O`ZBEK TILI VA UNING TARAQQIYOTI.
Til – insonlar o’rtasida aloqa vositasi. U shaxslar, insonlar bilan tirik. Agar insonlar so’zlashmasa, til ham mavjud bo’lmaydi.Kirib kelayotgan yangi so’zlar insoniyat bilan bog’liq. Inson texnikani yaratadi va u bilan bog’liq so’zlarni ham yaratadi. Natijada u insonlar orasida iste’molga kiradi.Yana yangi so’z paydo bo’ladi. Masalan: telefon, internet bilan bog’liq tushunchalar natijasida skayp, twitter, modem, imo, watsab kabilar kirib keldi va keng iste’molda qo’llanmoqda.
Aloqa vosita sanaluvchi – tildan boshqa har qaysi ta’na a’zolari tabiiy ravishda yuzaga keladi. Oyoq, qo’l, ko’z, quloq singarilar tabiiy ravishdayuzaga keladi, lekin aloqa vositasisanaluvchi til vaqtlar o’tishi bilan aloqa-aralashuv natijasida yuzaga keladi.Shuning uchun til ijtimoiy hodisadir.
Til tafakkur bilan chambarchas bog’liq.Tafakkur olamni ongda aks etishi, til esa tafakkurda sayqallangan tushunchalarning reallashishidir.Odam fikrlab keyin so’zlaydi.Fikr ongda, tafakkurda, uning voqelanishi tilda ro’yobga chiqadi. Til va tafakkur faqat insonlarga xos tushunchalar sanaladi.
Til insonlar ibtidoiy jamoa bo’lib yashashni boshlaganda, ya’ni mehnat jarayonlarida paydo bo’la boshlagan.
Til bir sistema, ya’ni butunlik. O’z ichida bo’laklarga bo’linadi va shu bo’laklar bir bo’lib tilni tashkil etadi. Masalan: daraxt ildiz, yaproq, tana, shoxlardan keyin daraxt bo’ladi. Til ham tovush, so’z, qo’shimcha, so’z birikmasi, gapdan tashkil topadi.Bular tilni hosil qiladi.Bulardan eng kichik, mayda bo’lakka bo’linmaydigani tovush sanaladi. Gaplar so’z birikmalariga, so’z birikmalari so’zlarga, so’zlar asos va qo’shimchalarga, qo’shimcha va so’zlar tovushlarga bo’linadi, lekin tovush bo’linmaydi. Masalan: Mening vatanim – O’zbekiston. Bu gap mening vatanim, vatanim O’zbekiston kabi birliklarga, mening so’zi men va ning shakliga, ning esa n/i/ng ga bo’linmoqda.
Bugungi kunda dunyoda 7 mingdan ortiq til mavjud. Mazkur 7 mingta til oilalarga bo’linadi. Umumiy jihatlari ko’p bo’lgan tillar qarindosh til deyiladi va bir til oilasini tashkil etadi. Dunyoda 20 dan ortiq til oilasi bor. Til oilasi nomi bobo til deyiladi. Turkiy, eroniy, roman, slavyan, somiy, german kabi bobo tillar mavjud.
Bu til oilalari o’z ichida yana kichik guruhlarga bo’linadi. Xususan, turkiy til qipchoq, o’g’uz, qarluq guruhlariga bo’linadi.Bu guruhlar o’z ichiga bir necha tillar birlashtiradi. Qarluq guruhiga o’zbek, uyg’ur; qipchoq guruhiga qozoq, qoraqalpoq, tatar, boshqird, yoqut, chuvash; o’g’uz guruhiga ozarbayjon, usmonli turk, turkman tillari kiradi. Qarluq guruhudagi tillar qipchoq, o’g’uz guruhdagi tillar bilan qarindosh sanaladi, chunki bobo tili bir, turkiy til hisoblanadi. Bir bobo tilga kiruvchilar qarindosh tillardir.
Turkiy tillar oilasiga 30 ga yaqin til kiradi: O’zbek, uyg’ur, qirg’iz, qozoq, qoraqalpoq, turk, ozrbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, qorachoy-bolqar, qo’miq, no’g’ay, tatar, boshqird, oltoy, shor, xokas, tuva, yoqut, chuvash va boshqalar.
Tillar qo’shimchalar qo’shilishi va so’zlarning birikishiga ko’ra ham tasniflaniladi.
Agglutinativ tillar – qo’shimcha asosdan keyin qo’shiladi, har bir grammatik ma’no alohida shaklda ifodalanadi. Masalan: paxta-kor-lar-ga. –kor shaxs ma’nosini, -lar ko’plik ma’nosini, -ga atalganlik ma’nosini anglatadi. Turkiy tillar oilasi agglutinativ tillar sanaladi.
Flektiv tillar – qo’shimcha asosning oldiga yoki ichiga qo’shiladigan tillar. Masalan: she’r – ashor, maktab – maktub, odob – beodob kabilar.
O’zbek tilida ham flektivlik bor. Old qo’shimchalar bunga misol bo’ladi.
Tillar bugungi kunda iste’molda qo’llanish yoki qo’llanmasligiga ko’ra 2 ga bo’linadi. Tirik tillar va o’lik tillar. Bugungi kunda iste’molda qo’llanilayotgan tillar tirik tillar sanaladi. Masalan: o’zbek, rus, qozoq, ingliz, tojik kabilar.
O’lik tillar – bugungi kunda iste’molda qo’llanilmayotgan tillar. Masalan: lotin, sanskrit, qadimgi xorazm, qadimgi arab tillar.
O’z hududidan chiqib, boshqa millat vakillari ham faol ishlatadigan tillar jahon tili, xalqaro til deyiladi. Bular quyidagilar: ingliz, fransuz, rus, ispan, xitoy va arab tillari. Arab tili 1973- yil jahon tili maqomini olgan, qolganlari 1945-yili jahon tili maqomini olgan.
Jahondagi ko’zga ko’ringan adiblarning nechta so’z ishlagani haqida ma’lumot.
1)A.Navoiy – 26035, 2) A.Pushkin – 21193, 3) Uilyam Shekspir – 20000 dan ortiq, 4) Migel de Servantes – 18000 dan ortiq, 5) A.Jomiy – 17600 ta, 6) Abdulla To’qay – 14000 dan ortiq
Do'stlaringiz bilan baham: |