Adabiyotshunoslik tarixi



Download 0,86 Mb.
bet42/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Umar Xayyom. Islom madaniyati, ilm-fani yulduzlaridan biri Umar Xayyom (ba’zi manbalarda Xayyomiy) laqabiga ko‘ra, chodir yasovchi usta oilasida tug‘ilib, voyaga etgan. Bir ruboiysida olim va shoir o‘z taxallus haqida lutf qilib, umrida son-sanoqsiz ilmu donish chodirlarini tikkanligini aytadi.
Umar Xayyom yashagan davrlarda Saljuq sultonlari G’arbdan – Rum-Vizantiya imperiyasiga qarshi Sharqdan Turkiston qoraxoniy­lariga qarshi jangu jadaooar bilan mashg‘ul edi. Bu davrda sal­juqlar Vizantiya imperiyasi ustidan g‘alaba qozonib, imperator roman Diogenni asir olganlar. Saljuq sultoni Alp Arslon va uning o‘g‘li Jaloliddin Malikshohning ma’rifatli vaziri Nizomil-Mulk (1017-1092) uzoq yillar ilm-fan, san’at ahliga, jumladan buyuk islom allomasi imom Abu Holid Zayniddin G’azzo­liyga va Umar Xayyomga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan. Nizomil-Mulk ahli sunna val-jamoa himoyachisi bo‘lib, islom dini va shariatini ismoiliya shialari hujumidan va olam o‘t tog‘ida o‘rnashib olgan Hasan Sabbohning terorchi fidoyilaridan himoya qilar edi.
Xuroson va uning poytaxtlaridan biri Nishonpur qadimgi Eron, Yunon, Parfiya, Hind, arabiy va turkiy madaniyatlarining tutashgan joyi bo‘lib, Umar Xayyom mana shu jahonshumul madaniyatlariga oid barcha ilmlarni puxta o‘zlashtirgan. U Evklid geometriyasini, Muhammad Xorazmiy algebrasini, Abul Buzjoniy va Beruniy astronomiyasi va geodeziyasini rivojlantirgan, bu sohalarda ulkan kashfiyotlar yaratgan islom allomasidir.
Umar Xayyom ilmiy merosi ko‘lamini bizgacha saqlab qolgan asarlarining nomidan ham payqash mumkin: 1. “Mushkulot al-hisob”. 2. “Al-jabrga doir risola”. 3. “Risola fil barohin ala masoil al-jabr val-muqobala” (“Al-jabrga doir masalalarni isbotlash haqida risola”) (Bu risola Parijda, Leyden kutubxonasida, Londonda Hind mahkamasi kutubxonasida, Rimda, Vatikan kutubxonasida, Nyu-Yorkda, professor D. Yu. Smit kutubxonasida saqlanadi.) 4. “Sharh al-mushkul min kitob al-musiqiy”. (Musiqa kitobidagi mushkul o‘rinlarning sharxi.) 5. “Sharx mushkila min muxodirot kitob Uqlidus”. (Evklid kitobi muqaddimalaridagi mushkullik sharxi.) 6. “Muxtasar fit-tabiat”. (Qisqa fizika darsligi.) 7. “Me’zonul hikam” (Ilmi hikmat – falsafa mezonlari). 8. “Lavozimul amokina”. (Makonlar haqida eng zarur bilimlar, geografiyaga oid risola.) 9. “Borliq va zaruriya risolasi”. (Qohirada Nuriddin Mustafo kutubxonasida.) 10. “Aljavob an salasal masoil” (Uch masalaning javobi). 11. “Az-ziy al-aqliy fi mavzuul-ilm al-kulliy”. (Barcha aqliy fanlarning mavsumi haqida yoritqich kitob.) 12. “Risola fil-vujud” (Falsafiy risola. Berlin davlat kutubxo­nasida, Eron, Majlis kutubxonasida.) 13. “Ziji Malikshohiy” (Astronomiyaga doir risola.) 14. “Risola fi kulliyotul-vujud”. (Borliqning umumiyligi haqida risola .) 15. “Navro‘znoma”. (Berlin davlat kutubxonasida, London kutubxonasida, O’zbek tiliga Urfon Otajon tarjimasi.)
Zamondoshi Abul-Hasan Bayhaqiy “Tatimmat as-savoniul hikma” (Hikmatlar sandig‘iga qo‘shimcha) asarida Umar Xayyomni “Tabiiy fanlardan tashqari, tilshunoslik, musulmonlik huquqi – fiqh va tarix ilmlarining bilimdoni” deb, jug‘rofiyun olim Zakariyo Qazviniy “Shaharlarning yodgorliklari va Xudoning bandalari” kitobida “U falsafaning barcha sohalarini, ayniqsa, al-jabr ilmini yaxshi biluvchi donishmand edi”, deb ta’rif­laydilar.
Samarqandni poytaxt qilgan Qoraxoniylar podshohi Shamsul-Mulk Umar Xayyomni qadrlab, uni yaxshi tarbiyat qildi. Qoraxoniylar va Saljuqlar jangida (1072) Saljuq podshohi Alp-Arslon halok bo‘ldi. Uning jiyani Malikshoh taxtga o‘tirdi. Qoraxoniy Shamsul-Mulk Saljuq sultoni Malikshohga tobeli­gini bildirdi. Shu vaqt Malikshoh talabi bilan zamonasining buyuk ulamolari Umar Xayyom Abul-Muzaffar Isfazoriy, Maymun (Bahliy) ibn Najib al-Vositiy va boshqalar Isfaxonda rasadxona qurish bilan shug‘ullandilar.
Umar Xayyom al-jabr (algebra)ga doir risolasida aytishicha, Samarqand qozikaloni Abu Tohir Abdurahmon ibn Alaq unga sama­rali ijod qilishi uchun moddiy va ma’naviy jihatdan g‘amxo‘rlik qilib turgan. Yoshligida yozgan bu kichik asarini Umar Xayyom keyin­chalik rivojlantirib, “Al-jabr val-muqobalaga doir masalalarni isbotlash haqida risola”ga aylantirdi. Keyinroq iste’dodli olim­ga Buxorodagi Qoraxoniylar podshohi Shamsul-Mulk, 1074 yilda u vafot etgach, Isfaxonda Saljuq sultoni Malikshohning o‘zi homiy­lik qildi. Endi u sultonning vaziru vuzaro, amiru umaro, olimu ulamolar bilan suhbatini gullatuvchi yaqin do‘sti, nadimi bo‘lib qoldi. U may va do‘stlik, qazo va qadar haqida yarim hazil, yarim chin falsafiy ruboyilarini xuddi shu bazmu jamshidlar vaqtida ijod qilgan, boshqa vaqtlarida esa, toat-ibodat va ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullandi.
Umar Xayyom ilmiy merosida kub ildizli tenglamalar, kvad­rat, doira, sinus, kosinus, tangens, kotangenslarni shuningdek, shaharlar orasidagi masofalarni quyosh va yulduzlar orqali hi­soblashga yordam beruvchi geometriya, trigonometriya formulala­rini kashf etish aso­siy o‘rin tutadi. Ilmiy tadqiqotlarida Umar Xayyom Uqlidus (Evklid), Pifagor, Arastu, Batlimus (Ptolemey), Muhammad Xorazmiy asarlariga suyanib, ularning ilmiy ta’li­mot­larini rivoj­lantirdi. Bu kashfiyotlarning barchasidan keyin­chalik, Ovrupa olimlari Alfonso, Lev Gersand, Lagabert, R.Dekart, Sakkora, Lejandr, K.Gauss, Lobachevskiy va boshqa olimlar unumli foyda­landilar.
Jahon madaniyati va ilm-fanida Umar Xayyom dialektik tafak­kurini, etika va estetika fanlarini rivojlantirgan fay­lasuf sifa­tida ko‘proq shuhrat topgan. Alloma hayoti va ijodini chuqur o‘rganib, ilmiy kashfiyotlarini keng tahlil etib, monog­rafiya nashr etgan matematika va tarixchi olimlar B.A.Rozenfild va A.P.Yushkevich yozishicha, Umar Xayyomning bir qancha ruboiylari g‘oyasidan buyuk ingliz dahosi U.Shekspir “Hamlet” va boshqa asar­la­rida foydalangan. Masalan: drama qahramoni sohta qirol Poloniy aytadiki, biz o‘zimizni to‘ydirish uchun boshqa hayvon­larni boqamiz. Bizni esa o‘lganimizdan keyin chuvalchanglar, qurt-qumursqalar eydi. Baliqni tutish uchun ularni chuvalchang bilan boqadilar. Chuvalchang­ni egan baliqni odamlar eb, oxiri o‘zlari yana chuvalchangga em bo‘la­di­lar va hokazo. Shekspir asaridagi qabriston manzarasida Hamlet do‘sti Goratsio bilan suhbatida podshoh Iskandarning hoki bir zamonlar kelib, tuproqqa aylanib, devorning yorig‘ini yopishga yaray­digan bir hovuch loy bo‘lib qolishi mumkin, deydi.
“Navro‘znoma” asarida Umar Xayyom tabiatshunos, geolog, tarixchi, etnograf, faylasuf, axloqshunos (etika) va ilmi badia (estetika, nafosat) fanlarining olimi sifatida ko‘rinadi. U tabiat, inson va ijtimoiy munosabatlarda go‘zallik, mehr-oqibat, ochiq chehrali muomala, barkamollikni istaydi.
XII asrda yashagan Abul-Hasan Bayhaqiy “Tatimmat as-savoniul hikma” (Hikmatlar hazinasiga qo‘shimcha) asarida, XIII asrda al-Kiftiy “Donishmandlar hayoti” asarida Umar Hayyom ijodini ancha teran tahlil etganlar. Al-Kiftiy yozishicha, “Umar Xayyom – Xuroson imomi, zamonasining allomasi, yunonlar ilmidan saboq beruvchi olimdir. U ruhni turli nafs balolaridan poklab, yagona Razzoqni bilishga chaqiradi. Keyingi davr so‘fiylari Umar Xayyom she’r­larining tashqi ma’nosiga e’tibor berib, o‘z majlislari va hilvat­dagi suhbatlarida uning so‘zlarini namuna qilib kelti­radilar. Aslida, bu she’rlarning botinida islom shariati uchun zaharli ilonlar va unga (shariatga) tashlanish uchun yig‘ilgan lashkarlar bor”. XIII asr muallifi Najmiddin Roziy “Mir’otul-obidiynlar” (Obidlar ko‘zgusi) asarida Qur’oni Karimda haq yo‘ldan adashgan bandalar haqida “Ular – yo‘ldan adashgan mollarga o‘xshaydi” (7-sura, 178-oyat), “Ular yaqinlaridagi hayotni zohiran biladilar, ammo kelgusidagi (oxiratdagi) hayotlariga beparvo qaraydilar. Agar e’tibor bersalar, Xudo yo‘lida ixlos va zavq-shavq bilan borar edilar” (30-sura, 6-oyat)larini keltirib, ba’zi baxtsiz faylasuflar, moddiyunchi va tabiiyunchilar iste’dodli, donishmand, oqil va bilimdon Umar Xayyom bilan birga uning zalolatli ruboiylarini o‘qishdan boshqa chora topolmaydilar.
Shunga qaramay, Umar Xayyom falsafiy asarlarida, xususan, “Risola al-kavn vat-taklif” asarida jamiyat va ijtimoiy hayot haqida qarashlarida Forobiyning “Arodu ahli madinatul-fo­zila” (Fozil odamlar shahri aholisining ray’qarashlari) asari­dagi umuminsoniy hamjihatlik g‘oyalariga yaqinlashadi, payg‘am­barning oliy fazilatlarini ulug‘laydi.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish