Fosforning o’simliklar uchun ahamiyati uning tuproqdagi miqdori va shakllari



Download 65,5 Kb.
bet1/2
Sana05.04.2022
Hajmi65,5 Kb.
#530889
  1   2
Bog'liq
Fosforning o’simliklar oziqlanishidagi ahamiyati. Fosforli o’g’itlarni olinishi, xossalari va ishlatilishi. Kaliy va murakkab o’g’itlarni olinishi, xossalari va ishlatilishi


Fosforning o’simliklar oziqlanishidagi ahamiyati. Fosforli o’g’itlarni olinishi, xossalari va ishlatilishi. Kaliy va murakkab o’g’itlarni olinishi, xossalari va ishlatilishi
Reja:



  1. Fosforning o’simliklar uchun ahamiyati uning tuproqdagi miqdori va shakllari

  2. Fosforli og’itlarning turlari.

  3. Superfosfat va qo’sheuperfosfatni olinishi.

  4. Pretsipitat va tomasshlak o’g’itlarini olinishi.

  5. Fosforit unining olinishi va ishlatilishi.

  6. Kaliyning o’simliklar uchun ahamiyati va uning tuproqdagi miqdori.

  7. Kaliy o’g’itlarini olinishi, xossalari va ishlatilishi.

  8. Murakkab o’g’itlarni xossalari va ishlatilishi.

O’simliklarning oziqlanishida azotdan keyingi o’rinda turuvchi eng muhim elementlardan biri fosfor hnsoblanadi. O’simliklar fosforni, asosan, ortofosfat knelotaning (H2 PO4) anionlari holida o’zlashtiradi. Ular fosforni metafosfat (H3PO3) va pirofosfat kislotalarning tuzlaridan o’zlashtirishi, shuningdek, ba’zi organik fosfatlar-fitinglyukoza fosfatlar va boshqalarning fosforini ham o’zlashtirish mumkin. Uch asosli kislota bo’lgan ortofosfat kislota PH 7-8 da va undan pastda dissodiyalanib, bitta yoki ikkita N+ ion ajratib chiqaradi va H2 PO4 hamda HPO42 ionlarini hosil qiladi, ana shu ionlarni o’simliklar yutadi.


