1. O`zbekistonning yer – suv fondi. Ularni foydalanuvchilar bo`yicha taqsimlanishi. 2.Yer-suv resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va xususiyatlari, ularning maydoni, tarkibi, foydalanuvchilar bo’yicha taqsimlanishi. 3.Yerdan, suvdan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi.
O`zbekistonning yer – suv fondi. Ularni foydalanuvchilar bo`yicha taqsimlanishi. Yer kurrasini umumiy maydoni ya’ni sathi 510mln kvadrat km. Yoki 51mlrd gektar. Shundan 134mln kvadrat km. yoki 13.4mlrd gektari yer fondidir.1 U qit’alar bo`yicha quyidagicha taqsimlangan: jumladan Osiyo qit’asida 33.1 foiz, Yevropada – 8.0 foiz, Afrikada – 22.5foiz, Amerikada (shimoliy va janubiy)-30.1foiz va nihoyat Avstraliya hamda Okeaniyada – 6.3foiz. O`zbekistonning yer fondi 2009-yilning 1-yanvariga ko`ra 44410.3ming gektarni tashkil etadi. Jahonning hamda O`zbekiston respublikasining yer fondini amaliy jihatdan bir gektarga ham ko`paytirish imkoni yo`q. shuning uchun yer fondi iqtisodiyotda cheklangan resurslar tarkibiga kiritilgan. Lekin unga jahonda hamda O`zbekistonda talab yil sayin oshib bormoqda. Bunga eng asosiy sabab aholi sonining yil sayin oshib borishidir. Aholining oshishi natijasida uning barcha turdagi (uy-joy, korhonalarni) qurish uchun ma’lum miqdordagi yer ajratiladi. Oqibatda foydalaniladigan yer miqdori kamayib boradi. Bunday holat, qolgan yerlardan samarali va to`liq foydalanishni taqoazo etadi. Bu ayrim hududlarda nihoyatda dolzarb muammoga aylanmoqda. Bu muammoni yanada dolzarb bo`lishiga quyidagi omillar ham ta’sir etadi. Jumladan, aholini joylashishi. Jahonda 2007-yilga 6469.8mlrd kishi istiqomat qilgan. Shulardan 60.55% Osiyo qit’asida, 11.15 % Yevropada, 13.73 % Afrikada, 13.76 % Amerika qit’asida va 0.81 % Avstraliya va Okeaniyada joylashgan. (5.1.1-jadval) 2010-yilning iyuliga esa jahon aholisi 6.8milliardni tashkil etgan.2 5.1.1 jadvaldagi raqamlar jahonning yer fondini hamda aholisini bir hilda taqsimlanmaganligidan dalolat beradi. Masalan Osiyoda jahon yer fondining 33.1foizi joylashgan holda jahon aholisining 60.55foizi yashamoqda. Amerika qit’asida esa jahon yer fondining 30.1foizi joylashgan holda jahon aholisining 13.76foizi yashamoqda. Jahonning suv resurslari ham shunday nomutanosibda taqsimlangan. Yevropada esa yer fondi kam bo`lgan holda aholi zich joylashgan. Natijada bir kishiga to`g`ri keladigan yer maydoni, ya’ni aholini yer bilan taminlanganlik koefitsenti qit’alar bo`yicha sezilarli darajada farq qiladi.