Eski o’zbek tiliga xos bo’lgan so’zlarquyidagilar: cherik – askar, ev – uy, qopungda – eshigingda, ulus – el, xalq, butradi – tarqaldi, ketdi, huvaydo – ayon, ravshan, kilk – qamishqalam, pesha – kasb, bilmon – bilmayman, behbud- sog’lomlik.
Eski o’zbek tili A.Navoiy davrida yanada yuksaldi. Uning tilshunoslikka oid “Muhokamat ul – lug’atayn” asarida turkiy tilning imkoniyatlari keng yoritildi.
Hozirgi o’zbek adabiy tili XX asr boshlaridan shakllana boshladi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o’zbek adabiy tili uslublari ham shakllana bordi, o’zbek milliy tilida me’yorlashish jarayoni barqarorlashish bosqichiga kirdi.1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida” qonun qabul qilindi. Mustaqillik sharofati bilan o’zbek tiliga e’tibor yanada kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son farmoniga asosan davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etishda davlat va jamiyat hayotida davlat tilining nufuzini oshirish, shu jumladan uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo‘llanish doirasini kengaytirish, davlat tilining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rni va rolini oshirish choralarini ko‘rish bugunki kun talabi hisoblanadi.
Til tarixini o‘rganish hozirgi zamon o‘zbek tilini tarixiy tushunish, ya’ni bu til uzoq asrlar mobaynida davom etgan murakkab tarixiy jarayonlar samarasi ekanini anglash imkonini tug‘diradi.
O‘zbek tili uzoq davr va asrlarning tarixiy mahsulidir. O‘zbek tili tarixda ma’lum bo‘lgan boshqa tillar kabi uzoq taraqqiyot bosqichini boshidan kechirgan. U jamiyat va xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq holda urug‘ tilidan qabila, qabila tilidan xalq va xalq tilidan milliy tilga qarab taraqqiy etib keldi.
Uzoq davom etgan bu jarayonda o‘tmish asrlardagi til hodisalari keyingi asrlardagi til hodisalaridan farqlanib qoldi. Har bir o‘tmish davr, tarixiy hodisalar tilda o‘z izlarini saqlab qolgan. Tarixdan ma’lumki, tilning struktura elementlari uzoq o‘tmish davr ichida bir xilda o‘zgarib kelmagan.
XII asr boshlarida Xorazm davlatining mavqei ko‘tarilib, butun Movarounnahrni o‘z ichiga oladi. Bu yer fan va madaniyat o‘chog‘iga aylanadi. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida ham bu an’ana davom etadi. Bu davrda Xorazm Oltin O‘rda xonligiga kirar edi. Oltin O‘rdada XIII-XIV asrlar mobaynida adabiy markaz vujudga keldi. Bu yerda yozilgan asarlar til jihatdan ko‘proq qipchoq-o‘g‘uz qabila tillari xususiyatini o‘zida ifodalaydi. O‘g‘uz urug‘lari son jihatidan ko‘pchilikni tashkil etib, ular Sirdaryoning quyi oqimi va Xorazmda joylashgan edi. Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si, Qutbning «Xisrav va Shirin» asari, diniy xarakterdagi «Rohatul- qulub», «Najhul farodis», Alining «Qissai Yusuf», asarlari Oltin O‘rda adabiy tilini tashkil etadi. Oltin O‘rda adabiy tiliga oid asarlarning ayrimlari Misrda va Suriyada mamlyuklar davrida yaratilgan.
Oltin O‘rda adabiy tili Qoraxoniylar davridagi adabiy til bilan bog‘langan edi. Oltin O‘rda adabiy tili shu tilning bevosita davomi edi. Bu tillarning farqi Oltin O‘rda ko‘proq o‘g‘uz, qisman qipchoq urug‘ tillari xususiyatlarining bo‘lishi bilan o‘lchanadi.
Bu erda yozilgan asarlar til jihatdan ko‘proq qipchoq-o‘g‘uz urug‘ tillari xususiyatini o‘zida ifodalagan. Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si, Qutbning «Xusrav va Shirin» dostoni, diniy xarakterdagi «Rohatul qulub», «Najhul farodis», Alining «Qissai Yusuf» asari, To‘xtamish va Temur Qutluq yorliqlari Oltin O‘rda adabiy tilini tashkil etadi. XIV asrga kelib eski o‘zbek adabiy tili shakllana boshladi. Buning vujudga kelishiga sabab faqatgina ichki faktorlar: o‘zbek xalqi shakllanish jarayonining kuchayishi, Farg‘ona va Movarounnahr turkiy aholisi birligining yaratilishigina emas, balki Qoshg‘arda va Orol dengizigacha bo‘lgan erni ishg‘ol qilgan Oltin O‘rda adabiy tillarining shakllanishi ham ta’sir qildi. Bu esa, o‘z navbatida, eski o‘zbek adabiy tilining dialektal xususiyatlarini ko‘paytirar edi. Farg‘ona va Movarounnahrda adabiy asarlar tilidan Xorazmda yozilgan adabiy asarlar tili ma’lum dialektal farqlar bilan ajralib turadi.
O‘zbek tilining shakllana boshlash davrida qabila va urug‘ tillarining xususiyatlari adabiy asarlarda yaqqol ko‘rinadi. Movarounnahr, Farg‘ona va Xorazmda qarluq, uyg‘ur-o‘g‘uz va qipchoq dialekt gruppalarining xususiyatlari saqlanishi bilan, ayni zamonda, ular aralashib ketgan edilar ham. «Muhabbatnoma» va «Taashshuqnoma»da o‘g‘uz dialekti xususiyati o‘z aksini topadi. Demak, mavjud dialekt xususiyatlarini o‘z ichiga qamrab olgan umumiy adabiy tilni shakllantirish tendensiyasi kuchaya boradi va shu tariqa o‘zbek adabiy tili vujudga keldi.
XV-XVI asrlarda Movarounnahrda Durbek, Sakkokiy, Lutfiy va Navoiy kabi buyuk shoirlar etishib chiqdiki, ular yaratgan yodgorliklarda dialektal farqlar yo‘qola borib, yagona o‘zbek adabiy tili shakllandi. Shunisi xarakterliki, Navoiygacha bo‘lgan shoirlarning asarlarida eski turkiy til an’analari davom ettirilishi bilan birga, ularda jonli til xususiyatlari ko‘proq o‘rin egallaydi. XV asrning birinchi yarmida diniy mazmundagi bir qancha prozaik asarlar ham yaratildi. Bular «Sirajul qulub»(1432 yil Yazd shahrida Mansur baxshi tomonidan tuzilgan), «Tazkirai avliyo»(1436 yilda Mansur baxshi tomonidan tuzilgan), «Me’rojnoma», «Baxtiyornoma» v.b. Bu asarlar sodda va jonli tilga yaqindir. Ular eski o‘zbek tilining rivojlanishida katta rol o‘ynadi.
O‘zbek adabiy tili avval qoraxoniylar davrida, keyinroq Oltin O‘rda va Movarounnahrda qo‘llangan adabiy tilning davomi, uning yangi taraqqiyot bosqichi edi. O‘zbek adabiy tili mahalliy turkiy va qisman eron urug‘lari tiliga qipchoq va o‘g‘uz tillarining ta’siri va aralashishi natijasida shakllandi. O‘zbek adabiy tili butun O‘rta Osiyoga, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Tatariston, Boshqirdiston, Qashqar, Hirot va boshqa erlargacha yoyiladi. O‘zbek adabiy tili normalari asosida yozuvchi shoir va yozuvchilar XIX asrlargacha ijod qilib keldilar. Bu adabiy til an’analari ayniqsa she’riyatda uzoq asrlargacha davom etdi. Alisher Navoiy asarlarida eski o‘zbek adabiy tili o‘z rivojining yuqori nuqtasiga ko‘tarildi. Alisher Navoiydan keyin yaratilgan prozaik asarlar va ba’zi dostonlarda eski o‘zbek tilining traditsion normalaridan uzoqlashish, xalq tiliga yaqinlashtirish tendensiyasini ko‘ramiz.
Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari, Muhammd Solihning «Shayboniynoma», Majlisiyning «Qissai Sayfulmulk» dostoni, Abdulvahobxo‘ja o‘g‘li Poshshoxojaning «Gulzor» va «Miftohul adl» asarlari, Nishotiyning «Husnu dil» dostoni, Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari, Fazliyning «Majmuatush shuaro» asari shunday xususiyatga egadir. Til tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar to hozirgi kungacha davom etmoqda.
Test
1. Eski turkiy tildan ajralib, to hozirgi o'zbek tilining shakllanishigacha bo'lgan o'zbek tili qanday nomlanadi?
A. Eski o'zbek tili
B. Qadimgi turkiy til
C. Eski turkiy til, ya'ni Qoraxoniylar davri adabiy tili
D. A va C
2. «Devonu lug'otit-turk». «Qutadg'u bilig», «Hibatul-haqoyiq» asarlari qaysi davrda yaratilgan va o'sha davr tili qanday yuritiladi? .
3. Budun, ko'ch, yag’i so'zlari hozirgi o'zbek tilida qanday yuritiladi?
A. olam, yuk, yog'
B. osmon, yuk, yov
C. xalq, urug', yov
D, xalq, ko'chmoq, dushman
4.Turkiy tillarning leksikasi, fonetikasi, grammatikasi, dialectal xususiyatlari haqida ma'lumot beradigan arab tilida bitilgan asar?
A. «Devonu lug'otit-turk»
B. «Qutadg'ubilig»
C. «Hibatul-haqoyiq»
D. «QissaiRabg'uziy»
5. Birinchi bo'lib qiyosiy- tarixiy tilshunoslikka asos solgan kim?
A. Yusuf Xos Hojib
B. A. Yugnakiy, A. Yassaviy
C.MahmudQoshg'ariy
D. M. Zamaxshariy
6. Turkiy tillarni birinchi bo'lib kim tasnif qilgan?
A. M. Qoshg'ariy
B. B. Radlov
C. Millioranskiy
D. Tomsen
7. M.Qoshg'ariy «Devonulug'atit-turk» asarida keltirilgan quyidagi maqolning hozirgi kundagi ma'nosini toping: ,,Erik emi vag'lig, ermagu bashi qanlig’’
A. Dangasadanbaxt ketadi
B. Yoshlikda mashaqqat cheksa, ulg'ayganda sevinadi
C. Tirishqoqning labi yog'lig', dangasaning boshi qonlik
D. Til boshga balo keltirar
8. G'arbiy til an'anasida yozilgan qaysi asarlar o'zbek tilining shakllanish davrini ko'rsatadi?
A. «Qissai Yusuf»
B. «Qudatg'u bilig»
C. «Qissai Rabg'uziy»
D. «Devonu hikmat»
9. Qadimgi turkiy til necha davrga bo'linadi?
10. «Kultigin», «Tunyuquq» kabiyodgorliklartilio'zbekadabiytilitaraqqiyoiiningqaysidavrigamansub?
A. Qadimgi turkiy til
B. Eskiturkiytil
C. Eski o'zbek adabiy til
D. Eskio'zbektil
11. “Qissai Yusuf” dostoni muallifi va asar qaysi til an'anasida yozilgan?
A. Qul Ali (sharqiy)
B. QulAli (g'arbiy)
C. Rabg'uziy (sharqiy)
D. Xorazmiy(g'arbiy)
12.Qoraxoniylardavriningengasosiyadabiyvalingvistikyodgorliklaridanbiribo'lganasar?
A. «Qutadg'u bilig»
B. «Devonulug'otit-turk»
C. «Hibbatul-haqoyiq»
D. «QissaiRabg’uziy»
13 Quyidagi tillardan qaysi biri turkiy tillar oilasining qorluq guruhiga mansub?
A) qozoq
B) qoraqalpoq
C) tatar
D) uyg'ur
14.Noto'g'ri.hukmni,belgilang.
A) Turkman tili turkiy tillar oilasining og'uz guruhiga mansub.
B) Tatar tili turkiy tillar oilasining qipchoq juruhiga mansub.
C)Qozoq tili turkiy tillar oilasining qorluq juruhiga mansub.
D) Chuvash tili turkiy tillar oilasining qipchoq juruhiga mansub
Do'stlaringiz bilan baham: |