Mavzu: xorijda o‘zbek tilini nima uchun o‘rganishadi



Download 18,95 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi18,95 Kb.
#385760
Bog'liq
2.XORIJDA O‘ZBEK TILINI NIMA UCHUN O‘RGANISHADI


MAVZU: XORIJDA O‘ZBEK TILINI NIMA UCHUN O‘RGANISHADI

Reja:

  1. Xorijda o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish

  2. Alisher Navoiy ijodiga bo‘lgan yuksak qiziqish

Xorijda o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat tilini rivojlantirish, shu jumladan o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlari mahalliy va xorijiy olimlar e’tirofiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqida “Dunyo” yozmoqda.

Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, “bugungi kunda xalqaro maydonda obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgan O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qo‘shayotgani” ayni haqiqatdir.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, yigirmaga yaqin xorijiy davlatning nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ko‘plab maktablarida o‘zbek tilini o‘rgatilishi, o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va tadqiqotchilarning safi yil sayin kengayib borayotgani xalqaro hamjamiyatda ona tilimizga bo‘lgan qiziqish va e’tibor kuchayotganidan dalolatdir.

Bundan tashqari hozirgi globallashuv jarayonlarida mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarning shiddat bilan rivojlanishi natijasida xalqlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik tobora yaqinlashmoqda.

Ma’lumki, ayni paytda minglab vatandoshlarimiz xorijiy mamlakatlarda tahsil olmoqda va turli sohalarda faoliyat yuritmoqda. Yurtdoshlarimiz yashayotgan davlatlarda o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, shu kunga qadar chet el davlatlarida vatandoshlar tomonidan tuzilgan 180 dan ortiq tashkilot, o‘zbek milliy va madaniy markazlari, diasporal birlashmalar va ommaviy axborot vositalari bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlari davom etmoqda. Ular ishtirokida so‘nggi yillarda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida 500 dan ortiq turli tadbir tashkil etildi. O‘zbek klassik adabiyoti namoyondalarning asarlari xorijda chop etildi.

Jumladan, buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan Tokioning Soka universiteti, Rossiyaning Astraxan davlat universiteti, Chelyabinsk Janubiy Ural davlat universitetida, Rostov-Don va Yekaterinburg shaharlari, Tojikistonning Xo‘jand shahrida she’riyat va adabiy-musiqiy kechalar tashkil etilgan.

Bangkok shahrida o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridan parchalar o‘qish bo‘yicha aksiyalar o‘tkazildi. Shuningdek, Boburxonlik tadbiri Polshaning Oliy biznes akademiyasida va o‘zbek tiliga bag‘ishlangan amaliy seminar Belgiyaning Leyden universitetida o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlarda o‘zbek tili va adabiyoti ixlosmandlari, ilmiy va ma’rifiy doiralar vakillari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ommaviy axborot vositalari hamda chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz faol ishtirok etmoqda.

O‘zbekistonning boy madaniy-ma’naviy merosini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish va ommalashtirish borasida ham muayyan yutuqlarga erishildi.

Xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romanining ingliz tiliga tarjima qilingani katta mamnuniyat bilan kutib olindi.

Belarusning “Daleglyadi” adabiy almanaxida Erkin Voxidovning “Ruhlar isyoni”, Alisher Navoiy, Abdulhamid Cho‘lpon, Muhammad Ali ijodlaridan namunalar chop etilgani o‘zbek adabiyoti targ‘ibоtida samarali bo‘ldi.

Qo‘shni Afg‘onistonda o‘zbek tiliga bo‘lgan yuqori e’tiborni hisobga olib, ushbu mamlakatdagi diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan bu yo‘nalishda faol ish olib borilmoqda. Jumladan, Afg‘onistonda Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani, Erkin Vohidovning «Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon o‘zbegim» nomli she’rlar to‘plami dariy alifbosida nashr etilishiga ko‘maklashildi. Afg‘onistonlik taniqli olim Abdulla Ruin tomonidan Alisher Navoiyning “Xazoin-ul Maoniy” asari dariy alifbosida o‘zbek tilida kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.

Alisher Navoiy ijodiga bo‘lgan yuksak qiziqish tufayli Xitoyda Alisher Navoiy she’rlari to‘plami xitoy tilida, Eronda “Alisher Navoiyning fors tilidagi maktublari”, Pokistonda Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lagatayin» asarining urdu tilidagi tarjimasi, Ozarbayjonda “Alisher Navoiy – Hikmatli so‘zlar” kitoblari chop etildi.

Islom dunyosida muhim o‘rin tutgan Moturidiy ta’limotiga Misr Arab Respublikasida alohida e’tibor qaratilishi hech kimga sir emas. Ushbu mamlakatdagi elchixonamiz misrlik olimlar bilan hamkorlikda Moturidiy ta’limotiga bag‘ishlangan “Al-Kifaya fi al-hidaya” kitobini nashr etdi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

O‘zbek tili va madaniyatini xorijda keng targ‘ibоt qilish maqsadida chet eldagi o‘zbek madaniyat markazlari va ta’lim muassasalariga uch mingdan ortiq o‘zbek tili va adabiyoti namunalari taqdim etilganini ham ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir.

Shuningdek, Rossiyaning Novosibirsk davlat kutubxonasida “O‘zbek tilidagi adabiyotlar bo‘limi”, Qozon Kooperativ institutida o‘zbek madaniyat markazi va Astraxan davlat universitetida o‘zbek tili markazi ochildi. Ushbu markazlar O‘zbekiston tarixi, madaniyati va zamonaviy rivojlanishini to‘g‘risidagi kitob va qo‘llanmalar bilan ta’minlandi.

Albatta, o‘zbek tilini xorijda faol targ‘ib etish, ona tilimizni o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish, maxsus kurslarni tashkil etish kabi vazifalar hali oldimizda turibdi.
Download 18,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish