Ekinlarni qo’shimcha oziqlantirish. Ma’lumki, sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida, shuningdek, nam iqlimli regionlarda azotli o’g’itlarni, ayniqsa nitratli va ammiakli-nitratli azotli o’g’itlarni, asosiy o’g’itlash vaqtida qo’llab bo’lmaydi. Azotli o’g’itlarning 70—80% i, kaliyning yarmi va fosforning kamroq qismi tuproqqa qo’shimcha oziqlantirish sifatida kiritiladi. Umuman olganda, qo’shimcha oziqlantirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
kuzgi g’alla ekinlari va ko’p yillik o’tlarni azot bilan oziqlantirishda;
yengil mexanikaviy tuproqlarda, shuningdek, sug’oriladigan sharoitlarda yetishtiriladigan chopiqtalab ekinlarni azot va kaliy bilan ta’minlashda;
tuproqdagi tuzlar konsentratsiyasining oshib ketishiga o’ta sezgir ekinlardan yuqori hosil yetishtirish rejalashtirilganda;
mevali daraxtlar va butalarni oziqlantirishda;
ayrim sabablarga ko’ra yillik o’g’it me’yorining tegishli qismi asosiy o’g’itlash davrida kiritilmaganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |