TESTLAR
1. “Dunyo tillari” kitobining muallifi kim?
a) N.A.Baskakov b) J.Deni c) V.Kotvich d) Stralenberg
2. Oltoy tillar oilasiga kiruvchi tillarning fonetik sathdagi umumiy belgilari qaysi qatorda noto‘g‘ri berilgan?
a) unlilar uyg‘unligi
b) so‘zda undosh tovushlarning yonma-yon kelmasligi
c) so‘z oxirida n tovushining beqarorligi
d) so‘z boshida sonor tovushlarning ishlatilishi
3. Oltoy tillar oilasiga kiruvchi tillarning morfologik sathdagi umumiy belgilari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
a) grammatik rodning mavjudligi
b) o‘zakning mustaqil ma’no anglatmasligi
c) suffiksal xarakterdaligi, ya’ni prefikslarning yo‘qligi
d) ko‘makchilar o‘rnida predloglarning qo‘llanilishi
4. Oltoy tillar oilasiga kiruvchi tillarning sintaktik sathdagi umumiy belgilari qaysi qatorda noto‘g‘ri berilgan?
a) gapning muayyan qurilishga ega emasligi
b) so‘roq ma’nosining ifodalanishida yuklamalarning qatnashishi
c) aniqlovchi vazifasida keluvchi sifatning aniqlanmishga muvofiq o‘zgarmasligi
d) aniqlovchi vazifasida keluvchi son va olmoshning aniqlanmishga muvofiq o‘zgarmasligi
5. Oltoy tillar oilasiga kiruvchi tillarning leksik sathdagi umumiy belgilari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
a) lug‘at tarkibida umumiy qatlamning mavjudligi
b) bir bo‘g‘inli so‘zlarda mushtaraklikning yaqqol sezilmasligi
c) siyosiy-ijtimoiy muhit ta’sirida hukmron til leksikasining o‘zlashmaganligi
d) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning qo‘llanilishi
6. Oltoy tillar oilasiga mansub bo‘lmagan til oilasi qaysi qatorda berilgan?
a) turk
b) kavkaz-buryat
c) tuhgus-manchjur
d) koreys
7. Turkologiya sohasidagi ilk tadqiqotchilardan biri, 13 yil davomida Sibirdagi qavmlarning ijtimoiy hayoti va tillariga doir “Tatar tillari” nomli asar muallifi, bu asari bilan Ural-oltoy maktabiga asos slogan olim nomini aniqlang? a) Vilgelm Tomson b) V.V.Radlov c) Iogan Messershmidt d) Filipp fon Stralenberg
8. Tillarni retrospektik qiyoslash orqali nima o’rganiladi? a) turkiy tillarning bir-biriga qiyosini o’rganish asosida bobo tilning asosiy xususiyatini ochish, turkiy tillar tarixini o’rganish b) qarindosh tillarning yozma yodgorliklardan boshlab hozirgi holatgacha bo’lgan tarixi c) qarindosh bo’lmagan tillarning bir-biriga o’xshashligini o’rganadi d) til oilalarining bir-biriga qiyosini, tarixini o’rganadi
9. Oltoy tillarining genetik qarindoshligi haqidagi gipotezani qaysi olimlar ilgari surishgan? a) Baskakov, Kononov, Palivanov b) Rask, Shott, Kastren c) Bartold, Kononov, Kastren d) Shott, Tomson, Baskakov
10. Tillarni perspektiv qiyoslash orqali nima o’rganiladi? a) turkiy tillarning bir-biriga qiyosini o’rganish asosida bobo tilning asosiy xususiyatini ochish, turkiy tillar tarixini o’rganish b) qarindosh tillarning yozma yodgorliklardan boshlab hozirgi holatgacha bo’lgan tarixi c) qarindosh bo’lmagan tillarning bir-biriga o’xshashligini o’rganadi d) til oilalarining bir-biriga qiyosini, tarixini o’rganadi
