11.6.2. KUZGI BUG’DOY VA JAVDARNI OZIQLANTIRISH
Kuzgi don ekinlar yuqori hosildorlikka ega bo’lib, o’g’itlarga ham talabchandir. Kuzgi bug’doy javdarga qaraganda mo’tadil muhit va tuproq unumdorligiga bir muncha talabchan. Past haroratga chidamsiz. Tuproqdagi qiyin eriydigan birikmalarni sust o’zlashtiradi. 25 s don va 60 s somon shakllantirish uchun kuzgi bug’doy 105 kg azot, 35 kg fosfor va 70 kg kaliy sarflaydi. Ayni miqdorda hosil berish uchun kuzgi javdarga 80 kg azot, 35 kg fosfor va 75 kg kaliy zarur.
Kuzgi don ekinlari to’planish davrigacha oziq moddalarini uncha ko’p talab qilmaydi, lekin ularning, ayniqsa fosforning, tanqisligiga o’ta sezgir.Naychalashdan boshoq tortishgacha o’tadigan davrda va gullash oldidan oziq moddalarni ko’p miqdorda talab qiladi (11.6.2-jadval).
(11.6.2-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |