Unli tovushlar
|
Undosh tovushlar
|
Sof ovozdan iborat bo’ladi
|
Ovoz va shovqindan iborat bo’ladi
|
havo oqimi og’iz bo’shlig’ida to’siqqa
uchramaydi
|
o’pkadan chiqayotganda havo oqimi og’iz boshlig’ida ma’lum to’siqqa uchraydi
|
Yakka o’zi ham, undoshlar bilan ham bo’g’in
hosil qila oladi
|
Yakka o’zi bo’g’in hosil qila olmaydi,
faqat unli bilan bo’g’in hosil qiladi.
|
FONETIKA
Og’zaki nutqning eng kichik mayda bo’lakka bo’linmaydigan qismi nutq tovushi deyiladi. Og’zaki nutqning nutq tovushlarini o’raganuvchi tilshunoslik bo’limiga fonetika deyiladi.
Nutq tovushlarining asosiy vazifasi so’z ma’nolarini farqlashdir. (tom-tosh-tol-tok-toj)
Talaffuz qilinayotganda o’pkadan chiqayotgan havo oqimi og’iz bo’shlig’ida ma’lum to’siqqa uchrashi uchramasligiga ko’ra nutq tovushlari ikki turga bo’linadi.
1) Unli tovushlar
2) Undosh tovushlar
O’zbek tilida 6 ta unli bor : a, o, i, e, u, o’ .
Hozirgi o’zbek adabiy tilida unlilar tasnifi uchun asos bo’lgan ikki belgi:
a) Lablarning ishtiroki;
b) Og’izning ochilish darajasi (tilning ko’tarilish darajasi)
Unli tovushlar lablarning ishtirokiga ko’ra ikki turga bo’linadi:
1) Lablangan unlilar: u, o’
2) Lablanmagan unlilar: e, a, i.
O unlisi oraliq holatda o’qiladi.
Unli tovushlar og’izning ochilish darajasiga ko’ra uch turga bo’linadi.
1) Tor unlilar (til o’rtasining tanglayga tomon yuqori ko’tarilishi natijasida hosil bo’ladi. Shuning uchun yuqori ko’tarilish yoki yuqori tor ham deyiladi): I, u
2) O’rta tor yoki o’rta keng unlilar: e, o’
3) Keng unlilar (quyi ko’tarilish yoki quyi tor) : a, o
Undosh tovushlarni hosil qilishda bo’g’iz bo’shlig’I, og’iz bo’shlig’I va til muhim ahamiyatga ega. O’zbek tilida undosh tovushlar 24 ta : b, v, g, d, z,dj, j, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g’, h, ng
Undosh tovushlar uch tomondan tasnif qilinadi.
Hosil bo’lish o’rniga ko’ra:
1.Lab undoshlari 5 ta: a) lab-lab: b,p,m
b) lab-tish: v,f
2.Til undoshlari 18 ta: a) til oldi: d,t,z,s,sh,j,ch,n,l,r,dj
b) til o’rta: y
c) til orqa: g,k,ng
d) chuqur til orqa: q,g’,x
3.Bo’g’iz undoshi: h
Hosil bo’lish (aytilish) usuliga ko’ra: a) portlovchi: b,p,d,t,g,k,j(jon),q,m,n,ng
b) sirg’aluvchi: v,f,z,s,j(jurnal), y,r,l,sh,g’,x,h
c) qorishiq: ch
Ovoz va shovqinning (tovush paychalarining) ishtirokiga ko’ra:
a) b v g z d g’ j j m n ng l r y
Jarangli
|
b
|
v
|
g
|
z
|
d
|
g’
|
j
|
j
|
m
|
n
|
ng
|
l
|
r
|
y
|
-
|
-
|
Jarangsiz
|
p
|
f
|
k
|
s
|
t
|
x
|
ch
|
sh
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
q
|
h
|
Undoshlar tarkibiga ko’ra sof va qorishiq ovoz va shovqinning ishtirokiga kora sonor va shovqinlilar deb tasniflanadi.
Qorishiq bitta : ch
Sonorlar(ovozdorlar) beshta: m,n,ng,r,l (m,n,ng –burun tovushlari; l- yon tovush; r- titroq tovush)
Bir bo’inda yonma-yon ikki xil undosh kelishi qator undoshli so’zlar deyiladi: go’sht, do’st,barg.
Pax-ta, nim-cha so’zlari qator undoshli so’zlarga kirmaydi.
So’zda bir xil undoshlar yonma-yon kelsa, qo’sh undosh deyiladi: achchiq, katta,jizza
Do'stlaringiz bilan baham: |