11.5. QISHLOQ XO’JALIK EKINLARIGA O’G’IT ME’YORLARINI BELGILASH
Agrokimyoda o’g’itlashning maqbul, oqilona va eng yuqori me’yorlari farqlanadi. O’g’itlashning maqbul me’yori deb har ga maydondan tuproq unumdorligini saqlagan yoki oshirib brogan holda mo’l va sifatli hosil hamda eng yuqori darajada sof daromad olish uchun kerak bo’ladigan o’g’it miqdoriga aytiladi. Ma’lumki, o’g’it me’yorining cheksiz ortib borishiga bog’liq ravishda qo’shimcha hosil miqdori ham oshib boravermaydi, ma’lum darajadan keyin qo’shimcha hosil miqdorining kamayishi kuzatiladi. Shuning uchun agar xo’jalikda mineral o’g’it miqdori kam bo’lsa, kamroq maydonga ynqori me’yorda o’g’it qo’llashdan ko’ra, ko’proq maydonga o’rtacha me’yorda qo’llab yalpi hosil miqdorini oshirgan ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |