AGROKIMYO
Kirish
O’g’itlar tuproq unumdorligini ko’tarishda, hosilni oshirishda juda kuchli omil hisoblanadi. Chunki o’g’itlar yordamida, eng avvalo, tuproq gumus, azot va boshqa kul elementlar bilan boyiydi. Buning natijasida qishloq xo’jalik ekinlari hosili ko’payib, sifati yaxshilanib boradi. Ekinlardan olinadigan hosilning qariyb yarmi (ba’zi hollarda 60—70% i) mineral o’g’itlar hisobiga olinadi. Aksariyat ekinlarda o’g’it qo’llash bilan bog’liq sarf – xarajat hosil bilan kamida 2—3 barobar bo’lib qaytadi.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kishi boshiga 145 kg, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa atigi 23 kg mineral o’g’it to’g’ri keladi. O’zbekistonda azotli o’g’it unga bo’lgan talabga ko’ra 70%, fosforli o’g’it 40% ishlab chiqiladi, kaliyli o’g’itlar esa xomashyo yo’qligi sababli umuman tayyorlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |