KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Kishida muayyan qiziqish-havaslarning bo’lishi shuni ko’rsatadiki, kishi shaxs sifatida faqat kun kechirish bilan, shu bugungi hayoti bilangina ovora bo’lib qolmasdan, balki istiqbol bilan ham qiziqishadi. Kishidagi qiziqishlar uning dunyoqarashi, e’tiqodi va ideallari bilan bog’liq bo’ladi. Qiziqish-havaslar odamning hayotini mazmundor va ma’nodor qiladi. Kishilardagi individual qiziqish-havaslari uning Vatanini manfaatlari bilan mos keladi, Bunday qiziqish-havaslar kishida qanchalik xilma-xil va yuksak bo’lsa, uning hayoti shunchalik ma’noli va mazmunli bo’ladi. Bunday kishilarning ijtimoiy qimmati shunchalik yuksak bo’ladi.
Qiziqish-havaslari pastkash yoki tuturiqsiz bo’lgan odamlarning ma’naviy hayoti mazmunsiz va betayin bo’ladi. Bunday odamlar o’zlarining nima uchun yashayotganliklarini, ko’pincha, o’zlari ham bilmaydilar. Kishidagi qiziqishlarning susayib yoki yo’qolib ketishi uning aqlini ham pasaytirib qo’yadi, faoliyatini susaytirib yuboradi va boshqa ma’naviy fazilatlariga putur yetkazadi, kishini bekorchilikka moyil, yalqov qilib qo’yadi. Bular bo’sh qolgan vaqtlarida nima bilan mashg’ul bo’lishlarini bilmay, zerikadilar yoki vaqtni o’tkazadigan biron bekorchi ermak topishga urinadilar.
Muayyan oliyjanob qiziqish-havaslarga ega bo’lgan kishilar har doim tetik, faol bo’ladilar. Bunday kishilarning hayoti ma’noli va sermazmun bo’ladi.
Shaxsning individual xususiyati bo’lgan qiziqish-havaslar uning hamma psixik jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, kishining bir talay xarakter xislatlari ham, shuningdek qobiliyatlarining o’sishi ham ma’lum darajada undagi qiziqish-havaslar bilan belgilanadi. Kishidagi qiziqish-havaslar uning barcha psixik jarayonlarida namoyon bo’ladi. Bizdagi idrok etish esda qoldirish, esga tushirish, xayol, tafakkur va iroda jarayonlari qiziqish- havas orqali aktivlashadi.
Tadqiqotning metodologik asosi: tadqiqotimizning metodologik asosi bo’lib, chet el psixologlari Jon Moreno, R.S. Nemov, Ye.D. Rogov,Uznadze, respublikamizning yetuk mutaxassis olimlari E. G’. G’oziyev, G’.B. Shoumarov, G. To’laganova, B. Umarov, B. Qodirov, Z.T. Nishonova, N.Komilovalarning tadqiqotlari hisoblanadi.
Tadqiqot obyekti shaxslararo munosabarlar jarayoni.
Tadqiqot predmeti psixolog olimlarining asarlarida aks etgan shaxs shakllanishishida muloqotning ahamiyatini aniqlash hisoblanadi.
Tadqiqot metodlari: suhbat, sosiometrik metodlar, nazariy tahlil.
Tadqiqotning maqsadi. Shaxslararo munosabatlarda muloqotni diagnostika qilish haqida ma’lumotga ega bo’lish
Tadqiqotning vazifalari. Ushbu mavzuning tadqiqot doirasi ancha keng bo’lib, biz asosan quyidagi masalalar yechimini topishni vazifa qilib belgiladik:
psixologiyada shaxslararo munosabatlarni diagnostik o’rganish muammosi
shaxs shakllanishishida munosabatlar xususiyatlari
shaxslararo munosabatlarni aniqlovchi metodikalar tahlili
Ushbu belgilangan vazifalar tahlili orqali shaxslararo munosabatlar muammolari va e’tibor berilishi lozim bo’lgan psixologik jihatlar yoritib beriladi.
Tadqiqot farazi. shaxs shakllanishishida munosabatlarni diagnostik o’rganish uchun:
shaxs shakllanishishida munosabatlarni diagnostik o’rganish to’g’risida tushunchaga ega bo’lish;
shaxs shakllanishishida munosabatlarni o’rganish diagnostikasini amalga oshirishni ilmiy muomala-muhokamaga kiritadi
Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati:
- shaxs shakllanishishida munosabatlar jarayonining tavsifi faoliyat, induvidual xususiyat, xulq motivasiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l-atvor tuzilishini belgilab, uning tarkibidan aqliy alomatlar, belgilar sifatida joy egallaydi.
- tadqiqot natijasida olingan ilmiy xulosalar va qo’lga kiritilgan metodikalar kelgusi ilmiy va amaliy ishlarda e’tiborga olinishi mumkin.
Kurs ishning tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 5 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |