Tarjima nazariyasi va qiyosiy adabiyotshunoslik. Beruniyning estetik qarashlari xususida so‘z yuritganda, N.Karimovning “Beruniyning estetik qarashlari, mutaxassislarning fikrlariga qaraganda, Arastu va Aflotun singari yunon faylasuflarining asarlaridan ma’lum darajada oziqlangan”121 fikriga suyanmaslik mumkin emas. Abu Tammom (arab shoiri) haqidagi «Abu Tammom ash’origa sharh», «Abu Tammom ijodida alif bilan tugallanadigan qofiyali she’rlar» kabi risolalari, fors tilidan arab tiliga tarjima qilgan «Qosimu-s-surur va Ayni-l-hayot», «Hurmuzdiyor va Mehryob», «Lolmoh va Kiromiduxt», «Vomiq va Uzro», «Bomiyonning ikki sanami», «Nilufar», «Dabistiy bilan Borbahokor hikoyasi» kabi tarjima asarlari, taassufki, bizgacha etib kelmagan. Biz bu ro‘yxatni faqatgina Beruniydan keyin bu sohalarga qo‘l urgan olimlarning asarlari orqaligina tikladik.
Shu bilan birga alloma «Panchatantra» («Kalila va Dimna»)ning Abdulloh ibn Muqaffa (VSh asr) tomonidan qilingan arab tiliga tarjimasidan qoniqmay, uning o‘zi imkoniyat topib asarni arabchaga o‘girishni orzu qilgan. Sakskritni mukammal bilgan olim tarjimon asliyatga mos ish tutish lozim, matnga aralashib, unga begona so‘zlarni qo‘shish mutarjimlik ishiga yot narsa ekanligini aytadi: “al-Muqaffa kitobga o‘zidan “Barzovayh” bobini qo‘shib, diniy e’tiqodi sust kishilarni mannoniya mazhabidan qaytarmoqchi bo‘lgan. Bob orttirish bilan ishonchsiz bo‘lgan kishi tarjimaga ham qo‘shib ishonchsizlikni orttirishdan chetda qolmaydi”122. Bu bilan matnshunoslik va tarjima nazariyasida muqim ustivor qonuniyat sanalgan matnga munosabatda xolislik, unga aralashmaslik lozimligini tarjima nazariyasi fan sifatida shakllanishidan 900 yil avval ko‘rsatib bergani ma’lum bo‘ladi.
Rashididdin Vatvot. Muhamad ibn Abdujalil al-Umariy al-Balxiy (1088-1182) – o‘rta osiyolik yirik shoir va olim. Xorazmshoh Otsiz ibn Qutbiddin Muhammad va uning o‘g‘li Aloiddin Takash davrida yashab ijod qilgan. Davlatshoh Samarqandiy yozishicha, Rashiddiddin Vatvotning “...nasabi mo‘’minlar amiri Umar ibn al-Xattobga ulanadi. Ulug‘, Fozil, adib va sohibi ilm bo‘lib, uning buyukligi, fozilligini zamondoshlari e’tirof etganlar. Asli Balxdan, lekin Xorazm viloyatida turg‘un bo‘lib, o‘z davrida shuaro va fusaho (so‘z ustalari) toifasiga ustod edi. Tevarak – atrof, uzoq-yaqindan kelgan shoirlar hamma vaqt uning huzurida she’r va boshqa ilmlarni o‘rganish bilan mashg‘ul edilar”. U, shoirlikdan boshqa, (yana bir) yuqori mansab va martaba egasi bo‘lib, hozirjavob, shirinsuhan olim edi. Tevarak-atrof shoirlari bilan bahslashar, ularning kamchiliklarini topar edi. Shuning uchun (ba’zi) shoirlar uni xush ko‘rmas, ko‘pchiligi benihoya hasad va baxillikdan uni hajv qilardilar. Lekin uning jismi bu bo‘xtonlardan holidir va uning fazli xususida hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas”. Davlatshoh yana aytadi: “Hadoyiqus-sehr” Vatvot asarlari jumlasidan bo‘lib, she’r san’atida undan foydaliroq kitob yozilmagan”. Bu fikrda jon bor, albatta.
Rashididdin Vatvot yoshligida Balxdagi Nizomiya madrasasida ho‘igandi. Bu juda nufzli madrasa bo‘lib, uning talablari kotiblari, yozuvchi, olimlar uchun zarur bo‘lgan Sharq bilmlarining hammasidan imkon boricha xabardor bo‘lishar edilar. Rashididdin Vatvot Xorazm shox Otsiz davrida barakali ijod o‘ildi va juda katta shuxrat o‘ozondi. Amirlik va imonlik mansablarida ishladi. Tili o‘tkirligi tufayli sultonning ko‘p marta qahriga uchrab, ishdan quvilib, yana qaytadan chaqirib olinar edi. U, zamonasining ulug‘ shoirlari va alomalari Mahmud Zamaxshariy Adib Sobir Termiziy (vaf.1150). Avhadidin Anvariy (1090 - 1185). Afzaliddin Xoqoniy (1121-1199) va boshqalar bilan do‘stona munosabatda edi. Xorazmshoh Otsiz bilan sulton Sanjar (saljuqiylar davlati rahbari) o‘zaro jang qilgan vaqtlarida Rashididdin Vatvot bilan Adib Sobir do‘stligi ham dushmanlikka aylanadi. Hoqoniy bilan esa Vatvot o‘rtasiga yirik mutasavvif shoir SAnoiy (1077-1151) ijodiga turlicha qarash tufayli sovuqlik tushdi. Ehtimol, Vatvot suhbatlarda Sanoiyning so‘fiyona g‘oyalariga etarli hurmat bilan qaramagan bo‘lishi mumkin. Vatvotning forsiy she’riyatganisbatan arab she’riyatiga muhabbati kuchliroq ekani seziladi.
Rashididdin Vatvotning ijodiy merosidan 19 tasi bizgacha etib kelgan:
1. Forscha she’riy devoni, 18500 baytdan iborat, 18 ta qo‘lyozma nusxa asosida S.Nafisiy nashr etgan. 2. Arabcha she’riy devoni. Hali nashr etilmagan. 3. Abkaru-l-afxar fi-r-rasoil va-l-ash’or” (“Nomalar va she’rlardagi nodir fikrlar”) allomaning 9 ta arabcha 9 ta forscha qasidasi va nomalarini o‘z ichiga oladi. 4. “Arisu-l-xavotir va nafoisun-navodur” (“Xotiradagi chiroyli (kelinchakday) fikrlar va nodir latifalar”) – 25 ta arabcha va 25 ta forscha nomadan iborat. 5. “Risoili arabiy” (“Arabcha risolalari”) – shoir buni Xorazmshoh Otsizning nevarasi Sulton Shoh-Mahmudga bag‘ishlagan. 6. “G’aroibu-l-kalom fi rag‘oibu-l-hikam” (“G’aroyib so‘zlar va marg‘ub (yoqimli) xikmatlar”) –arab tilida olimning yuzta xikmatini o‘z ichiga oladi. 7. “G’uroru-l-ahvol va duroru-l-masal” (“Munosib, go‘zal gaplar va majoz durlari”) – bu ham yuz hikmatdan iborat. 8. “Al kalamu-n-nasiha va hikamu-s-saliha” (“Pand-nasixat so‘zlari va pokiza xikmatlar”), bu ikki asar (7.8) Istanbulda, Ayo-So‘fiya kutubxonasida saqlanadi. 9. “Mafotixu-l-hikam va masabihu-z-zulm” (“Hikmat kalidlari va zulmatdagi chiroqlar”) – hali nashr etilmagan. 10. “Munyatu-l-mutakallimin va g‘uniyatu-l-mutaallimin” (“So‘z ustalarining maqsudi va hikmatli olimlar himoyat panohi”) olimning arabcha yana yuz hikmatli so‘zi. 11. “Uqudu-l-la’oli va suyudu-l-layoli” (“Marvarid shodalari va kechalar saodati”) – matni yo‘qolgan. Bu – choharlaryorlarning hikmatli so‘zlari to‘plami ekan. 12. “MAtlub kull tolib min kalom amiralmo‘’minin Ali b. Abu Tolib” (“Mo‘’minlar amiri Ali inb Abu Tolibning hikmatlarini o‘rganuvchilar ehtiyoji uchun matlub asar”) Eron va Hindistonda forscha va ingilizcha. Leyptsigda-olmoncha nashr etilgan. 13. Faslu-l-hitob min kalom amiralmo‘’minin Umar b.al-Xattob” (“Mo‘’minlar amiri Umar b.al-Xattob nutqlaridan parchalar” – Horazmshoh Otsizning o‘g‘li Abul-Fathga bag‘ishlangan. turkiyada, Ayo-So‘fiya va Stanbul dorilfununi kutubxonalarida saqlanadi. 14. “Tuxfatu-s-sidq ila-s-sodiq min kalom amiralmo‘’minin Abu Bakr as-Siddiq” (“Mo‘’minlar amiri Abu Bakr Siddiq so‘zlaridan terilgan tuxfa”), she’riy qismlari forschada. Ayo-So‘fiya va Ko‘niyo kutubxonalarida saqlanadi. 15. “Unsul-l-laxfon min kalom imom al-mo‘’minin Usmon b. Affon” (“Mo‘’minlar imomi Usmon b. Affon so‘zlaridan g‘amginlarga yupanch”) – Xorazmshoh Otsizning nevarasi Abul-Qosim Mahmudga bag‘ishlangan. Said Nafisiy yozishicha, yuqoridagi to‘rt xalifaning hikmatli so‘zlari jamlanib, “Uqudu-l-javohir va nujum uz-zavohir” (“Dur shodalari va porloq yulduzlar”) to‘plamini tashkil etgan.
Vatvotning badiiy san’atlarga bag‘ishlangan eng yirik asari “Hadoyiqu-s-sehr va daqoyiqu-sh-she’r” (“Sehr bog‘lari va she’r noziklari” nomli ilmiy-nazariy taqqiqotidir. Bu asarda tarse’, tajnis, maqlubot, raddul-ajuz, iynat, tazminul muzdavij, istiora, husnu-l-ma’la’, husnu-l-maqta’, al-madxa-l-mavajjax, mura’ibn-n-nazir, muhtamil li-d-did, iltifot (lutflar), iyhom, tashbehot kabi Sharq poeziyasining nozik she’riy san’atlari oyatlari hadislar va atoqli shoirlarning hikmatli so‘zlari va she’rlari namunasi bilan ko‘rsatib beriladi.
Atoqli sharqshunos Ubaydulla Uvatov xorazmlik alloma Abul-Qosim Mahmud Zamaxshariyga bag‘ishlangan “Nozik iboralar” risolasida Vatvot al-Umariyning “Majmu’at-ar-rasoil” (“Maktublar to‘plami”) asari haqida bunday deydi: “Ar-Risoil” ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi (u davlat devonida kotib bo‘lib ishlayotgan vaqtida) Xorazmshohning xalifalarga, sultonlarga, hoqonlarga, vazird amirlarga, hokimlarga, qozi va muftiylarga jo‘natilgan turli maktublardan, ikkinchi qismi esa muallifning olimlarga, mansabdorlarga, mashhur shaxslarga (masalan, Mahmud Zamaxshariyga), shoiru adiblarga va do‘stu birodarlarga yuborgan maktublarining matnlari tashkil etadi. U.Uvatov aniqlashicha, Vatvotning “Majmu’at-ar-rasoil” asarini Muhammad Fahmiy afandi 1898 – yilda Qohirada nashr etilgan. ba’zi maktublarida Vatvot she’r va shoirlar haqida baholovchi fikrlarni ham aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |