Qadimgi turkiy til X asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davr yodgorligi O’rxun-enasoydir.O’rxun-enasoy haqidagi dastlabki ma’lumotlar Vidzen, Remezov, Tabbet-Stralenberg, Messershmidt, Kastren kabi tadqiqotchilar tomonidan e’lon qilingan.1889-yil Yadrinsev Mongoliyaning Qoraqurum shahristonidan ikkita bitiktoshni topadi. Bu bitiktoshlar Kultegin va Bilga xoqonlar sharafiga qo’yilgan. O’rxun-enasoy yozuvlarining sirini birinchi bo’lib 1893-yil 25-noyabrda V.Tomsen ochganligini ma’lum qiladi.Radlov 10 ta harfni o’qigan.Melioranskiy ham o’qshga harakat qilgan. Bu bitiktoshlar turk xalqiga tegishli. Hozirda 700 ga yaqin na’munasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |