordam berilmasa, bir necha minut ichida bemor o'lib qolishi mumkin. Agar каttа аrteria tomiri shikastlangan bo'lsa, bunda vishillagan ovoz bilan qon ketadi. Arteriyadan qon oqayotganini quyidagi belgilardan bilish mumkin: oqayotgan qon uzilib-uzilib ingichka bo'lib oqadi, rangi och qizil bo'lib (kislorodga boy), yaraning markaziy qismidan otilib chiqadi.
Venoz qon oqishi venalar shikastlanganda paydo bo'ladi. Venalarda qon bosimi arteriyalardagiga nisbatan past bo’lganidan, u shikastlanganda qon otilib chiqmasdan sekinroq, bir maromda va to'xtovsiz oqim bilan oqadi. Bunda qon to’q olcha rangda bo'ladi. Qon yaraning periferik qismidan oqib turadi. Venadan qon oqishi arteriyadan qon oqishidan sekinroq o'tadi. Shuning uchun kamdan-kam hollarda hayot uchun xavfli bo'ladi, biroq bo'yin va ko'krak qafasi venalari yaralanganda o'lim xavfi vujudga keladi. Bo'yin va ko'krak qafasi venalarida nafas olish vaqtida manfiy bosim paydo bo'ladi va shunga ko'ra bu venalar yaralanganda chuqur nafas olish paytida ular ichiga havo kirishi mumkin, havo pufakchalari qon oqimi bilan yurakka kirib, yurak yoki qon tomirlarini bekitib qo’yishi-havo emboliyasi yuz berishi va tezda o'lim ro'y berishiga sabab bo'lishi mumkin. Mayda vena qon tomirlari shikastlangan bo'lsa, qonning ivishi natijasida qon tomiri uchlarida tromb hosil bo'lib, oqayotgan qon o'z-o’zidan to'xtashi mumkin.
Aralash qon ketishi. Arteriya va vena qon tomirlarining alohida shikastlanishi kam uchraydi, shuning uchun ko'pincha qon ketishda, ya'ni bir vaqtning o'zida ham arteriya, ham vena tomirlari shikastlanadi.
Kapillyarlardan qon oqishi. Bu qon oqishi juda mayda qon tomirlari (kapillyarlar) shikastlanganda sodir bo'ladi. Teri shilliq qavati, mushak yuzi shikastlanganda, teri qirilganda shilliq qavati chaqa bo'lib, uning yuzidagi kapillyarlardan qon oqib turadi. Bunda qon yaraning barcha sathidan oqib chiqadi. Qonning rangi arteriya va venadan oqadigan qon rangi o'rtasida bo'ladi. Qon ivishi normal bo'lganda kapillyar qon oqishi o'z-o’zidan to'xtaydi.
Parenximatoz qon oqishi. Ichki parenximatoz organlar (jigar, taloq, o'pka. buyrak) shikastlanganda undagi qon tomirlaridan juda ko'p qon oqadi, bu qon ketish biriktiruvchi to'qimalar orasida qon tomirlarining qisqarishi qiyin bo'lgan yerda bo'lganligi sababli, yo'li ochiq bo'lib, qon ketishining o'z holicha to'xtashi qiyinlashadi. Bu organlar qon tomirlariga boy bo'lganidan, qon oqishi juda uzoq davom etadi. Qonni o'z-o'zidan deyarli to'xtatib bo'lmaydi, uni operasiya yo'li bilan to'xtatish mumkin.
III. Klinik holatiga qarab:
tashqi.
ichki
yashirin qon oqishi farqlanadi.
Tashqi qon ketishda qon tashqi muhitga oqib chiqadi, qon teridagi jarohat orqali tashqariga chiqadi. Tashqi qon ketish ko'proq bo'yin, qo'1-oyoq va boshqa joylarda kuzatiladi.
Ichki qon ketish shikastlangan qon tomirlaridan bo'shliqqa, oraliqqa, ichki organlar joyiga va uning atrofiga tarqalish yo'li bilan namoyon bo'ladi.
Yashirin qon ketishida klinik holatlar noaniq bo'ladi, bu "tushunib bo'lmaydigan" kamquvvatlik, tez charchab qolishlik, bosh aylanishi, ko'z oldining qorong'ilashishi bilan kechadi. Oshqozon-ichak bo'shlig’iga qon tushsa, u jigarrang tusga kiradi, ya'ni qondagi gemoglabin moddasi oshqozon shirasining ta'sirida ushbu rangni beradi. Agar qon oshqozonga yoki ichakka o'tsa, axlat qorayib kо’mir rangiga aylanadi, bu esa yashirin qon ketishining ishonarli belgilaridan hisoblanadi. Buyrak, siydik yo'li, siydik qopi shikastlanishi qon ketisli bilan kechsa, qon siydikda bo'ladi.
IV. Qon ketishning sodir bo'lgan vaqtiga qarab:
1) birlamchi
2) ikkilamchiligi belgilanadi.
Shikastlanish sodir bo’lgan zahoti, shikastlangan tomirda qon ketishi birlamchi deb ataladi.
Ikkilamchi qon ketish, shikastlanishning birinchi kunida yarada infeksiya bo'lishi tufayli, ivigan qonning chiqib ketishi natijasida, qon tomirini drenaj naychasi bosib qolganda yoki yot narsalar, suyak bo’lakchalarining qon tomirlarini shikastlantirishi hamda to'qimalarning o'lishi tufayli bolishi mumkin. U shikastlanish sodir bo’lgandan keyin bir necha kun va hafta o'tgandan so’ng sodir bo’ladi.
V. Qon yo'qotish hajmiga ko'ra:
1) yengil;
2)o'rta
3) og'ir qon yo’qotish darajalari farqlanadi.
Yengil darajali qon yo'qotishda bemor tomirlarida aylanib turgan qonning 10-15 foizini yo’qotadi. Puls tezlashib (minutiga 80 marta), teri oqaradi, kamquvvallik kuzatiladi, qon bosimi 100/70, 100/60 mm sim. ust. teng bo'ladi.
O'rta darajali qon yo'qotish, aylanib turgan qonning 15-20 foizi ni yo’qotadi. Bemor rangi oqarib badanida sovuq ter paydo b’ladi, kamquvvatlik bosh aylanishi, hushdan ketishi kuzatiladi, puls tezlashib 100-110 ga yetadi, qon bosimi kamayib 90-100 mm.sim.ust.ga
tushadi. O’rta darajali qon yo’qotishda yo'qotilgan qon hayot uchun muhim bo'lmagan to'qimalardan (teri, teri osti yog’ kletchatkasi, muskul, taloq hisobidan) hayot uchun asosiy bo'lgan a'zolariga (miya, yurak, o’pka) ga oqib boradi.
Og'ir darajali qon yo’qotish qon tomirlarida aylanib yurgan qonning 20-30% gacha kamayshidan kelib chiqadi va bemor behush holatda bo'ladi, puls bo'lmaydi, qon bosimi tushib ketadi. Katta arteriya va venalaming kesilishi og'ir qon ketishi bilan kechib organizmning o'z-o'zini tiklash mexanizmi zaiflashadi.
Jismonan charchagan, toliqqan, hayajonli, sovuqda qolib ketgan bemor qon yo'qotishni og'ir o'tkazadi. Inson qon tomirlaridagi qonning miqdori fiziologik holatda tananing 1x13 bo'lagini tashkil etadi; bu 5-6 litrga to'g'ri keladi. Qon tomirlarda qon bir me'yorda tarqalmaydi, arteriyada 20%. venada 75%, kapillyarlarda esa 5% bo'ladi. Shunday qo'lib, 95% qon hajmi tomirlarni, yurak kamerasini to'ldirib turadi, 5% qon esa to'qimalarda modda almashinuvida ishtirok etadi. 40-50% aylanib turgan qonni yo'qotish organizmning o'lishiga olib keladi. Undan kam miqdorda qon yo’qotish esa o'tkir kamqonlik kasalligining yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.
O'tkir kamqonlik
Ko'p qon yo'qotish natijasida, qon aylanishining keskin buzilishi, og'ir kislorod tanqisligi vujudga kelishi sababli o'tkir kamqonlik rivojlanadi.
O'tkir kamqonlik belgilari o'ziga xosdir. Bemorning tinka madori qurib, quvvati ketayotganidan, quloqlari shang'illab, ko’z oldi qorong'ilashayotganidan, boshi aylanishidan. tashnalikdan va ko'ngli aynib qayt qilishidan shikoyat qiladi. Teri va shilliq pardalarning rangi oqaradi, yortoq suyaklari turtib chiqadi, qo'l-oyoqlar muzdek bo'ladi va yopishqoq sovuq ter bosadi, tomiri sust uradi, temperatura tushib ketadi, nafas olishi tezlashadi, qon bosimi pasayib ketadi, qon oqishi tezda to'xtatilmasa, bemor o'ladi.
O'tkir kamqonlik belgilari paydo bo'lishi bilanoq tezda yordam berish kerak. Avvalo qon oqishini to'xtatish zarur. So'ngra qon va qon o'rnini bosuvchi suyuqliklar venaga yuboriladi. Bemorga issiq choy, kofe ko'p ichiriladi. Bunday hollarda bemorning qo'l va oyoqlarini yuqori ko'tarilib, boshini pastga tushirib yotqizish kerak (miyada qon aylanishi tezroq tiklanishi uchun)va tezda bemorni xirurgiya bo’limiga yuborish zarur.
Qon oqishini to'xtatish
Qon oqishini quyidagi usullar yordamida to'xtatish mumkin:
1) qon oqishining o'z-o'zidan to'xtatishi;
2) qon oqishini vaqtincha to'xtatish:
3) qon oqishini butunlay to'xtatish.
Qon oqishini to'xtatish yo'qotilgan qon o'rnini to'ldirish va patologik o'zgarishlarni yaxshilashga qaratiladi.
Qon oqishining o'z-o'zidan to'xtashi, kapillyarlar, mayda venalar yoki mayda arteriyalardan qon oqishi ko'pincha o'z-o'zidan to'xlab qoladi, chunki bunda organizmning bir qancha himoya mexanizmlari ta'sir ko'rsatadi. Zararlangan tomirlaraning devori qisqaradi (reflektor spazm), ularda qon harakati kamayadi, oqqan qon ivib, tomir teshigi laxta (tromb) bilan berkitiladi. Bemorning qoni ivimasa yoki qonning ivish xossasi pasaygan bo'lsa, qon oqishi o'z-o'zidan to'xtamaydi, Tashqi qon oqishida birinchi yordam ko'rsatish uchun avvalo qon oqishini tezda to'xtatish kerak. Qon oqishi ikki xil: vaqtincha va butunlay to'xtatiladi. Birinchi yordam berish sharoitida qon oqishi shikastlangan odamni davolash muassasasida xirurg qon oqishini butunlay to'xtatish chorasini ko’radi. Qon oqishini vaqtincha to'xtatishda quyidagi usullar qo'llaniladi:
1. Tananing qon oqayotgan qismini gavdaga nisbatan yuqori ko'tarib qo'yish. Bu usul qo'l-oyoq venalaridan ozroq qon oqayotganda uni kamaytirishga va hatto to'xtatishga imkon beradi. Kapillyar qon oqayotganda jarohat bosib bog'langandan keyingina qo'l-oyog'ini ko'tarib qo’yish kerak, tomirlarda bosim pasayadi va qon iviydi.
2) Shikastlangan joyni bosib turadigan bog'lamda bosib turish. Yumshoq to'qimalardan qon ketayotganda (kalla, boldirning oldingi yuzasi, tizza, tirsak bo’g’imlari terisi jarohatlanganda) vena va arteriyada qon ketganda bosib bog'lash foydali. Jarohat chetlariga yod nastoykasi surtilgandan keyin bir necha qavat sterillangan doka yopib, ustidan qalin paxta qo’yiladi-da, zichlab bint o’raladi Bog’lam tagida bosilgan qon tomirlardagi qon tez ivib tromb hosil qiladi.
3) Arteriyaning yuqorirog'ida barmoq bilan bosib turish. Arterial qon oqishida shoshilinch to'xtalishning eng tarqalgan usuli hisoblanadi. Arteriya yuzada yoki suyak yaqinida bo'lsa, shu suyakka qarab bosish mumkin. Arteriya barmoq bilan to'g'ri bosilsa teshigi yetarlicha to'la berkitiladi. Ko'pincha jgutni boshqatdan solishda shu usuldan foydalaniladi. Barmoq bilan bosib turib qon oqishini uzoq vaqt to’xtatib bo’lmaydi, chunki bu katta jismoniy kuch talab qiladi, yordam ko'rsatuvchini charchatadi va transportirovka qilish imkoniyatidan deyarli mahrum qiladi. Bu usul juda qulay, u jarohatga iflos tushurmay, qon to'xtatishni ta'minlaydi. Arteriyani barmoq bilan yuqorirog'idan bosib turish qo'1-oyoqlardagi, bo'yin va boshdagi arteriyalardan oqayotgan qonni vaqtincha to'xtatishda eng qulay bo'lgan birdan-bir usuldir. Yelka arteriyasini yelkaning yuqoridagi uchidan bir qismida qo'ltiq chegarasidan bosish yaxshi natija beradi. Barmoqlar yelkaning ichki etagiga qo'yilib, arteriya yelka suyagiga bosiladi. Son arteriyasi chov burmasi o'rtasining naq pastida bosib turiladi. Bu arteriyani musht bilan bosib turish mumkin, arteriyani bosh barmoq, kaft, musht bilan bosib turish mumkin, umumiy uyqu arteriyasini oltinchi bo'yin umurtqasining uyqu do’mbog'iga bosib turiladi, barmoqlar to’sh-o’mrov so’rg’ichsimon o’siq muskulining o'rtasiga qo'yiladi.
4) Qo'l yoki oyoqdan qon oqayotgan bo'lsa, bo'g'imni iloji boricha bukib turib, qon oqishini to'xtatish kerak. Qo'ltiq yoki o'mrov osti arteriyasidan qon oqishini to'xtatish uchun qo'lni orqaga maksimal darajada qayirib, orqaga taqab bog'lash mumkin. Bunday vaziyatda o'mrov osti arteriyasi o'mrov suyagi bilan birinchi qovurg'a oralig'ida qisiladi.
Bilak va qo'l panjasidan qon oqqanda tirsak bo'gimini mumkin qadar bukib bog'lab qo'yish mumkin. Oyoq panjasi va boldirdan qon oqqanda oyoq tizza bo'g’imidan maksimal darajada bukib bog'lab qo'yiladi.
5) Shikastlangan qismiga burov (jgut) solish. Umuman qon oqayotgan arteriyalarni qo'l bilan bosib turish yaxshi foyda beradi, lekin uzoq vaqt bosib turganda qo'l charchab qoladi. Shuning uchun oyoq-qo'l arteriyalaridan oqayotgan qonni jgut yordamida to'tatish usuli keng qo'llaniladi va u qulay hisoblanadi. Bu usul rezina naychalar, rezina bint yoki matodan tayyorlangan jgut-zakrutka bilan qon oqayotgan joyning yuqorisidan bog'lashga asoslangan, brush maydonlarida jgut sifatida kamar, ro'molcha, ko'ylak, sochiq va boshqalardan foydalaniladi. Sim, tizimcha, arqon, kanop va shunga o'xshashlardan jgut sifatida foydalanish mutlaqo mumkin emas.
