Asosiy (ekishgacha) o’g’itlash. O’g’itlashning bu usuli ekinlarni butun o’suv davri mobaynida, ayniqsa oziq moddalariga yuqori talab qo’yiladigan, jadal rivojlanish davrida, oziq elementlari bilan ta’minlash uchun qo’llaniladi. Asosiy oVitlashda rejalashtirilgan o’g’it me’yorining asosiy qismi tuproqqa kiritiladi. Xo’jalikning tuproqiqlim sharoitlari va ayrim iqtisodiy-tashkiliy muammolaridan kelib chiqqan holda asosiy o’g’itlash ko’proq kuzda, ba’zi hollarda bahorda amalga oshiriladi. O’g’itlarni tuproqqa kiritish chuqurligi asosan yerni ishlash texnikasi bilan bog’liq (11.4.3-jadval).
11.4.3-jadval
Ishlov berish moslamalariga bog’liq ravishda o’g’itlarning tuproq qatlamlari bo’ylab tarqalishi, % (P.M. Smirnov)
Do'stlaringiz bilan baham: |