11. Olim Stralenberg 1730-yilda yozgan kitobida Ural-Oltoy tillarini nechta guruhga bo’ladi? a) 4 b) 5 c) 6 d) 7
12. Turkiy tillarni tasniflashni boshlab bergan olim kim? a) Y.X.Hojib b) M.Koshg’ariy c) Beruniy d) Farobiy
13. Oltoy tillarining dastlabki tasnifi kimtomonidan amalga oshirilgan? a) A.Samaylovich b) V.Radlov c) F.Stralenberg d) N.Baskakov
14. Turkiy tillar morfologik xususiyatlariga ko‘ra qaysi guruhga mansub? a) flektiv tillar guruhi b) amorf tillar guruhi c) polisintetik tillar guruhi d) agglutinativ tillar guruhi
15. Evenk tilining ikkinchi nomini belgilang. a) tungus b) tuva c) tofalar d) chuvash
16. N.A.Baskakov tasnifidagi qaysi guruh “G‘arbiy xun tarmog‘i”dan o‘rin olmagan? a) Qirg‘iz-qipchoq guruhi b) O‘g‘uz guruhi c) Qarluq guruhi d) Bulg‘or guruhi
17. N.A.Baskakov tasnifida o‘zbek tili qaysi tarmoqda va qaysi guruhdan joy olgan? a) G‘arbiy xun tarmog‘i, qarluq-uyg‘ur guruhi b) Sharqiy xun tarmog‘i, uyg‘ur-o‘g‘uz guruhi c) G‘arbiy xun tarmog‘i, qarluq-xorazm guruhi d) Sharqiy xun tarmog‘i, qarluq-qipchoq guruhi
18. Qaysi olim turkiy tillarni “R, D, Tau, Tag‘laq, Tag‘li, O‘l” kabi tasniflagan? a) A.Samaylovich b) V.Bogoroditskiy c) V.Radlov d) I.Bensing, K.Menges
19. Turkiy tillarda turkum sinkretizmi nima? a) qarama-qarshi ma’nolar yig‘indisi b) “ot-olmosh-sifat” omonimligi c) ma’nodosh so‘zlar yig‘indisi d) “fe’l-ot omonimligi”
20. Turkiy tillar leksikasiga xos bo‘lmagan xususiaytni belgilang? a) cv tartibidagi bo‘g‘inlar ko‘p uchraydi b) so‘zlar v, z, g, l bilan boshlanmaydi c) tub fe’llar turkiy hisoblanmaydi d) qator, qo‘sh unlilar uchramaydi
21. Turkogiyada taqlid so‘zlarni o‘rganish kimning faoliyati bilan bog‘liq? a) N.Ashmarin b) N.Dmitriyev c) S.Pakrovskaya d) J.Klosson
22. Sonomimemalar berilgan qatorni aniqlang. a) bılq, dir-dir, milt-milt b) tars, turs, čars c) buwa, nine, nine d) aput-aput, pır-pır, efil-efil
23. Xakas tilidagi “naňmir čaar ӓlnindӓ” birikmasining ma’nosini aniqlang. a) yomg‘irdan keyin b) yomg‘irdan so‘ng c) yomg‘ir yog‘ar oldidda d) yomg‘ir paytida
24. Payt, holat bildiruvchi ko‘makchilarni belgilang. a) soň, soňra, keyin b) ko‘ra, ko‘rű, birlӓ c) qatın(da), qatıň(g‘a), o‘trű d) birlӓ, o‘trű, o‘tűrű
25. Bog‘lovchilarni belgilang. a) hečrend, gerče, eger b) ko‘ra, gerče, birlӓ c) birlӓ, qatıň(g‘a), o‘trű d) birlӓ, o‘trű, o‘tűrű
26. Qaysi turkiy tilda bog‘lovchilar nisbatan kam? a) chuvash tili b) tuva tili c) turk tili d) yoqut tili
27. Bog‘lovchilarni belgilang. a) hečrend, gerče, eger b) ko‘ra, gerče, birlӓ c) birlӓ, qatıň(g‘a), o‘trű d) birlӓ, o‘trű, o‘tűrű
28. Qaysi qatordagi ravishlar tarkibida jo‘nalish kelishigi yaxlitlanib qolgan? a) birlӓ, tašarin, yarın b) sonšalıq, ko‘skelek, agšamlik c) naru, oňaru, inӓrű d) kečxurunnu, bu vaxtni, bir vaqitini
29. Izofali birikmalardan hosil bo‘lgan qo‘shma ravishlar qaysi qatorda berilgan? a) biir yoli, g‘ar kűnű b) axsham vaxti, ertesi gűn c) kun orte, burnagi kun d) bundan-bunga, yandan-yanga
30. Ozarbayjon tilidagi “sag‘a” ravishining ma’nosini aniqlang. a) o‘ngga b) chapga c) yuqoriga d) pastga
31. Navoiy asarlarida nechta qadimgi va eski turkiy til so‘zlari qo‘llangan? a) 1700 dan ortiq b) 700 ga yaqin c) 1400 ga yaqin d) 2500 dan ortiq
32. Turkiy tillarga o‘zlashgan arabcha o‘zlashmalarning xususiyatlari qaysi qatorda noto‘g‘ri ko‘rsatilgan? a) bunday so‘zlar siniq ko‘pligiga ega b) ch, l, g, z undoshlari bilan boshlanadigan so‘zlar, asosan, arabcha c) tutuq belsisi ishtirok etgan so‘zlar d) o‘zakdoshlar leksema tarkibidagi undoshlar yordamida hosil qilinadi
33. Turkiy tillarga o‘zlashgan fors-tojikcha o‘zlashmalarning xususiyatlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? a) bunday so‘zlar siniq ko‘pligiga ega b) ch, l, g, z undoshlari bilan boshlanadigan so‘zlar, asosan, arabcha c) tutuq belsisi ishtirok etgan so‘zlar d) o‘zakdoshlar leksema tarkibidagi undoshlar yordamida hosil qilinadi
34. Turkiy tillarga o‘zlashgan mo‘g‘ulcha so‘zlarning 97 foizini qanday so‘zlar tashkil qiladi? a) shaxs otlari b) kiyim-kechak otlari c) maishiy ashyo momlari d) harbiy atamalar
35. Eng qadimgi davrlarga xos bo‘lgan “aka” so‘zi “Boburnoma”da qanday ma’noda qo‘llanilgan? a) ayollarga nisbatan b) o‘zidan katta o‘g‘il bolaga nisbatan c) otaga nisbatan d) tog‘a ma’nosida
36. Qaysi tillar leksikasida oltoy bobo til davriga xos xususiyatlar ko‘proq saqlanib qolgan? a) uyg‘ur, o‘zbek b) tuva, chuvash c) qozoq, qirg‘iz d) qozoq, qoraqalpoq
37. Agglutinatsiya turkiy tillarning asosiy tipologik xususiyatidir. Bu hodisaning belgilari qaysi qatorda noto‘g‘ri berilgan? a) morfemalarning aniq chegarasi b) morfemalarning fonologik jihatdan o‘zgarishi c) morfemalarning aksariyat hollarda bir ma’noliligi d) morfemalarning nisbatan mustaqilligi
38. alıp ko‘rdi, alıp ketti, jazıp bardı so‘z shakllarida grammatik ma’no qanday usul orqli ifodalangan? a) analitik usul b) sintetik usul c) morfologik usul d) so‘zlarni juftlash
39. Qaysi qatorda turkiy tillarga xos xususiyat noto‘g‘ri ko‘rsatilgan? a) so‘z doimo o‘zakdan boshlanadi b) o‘zak, asosan, o‘zgarmasdir c) so‘z shakllari, asosan, affikslar vositasida hosil qilinadi d) old qo‘shimchalar qadimgi davrga xosdir
40. Qadimgi turkiy tilda ishlatilgan, hozirda “bilan” ko‘makchisi orqali ifodalanadigan kelishik nomi ko‘rsatilgan qatorni toping. a) –in (vosita kelishigi) b) –nin (qaratqich kelishigi) c) –na (jo‘nalish kelishigi) d) –un (chegara kelishigi)
41. Rotatsisizm hodisasi – bu… a) unlilarning old va orqa qator unlilari bo’lib farqlanishi b) undoshning miqdor jihatdan o’zgarib, cho’ziq tovushga o’tishi, ikkilanishi c) sh tovushining l ga mosligi d) y tovushining r ga mosligi
42. Lambdaizm hodisasi – bu… a) unlilarning old va orqa qator unlilari bo’lib farqlanishi b) undoshning miqdor jihatdan o’zgarib, cho’ziq tovushga o’tishi, ikkilanishi c) sh tovushining l ga mosligi d) y tovushining r ga mosligi
43. G‘ tovushining tushib qolishi qaysi tilning o’ziga xos xususiyati sanaladi? a) turkman b) qozoq c) qirg’iz d) ozarbayjon
44. Hozirgi turk tilida “Edatlar” nimani ifodalaydi? a) qo’shimcha ma’no ifodalovchi grammatik hodisalar b) undoshning miqdor jihatdan o’zgarib, cho’ziq tovushga o’tishi, ikkilanishi c) unlilarning old va orqa qator unlilari bo’lib farqlanishi d) mustaqil so’z turkumlari
45. Geminatsiya hodisasi – bu… a) unlilarning old va orqa qator unlilari bo’lib farqlanishi b) undoshning miqdor jihatdan o’zgarib, cho’ziq tovushga o’tishi, ikkilanishi c) unli tovushlar uyg’unligining buzulishi d) y tovushining r ga mosligi
46. Ushbu hodisalarning qaysi biri o’zbek tiliga xos? a) lablangan a tovushinig keng o tovushiga o’tishi b) oxirgi bo’g’indagi a tovushi o’ tovushiga o’tishi c) a> u holati d) e va i unlilarining zid kelmasligi
47. Singarmonizm hodisasi qaysi tilda uchramaydi? a) chuvash b) o’zbek c) tatar d) yoqut
48. Uzun unlilar qaysi tillarda saqlanib qolgan? a) boshqird, tatar, ozarbayjon b) yoqut, turkman, xalaj c) tatar, tungus, boshqird d) oltoy, yoqut, chuvash
49. a> u holati qaysi tilda mavjud? a) chuvash b) o’zbek c) tatar d) yoqut
50. Turkiy tillarda shaxsli gaplarning kesimi… a) kishilik olmoshlari, shaxs-son ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi b) ko’rsatish olmoshlari, egalik ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi c) belgilash olmoshlari, shaxs-son ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi d) kishilik olmoshlari, egalik ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi
51. Qaysi olim qadimgi turkiy tillarda kelishik qo’shimchasi 8 ta bo’lganini ta’kidlagan? a) N.Baskakov b) V.Radlov c) R.Batmanov d) V.Nasilov
52. Qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan? a) Kim biladi, deysiz, balki yana yaxshi bo‘lib qolar. b) Ubaqit alg‘a qanday umtulsa, Tursunda dal oshanday umtula berdi. c) Onda ol tureni kim alarka? d) Bizin’ mektebimiz u’lken ha’m shıraylı
53. “Ol neshe türli qızıq a’n’gimelerdi mag‘an aytadı, men auzımnın’ suı qürıp tın’dayman” qozoq tilida berilgan bu gap qo‘shma gapning qaysi turiga misol bo‘ladi? a) bog‘langan qo‘shma gap b) ergashgan qo‘shma gap c) aralash turdagi qo‘shma gap d) bir necha ergash gapli qo‘shma gap
54. ü unlisi qaysi turkiy tilda uchramaydi. a) turkman tilida b) uyg‘ur tilida c) qirg‘iz tilida d) o‘zbek tilida
55. O‘rxun- Enasoy yodgorliklari tilida qanday undoshlar mavjud? a) b, g, z, d, y, k, l, m, q, p, r, s, t, ch, sh; b) v, h, f, h, j, ts; c) g, d, r, l, p, ts, f, v; d) j, f, v, y, k, l, m;
56. O‘rxun-Enasoy yodgorliklari tilida qaysi undoshlar so‘z boshida qo‘llanmaydi? a) v, g‘, f, ts, j; b) g, d, r, l, p; c) b, g, d, z, y; d) k, l, m, n, p
57. Uyg‘ur tilidagi tartib sonlarning asosiy modelini belgilang. a) űč yigirmi b) yigirmi űč c) yigirmi beš d) iki on
58. Unısı,šunısı, qaysısı olmoshlarida egalik affikslarining ketma-ket qo‘llanishi qanday nomlanadi? a) affiksal pleonazm b) arxaizm c) affiksal omonimiya d) affiksal sinonimiya
Do'stlaringiz bilan baham: |