Jgut bog'lash usuli. Qo'l yoki oyoqning yirik arteriyasidan qon ketayotganda qon ketishini to'xtatish uchun eng ishonchli vosita jgut bog'lashdir. Esmarxning elastik jguti va NIISI ning mato jguti ko'p ishlatiladi. Qo'lga jgut bog'lashda yelkaning uchdan bir yuqori qismi, oyoqqa bog'lashda esa sonning uchdan bir o'rta qismi eng qulay joy hisoblanadi. Oyoq-qo'l arteri yalaridan kuchli qon oqqandagina jgut bog'lashga ruxsat etiladi, qolgan hamma hollarda bu usulni qo'llash tavsiya qilinmaydi. Terining jgut ostida siqilib qolishining oldini olish uchun jgut tagiga sochiq, yaradorning kiyimi yoki bint bog'lovi yopiladi. Qo'l yoki oyoqni bir oz yuqoriga ko'tarib, jgutni uning tagiga qo'yiladi, cho’ziladi va qon oqishi to'xtaguncha qo'l yoki oyoq atrotida aylantirib о’raladi. Jgut o'ramlari terini qismay yonma-yon tushishi lozim. Birinchi o'ramni ayniqsa mahkam siqish. lkkinchisini kamroq, qolganlarini bundan ham bo'shroq o'rash kerak. Jgut uchlarini zanjircha va ilmoq bilan o'ramlar ustida mahkamlanadi. Matoni faqat qon oqishi to'xtaguncha siqish kerak. Jgut to'g'ri bog'langanda arterial qon oqishi tezlikda to'taydi, oyoq yoki qo'l oqaradi, jgut bog’langan joydan pastda tomirlar pulsasiyasi to’xtaydi.
Jgut bog’lashda ko'pincha quyidagi xatolarga yo'l qo'yiladi: jgut qattiq siqilganda yumshoq to’qimalar ezilib qoladi, nervlarning ezilishi natijasida qo’ yoki oyoq falajlanishi mumkin; jgut bo’sh bog’lansa qon oqishi to'xtamaydi, aksincha venada qon dimlanib qoladi va venoz qon oqishi immobilizasiya qilish kuchayadi (oyoq yoki qo’l ko’karadi). Jgut bog’langandan so’ng oyoq-qo’lni immobilizasiya qilish kerak.
Jgutni Oyoq yoki qo'lda 1-1 F 2-2 soatdan ortiq saqlash yaramaydi. Tomirlarning bundan ko'p qisilishi oyoq yoki qo'lning jonsizlanib qolishiga olib keladi. Shunga ko'ra jgut ustidan bog'lam, kosinka bog’lash qat'iyan taqiqlanadi. Jgut bog’langan vaqtdan so'ng 2 soat ichida shikastlangan kishini stasionarga qon oqishini batamom to’xtatish maqsadida olib borishning hamma choralarini ko'rish zarur. Agar biror sababga ko'ra qon oqishini uzil-kesil to'xtatish cho’zilib ketsa, jgutni 10-15 minutga yechish (bu vaqt ichida arteriyadan qon oqishini barmoq bilan bosib to'xtatib turiladi) va u ilgari bog'langan joydan yuqoriroqqa yoki pastroqqa yana bog’lash zarur. Ba'zan bir necha marta shunday qilinadi (qishda yarim soatda, yozda bir soatda). Jgut bog'langan vaqtni tekshirib turish, uni o'z vaqtida yechish yoki bo'shatish uchun jgut tagiga yoki shikastlangan kishining kiyimiga jgut bog’langan kuni va vaqti (soati va minuti) yozilgan xat to’g’nab qo'yiladi.
Maxsus jgut bo'lmaganda oyoq-qo'lga kamar, ro'mol, mato parchasini bog'lab tortiladi. Qo'shimcha vositalardan tayyorlangan jgutni zakrutka (burama) deb ataladi. Burama uchun ishlatilgan narsani kerakli joyda bo'sh qilib bog'lanadi. Hosil bo'lgan qovuzloqdan tayoqcha, taxtacha o'tkaziladi va uni burab, qovuzloqni qotishi batamom to'xtaguncha aylantiriladi, shundan so'ng tayoqchani oyoq yoki qo'lga mahkamlanadi. Burama qo'yish og'riqqa sabab bo'ladi, burama tagiga, ya'ni tug’ilgan joy ostiga biror narsani qistirib qo'yish lozim.
Qon ketishining batamom to'xtatishni vrachlar shifoxonalarda o'tkazadi. Qon tomiri yo'lini berkitish uchun:
1) mexanik;
2)fizik;
3)ximik;
4) biologik preparatlar yuborib ivishni ta'minlashdan iborat.
Qon ketishini mexanik usulda to'xtatishga quyidagilar kiradi: yarani bog'lash yoki qon ketayotgan tomirni tikish, yarada ajralib turgan qon tomirni bog'lash. protez tomir qo'yish qo'llaniladi.
Qon-ketishini to'xtatadigan fizik omillar gruppasiga quyidagilar kiradi:
1)diatermokoagulyasiya - bu elektr pichoq bilan qon tomir va to'qimalarni kuydirish;
2) past haroratda sovutilgan suv, muz parchalari, qor bilan to'qimalarni muzlatib qo'yish;
3) yuqori energiya (lazer pichog'i, plazmali skalpel) qo'llaniladi.
QON HAQIDA:
Qon va uning tarkibiy qismlari
Donor qonni topshirgandan so'ng, Qon xizmati xodimlari olingan qonni tarkibiy qismlarga ajratish uchun maxsus jihozlardan (tsentrifuga) foydalanadilar.
Qon tarkibiy qismlari bu hujayralar (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) yoki plazma.
qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)
Qizil qon hujayralarining asosiy vazifasi kislorodni nafas olish tizimidan tanadagi barcha hujayralarga o'tkazishdir. Shu bilan birga, eritrotsitlar to'qimalardan karbonat angidridni chiqarishda ishtirok etadi.
Qizil qon hujayralarini quyish katta qon yo'qotish (masalan, travma, jarrohlik, tug'ish) yoki og'ir anemiyani davolash uchun, suyak iligi yetarlicha qizil qon tanachalarini (masalan, kimyoterapiya, leykemiya va boshqalar) davolash uchun ishlatiladi. talassemiya).
Oq qon hujayralari (leykotsitlar)
Leykotsitlar oq qon hujayralari bo'lib, ular infektsiyalar bilan kurashadi va tananing mudofaa tizimining bir qismidir. Leykotsit transfüzyonu hayot uchun xavfli bo'lgan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarga o'tkaziladi.
qizil plitalar (trombotsitlar)
Trombotsitlar qon ketishini to'xtatadigan qon hujayralari. Onkologik kasalliklarga chalingan odamlarga transfüzyon kerak.
plazma
Bu qonning sariq suyuq qismi. U 90% suvdan iborat bo'lib, tarkibida ozuqa moddalari: oqsillar, yog'lar, uglevodlar, gormonlar, vitaminlar, tuzlar, tana to'qimalarini qurish va ularning hayotiy funktsiyalarini ta'minlash uchun zarur bo'lgan moddalar, shuningdek metabolizmni tartibga soluvchi organik moddalar mavjud.
Plazma dorivor maqsadlarda jarrohlik, akusherlik va ginekologiya, onkologiya va tibbiy amaliyotning boshqa sohalarida keng qo'llaniladi.
Donor qon plazmasining asosiy tayyorgarligi:
Albom
U zarba (travmatik, jarrohlik, toksik), kuydirish va qonning quyuqlashishi, o'tkir qon yo'qotilishi, yiringli-septik kasalliklar, jigar albumin sintezining buzilishida qo'llaniladi. , buyrak kasalliklari (nefrit, nefrotik sindrom);
Qon ivish omillari - gemofiliya bilan og'rigan bemorlarda, o'tkir qon ketishda (travma, jarrohlik) qo'llaniladi.
Qon guruhlari
Qon quyish paytida siz avval donorning ham, bemorning ham qon guruhini aniqlashingiz kerak. Qonning 4 turi mavjud.
ABO tizimi
XIX asr oxirida. Avstraliyalik olim Karl Landshtayner, eritrotsitlarni o'rganib chiqib, qiziq bir naqshni aniqladi: ba'zi odamlarning qizil qon hujayralarida (eritrotsitlar) olim A harfi bilan belgilagan maxsus marker bo'lishi mumkin, boshqalarida - B markeri, boshqalarida esa na A, na B topilmadi. Landshteyner tomonidan tavsiflangan belgilar hujayralar yoki antijenler turlarining o'ziga xosligini aniqlaydigan maxsus oqsillar ekanligi ma'lum bo'ldi. Aslida, ushbu tadqiqotlar butun insoniyatni 3 ta qon guruhiga ajratdi.
O (I) - birinchi qon guruhi
A (II) - ikkinchi qon guruhi
B (III) - uchinchi qon guruhi
AB (IV) - to'rtinchi qon guruhi
To'rtinchi guruh biroz keyinroq olim Decastello tomonidan tasvirlangan. Ikki olimning birgalikda kashfiyoti ABO tizimi deb nomlandi.
Rh faktori
Qon guruhi antijenlaridan farqli o'laroq, Rh faktori qizil qon tanachasida joylashgan va boshqa qon omillariga bog'liq emas. Rh faktori meros bo'lib, insonning hayoti davomida saqlanib qoladi. Eritrotsitlarda Rh faktori bo'lgan odamlarning 85% Rh musbat qonga (Rh +) ega, boshqa odamlarning qonida Rh faktori yo'q va ular Rh manfiy (Rh-) deb ataladi.
Inson qoniga mosligi
Qon guruhlariBir kishi qonlarni guruhlarga topshirishi mumkinBiror kishi qon guruhlarini qabul qilishi mumkinII,II,III,IVIIIII,IVI,IIIIIIII,IVI,IIIIVIVI,II,III,IV
Qonning muhim funktsiyalari
Yurak tomonidan pompalanadigan tanamiz ichidan oqib chiqadigan qon tananing barcha qismlariga kiradi va turli xil muhim funktsiyalarni bajaradi:
1. Oziqlanish funktsiyasi. Qon kislorod (O2) va turli xil oziq moddalarni olib yuradi, ularni to'qima hujayralariga beradi va karbonat angidrid (CO2) va boshqa parchalanish mahsulotlarini tanadan olib chiqadi.
2. Transport funktsiyasi. Qon endokrin bezlar tomonidan ishlab chiqarilgan gormonlarni tegishli organlarga tashiydi va shu bilan "molekulyar ma'lumot" ni bir zonadan boshqasiga uzatadi.
3. Qon ketishni to'xtatish qobiliyati. Qon tomiridan qon ketganda, qon u erga ko'plab leykotsitlarni yuboradi, qonni plazmani tomirlardan siqib chiqaradi yoki trombotsitlarni - trombotsitlarni - qon yo'qotilgan joyga to'playdi.
4. Termoregulyator funktsiyasi. Qon isitish tizimiga o'xshaydi, chunki u butun tanada issiqlikni tarqatadi.
5. PH regulyatori funktsiyasi. Qon oqsillar va mineral tuzlar kabi moddalar yordamida ichki muhitning kislotaliligini (7.35-7.45) o'zgarishini oldini oladi.
6. Himoya funktsiyasi. Qon oq qon tanachalarini va organizmni patogen mikroorganizmlardan himoya qiluvchi antikorlarni tashiydi.
7. Transport: nafas olish (O2 va CO2 ning o'tkazilishi) - aminokislotalar, polipeptidlar, oqsillar, uglevodlar, yog'lar, fermentlar, gormonlar, biologik faol moddalar va mikroelementlarning uzatilishi.
8. Himoya: immunitet va gemostazda ishtirok etish.
9. Tartibga solish: pH va suv-tuz almashinuvini boshqarishda ishtirok etish.
Qon quyish (gemotransfuziya) — texnologiyasi, ko’rsatmalar, asoratlari
Qon quyish, gemotransfuziya (qad. yun. αἷμα — qon va lot. transfusio — quyish) — transfuziya amaliyoti bo’lib, bunda retsepient donordan qabul qiluvchi biologik suyuqlik qon yoki uning tarkibiy qismlari bo’ladi. Ushbu amaliyot o’rnini bosuvchi terapiyaning bir turi sanaladi. Rag’batlantiruvchi va o’rnini bosuvchi ta’sir bilan bir qatorda, u qonning ivish qobiliyatini oshiradi va zaharli moddalarni zararsizlantiradi.
Mundarija
Ko’rsatmatlar
Qon quyish texnologiyasi
Amaliyot kechishi
Asoratlar
Ko’rsatmatlar
Qon quyish amaliyoti kasalliklar, jarrohlik operatsiyasi, kimyoterapiya yoki terapiyaning boshqa turlari qonga o’tkazishi tufayli kerak bo’lishi mumkin. Bunda bemorga eritrosit, leykosit yoki trombositlar talab etilishi mumkin, xususan:
Eritrosit yoxud qizil qon tanachalari kuchli qon yo’qotish yoki kamqonlikda;
Trombositlar ularning miqdori kamligida (trombositopeniyada);
Leykosit yoxud oq qon tanachalari juda kamdan-kam hollarda uchraydigan ko’rsatmalarga ko’ra.
Qon yo’qotishidan tashqari, gemopoez aplaziyasi, kuyishlar, infektsiyalar, zaharlanish va boshqalar ham qon quyish uchun ko’rsatma bo’lishi mumkin.
Qon quyish texnologiyasi
Qon quyish vena tomirlari orqali (o’tkir holatlarda arteriyalar orqali) amalga oshiriladi va qizil qon tanachalari, oq qon hujayralari, plazma oqsillari o’rnini bosish, shuningdek qon aylanishini, qon yo’qotish holatida uning osmotik bosimini tiklash uchun (shu maqsadda qon o’rnini bosuvchi moddalar ishlatilishi ham mumkin) qo’llaniladi.
Transfuziya to’g’ridan-to’g’ri va donor qonini oldindan saqlab qo’yish orqali amalga oshirilishi mumkin. Qon quyish uchun zamonaviy yondashuv uning tarkibiy qismlarni quyishni nazarda tutadi (plazma, qizil qon tanachalari massasi, oq qon hujayralari massasi, trombotsitlar massasi, yuvilgan eritrositlar, kriopretsipitat va boshqa nodir komponentlar).
Tekshirilmagan qonni quyish paytida qabul qiluvchi qoniga donorda mavjud bo’lgan kasallik qo’zg’atuvchilari tushishi mumkin. Shu munosabat bilan, hozirda qon tarkibiy qismlarini karantin qilish usuli keng qo’llaniladi.
Qon donorlari va qabul qiluvchining qonlari quyidagi parametrlar bo’yicha qat’iy mos kelishi kerak:
Qon guruhi;
Rezus omil.
Ba’zi hollarda qon quyishda boshqa antigenlar, masalan, Kell antigenlari mavjudligini hisobga olish kerak bo’ladi.
XX asrning 80-yillariga qadar, salbiy rezus omilga ega bo’lgan birinchi qon guruhi barcha guruhlar uchun universal donor deb ishonilgan, ammo agglyutinogenlarning kashf etilishi bilan bu fikr noto’g’ri deb tan olingan.
Hozirgi vaqtda «universal» donorlik qoni yo’q, ammo shunga o’xshash qon o’rnini bosuvchi — «Moviy qon» deb atalmish suyuqlik mavjud.
Amaliyot kechishi
Qon quyish og’riqli emas. Sezish mumkin bo’lgan yagona og’riq — venaga ignani kiritish vaqitda seziladigan yengil achish hissi.
Bir marta qizil qon hujaylari quyish amaliyoti 2-4 soat, trombositlar quyish esa 30-60 daqiqa vaqt talab qiladi.
Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf — allergik reaktsiya yoki infektsiyadir, biroq bunday ehtimollik juda past ko’rsatkichga ega.
Asoratlar
Quyidagi holatlar kuzatilganda darhol shifokor chaqirish talab etiladi:
Tana haroratining 38 °C yoki undan yuqori bo’lishi;
Varaja;
Yuzning qizarishi yoki «yonayotgani» kabi his etilishi;
Toshma toshishi yoki kuchli qichishish;
Nafas olish qiyinlashuvi yoki hansirash;
Bel og’rig’i;
Ko’ngil aynishi yoki qayt qilish;
Zaiflik yoki hushdan ketish oldi holati;
Peshob rangining to’q bo’lishi.
Qon quyish (gemotransfuziya) — davolash muolajasi; qon va uning tarkibiy qismlari (qon plazmasi, eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar massasi)ni davo maqsadida bemor organizmiga quyish. Qadimda vrachlar qon odamning hayot qobiliyatini oshiradi deb taxmin qilib, qonni yoshartirish maqsadida, ruhiy bemorlarni davolashda qoʻllashgan, lekin bunda Qon quyish oʻrniga uni bemorga iliq holda ichirish tavsiya etilgan. Qon quyishga urinishlar ingliz olimi U.Garvey tomonidan yopiq qon aylanish sistemasining kashf etilishidan (1628) soʻng boshlandi. 19-asrga kelib odamga faqat odam qonini quyish mumkinligi isbotlandi. Biroq Qon quyish tibbiyot amaliyotiga 20-asr boshlarida kishilarda qonning 4 gruppasi borligi aniklangach. retsipiyent (qon oluvchi) va donor qonining mos kelishi qonuniyatlari oʻrganilgandan soʻng joriy qilindi (qarang Qon gruppalari). Donor qonining ivib qolishiga toʻsqinlik qiladigan va uni uzoq muddat saqlaydigan (konservatsiya) vositalarining topilishi Qon quyishning yanada keng tarqalishiga imkon berdi. Qon quyishda donordan olingan qon, shuningdek, qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar ishlatiladi. Shok, koʻp qon yoʻqotish bilan kechadigan operatsiyalar, ichki aʼzolardan (meʼda, oʻpka va boshqalar) qon ketganda, anemiya, yiringli jarayonlarda, kuyganda, zaharlanganda va boshqalarda qon quyiladi. Qonda eritrotsitlar miqdori kamaysa eritrotsitlar massasi, leykotsitlar kamayganda esa leykotsitlar massasi quyiladi. Qon bevosita (donordan retsipiyentga) va bilvosita (donordan olinib, konservantli flakonga solib qoʻyilgan qon ishlatiladi) periferik yoki katta venalarga tomchi-latib, baʼzan koʻp qon yoʻqotilganda oqizib arteriyaga quyiladi; koʻpincha Qon bilak venasidan yuboriladi. Qon quyishdan oldin donor va retsipiyentning qon gruppalari, rezus-faktori tekshiriladi. Qon quyishda retsipiyent bilan donorning qon gruppalari oʻzaro munosib boʻlishiga qatʼiy amal qilinadi. Amaliy transfuziologiya uchun AVO, Kp (rezus), Ke11 (Kell) va boshqa antigenlar muhim ahamiyatga ega. Qon quyish chogʻida bemorga quyilishi lozim boʻlgan miqdorni bir yoʻla quymay, boʻlib-boʻlib (3 marotaba) yuboriladi, dastlab ozgina qon tez yuborilib bir oz kutiladi, bemorda hech qanday noxushlik alomatlari paydo boʻlmasa. muolaja davom ettiriladi. Qon quyish aseptika qoidalariga rioya qilgan holda vrach nazoratida bajariladi. Qon quyganda belda ogʻriq tursa, koʻngil aynisa, eshakem toshsa Qon quyish toʻxtatilib, bemor darhol adyolga oʻralib, unga issiq choy ichiriladi va vrach buyurgan dori-darmonlar qilinadi.[1]
. MAVZU. QON KETISH TURLARI VA UNDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH
Reja:
1) Qon ketish turlari haqida ma`lumot
2) O`tkir qon ketganda shoshilinch yordam ko`rsatish.
3) Qon guruhlarini aniqlash.
4) Bemorlarni qon quyishga tayorlash va uning asoratlari.
Qon ketish qon tomirlari devortininig shikastlanishi, biror kasallik natijasida emirilishi yoki uning o`tkaszuvchanligi oshib ketishi sababli kelib chiqadi.
Shikastlangan tomirning xususiyati va turiga qarab qon oqishininig qo`yidagi turlari farq qilinadi.
1. Arterial qon ketishi- qon ketishninig eng havfli turi bo`lib bu arterial qon tomirlari shikastlanganida yuqori bosim ostida pulssimon qizil alvon rangli qon otilib chiqishi bilan xarakterlanadi.. Bunda bemorda qisqa muddat ichida ko`p miqdorda yo`qotilganligi uchun kamqonlik kelib chiqadi.
2 Venoz qon ketishi- bu vena qon tomiri jarohatlanganda yuzaga chiqadi.Bunda qon bir tekisda , birmuncha sekin oqadi va uning rangi to`q qizil bo`ladi. Bunda markaziy qon tomitrinnig jarohatga yaqin joyini bosganda qon oqishi tuxtaydi.
3. Kappilyar qon ketishi - bu kappilyaralr jarohatlanishidan yuzaga kelib , jarohatning yuzaki qonashi bilan farqlanadi. Qon kurinishi jihatidan arterial va venoz qon orasidagi o`rtacha o`rinni egallaydi. Odatda kappolyardan qon ketishi uz-uzidan tuxtashga moyil buladi.
4. parenximatoz qon ketishi- bunday qon ketishi ichki a`zolar – jigar, taloq, upka, buyrakalrning hamma tomirlari shikastlanganda kuzatiladi. Bunday qon ketishi g`oyat havfli hisoblanib, bunda qomn ketishi tomirlar devorining parenxiamtoz a`zo stromasi tomonidan tutib turilishi, a`zoda antikogulyant moddalar tufayli tromb hosil bo`lmasligidan uz- uzidan tuxtamaydi.
Qon ketishi birlamchi va ikkilamchi(operatsiyadan keyin) shuningdek tashqi, ichki (biror yopiq bo`shliqqa) bo`lishi mumkin. qon oqishining keyingi turi jigar, taloq , upka va buyrak kabi a`zolar shikastlanganda kupincha kuzatiladi.
O`tkir qon ketishi klinikasi.
Bunda teri va shilliq pardalarninig birdaniga oqarib ketishi bilan xarakterlanadi. Bemorning yuzi sulib, kuzi kirtayadi, arterial va venoz qon bosimi pasayadi, puls tezlashib , tuliqligi sust va ipsimon bo`ladi, nafas tezlashadi , bosh aylanadi, a`zoyi badani bushashadi, tashnalik , kuz oldining qoromg`ilashuvi, kungil aynishi, ba`zan qusish kuzatiladi.
Qon yo`qotishda ulim og`ir kislorod etishmovchiligi natijasida nafas markazininig falajlanishi va yurak faoliyatining tuxtashi natijasida ruy beradi. Chaqaloqlar va keksalarda oz miqdorda qon ketishi juda asoratlarga , xatto ulimda olib kelishi mumkin.
Qon ketishini tuxtatish turlari.
Yordam berish sharoitlari va tibbiyot xodimininig malakasiga kura qon oqishini tuxtatish vaqtinchalik yoki uzil- kesil bulishi mumkin.
Qon oqishini vaqtincha tuxtatish usullari.
- Bosib turuvchi bo`glam- qo`l oyoqni immobilizatsiya qilib bva balandga kutarib , bosib turuvchi bog`lab quyiladi. Bunda jaroxatga doza bir necha qavat steril quyiladi va uninig ustidan maxkam bintlanadi yoki jgut quyiladi.
- Qulni bug`imidan bukish - taqim, elka, son arteriyalari jarohatlanganida yuz beradigan qon oqishi ba`zan oyoq- qulni maksimal bukish yoki bo`glam tortib quyish yo`li bilan tuxtatiladi.
- Jarohatda tomirni bosib turish - qo`lga steril qo`lqop kiyiladi va jarohat spirt yoki yod bilan artiladi. Kursatkich barmoq jarohatga kiritiladi va sizib chiqayotgan qon tomirini bosib qon ketishi tuxtatiladi.
- Jarohatni tarang tamponlash- buininig uchun tampon olinib, uni kornsang bilan birin- ketin va tarang qilib tuldirish orqali qon tuxtatiladi. Odatda bu usul burun jarohatlarida kuzatiladi.
- Qonab turgan tomirga qisqich qo`yish – oyoq, qo`l, chanoq , qorin bo`shlig`ida chuqur joylashgan tomirlardan oqayotgan qonni tuxtatish uchun qo`llaniladi. Bunda jarohat orqali qisqich yoki kornsang kiritilib, qonayotgan qon tomirini qisib qon tuxtatiladi.
- Tomir bo`ylab bosib turish – bu usulda ayrim yirik arteriyalardan oqayotgan qonni tuxtatish tomirni usha yirik arteriyalardan oqayotgan qonni tuxtatish tomirni usha tomir yaqinida joylashgan suyakka bosish yo`li bilan amalga oshiriladi: umrov osti arteriyasini umrov suyagi ostida joylashgan nuqtadagi 1 qovurg`aga bosiladi. Uyqu arteriyasi barmoq bilan 6- buyin umurtqasininig kundalang usimtasiga , Son arteriyasi Pupart boylamidan pastroqqa kov suyagininig gorizontal suyagining tarmog`iga tarmog`iga bosiladi.
jgut bog`lash - bu arterial qon ketishi ni tuxtatishda asosiy usul xisoblanadi. Arterial qon ketishida jgut jarohatga nisbatan markaziy tomonga qo`yiladi. Jgut solishdan oldin jgut solinadigan terini qisib qo`ymaslik uchun oyoq yoki qo`lga sochiq yoki bint uraladi. Jgutni cho`zib o yoq atrofidan aylantiriladi ,jgut uchlari maxkamlanadi va jgut solingan vaqt yozilgan qog`oz qistiriladi.
Jgut tug`ri solinganida oyoqninig jgutdan chetrog`idagi qismi oqaradi, jgutdan
pastda puls yuqoladi qon oqishi tuxtaydi . Arteriyaga quyilgan jgut ko`pi bilan 1.5-2 soat qoldirilishi mumkin.
Maxsus jgut bo`lmaganda tasma, ro `molcha , tizimcha kabilar ishlatiladi. Yasama jgutninig bosish kuchuini oshirish uchun unga ytayoqcha suqiladi va burash yol`i bilan qon oqishi uzil- kesil tuxtatiladi..
Venoz qon oqishida venoz jgut deb ataladigan jgut ishlatiladi.
Uni shikastlangan joydan pastroqqa chamasi 6 soat muddatga solinadi va u qattiq tortilmaydi.
Bunda oyoq yoki qo`l ko`karadi, arteriyada puls sa qlanib qoladi , qon oqishi tuxtaydi.
Qon oqishini uzil- kesil tuxtatish.
Mexanik usullar : Jarohatdagi tomirni bo`glash bunda qonagan tomir istalgan chok materiali (ipak, lavsan, ketgut)\bilan bog`-di.
- Tomir bo`ylab bo`glash jarohat qattiq infeksiyada, jarohatdagi tomirni topish qiyin bulganda qullaniladi.
-0 tomirlarga chok solish - maxsus chok materiali bilan travmatik ignalar yordamida tomirlarga mexanik chok solinadi.
Fizikaviy usullar: - Sovuqni maxalliy quyish- bunda muz solingan rezina yoki polietilen xaltachalar ishlatiladi.
- Elektr koagulyatsiya- maxsus koagulyator yordamida operatsiya vaqtida mayda tomirlardan qon ketishida qullaniladi.
-Issiq fizilogik eritmani qullash- 60-80 %gacha qizdirilgan eritmaga xullangan salfetka qonayotgan soxaga bir necha minutga quyiladi.
Kimyoviy usullar :- Tomirlarni toraytiradigan preparatlar 0.1 % li adrenalin preparati maxalliy yoki parenteral ish-di.
-Qonning ivish xususiyatini oshiradigan preparatlar- vodorod peroksid, kalsiy xlorid, aminokapron kislotasi va vikasol ish-di.
Biologik usullar: - Gemostatik vositalarni ot zardobi,gemostatik bulut , fabrin pardasi kabilardan foydalaniladi.
-Gemostatik vositalarni venaga qo`llash – qon , plazma, gemofobin, antigemofil globulin va antimofil plazma, fibrinogen va boshqalardan kichik dozalarda bo`lib- bo`lib quyiladi.
QON KETISHI — TURLARI, QON KETGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH, QONNI TO’XTATISH USULLARI
O’rtacha statistik odamning qon tomirlari bo’ylab taxminan 4-5 litr qon aylanib yuradi. Agar qon tomirlarining devorlariga zarar yetsa, ulardan qon sizib chiqa boshlaydi. 2-2,5 litr qon yo’qotilishi inson uchun o’lim xavfini tug’diradi. Qon tomirlarida qon bosimining pasayishi insonning barcha hayotiy funktsiyalarini boshqarishda muhim rol o’ynaydigan miyaga kislorod yetkazib berishning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun, har bir kishi zarurat tug’ilsa, qon ketishida birinchi yordam ko’rsatishni bilishi kerak.
Qon ketganda to’g’ri ko’rsatiladigan birinchi yordam jabrlanuvchining omon qolishiga yordam beradi.
Mundarija: [Yashirish]
1 Qon ketishi
2 Qon ketishining asosiy turlari
3 Qon ketganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
3.1 1. Arterial qon ketishda birinchi yordam
3.2 2. Venadan qon ketganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
3.3 3. Kapillyar qon ketishda birinchi yordam
3.4 4. Ichki qon ketishda birinchi tibbiy yordam berish
QON KETISHI
Yirik arteriyalar va venalar jarohatlanganda qon yo’qotilishi hayot uchun xavfli bo’lishi mumkin. Shuning uchun qonni qisqa vaqt ichida to’xtatish va tezda shoshilinch yordamni chaqirish kerak. Hatto qon tomirlariga ozgina zarar yetganda ham qon ketishini o’z vaqtida to’xtatish juda muhimdir. Chunki yengil, ammo davomli qon yo’qotish bilan birga inson hushini yo’qotishi mumkin.
Noto’g’ri ko’rsatilgan dastlabki yordam jabrlanuvchiga zarar yetkazishi mumkin, ya’ni: ko’p qon yo’qotish, jarohat joyining infektsiyalanishi va yallig’lanishi.
Agar qon ketishi juda kuchli bo’lmasa ham, birinchi yordam ko’rsatilgandan keyin jarrohga murojaat qilish kerak, chunki faqatgina jarohatga ishlov berish va unga chok qo’yishdan keyin qon ketishini batamom to’xtatish mumkin. Qon ketish joyiga qarab, gastroenterolog, onkolog, pulmonolog, ginekolog kabi tor soha mutaxassislariga murojaat qilish kerak bo’lishi mumkin.
Qon ketganda birinchi yordam haqida qisqacha ma’lumot:
Agar qon ketishi og’ir bo’lsa, jarohat olgan odamni yotqizib, oyoqlarini ko’tarish kerak.
Qonni vaqtincha to’xtatish uchun shikastlangan tomirni qisish yoki qo’l-oyoqni kuchli bukish yoki jgut qo’yish mumkin.
Darhol shoshilinch yordamni chaqirish.
Jarohatga tegish, yuvish, undan yot jismlarni olib tashlash mumkin emas.
Agar jarohat yuzasi ifloslangan bo’lsa, uning chetlari jarohatdan tashqariga yo’nalishda tozalanishi kerak; jarohat atrofiga yod, xlorgeksidin, vodorod peroksidi kabi antiseptik surtilishi darkor; yod jarohatga tushmasligi kerak.
QON KETISHINING ASOSIY TURLARI
Manbaiga qarab, quyidagi asosiy qon ketishi turlari ajratiladi:
Arteriyalardan qon ketishi katta xavfga ega, chunki ko’p miqdorda qon yo’qotish tezda sodir bo’ladi. Bunda qon qizg’ish rangda va pulsatsiya qiluvchi favvora shaklida chiqadi.
Venalardan qon ketishda jabrlanuvchiga o’z vaqtida yordam berilmasa, bu ham xavflidir. Jabrlanuvchining shikastlangan tomiridan asta-sekin to’q qizil rangli qon chiqishi buning dalilidir.
Kapillyar qon ketish ko’pincha jiddiy xavfga ega emas, asosan kichik teri yuzaki jarohatlarida uchraydi.
Ichki (parenximatoz) qon ketish — bunda qon inson tanasining bo’shlig’iga oqadi. O’z vaqtida aniqlanmagan taqdirda juda xavflidir. Ko’pincha ichki, shu jumladan parenximatoz a’zolarning shikastlanishida kuzatiladi. Qon tashqariga chiqmaganligi sababli, ichki qon ketishini aniqlash uchun tez-tez nafas olish, hushidan ketish, rangining oqarib ketishi kabi belgilarga e’tibor berish kerak.
QON KETGANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH
1. ARTERIAL QON KETISHDA BIRINCHI YORDAM
Qonni vaqtincha to’xtatish uchun jarohatlangan arteriyani darhol uning yonidan o’tadigan suyakka bosish kerak.
Arteriyalarni bosish usullari:
Uyqu arteriyasi — kaftni jabrlanuvchi bo’ynining orqa qismiga qo’yib, boshqa qo’l barmoqlari bilan arteriya ustiga bosish.
Yelka arteriyasi osonlikcha aniqlanadi, uni yelka suyagiga bosish kerak.
O’mrov osti arteriyasidan qonni to’xtatish qiyin. Buning uchun jabrlanuvchining qo’lini orqaga olib, o’mrov ortida joylashgan arteriyani birinchi qovurg’aga bosish kerak.
Qo’ltiq osti arteriyasini barmoqlar bilan qattiq bilan bosish kerak, chunki u chuqur joylashgan bo’ladi.
Son arteriyasi juda yirik bo’lib, uni son suyagiga musht bilan bosish kerak. Agar bu bajarilmasa, 2-3 daqiqadan so’ng jabrlanuvchi o’lishi mumkin.
Taqim arteriyasini taqim chuqurchasiga bosish kerak, buni bajarish mushkul emas.
Odam tanasida ba’zi arteriyalarning joylashuvi va ulardan qon ketishini to’xtatish joylari
Arteriyalar qon ta’minlaydigan odam tanasining zonalari va qon ketganda qay joylarni bosish kerakligi
Oyoq-qo’l arteriyalaridan qon ketishida birinchi tibbiy yordam ularni siqish, oyoq-qo’lni kuchli bukish va jgut qo’llash yo’li orqali amalga oshiriladi. Agar oyoq-qo’l tomirlarini barmoqlar bilan bosib, siqib bo’lmasa, dastavval bo’g’imning ichki tomonidan dokadan valik qo’yib, qo’l yoki oyoqni maksimal darajada bukish kerak.
Agar qon oqishda davom etsa, jgut qo’llash kerak. Bu tezda bajarilishi kerak, chunki qon juda jadal oqadi.
Jgut qish oylarida yarim soatgacha, yozda esa bir soatgacha ushlanishi mumkin. Agar bu vaqt ichida shifokor kelmasa, jgutni asta-sekin yeching va qon aylanishi tiklanishini kuting. Shundan so’ng uni qayta bog’lang. Bunda jarohat olgan qo’l yoki oyoqda puls sezilmasligi kerak. Shunda qon to’xtaydi.
Jgut qo’yilgan vaqtni qog’ozchaga yozib, bemorning ko’rinarli joyiga yopishtirib qo’yish kerak, bu shifokorlarga uni qachon yechish kerakligi haqida ma’lumot beradi.
Shuni esda tutish kerakki, jgut noto’g’ri qo’yilganda u qon ketishdanda ko’ra ko’proq xavf tug’diradi.
Agar maxsus jgut bo’lmasa, u sochiq, kamar, bint kabi materiallar bilan almashtirilishi mumkin. Ular tayoq bilan o’ralib, ochilib ketmasligi uchun fiksatsiyalanadi. Bog’ich, ingichka arqon va shunga o’xshash materiallardan foydalanib bo’lmaydi.
2. VENADAN QON KETGANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH
Bunday qon yo’qotilishi chuqur jarohatlarda sodir bo’lishi mumkin. Vena orqali qon ketishida dastlabki yordamni ko’rsatish darhol amalga oshiriladi. Jarohatlangan venalar havo tortishi mumkin, chunki ulardagi bosim atmosfera bosimidan past bo’ladi. Bu holatda havo pufakchalari turli a’zolardagi qon tomirlariga tiqilib qolishi, bu esa jabrlanuvchining o’limiga olib kelishi mumkin.
Yordam berishda jarohatni yuvish, qum-tosh va tromblardan tozalamaslik kerak, bunda quyidagilarni bajarish lozim:
Nam mato bilan terini jarohatdan tashqariga yo’nalishda tozalash;
Chuqur jarohatni steril tampon bilan yopish;
So’ng jarohat yuzasini bir necha qavat steril bint bilan o’rash;
Bosimni ta’minlash uchun ustidan ochilmagan bint qo’yish;
Bu bintni juda qattiq bintlash;
Bog’lam orqali ham qon sizib chiqsa, ustiga salfetka qo’yib, ularni mahkam bintlash;
Qo’l yoki oyoqni ko’tarib, uni shu holatda qoldirish.
Bo’g’lamni to’g’ri qo’yish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Venadan qon ketishida jgut qo’yish
Qo’lni bintlashda u bukilgan bo’lishi kerak.
Oyoq bintlanadigan bo’lsa, u ham tizzadan bukilgan bo’lishi kerak.
Bint qo’yish paytida bintning oldingi qismining yarimi yangi qavat bilan qoplanishi kerak.
Bintlangan qo’l-oyoqning joylashuvi bintlashdan oldingi kabi holatda bo’lishi kerak.
3. KAPILLYAR QON KETISHDA BIRINCHI YORDAM
Bunday qon ketishlar odatda o’z-o’zidan to’xtaydi. Xarakterli belgisi butun jarohat yuzasidan qonning sekin oqishi. Ammo jiddiy qon yo’qotishlar bilan kechadigan jarohatlar ham kuzatiladi. Eng katta xavfni ichki kapillyar qon ketish tug’diradi.
Kapillyarlardan qon ketishining asosiy sabablari:
Qon ivishi buzilishi bilan kechadigan qon kasalliklari (masalan gemofiliya).
Turli travmatik jarohatlar.
Qon tomir kasalliklari (kapillayrlarga ta’sir qiladigan terining yiringli yallig’lanishlari, o’smalar).
Qon tomirlarining devorlariga ta’sir qiluvchi umumiy kasalliklar, masalan o’smalar, ateroskleroz, revmatoid artrit.
Gormonal kasalliklar.
Ko’pincha kapillyar qon ketish ko’p qon yo’qotilishiga olib kelmaydi, uning xavfi patogen mikroblar bilan infektsiyalanishda yotadi.
Oyoq-qo’l tomirlaridan qon ketishida tibbiy yordam ko’rsatilganda quyidagi harakatlar bajarilishi kerak:
Jarohatlangan oyoq-qo’lni yurak darajasidan balandroqqa ko’tarish qon yo’qotilishini kamaytirishga yordam beradi.
Kichik shikastlanishlarda jarohat atrofidagi teriga antiseptiklar bilan ishlov berish, ustini esa bakteritsid plastir bilan yopish kerak.
Agar qon kuchli ketayotgan bo’lsa, bosuvchi bog’lam qo’yish kerak.
Agar qon ketishi juda kuchli bo’lsa, jarohat ustidagi oyoq yoki qo’lni maksimal ravishda bukish kerak. Agar bu ham yordam bermasa, jgut qo’yish kerak.
Jarohatga sovuq qo’llash kerak, bu qon yo’qotilishini to’xtatishga va og’riqni kamaytirishga yordam beradi.
Keng tarqalgan burunning kichik kapillyarlaridan qon ketishida ham to’g’ri yordam bera olish kerak.
Burun qonashini to’xtatish→
4. ICHKI QON KETISHDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM BERISH
Bunday qon ketishini ichki a’zolarning kasalliklari yoki jarohatlari chaqirishi mumkin. U juda xavflidir, chunki qon yo’qotilishi nazorat qilinmaydi. Bundan tashqari, xavfni ko’rsatadigan og’riq sindromi ham bo’lmaydi, shuning uchun ichki qon ketishi uzoq vaqt davomida sezilmasligi mumkin. Faqat bemorning holati keskin yomonlashganda, bu e’tiborga olinishi mumkin.
Ichki qon ketishning eng xavfli turi — odatda bo’shliqqa ega bo’lmagan va arterial-venoz tarmog’i yaxshi rivojlangan parenximatoz a’zolardan qon ketishidir. Bularga o’pka, oshqozon osti bezi va jigar kabi a’zolar kiradi.
Ushbu a’zolarning shikastlanishi kuchli qon ketishiga olib kelishi mumkin. Mustaqil ravishda u to’xtamaydi, chunki bu a’zolarning tomirlari to’qimalarda fiksatsiyalanadi va tushishi mumkin. Shuning uchun parenximatoz a’zolardan qon ketishida dastlabki yordam darhol amalga oshiriladi. Bunday qon yo’qotishining sabablari jarohatlar, sil kasalligi kabi infektsion kasalliklar, o’smalarning parchalanishi yoki yorilishi bo’ladi.
Ichki a’zolardan qon ketishi umumiy sub’yektiv alomatlar va ob’yektiv belgilarning asta-sekin namoyon bo’lishi bilan birga kechishi mumkin, xususan:
Zaiflik;
O’zini yomon his qilish;
Bosh aylanishi;
Hushdan ketish;
Hech bir narsaga qiziqish yo’qligi;
Uyquchanlik;
Qon bosimining pasayishi;
Oqarib ketish;
Pulsning tezlashishi.
Ichki a’zolardan qon ketishida 1-yordamning asosiy vazifasi — bemorni shoshilinch gospitalizatsiya qilishdir. Tez yordam kelishiga qadar quyidagilarni bajarish kerak:
Bemorni yotqizish, tinchlantirish.
Taxmin qilinayotgan qon ketish joyiga qarab, qorin yoki ko’krakka sovuq qo’yish.
Qon to’xtatuvchi dori-darmonlar (Aminokapron kislota, Vikasol) kiritish mumkin.
Parenximatoz qon ketishda qon bosimi keskin pasaygan bo’lsa, bemorning oyoqlarini yurak darajasidan yuqoriga ko’tarish kerak, taxminan o’ttiz-qirq santimetrga. Doimiy ravishda nafas olish va yurak urishini nazorat qilish kerak. Agar kerak bo’lsa, reanimatsiya amalga oshirish lozim. Bemorga og’riq qoldiruvchi vositalar yoki boshqa dori-darmonlar bermaslik kerak. Ovqat va suv berish taqiqlanadi, og’zini suv bilan chayish mumkin hisoblanadi.
Turli xil qon ketishlarda tez va to’g’ri ko’rsatilgan birinchi yordam bilan hodisaning yakuni ijobiy bo’ladi, birinchi tez tibbiy yordam esa bemorning tezroq oyoqqa turishiga yordam beradi.
Qon ketishi, qon oqishi - jarohatlangan tomirlardan qon oqishi bilan kechadigan patologik holat. Shikastlanishlar va turli xil kasalliklar oqibatida yuzaga keladi. Arterial (arteriya tomirlaridan och qizil rangdagi qon otilib chiqadi), venoz (vena tomirlaridan qoramtir qon оqadi), kapillyarlar va parenximatoz aʼzolar (jigar, taloq, buyrak va boshqalar)dan qon ketadi. Qon ketishi tezligi shikastlangan tomirlarning kattakichikligi va uning devorlari holatiga bogʻliq. Qon birorta aʼzo (meʼda, ichak, miya va boshqalar)ga yoki tashqariga oqadi. Qon qusish, qon tuflash, qon siyish, plevra va qorin boʻshligʻida qon toʻplanishi, bachadondan qon ketishi va boshqa ham Qon ketishi turlaridan. Arteriyadan Qon ketishi juda xavfli, bunda qon tomirdan bosim bilan otilib chiqadi. Bolalar va qariyalarda qon yoʻqotish ayniqsa xavfli. Ayollarda qon yoʻqotish erkaklarga nisbatan yengilroq kechadi. Qon ivishining pasayishi bilan kuzatiladigan baʼzi kasalliklarga (gemofiliya, nur kasalligi) duchor boʻlgan odamlarda qon koʻp ketmasa-da, Qon ketishi jarayoni uzoq davom etishi tufayli xavfli boʻladi. Qon ketishi tashqi (qon teridagi jarohat orqali tashqariga chiqadi) va ichki (qorin, koʻkrak, kalla suyagi boʻshliqlari va boshqalar) boʻlishi mumkin. Qon toʻqima ichiga quyilganda yumshoq toʻqimalarni suradi va u yerda toʻplanib, gematoma hosil qiladi yoki singib ketadi (qarang Lat yeyish). Tashqi Qon ketishi, odatda, teri va ogʻiz, burun bushligʻi shilliq pardalarining jarohatlanishi bilan bogʻliq. Bevosita shikastlanishdan soʻng paydo boʻladigan travmatik Qon ketishi birlamchi, jarohatlangandan soʻng bir necha kun oʻtgach, takrorlangan Qon ketishi ikkilamchi Qon ketishi deyiladi. Bunday Qk.ning sababi koʻpincha jarohatdagi yiringlash jarayonlari boʻlib, ular shikastlangan tomirni berkitib qoʻygan qon laxtalarining erib ketishiga olib keladi. Tananing yopiq yoki chegaralangan boʻshligʻiga Qon ketishi, asosan, ichki aʼzolar (jigar, oʻpka va boshqalar)ning shikastlanishi natijasida yuz beradi va bunda qon tashqariga chiqmaydi. Bunday Qon ketishi faqat qon yoʻqotish tufayli organizm umumiy holatining oʻzgarishi va boʻshliqqa toʻplangan suyuqlik belgilari orqali bilinishi mumkin. Qorin boʻshligʻiga Qon ketishi, asosan, oʻtkir kamqonlik belgilari — rangparlik, tomirning kuchsiz, lekin tez urishi, chanqash, uyquchanlik, koʻz oldi qorongʻilashishi, hushdan ketish bilan ifodalanadi. Koʻkrak boʻshligʻiga Qon ketishida kamqonlik simptomlari hansirash (qiynalib va tez nafas olish) bilan birga namoyon boʻladi. Koʻkrak boʻshligʻiga qon toʻplanganligini eshitib, urib koʻrib va rentgenologik tekshirishlar yordamida aniklanadi. Kalla suyagi ichiga Qon ketishida birinchi oʻrinda qon yoʻqotish simptomlari emas, balki bosh miyaning ezilish belgilari — es-hushning oʻzgarishi, nafas olishning izdan chiqishi, falajlar va boshqa nevrologik xususiyatlar yuz beradi. Ichki Qon ketishida boʻshliqli (kovak) aʼzolarga qon toʻplangan sari u tabiiy chiqaruv teshiklari orqali tashqariga chiqa boshlaydi, lekin bunday Qon ketishining sababini aniqlash hamma vaqt ham oson boʻlavermaydi. Ogʻizdan qon kelishi oʻpka, yuqori nafas yoʻllari, halqum, qiziloʻngach va meʼdadan Qon ketishi bilan bogʻliq. Axlatda qon boʻlishi meʼda-ichak yoʻlining istalgan qismidan Qon ketishida kuzatiladi. Siydikda qon boʻlishi buyrak, siydik yoʻli va qovuqdan Qon ketishidan dalolat beradi. Bunday hollarda toʻgʻri diagnoz qoʻyish uchun ajralib chiqayotgan qonning qoʻrinishi va holati katta ahamiyatga ega. Ogʻizdan qipqizil koʻpirgan qon kelishi oʻpka sili uchun xos.
Kofe quyqasi rangida qusish meʼdadan va oʻn ikki barmoq ichakdan Qon ketishini, qoramoysimon axlat meʼdaichak yoʻlining yuqori boʻlimidan Qk.ni bildiradi. Toʻq qizil axlat bilan bir tekis ajralgan qon ingichka ichakdan, rangi oʻzgarmagan va axlat bilan aralashmagan qon yoʻgʻon ichakning eng pastki boʻlimidan Qon ketishidan dalolat beradi. Ammo hamma vaqt ham bu belgilar Qk.ning sababi, manbaini aniqlash imkonini bermaydi, shuning uchun murakkab diagnostik tekshiruvlardan foydalanishga toʻgʻri keladi.
Qon ketishini vaqtincha va tamoman toʻxtatish mumkin. Vaqgincha qon toʻxtatishda jgut, bosuvchi bogʻlamlar bogʻlanadi, tomir toraytiruvchi moddalar, muz ishlatiladi. Tamoman qon toʻxta-tishda jarrohlik usullari (tomirlarni bogʻlash, tikish, shikastlangan aʼzolarni olib tashlash), shuningdek, qon quyish, qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar va dorilar qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |