Bog'liq 6-10 kV li ta’minlovchi tarmoqlarning sxemalari.
6-10 kV li ta’minlovchi tarmoqlarning sxemalari.
Reja: 1. 6-10/ 0,38 kV li transformator nimstansiyalari sxemalari.
2. ZAU (AVR) li sxemalar.
SHahar tarmoqlarida (TP) nimstansiyasi qoida bo‘yicha bitta yoki ikkita transformatorli qilib bajariladi. TP ning ulanishi liniyani o‘zish yoki unga ulash orqali amalga oshiriladi.
Rasmda bitta transformatorli nimstansiya sxemasi keltirilgan:
Bu nimstansiyalarda transformatorlar 6-10 kV li shinalarga quyidagi uchta variant bo‘yicha ulanadi:
a) o‘zgich orqali;
b) yuklama o‘zgichi va saqlagich orqali;
v) ajratgich va saqlagich orqali.
Bu holatda transformator himoyasi uchun o‘zgich va saqlagichlar xizmat qiladi, kommutatsion o‘chirib-yoqishlarni amalga oshirish uchun esa: o‘zgich, yuklama o‘zgichi va ajratgichlar. (a) sxema 630-1000 kVA va undan yuqori bo‘lgan quvvatli transformatorlar uchun qo‘llaniladi.
NN tomondan transformator va chiquvchi liniyalarga avtomatlar yoki saqlagichlar o‘rnatiladi.
Tarmoqni uchastkalarga bo‘lish kerak bo‘lgan taqdirda, ketuvchi liniyalarga o‘zgichlarni yoki yuklama o‘zgichlarini o‘rnatish imkoniyati mavjuddir.
Bunday qurilmalarning o‘rnatilish zaruriyati shahardagi shoxobchalanmagan tarmoqlarda kelib chiqadi.
Bundan tashqari, shahar tarmoqlarida YUK va PK tarafdan ZAU (AVR)li sxemalar keng tarqalgan.
Yuqori kuchlanish (6-10 kV) tarafidan ZAU li bir transformatorli TP sxemasi.
Normal rejimda YUU-1 (VN-1) o‘zilgan, YUU-2 esa o‘chirilgan. (1) chi magistral o‘chirilgandan so‘ng, bu TP ning ta’minoti (2) chi magistralga ulanadi. Bu sxemaning kamchiligi transformator zaxirasining yo‘qligidadir.
Ikki transformatorli nimstansiyalarda ZAU past kuchlanish tarafida avtomatlarni (kontaktorlarni) qo‘llagan holda bajariladi – rasm (a,b).
A1 va A2 – avtomatlar (normal rejimda o‘chirilgan).
Normal rejimda ikkala transformatorlarning ishlash vaqtida As - o‘chirilgan.
Agar YUK va PK tarafidan berk rejimda ishlovchi shahar tarmoqlarida TP o‘rnatiladigan bo‘lsa, transformatorning PK tarafidan maxsus bir tomonlama quvvatda ishlovchi BQA (AOM) avtomatlarga ega bo‘lgan sxema qo‘llaniladi. TP-1 va TP-2 lar turli magistrallar shinalaridan ta’minlanadi. Mabodo L-1 da QT sodir bo‘lsa, TP-1 orqali 0,38 kV li tarmoqdan 6-10 kV li tarmoqqa teskari tok oqib o‘tadi va BQA o‘chiriladi.
TP-1 ning PK tarmog‘i TP-2 dan ta’minlanadi. Sanoat tarmoqlarida bu sxemalar qo‘llanilmaydi, chunki ular ochiq sxema rejimida ishlaydi.
Oxirgi vaqtlarda reaktiv quvvatni kompensatsiyalash uchun, shahar tarmoqlarida statik kondensatorlar (SK)-dan foydalanish zaruriyati tug‘ildi, shu maqsadda quyidagi sxemalar qo‘llanilmoqda:
Korxonalarda ikkita transformatori yoritish yuklamalariga va ikkita transformator kuch tarmoqlariga mo‘ljallangan TP lar qo‘llanilmoqda. Normal rejimda transformatorlar alohida ishlaydi, ZAU bilan seksiyali avtomat o‘chirilgan bo‘ladi.