O’simliklarda fosforning organik birikmalaridan nuklein kislotalar, aeotli asoslar, uglevodlarning molekulalari (riboza yoki dezoksiriboza) va fosfat kislotalar tarkib topgan yuqori molekulyar murakkab moddalar eng muhim rol o’ynaydi. Ular organizmlar hayot faoliyatining eng muhim^ jarayonlarida- oqsillar sintezida o’sish va ko’payishida, irsiyG’ xususiyatlarning nasldan-naslga o’tishida ishtirok etadi. Nuklein kislotalar oqsillar bilan birgalikda hujayralarping sitoplazmasi va yadrosini qurishda ishtirok etadigan nukleotidlarni hosil qiladi. O’simliklardagi fosforving anchagina miqdori fitin - urug’larning zahira moddasi tarkibiga kiradi, bu modda o’simlikning o’sish vaqtida fosfor elementining manbai sifatida foydalaniladi. Fosfor vitaminlar va ko’pgina fermentlar tarkibiga ham kiradi.
O’simlchklarning xujayralarida fosfor energiya almashinuvida. turli xil moddalar almashinishi jarayonlarida nihoyatda muhim rol o’ynaydi. U uglevod va azot almashinishida, fotosintez, nafas olish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun enertiyaga boy fosforli birikmalar ayniqsa katta ahamiyatga ega, ular orasida adenozintrifosfat kislota (ATF) asosiy rol o’ynaydi. O’simliklarda fosfor etishmasligi bularning yosh nihollik paytida, hali yaxshi rivojlanmagan ildiz sistemasining o’zlashtirish xususiyati past bo’lgan davrda ayniqsa yaqqol seziladi. Bu davrda fosfor etishmasligining salbiy ta’sirini keyinchalik fosfor bilan ko’p oziqlantirish orqali ham tuzatib bo’lmaydi. O’simlik fosforni vegetativ organlari intensiv o’sayotgan davrda eng ko’p o’zlashtiradi, shunga ko’ra o’sishning boshlang’ich davrlari fosforli oziqlanishga nisbatan olganda kritik davr hisoblanadi. Shu sababli usimliklarni vegetasiya boshlanishida oson eriydigan fosfor bilan ta’minlash nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Har xil tuproqlarda fosfor (P2O5)ning miqdori 0,03 dan 0,2% gacha bo’ladi, haydalma qatlamda esa uning umumiy zahirasi 1 ga maydonga 100 dan 6000 kg gacha to’g’ri keladi.
2. O’simliklar vegetasiya davri mobaynida 1ga erdagi tuproqdan o’rtacha 20 dan 60kg gacha miqdorda, ya’ni azot va kaliyga nisbatan ancha kam R2O5 iste’mol qiladi. Tuproqdagi fosforning o’rnini go’ng hamda ildiz va poya qoldiqlari bilan to’ldirib bo’lnaydi. Tusrokdagi fosfor zahirasini to’ldirish uchun fosforli o’g’itlardan boshqa manba yo’q.
Fosforli o’gitlar eruvchanligiga va o’simliklarga qarab uch guruhga bo’linadi:
1. Suvda yaxshi eriydigan o’g’itlar - addiy superfosfot va qo’sh superfosfat. 2. Suvda kam eriydigan, lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan o’g’ntlar-presnpitat, tomasshlak, termofosfatlar, ftorsizlantirilgan fosfat.. 3. Suvda erimaydigan, faqat kuchli kislotalarda to’liq eriydigan o’g’itlar- fosforit uni, suyak uni.
Superfosfat. Oddiy superfosfat maydalangan apatit yoki fosforitga sulfat kislota bilan ishlov berish yo’li bilan olinadi. Bunda qiyin eruvchan fosfatlar narchalanib, suvda eriydngan monokalsiy fosfat Ca (H2PO4) va suvda eriymaydigan gips Sa5S>4 hosil bo’ladi:
2 Ca5 F (PO4)3 + 7H25O4+ 3H20 = Ca (N2PO4)2 H2O + 7CaSO4 + 2 HF
Ca3(PO4)2 + H2SO4 + H2O = Ca(H2PO4)2 H2O +-2Ca5O4
Apatitdan olinadigan oddiy superfosfot tarkibida 19-20%, fosforitlardan olinadiganida esa 14-16 % fosfor bo’ladi (P2O5 ga hisobidan olinganda).
Oddiy superfosfat asosan, donador holda, donachalarining o’lchami 2-4 mm keladigan qilib chiqariladi.
Qo’sh superfosfat oddiy superfosfatdan farq qilib, tarkibida gips bo’lmaydi, shu sababli unda P2Oa ning miqdori ko’p 42-49% bo’ladi, Undagi fosfor suvda eriydigan kalsiy morofosfat Ca(H2PO4)2 H2O va ozroq miqdori (4,5-5,7 %) erkin fosfat kislota holida bo’ladi.
Qo’sh superfosfat donador holda tayyorlanadi. Uning kimyoviy va fizik xossalari, ishlatilishi hamda samaradorligi oddiy superfosfat kabidir.
Asosiy o’g’it sifatida superfosfat solishda uni plug bilan ko’mib ketish lozim, bunda o’g’it tuproqning chuqur va doim nam bo’lib turadigan, tuproqdagi o’simlik ildizlarining asosiy qismi joylashgan qatlamida turish kerak.
Superfosfat kimyoviy gotilish natijasida solingan joyida deyarli to’liq o’rnashib qoladi va tuproqda juda sekni siljiydi.
Birinchi yili o’simliklar undan foydalanmaydi, tuprokda qolgan superfosfat fosfori keyingi yillarda qisman o’zlashtiriladi.
Presipitat kalspy difosfat (Ca HPO4 x 2H2O) tarkibida 27 dan 35% gacha P2O5 bo’ladi. Presipitat fosfori suvda erimaydi, lekin ammoniy sitratda eriydi va uni o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. O’g’it yaxshi fizik xossalarga ega. Presipitatni barcha
Tuproqlarda turli xil ekinlarga asosiy o’g’it sifatida ishlatsa bo’ladi.
Tomasshlak- fosforga boy cho’yanlarni Tomasning ishqoriy usulida qayta ishlab, temir va ao’latga aylantirishda hosil bo’ladigan qo’shimcha mahsulot.
Tomasshlak to’q rangli og’ir, mayin kukun. Tarkibida 14 dan 20% gacha P2O5 bo’ladi. Bu o’g’itni barcha tuproqlarda asosiy o’g’it sifatida ishlatish mumkin.
Fosforit uni- fosforitni un holiga kelguncha maydalash yo’li bilan olinadi. Bu o’g’it gigroskopik emas, mushtlashib qolmaydi. Uning tarkibidagi P2O5 ning miqdori 19-30% atrofida bo’ladi. Fosforit uni- eng arzon fosforli o’g’it.
Bu o’g’it barcha kuzgi ekinlarga, shuningdek, chopiq-talab ekinlarga - qaidlavlagi, kartoshka, makkajo’xori va bophalarga I solinganda eng ko’p samara beradi. Fosforit uni qancha ko’p solingan bo’lsa, uning ta’sir etish davomiyligi ham shuncha uzoq bo’ladi.
Kaliy o’simliklar hayotida muhim fiziologii rol o’ynaydi. Kaliy o’simliklardagi biror organik birikmalar tarkibiga kirmaydi. Kaliyning fotosintez, oksidlanish prosesslari intensivligiga va o’simlikda organik kislotalar hosil bo’lishga ijobiy ta’sir etadi, uglevod va azot almashinuvida ishtirok etadi.
Kaliy etishmaganda o’simlikda oqsil sintezi sekinlashadi, natijada azot almashinuvi umuman buzladi, oddiy uglevodlarnnng ancha murakkab uglevodlarga aylavish to’xtab qolzdi. Kaliy shakarlaring barglardan boshqa organlarga oqib o’tishini kuchaytiradi, uglevod, almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarning, jumladan, saxaraza va amilazaning aktivligini oshiradi.
Kaliy ta’sirida o’simliklarning sovuqqa chidamligi ortadi, bu hol shakarlar miqdorining ko’pligi va xujayralarda osmotik bosimning ko’tarilishi bilan bog’liq.
Kaliy bilan etarli darajada oziklantirilganda o’simlnklar turli kasalliklarga chidamli bo’ladi. Kaliy mexanik elementlar, naysimon tutamlar va lub tolalarning rivojlanvshiga yordam beradi, shuning uchun poyalarnnng baqquvat va yotib qolmandigan bo’lishiga, zig’ir va kanon tolalarining miqdori hamda sifatiga ijobiy tasir etadi.
Kaliy etishmaganida reproduktiv organlarning rivojlanishi to’xtaydi, shonalar va boshlang’ich tupgullar rivojlanmay qoladi, don puch bo’ladi va unib chiqish darajasi pasayadi. Kaliy reproduktiv orgaylarga nisbatan vegetativ organlarda ko’p bo’ladi!
Tuproqlarda kaliy (K2O) miqdori ularning hiliga karab 0,5 dan 3% gacha bo’ladi. Tuproqning haydalma qatlamida K2O ning u mumiy zahirasi 1 ga erga 50-75 ming kg ga to’g’ri keladi, lekin kaliyning asosiy qismi (98-99%) tuproqda erimaydigan va o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan birikmalar holida bo’ladi.
Suvda eriydigan kaliyni eritmasida har hil tuzlar holida o’zlashtiradi, lekin bunday kaliy miqdori juda oz bo’ladi.
Almashinuvchi kaliy o’simliklarning oziqlanishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Almashinuvchi kaliyni o’simliklar oson o’zlashtirishga sabab uning boshqa kationlar bilan almashganida eritmaga oson o’tish va o’simliklarga yaxshi singishidir.
Kaliy xlorid- KC1 tarkibida 53,7-60 % K2O bo’ladi.
Kaliy xlorid tuz minerallari tarkibida uchraydi. Silvinitdan KC1 bilan NaC1 ni ajratish orqali olinadi. Flotasiya metodiga ko’ra silvinitdagi KC1 ni NaCL dan ajratish uchun sirt-aktiv moddalar (aminlar) qo’shiladi, ular faqat KC1 donalari sirtiga adsorbsiyalanadi uni №S1 kristallari esa cho’kib tushady.
Kaliy xlorid asosiy kaliyli o’g’it, har qanday tuproqda va barcha ekinlarga ishlatish mumkin.
40% li kaliy tuz kaliy xloridni maydalab tuyilgan silvinit yoki kainit bilan mexanik ravishda aralashtirib olinadi. Bu o’g’it natriyni xoxlaydigan va xlorga unchalik ta’sirchan bo’lmagan qandlavlagi va xashaki ildiz mevalilar uchun juda samaralidir.
Kaliy sulfat- K2SO4 tarkibida 46-50% K2O bo’ladi. Tashqi ko’rinishidan kul rang tusli mayda kristall tuz, suvda eriydi. Tabiiy sulfatli kaliy tuzlaridan K2SO4 ni ajratish yo’li bilan olinadi. Bu o’g’it gigroskopik emas, mushtlashib qolmaydi. Uni har qanday tuproqda va barcha ekinlarga ishlatish mumkin.
Kul elementi o’simlik kuydirilgandan keyin tushadigan kul tarkibida saqlanib qolgan elementlarga kul elementi deyiladi. Kul tarkibida K, P, Na, Ca, Mg elementlari uchraydi.
Kul tarkibidagi kaliy, asosan potash (K2CO3) holida bo’ladi. Bu o’g’it hamma ekinlar uchun eng yaxshi o’g’it hisoblanadi. Lekin kul ishqoriy o’g’it hisobanadi va kislotali tuproqlarda yaxshi samara beradi. Bir gektarga 500-600kg kul solinadi.
Silvinit m KC1 + n NaC1 tarkibida 12-15% K2O va 34-38% Na2O hamda 52-55% C1 bo’ladi. Tashqi ko’rinishidan yirik, har hil rang’li- oq pushti, qo’ngir va ko’k rangli kristallar aralashmasidir, suvda yaxshi eriydi. Salgina gigroskopikligi bor. Silvinit asosiy o’g’it sifatida kuzgi shudgor vaqtida solinadi. Bunda xlorning anchagina qismi tuproqning pastki qatlamlariga yuvilib ketadi. Barcha kaliyli o’g’itlar suvda yaxshi eriydi. Tuproqqa solinganda ular tez erib ketadi va tusroqning singdirish kompleksi (TSK) bilan o’zaro ta’sirlashadi.
K
(TSK) + 2 KCL → (TSK) K + CaCL2
← Ca

Kaliyli o’g’itlar tarkibiga qiruvchi kaliy va boshqa kationlar (Na,+ Mg 2+) tuproqning kolloid qismiga yutiladi, xlor esa tuproq eritmasida qoladi va shu sababli oson yuvilib ketadi. Mineral o’g’itlardagi kaliy pin g foydalanish koefisenti 50-60%


O’rta va og’ir mexanik tuproqlarda kaliyli o’g’itlarni kuzda shudgor paytida solish kerak.
Engil tuproqlarda, ayniqsa yogin-sochin ko’p bo’ladigan hududlarga kaliyli o’g’itlarni bahorda kultivator bilan yumshatish vaqtida solgan ma’qul (yutish sigimi kichik bo’lgan qumli hamda qumoq tuproqlarda.) Barcha kalnyli o’g’itlar fiziologik kislotali tuzlardir.
Harakatchan kaliy odatda ko’p bo’ladigan sho’rtob erlarda kaliyli o’g’itlar samara bermaydi, ularni solish bunday tuproklarning yanada ko’nroq sho’rlanishiga sabab bo’ladi. Kaliyli o’g’itlar engil kumli va qumloq tuproqlarda, eng yaxshi samara beradi.Kaliy bilan yanada yaxshi ta’minlangan bo’z tuproqlarda kaliyni ko’p talab qiladigan ekinlarga qandlavlagi, makkajo’xori, kungaboqar, kartoshka va sabzavotlarga u ni faqat sug’orish paytida solish kerak.
Murakkab o’g’itlarda bitta kimyoviy birikma tarkibida ikki yoki uch oziq elementi bo’ladi.
Murakkab aralash yoki kombinatsiyalanagan o’g’itlar jumlasiga yagona texnologik jarayonda olinadigan va bitta donachasiga ikki yoki uch oziq elementlari turli hil kimyoviy birikmalar holida birikkan kompleks o’g’itlar (nitrofos, nitrofoska, nitroammofos , nitroammofoska, va boshqalar) kiradi.
Aralash o’g’itlar- bu oddiy o’g’itlar aralashmasidir.
Ammofos – NH4H2PO4 .O’g’it tarkibida 11-12% N va 46-50% P2O5 bo’ladi. Bu o’g’it ammiakni fosfat kislota ta’sirida neytrallash orqali olinadi: NH3 + H2PO4 =NH4H2PO4
Ammofos asosiy o’g’it sifatida qishloq xo’jalik ekinlariga erta yahorda yoki ekish davrida beriladi.
Diammofos- (NH4)2HPO4 Tarkibida 18% N va 50% P2O5 bor. Bu o’g’it fosfat kislotani ammiakda to’yintirish yo’li bilan olinadi. 2NH3+H2PO4 =(NH4)2HPO4
Bu o’g’itlarning kamchiligi shundaki. ularda azot fosforga Karaganda ancha kam. Shu sababli N hamda P2O5 ni normal nisbatlarda olish uchun muayyan miqdorda azotli o’g’it qo’pshsh lozim.
Nitrofos va nitrofoskalar fosforni nitrat kislotalar bilan parchalash orqali olinadi. Nitrofoslarda N va P elementa bo’ladi, ularga KC1 qo’shilsa nitrofoskalar deyiladi. Bularda N -10-17%, P2O5-8-30% va K2O12-20% gacha bo’lishi mumkin.
Nitroammofos va nitroammofoskalar nitrat hamda fosfat kislotalar aralshmasini ammiak bilan neytrallab olinadi.
Monoammoniy fosfat asosida olinadigan o’g’it nitroammofos, kaliy qo’shilgani esa nitroammofoska deyiladi. Tarkibida N miqdorini 10-30% va P2O5 miqdorini 27-14% oralig’ida qilib chiqarish mumkin. Nitroammofoskalarda N, P va K ning umumiy miqdori 44 da 62 % gacha bo’ladi.

Download 65,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish