Adabiyot fanining mashg`ulot turlari bo`yicha mavzular rejasi va mazmuni II bosqich ( umumta`lim)


SINTAKSIS HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. TOBE BOG‘LANISH VA TENG BOG‘LANISH



Download 68,17 Kb.
bet12/21
Sana13.09.2021
Hajmi68,17 Kb.
#172997
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
102 SOATLIK

SINTAKSIS HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. TOBE BOG‘LANISH VA TENG BOG‘LANISH.

Sintaksisning o’rganish tariхi qadimgi asrlarga borib taqaladi. Sintaksis ostida gap va uning qismlari haqida ta’limot tushuniladi. Bu nazariya antik davrning lisoniy an’analarini ifodalashdan kelib chiqqan. Sintaksis (grek tilidan sintaksis — birlashtirish, tuzilish) til tizimining bir sathi hisoblanib, so’z shakllaridan iborat bo’ladi. Sintaksis masalasi antik davrdan o’rganilib kelinmoqda va hanuzgacha sintaksis masalalari dolzarb hisoblanadi. Sintaksis grammatika fanining bir bo’lagi sifatida ko’riladi. Ma’lumki, grammatika fani ikki qismdan, ya’ni morfologiya va sintaksis yo'nalishlaridan iborat. Sintaksis ta’rifiga ingliz, rus va o’zbek olimlari har tomonlama yondoshgan. Jumladan, rus olimi V.V.Vinogradov sintaksis so’zning so’z birikmasi va gap tarkibidagi birikish qoidalarni va usullarni hamda so’z birikmalarini, ularning tuzilishini, funktsiyasi, rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan deb hisoblaydi. “Olimning ta’kidlashicha, sintaksisning xarakterli xususiyati shundaki, uning har bir o’rganish ob’yekti o’zidan yuqoriroq bo’lgan grammatik birlikning struktur elementi sifatida funktsiyalashadi: so’z va uning shakllari so’z va gapning, so’z birikmasi turli yoyiq gaplarning, gap doirasida esa, o’z navbatida, sodda gap qo’shma gapning struktur elementi sifatida xizmat qiladi”. Shunday qilib, sintaksisning o’rganish ob’yekti gapligini tasdiqlaydi.

Hozirgi kunda, V.Vinorgadovning nazariyasi va ta’limoti o’rta maktablarning darsligida o’z o’rnini topgan, ya'ni, maktab o’quvchilarini o’qitishda aynan ushbu olimning fikrlariga tayaniladi. O’zbek tili sintaksisi tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida dastlab Fitrat tomonidan “nahv” atamasi ostida o’rganildi. Shundan so’ng H.Qayumiy va S.Dolimov ham ikki qismli “Grammatika” asarini yozib, ikkinchi qismini “nahv” deb nomlaganlar.

Sintaksis yunoncha syntaxis so‘zidan olingan bo‘lib, yopishtirish, bog‘lash, demakdir. Demak, so‘zlarning va gaplarning (qo‘shma gap doirasida) o‘zaro bog‘lanish qonun-qoidalarini, ularning xillarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi sintaksis sanaladi. Bu bo‘lim gapda so‘zlarning bog‘lanishini — so‘z birikmalarini, gap va uning tuzilishi hamda mazmuniy turlarini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, sintaksis so‘z birikmasi va gap haqidagi ta’limotdir.

Har bir til grammatikasi so’z shakllarini, so’z yasalishining morfologik hususiyatlarini va so’zlarning birikib gap hosil qilish usullarini o’rganadi. Grammatika ikki bo’limdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. So’zning tarkib nuqtai nazaridan o’rganish morfologiyaning vazifasidir. Molfologiya so’zlarning shakli va ma’nosidagi umumiylikka asoslanib tasnif qiladi.Sintaksis so’zlarning birikuv qoidalarini, so’z birikmalarini va gaplarning tuzilishini, ularning turlarini o’rganadi.

Sintaksis tilning sintaktik qurilishini, ya’ni sintaktik birliklar hamda ular orasidagi o’zaro aloqa va munosabatlarni o’rganadi. Sintaktik aloqa - gaplarda so’zlarning va so’z birikmalarining o’zaro grammatik boqlanishini bildiradi. Sintaktik munosabat esa so’z birikmasi va gapdagi so’zlarning bir-biriga nisbatan qanday grammatik ma’no va vazifada qo’llanishini bildiradi.

So’zlarni gap vazifasida qo’llash qoidalari va gapda so’zlarning so’z birikmalariga birikuv qoidalari u yoki bu til sintaksisining asosini tashkil qiladi. Hulosa qilib aytganda sintaksisning vazifasi tilning sintaktik qurilishini o’rganishdir. Sintaksis so’zlarning bir-biriga boqlanishini, ya’ni so’z birikmalari, gaplar va gaplardagi so’zlarning bir-biriga nisbatan bajargan vazifalarini o’rganadi.

Gapdagi so’zlar bir-biri bilan o’zaro boqlangan bo’lib, bu so’zlarning har biri gap tarkibida biror grammatik vazifani bajaradi. Gap bo’laklari sintaktik kategoriya bo’lib, gapdagi so’zlarning o’zaro munosabatini, bu so’zning gapdagi rolini ko’rsatadi.

Gapdagi so’z o’zining grammatik tabiatiga muvofiq faqat grammatik ma’nolarni ifodalabgina qolmasdan, sintaktik munosabatlarni ifodalash vazifasini ham bajaradi. Gap bo’laklarini tasnif qilish sintaksisning qiyin va muhim muammosidir. Gap bo’laklarini ajratishda sintaktik munosabatlarning harakteri, muayyan joylashish holati, shuningdek, ularning bir-biri bilan sintaktik boqlanganlik darajasini asosiy mezon qilib olish mumkin.

Gap bo’laklari gapni tashkil qilishdagi roliga qarab ikki hil bo’ladi: bosh bo’laklar va ikkinchi darajali bo’laklar. Bosh bo’laklar gapning mazmun jihatidan ham, shakliy jihatidan ham o’zaro boqlangan ikki uyushtiruvchi markazi bo’lib, ular o’zaro predikativ aloqa orqali tutash bo’ladi. Bu predikativ yadro, konstruktiv markaz ikki markazli gapning asosidir. Ikki markazli gaplarda har bir markazning grammatik hokim so’zi birgalikda gapning bosh bo’laklarini tashkil qiladi. Gapning ikkinchi darajali bo’laklari - ikki markazning hokim elementlaridan boshqa bo’laklari.

Demak, gapning bo’laklari ma’lum grammatik qoidalar asosida bir-biri bilan boqlanib turli sintaktik guruhlarni - butunlikni hosil qiladi. Gapning bosh bo’laklari gapni sintaktik va semantik tashkil qilishda asosiy rol o’ynaydi va gapning butun strukturasini belgilaydi. Demak, ega va kesim gapning asosiy markazi hisoblanadi. Gapdagi qolgan bo’laklar esa ikki markazdan biriga boqlanadi. Bu markazga boqlangan elementlar shu bo’lakka tobe bo’ladi. Demak, ega va kesim o’ziga boqlangan so’zlar ustidan hokim bo’ladi. Bular hech qvnday bo’lakka tobe emas.

Bosh bo’lakning birinchi darajali sanalishi uning boshqa elnmentlarni tobe etishidan qat’iy nazar o’zicha mustaqillikka, bir butunlikka ega bo’lishi gapning asosini tashkil qilishidandir. qolgan bo’laklar esa bosh bo’laklarga ergashib yuradi, shunga ko’ra ular ikkinchi darajali hisoblanadi.

Darajalarni faqat tobelikka qarab belgilasak, kesimni ham ikkinchi darajali sanash lozim bo’lar edi, chunki kesim egaga tobedir. o’olbuki, u birinchi darajali bo’lak hisoblanadi. Chunki ega va kesim boshqa bo’laklarsiz bir butunlikni tashkil qila oladi. Ikkinchi darajali bo’laklarda esa bu xususiyat yo’q.

Har qanday til o‘zining nutq tovushlari, so‘zlari (iboralari) va qo‘shimchala ridagi imkoniyatlarini sintaksisda, yani gap qurilishida namoyon qiladi. Sintaksis tilimiz imkoniyatlarining ko‘zgusidir. Biz ifodalayotgan til turli birliklardan, vositalardan iborat. Ularning har biri tilda o‘zining muhim vazifasini bajaradi. Til birligi- bir-biridan vazifasi, ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi o‘rni bilan farqlanadigan til hodisasi.

Gap, so‘z birikmasi, so‘z, tovush, qo‘shimcha tilning birligi sanaladi. Tovush og‘zaki nutqning eng kichik, mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan qismidir. Gap odatda bir so‘zdan yoki bir necha so‘zlarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan ham tashkil topishi mumkin. Bir so‘zning boshqa so‘zga ma’lum grammatik vositalar (grammatik qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) yordamida bog‘lanishi grammatik bog‘lanish hisoblanadi.

Gapda so‘zlarning bog‘lanishi ikki xil bo‘ladi:

a) teng bog‘lanish; b) tobe bog‘lanish.

1) teng bog‘lanish – ikki so‘zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo‘ysunmay bog‘lanishi:akam va ukam, kitob va daftar kabi. Bir xil gap bo‘lagi vazifasida kelib, ko‘pincha bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi bo‘laklarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog‘lanishi teng bog‘lanish sanaladi.

Quyidagi vositalar teng bog‘lovchi vazifasini bajaradi:

I. a) biriktiruvchi bog‘lovchilar:va, hamda (ko‘pincha va o‘rnida bilan ko‘makchisi ham qo‘llanadi)

b) zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, biroq

d) ayiruv bog‘lovchilari: yo, yoki, yo-yo, goh-goh, dam-dam.

II. Bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar:

a) gumon yuklamasi: na…na…

b) kichraytiruv va ta’kid yuklamasi: -u (-yu), -da.


Download 68,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish