Mavzu:MILLIVOTMETRLAR
Reja:
1.Kirish
2. Termoelektr termometr erkin uchlari haroratining o’zgarishini kompensatsiyalash usullari.
3. Magnitoelektrik millivoltmetrlar.
4.Texnika xavsizligi va mexnat muxofazasi
5.Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Haroratni o‘lchashning termoelektrik usuli [12, 13] termoparada hosil bo‘luvchi termoelektryurituvchi kuch (termoEYuK) ni termopara uchidagi haroratga bog‘liqligiga asoslanadi. Ikkita turli jinsli A va V o‘tkazgichlar (elektrodlar) dan tuzilgan zanjirda (6.1, a – rasm) agar ushbu o‘tkazgichlarning tutashgan nuqtasidagi t va t0 haroratlar teng bo‘lmasa (agar teng bo‘lsa termoEYuK nolga teng bo‘ladi) termoEYuK yuzaga keladi. Termopara zanjirlarida EYuK ni yuzaga kelishi Zeebik va Tompson effektlarining ta'sir natijalari hisoblanadi. Birinchidan EYuK ni paydo bo‘lishi turli jinsli ikkita o‘tkazgichning o‘zaro ulanish joyiga bog‘liq, chunki EYuK kattaligi kavsharlangan joyning haroratiga bog‘liq. Bir jinsli o‘tkazgichning uchlaridagi haroratlar o‘rtasida farqni yuzaga kelishi EYuK ni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, ushbu effekt Tompson effekti deb ataladi. Hosil bo‘lgan EYuK ning qiymati ikkala t va t0 haroratlarning qiymatlariga bog‘liq, chunki (t, t0) farq ortishi bilan uning ham qiymati ortib boradi. Termoparaning termoEYuK ning qiymati shartli ravishda E(t, t0) bilan belgilanadi. Agar quyidagi shartlar bajarilsa, termopara yordamida haroratni o‘lchash mumkin: - termoparaning ishchi uchini nazorat qilinayotgan muhitga tushirish, boshqa uchi (erkin uchi) ning haroratini esa stabillashtirish; - termoparada hosil bo‘luvchi termoEYuK ni o‘lchash; - termoparaning E(t, t0) darajalash tavsifi – termoEYuK ni ma'lum t0 haroratda termoparaning ishchi uchini haroratiga bog‘liqligiga ega bo‘lish. Endi “uchinchi o‘tkazgich haqidagi teorema” ga e'tibor qaratamiz. Uning ma'nosi quyidagicha: ixtiyoriy “S” materialdan tayyorlangan uchinchi o‘tkazgich (barcha sxemalarda u to‘lqinsimon chiziq bilan belgilangan) termopara zanjiriga ulanganda, ushbu o‘tkazgichning harorati ulanish joyining haroratiga teng bo‘lsa, zanjirda termoEYuK ni yo‘qotish yuzaga kelmaydi. Shuning uchun ham sxemalar (6.1, b, v -rasmlar) da hosil bo‘luvchi termoEYuK, faqat t' va t" lar o‘zaro teng bo‘lganda, ya'ni t' = t" shart bajarilganda bir xil bo‘ladi. Keltirilganlar asosida o‘lchash asbobi (O‘A) ni termopara zanjiriga ulashning quyidagi ikki usulini tasavvur qilish mumkin: erkin uchlarning uzilish qismiga (6.1, g -rasm) yoki elektrodlarning uzilish qismiga (6.1, d -rasm). Ikkita ixtiyoriy turli jinsli o‘tkazgich termopara hosil qilishi mumkin, lekin ixtiyoriy termoparani haroratni o‘lchash uchun qo‘llab bo‘lmaydi. Termoparaning materialiga quyidagi bir qator talablar qo‘yiladi: isiqqa chidamlilik, kimyoviy stabillik, termoparaning termoEYuK larini haroratga bog‘liqligini bir xilligiga ko‘ra materiallarning bir birini aks ettiruvchanligi (termoparalarning o‘zaro bir birlarini o‘rnini bosa olishini ta'minlash uchun). Endi atamalarga e'tiborni qaratamiz. Termopara – bu ikkita turli jinsli o‘tkazgichlar – elektrodlarning bog‘lanishi. Termoparadan amalda foydalanish uchun uning elektrodlari izolyasiyalangan va himoya qutilariga joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Bunday konstruksiya termoelektrik o‘zgartirgich deb ataladi. Ta'rifga ko‘ra “termoelektrik o‘zgartirgich”(TEO‘) – bu termoparaning termoelektr yurituvchi kuchini haroratga bog‘liqligiga asoslanib ishlaydigan termoo‘zgartirgich. Termopara harorat o‘lchash vositasi – termoelektrik o‘zgartirgich (TEO‘) ning asosiy elementi hisoblanadi. GOST R50431-92 dan kelib chiqqan holda 6.1 – jadvalda quyidagi belgilanishlarga ega bo‘lgan turli TEO‘ lar uchun uzoq (qisqa vaqtli) qo‘llanilish chegaralari keltirilgan:
Tayanch iboralar: Magnitoelektrik millivoltmetrlar, erkin uchlar, kompensatsiyalash, avtomatik potensiometrlar, potientsiometrik o’lchash usuli
1.Termoelektr termometr erkin uchlari haroratining o’zgarishini kompensatsiyalash usullari.
Termojuft sovuq ulanmalari harorati o’zgarmas bo’lgandagina to’g’ri o’lchaydi. Ammo bu ulanmalar harorati o’zgarmas bo’lib qola olmaydi. Shuning uchun termometrning sovuq ulanmasini o’lchash ob‘ektidan o’zoqroqqa haroratning o’zgarmas zonasiga olish lozim. Shu maqsadda maxsus kompensatsion (uzaytiruvchi) simlardan foydalaniladi. Haroratning o’zgarishiga qarab tuzatish kiritiladi.
Sanoatda avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun ko’prik sxemalar qo’llaniladi. (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |