Tuproq turlari, uning yer yuzasida taqsimlanishi



Download 54,65 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi54,65 Kb.
#261508
  1   2   3   4   5
Bog'liq
0G9a0uggYtilTqEkUj-wkStE8FYUZYPX


TUPROQ TURLARI, UNING YER YUZASIDA TAQSIMLANISHI
Reja:

1. Tuproq hosil qiluvchi omillar

2. Tuproq profili

3. Tuproq eroziyasi


Tayanch iboralar:nurash,tuproq, ona jins, gumus, tuproq profili, gorizont, tuproq eroziyasi, o‘simlik, hayvonot dunyosi, biotop, bioxor, biosikl.
1. Tuproq hosil qiluvchi omillar

Hosildorlik xususiyatiga ega bo‘lgan, yer yuzasida joylashgan g‘ovak tog‘ jinslariga tuproq deyiladi. Tuproq o‘ziga xos tabiat mahsuli bo‘lib, u hosildorlik xususiyatiga ega, ya’ni o‘simliklar hosil berishi uchun ularni kerakli ozuqa moddalar va namlik bilan ta’minlab turuvchi qatlam hisoblanadi. V.V.Dokuchayev ta’biri bilan aytganda tuproq – ko‘mirdan ham, neftdan ham, hatto oltindan ham qimmatliroqdir. Tuproqda ko‘plab har xil organizmlar, bakteriyalar, tuproq mikrofaunasi, zamburug‘lar, o‘simliklarning tomirlari joylashgan, ba’zi bir jonivorlar istiqomat qiladi. Tuproq va Yer qobiqlari o‘rtasida aloqa mavjud (16.1-rasm).

Tuproqlar asosan uch qismdan – tuproq ona jinsi, organik qismi va tuproq eritmasidan iborat. Tuproq ona jinsi, tog‘ jinslarning parchalaridan iborat bo‘ladi. Bular tuproq mineral qismiga asos bo‘ladi. Tuproqqa tushgan o‘simlik va hayvonlar uning organik qismini hosil qiladi. Ulardan gumus (chirindi) vujudga keladi. Suvda minerallar erib, hosil bo‘lgan eritma tuproq eritmasi deyiladi. O‘simliklar ozuqani shu eritma orqali oladi.

Tuproqqa tushgan organik moddalarni mikroorganizmlar parchalab, minerallarga ayantiradi. Mikroorganizmlar yashashi uchun ham muayyan sharoit mavjud bo‘lishi kerak. Namligi maromida bo‘lgan qora tuproqlarda 1 ga yerda 5-8 tonnagacha mikroorganizm bo‘ladi. Suv ko‘p bo‘lgan sharoitda kislorod tanqisligida organik moddalar chirishidan metan, vodorod, vodorod sulfid kislota hosil bo‘ladi. Gumus – chirindi. O‘simlik va hayvonlar qoldiqlarining parchalanishi va bu mahsulotlarning birikishidan hosil bo‘ladi. Tarkibida uglerod, azot, fosfor, oltingugurt va boshqalar bo‘ladi. Chirindi odatda donador (strukturali) tuproq hosil qiladi. Turli tuproqlarda chirindi miqdori turlicha: tuproq og‘irligiga nisbatan qora tuproqlarda 10-15 % ni, bo‘z tuproqlarda 1-1,5 % ni tashkil etadi.

Tabiatda tarqalgan xilma-xil tuproqlar ma’lum sharoit va omillar ta’sirida vujudga kelgan. Tuproqning paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni V.V.Dokuchayev aniqlagan. Keyinchalik tuproq hosil qiluvchi omillarni belgilashda V.V.Dokuchayev ta’limotini N.M.Sibirtsev to‘ldirdi. Tuproq paydo bo‘lishi, rivojlanishi va unumdorligini belgilovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:

- tuproq ona jinsi; - o‘simliklar; - hayvonot; - iqlim; - relef; - tuproqning yoshi1; - inson faoliyati.

Tuproq ona jinsi. Tuproqning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va unumdorligida tuproq ona jinsining roli nihoyatda katta. Tog‘ jinslarining fizik, ximik va biologik nurash natijasida hosil bo‘lgan ona jinsning tarkibi va xossalari undan paydo bo‘lgan tuproqning xossalariga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Chunki tuproqning 90 % dan ko‘proq qismi tuproq hosil qiluvchi omillar ta’sirida o‘zgargan ona jinsdan iborat.

Tuproq hosil bo‘lish jarayonida tuproq bilan ona jins o‘rtasida doimo modda almashinishi bo‘ladi. Tuproqdagi har bir element shu ona jins tarkibida bo‘lgan minerallardan kelib chiqadi. Shuning uchun ham ona jinsning kimyoviy, mexanik tarkibi va fizik xossalari qanchalik yaxshi bo‘lsa, undan paydo bo‘lgan tuproq unumdorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Aksincha, ona jins tarkibida zararli tuzlar ko‘p, foydali moddalar kam bo‘lsa, undan paydo bo‘lgan tuproq sho‘rlangan va unumdorligi past bo‘ladi.

Tuproq paydo bo‘lishiga va unumdorligining yuqori va past bo‘lishiga ona jinsning g‘ovakligi, suv, havo va issiqlik xossalari kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, mexanik tarkibi og‘ir, zich qovushmali tuproq suv va havoni yaxshi o‘tkaza olmaydi, natijada biologik jarayonlar sust boradi, tuproqning paydo bo‘lish jarayoni sekinlashadi. Agar ona jinsning mexanik iarkibi yengil (qumoq, qumoq) bo‘lsa, suv, havo, issiqlik rejimlari yaxshi o‘tadi va biologik jarayonlar (organik moddalarning minerallashuvi) tezlashadi. Natijada tuproq paydo bo‘lish jarayoni ham jadallashadi va unumdorligi oshadi. Shunday qilib, ona jins tuproqning paydo bo‘lishiga va uning unumdorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy va muhim omillardan biri hisoblanadi.

O‘simliklar.O‘simliklar tuproq paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy va muhim omillardan hisoblanadi.

O‘simliklar hayoti va faoliyati ta’sirida tuproqning ustki qatlamida organik birikma – chirindi yig‘iladi. O‘simliklar ildizidan ajralgan organik kislotalar tog‘ jinslarining nurashini tezlashtiradi. O‘simliklarni ildizi tuproqqa kirib, uning profilini o‘zgartiradi, strukturasini donador qiladi va natijasida suv, havo, issiqlik rejimlari yaxshilanib mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi va tuproq unumdorligi oshadi.

O‘simliklar iqlimni ham o‘zgartiradi. Masalan, qalin o‘rmonlarda havo salqin va sernam bo‘ladi, suv kam bug‘lanadi, cho‘l zonasida esa havoning issiq va quruqligidan bug‘lanish kuchli bo‘lganligi sababli tuproqda nam kam bo‘ladi. Natijada o‘simliklar tuproq paydo bo‘lishiga kuchli ta’sir etib, har xil tipdagi tuproqning shakllanishiga sababchi bo‘ladi.

Iqlim. Tuproqning paydo bo‘lishi va rivojlanishida iqlimning roli ham katta. Iqlim tuproqning paydo qiluvchi asosiy omillardan biri bo‘lib, o‘simlikka va mikrobiologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi, tuproq paydo bo‘lish jarayonida faol ishtirok etadi.

Tuproq paydo bo‘lishiga iqlim elementlaridan yog‘in va haroratning roli katta hisoblanadi. Yog‘in va harorat tuproqning suv va issiqlik xossalarini o‘zgartirib, undagi biokimyoviy hamda nurash jarayonlarini tezlashtiradi.

Relef. Tuproqning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga joyning relefi ham ta’sir ko‘rsatadi. Relef uchga: makrorelef, mezorelef va mikrorelefga bo‘linadi.

Makrorelef – relefning eng katta relef shakli bo‘lib, bunga katta-katta tekisliklar, tog‘lar, vodiylar va b. lar kiradi.

Mezorelef – relefning o‘rtacha relef shakli bo‘lib, bunga terrasalar, soy, jarlik va boshqalar kiradi.

Mikrorelef – eng kichik relef shakllari hisoblanib, unga tepachalar, dalalardagi past-balandliklar kiradi.

Bu uchala relef shakllari ham tuproq paydo bo‘lishiga, uning o‘zgarishiga ta’sir etadi. Masalan, dengiz sathidan ko‘tarilgan sari yerga tushadigan yog‘in miqdori va haroratga bog‘liq holda tuproq-o‘simlik qoplamining turlicha bo‘lishiga olib keladi. Undan tashqari tog‘li hududlarning shimoliy va janubiy yonbag‘irlari quyosh nurlari ta’sirida turlicha isishi natijasida o‘simliklar turi ham tuproqning nam va issiqlik xossalari ham o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida tuproqning paydo bo‘lish jarayoniga ta’sir etadi.

Hayvonot.Hayvonlar tuproqning fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlariga, shuningdek, mineral va organik tarkibiga, ayniqsa, suv, havo va issiqlik rejimiga ta’sir etadi.

Yumronqoziq, ko‘rsichqon va tog‘ sichqonlari singari kemiruvchilar yerni ancha chuqur qatlamigacha kavlab tuproqning suv va havo o‘tkazish qobiliyatini kuchaytiradi. Bu esa pastki qatlamlaridagi organik qoldiqlarining chirishi uchun qulay sharoit vujudga keltiradi. Har xil hashoratlar (termit, chumoli va b.) va chuvalchanglar kabi jonivorlar tuproqning fizik va ximik xossalarini o‘zgartiradi va o‘simlik ildizlariga zarar yetkazadi. Har xil jonivorlarning hayot faoliyati natijasida tuproq qatlamlari asta-sekin yumshaydi, aralashadi.

Tuproqning yoshi. V.V.Dokuchayev nazariyasiga ko‘ra tuproqning baydo bo‘lishidagi omillardan biri tuproqning yoshi hisoblanadi.

Tuproqning yoshi tuproq paydo bo‘lgandan hozirga qadar o‘tgan vaqt bilan o‘lchanadi. Masalan, bo‘z tuproq, kashtan tuproq va qora tuproqlarning yoshi ulardan shimolda joylashgan podzol va tundra tuproqlar yoshiga nisbatan ancha katta. Chunki janubiy zonalardan dengiz chekinib, quruqlik paydo bo‘lgan, tuproq paydo bo‘lish jarayoni boshlangan bir paytda hali shimolda muzlik va dengiz chekinmaganligi, quruqlik paydo bo‘lmaganligi sababli tuproq baydo bo‘lish jarayoni boshlanmagan edi. Shuning uchun ham janubdagi tuproqlarning yoshi katta.

Tuproqning yoshi ikki xil bo‘ladi: mutloq va nisbiy yosh.

Tuproq paydo bo‘lgandan hozirgacha o‘tgan vaqt tuproqning mutloq yoshi, sezilmaslik darajada asta-sekin o‘zgarishi va turli bosqichlarni o‘tishi esa tuproqning nisbiy yoshi hisoblanadi. Uning uchun ham ma’lum bir zonadagi tuproqlarning mutloq yoshi baravar bo‘lsada, lekin nisbiy yoshi muhitdagi tabiiy sharoitning har xilligiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.

Inson faoliyatining tuproq paydo bo‘lishiga ta’siri.Inson tuproq paydo bo‘lishida va tuproq xususiyatlarining o‘zgarishida eng kuchli omildir. Insonning yerdan foydalanishdagi bajaradigan ishlari ta’sirida tuproqning fizik va ximik va biologik xossalari ham o‘zgaradi. Chunki inson yerni tekislash, haydash va sug‘orish bilan tuproqning strukturasini, mexanik tarkibini, fizik, ximik va biologik xossalarini o‘zgartiradi. Bulardan tashqari yerga mahalliy va mineral o‘g‘itlar solish, sho‘r yuvish, botqoqliklarni quritish, shamol va suv eroziyasiga qarshi kurashish, almashlab ekish singari agrotexnik, agroximik va meliorativ tadbirlarni qo‘llash natijasida tuproq xossalari o‘zgaradi va unimdorligi oshadi.

Inson tuproqqa ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, uning unumdorligi keskin oshirishi va qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish mumkin. Agar inson tuproqqa salbiy ta’sir ko‘rsatsa, tuproq sho‘rlanishi, botqoqlanishi suv va shamol eroziyasi ta’sirida yemirilishi, buzilishi va natijasida tuproq unumdorligi keskin pasayib ketishi mumkin.




Download 54,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish