Adabiyot 8-sinf



Download 127,94 Kb.
bet6/19
Sana16.04.2022
Hajmi127,94 Kb.
#556204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
8-SINF SAVOL-JAVOB

MUSAMMAT VA MUASHSHAR
1. «ipga teriigan marvarid» ma’nosini bildiruvchi janrni toping. J: Musammat
2. Musammatlar yaratilish xususiyatiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
J: 2 turga: mustaqil va tazmin musammatlar
3. Ta’bi xud qanday musammat turi?
J: Mustaqil musammat turi
4. Biror g‘azal asosida, zaminida yaratilgan musam matlar qanday nomlanadi? J: Tazmin musammat
5. Qifaning g‘azaldan farqi qanday?
J: Qit’a ham baytlardan tashkil topadi, ammo uning matla’si yo‘q: xuddi g‘azalning o‘rtasidagi bir necha baytini yulib olganga o‘xshaydi
6. Musammatlar bandlardagi misralarning soniga qa rab necha turga bolinadi? J: 8 turga
7. Har bir bandi uch misradan tashkil topgan musam mat turi qanday ataladi? J: Musallas
8. Har bir bandi to‘rt misradan tashkil topgan musam mat turi qanday ataladi? J: Murabba’
9. Har bir bandi besh misradan tashkil topgan musam mat turi qanday ataladi? J: Muxammas
10. Har bir bandi olti misradan tashkil topgan musam mat turi qanday ataladi? J: Musaddas
11. Har bir bandi yetti misradan tashkil topgan musam mat turi qanday ataladi? J: Musabba’
12. Har bir bandi sakkiz misradan tashkil topgan musammat turi qanday ataladi? J: Musamman
13. Har bir bandi 9 misradan iborat musammat qanday nomlanadi? J: Tasne’, mustasne’
14. Har bir bandi 10 misradan iborat musammat qan day nomlanadi? J: Mashru’, muashshar
15. Musammatlar qofiya tizimiga ko‘ra necha turga bo’linadi? J: 4 turga


FITRAT
1. Fitratning otasi va onasining ismlarini toping.
J: Abdurahimboy (sarroflik va savdogarchilik bi lan tirikchilik qilgan) va Bibijon (to‘la nomi Nastarbibi, ayrim manbalarda Mustafbibi deb aytiladi)
2. Fitratning ukasi va singlisining ismlarini toping.
J: Abdurahmon, Mahbuba
3. Fitrat qachon Turkiyaga o’qishga borgan?
J: 1909yilda
4. Fitrat Turkiyada qanday jamiyat tuzgan?
J: «Buxoro tamimi maorif jamiyati»
5. FitratTurkiyada nechanchi yilgacha dorulmuallimin muallimlar gimnaziyasida o’qidi?
J: 1913yilning oxirigacha
6. Dastlabki yirik asari qanday nomlanadi va qachon e’lon qilmgan?
J: 1909yilda fors tilida yaratilgan «Munozara» (Hindistondagi bir farangi ila buxorolik mudarrisning jadid maktablari xususinda qilg‘an munozarasi) kitobi
7. Fitratning Turkiyada yozgan asarlarini toping.
J: 1. «Sayha» she’riy to‘plami 2. »Munozara»
3. «Hind sayyohi bayonoti»
8. Fitratning fors tilidagi she’riy to‘plamini toping.
J: «Sayha» she’riy to‘plami
9. Fitratning fors tilida yaratgan asarlarini toping.
J: «Sayha», «Munozara»
10. Fitratning 1912yilda yaratilgan nasriy asari qaysi?
J: «Hind sayyohi qissasi» asari
11. Fitrat qayerlarda jadid maktablarini ochgan?
J: Shahrisabz va Karkida
12. Fitratning pedagogik asarlarini toping.
J: «Muxtasar islom tarixi», «0‘qu»
13. Fitrat qaysi siyosiy partiyani tuzgan?
J: «Yosh buxoroliklar»
14. Fitrat tomonidan tuzilgan «Yosh buxoroliklar» si yosiy partiyasi keyinchalik necha firqaga bo’linib ketdi va ularga kimlar rahbarlik qilgan?
J: 2 ta firqaga: «o‘ng qanot»ga Abduvohid Burhonov, «chap qanot»ga Fitrat rahbarlik qilgan
15. Fitrat nechanchi yildan Samarqanddagi «Hurriyat» gazetasiga muharrirlik qila boshladi?
J: 1917yildan 1918yilgacha
16. Fitrat «Hurriyat» gazetasining 1917yil 7noyabr sonida bolsheviklar haqida qaysi fikrlarni yozib, ularning yovuzliklarini oldindan bashorat etgandi? J: «Rusiyada yangi bir balo bosh ko‘tardi: bolshevik balosi!»
17. Qaysi ijodkor Turkiston muxtoriyati tashkil qilingan kunni «Milliy laylatulqadrimiz» deb atagan? J: Fitrat
18. Fitrat qachon Toshkentda «Chig‘atoy gurungi» nomli ilmiyadabiymadaniy tashkilot tuzdi? J: 1918yilda
19. «Chig‘atoy gurungi» qatnashchilari o‘z asarlarini qaysi gazeta va jurnallarda e’lon qilib bordilar?
J: «lshtirokiyun» gazetasida, «Qutilish» gazetasi da, «Tong» jurnalida
20. Fitrat Sho‘rolar davrida qaysi lavozimlarda ish lagan? J: Tashqi ishlar vaziri, Maorif vaziri, Markaziy ljroqo‘m raisining o‘rinbosari
21. Qaysi ijodkor birinchi o’zbek professori bo‘lgan?
J: Fitrat
22. Fitratga professorlik unvoni qaysi institut tomonidan berilgan? J: Leningrad akademiyasi tomonidan
23. Fitratning qaysi asarlari Moskvada nashr etilgan?
J: «Abulfayzxon» dramasi, «Shaytonning tangriga
isyoni» nomli dramatik dostoni
24. Fitrat qachon birinchi bor Cho’lpon bilan Toshkent da uchrashdi? J: 1918yilda
25. Fitratning qaysi asarlari o’zbek teatrlarida mu vaffaqiyatli sahnalashtirilgan? J: 1. «0‘g‘uzxon» (1920)
2. «Chin sevish» (1920) 3. «Shaytonning tangriga isyoni» (1924) 4. «Abulfayzxon» (1924) 5. «Arslon» (1926)
26. Fitratshunos olimlarni toping.
J: H.Boltaboyev, B.Qosimov, I.G‘aniyev, V.Ergashev
27. Fitratning «Aruz’haqida» kitobi qachon e’lon qilin gan? J: 1936yilda
28. Fitrat kimning taklifi bilan 1920yilda Buxoroga qay tadi? J: Do‘sti Fayzulla Xo‘jayev taklifi bilan
29. Fitratning Moskvada yozilgan ilmiyommabop ocherklari va darslik qo’llanmalarini toipng. J: «Bedil» il miyommabop ocherki, «0‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba: Sarf (1kitob), Nahv (2kitob)», «Sarfi zaboni tojik», «Adabiyot qoidalari» darslikqoMlanmalari
30. Fitratning Samarqandda yaratilgan ilmiy asarla rini toping. J: «Eng eski turkiy adabiyot namunalari», «0‘zbek adabiyoti namunalari», «Sharq shaxmati», «0‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi», «Fors shoiri Umar Hayyom»
31. Qaysi ijodkor «Sharq shaxmati», «0‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi» nomli ilmiy asarlar yozgan?
J: Fitrat
32. Qaysi ijodkor Bedil va Umar Hayyom haqida ilmiy izlanishlar olib borgan? J: Fitrat
33. «Mirrix yulduziga» she’ri qanday boshlanadi?
J: Go‘zal yuiduz, yerimizning eng qadrii tuvg‘oni
34. «Mirrix yulduziga» she’ri qanday yakunlanadi?
J: Bormi senda qorinqursoq yo lida, Elin, yurtin, borinyo‘g‘in sotqonlar
35. «Mirrix yulduziga» she’ri qachon yaratilgan?
J: 1920yilda
36. Mirrix (Mars) sayyorasi qaysi oyning homiy sayyo rasi hisoblanadi? J: Shamsiy (Quyosh) yil hisobida hamal (mart) oyining
37. Mirrix sayyorasining xos belgisi qaysi? J: Olov
38. Nima uchun Fitrat «Mirrix yulduziga» she’rida Mirrix yulduziga murojaat qiladi?
J: Mars yulduzi jangu jadal ramzi, yunonlarda urush xudosi bo‘lgani uchun shoir o‘z olkasida bolib o‘tayotgan xunrezliklar kolamini urg‘ulab ifodalamoq uchun uni jangu jadallar makoni Mirrix (qonday qizil sayyora) bag‘ridagi hodisalarga qiyoslaydi
39. Fitratning qaysi she’rida butun dunyo tuzugi nizomini o‘z qopchig‘ini to’ldirish maqsadida buzganlar, bir o’lkani yondirib, o‘z qozonini qaynatuvchi xoqonlar qoralanadi? J: «Mirrix yulduziga» she’rida
40. Qaysi shiorning she’rida o‘z yurtidagi ikki yuzli ish buzarlar, shaytonlar, o‘rtog‘i qonini qonmay ichgan zuiuk lardan Urush sayyorasiga shikoyat qilayotgan qahramon obrazi mavjud? J: Fitratning
41. Qaysi she’rda Turkiston olkasi XX asr boshlarida tushib qolgan g‘oyat achinarli holat o‘z ifodasini topgan?
J: «Mirrix yulduziga» she’rida
42. Fitratning «0‘gut» she’ri qanday boshlanadi?
J: Og‘iryigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda
43. Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan olingan? «Turma yugur, tinma tirish, bukilma yuksal, Hurkma kurash, qo‘rqma yopish, yorilma qo‘zg‘al».
J: Fitratning «0‘gut» she’ri
44. Fitrat qaysi she’rida o‘zi va millati dardlariga najot topganidan quvonib,
«Bu yurt uchun qutulishning borlig‘in ko‘rdim», deya yozadi? J: «0‘gut» she’rida
45. « Yigit omon bo‘lsa, xavfu xatar yo‘qv> misralarining muallifi? J: G‘afur G‘ulom
46. «0‘gut» she’ri sarlavhasi zamirida qanday ma’no bor? J: Chaqiruv, da’vat, uyg‘otish
47. Ushbu she’r muallifini toping. «Meni behuda tash ladingketding, Nega o‘ltirmadingda, tark etding». J: Fitrat
48. Ushbu she’r muallifini toping. «Yuragimning qalin, qizg‘in olovila qaynag‘on Ko‘z yoshlarim, qaydasiz?»
J: Fitrat
49. «Go‘zalim, bevafo gulisjonim, Bog‘i umrimda toza rayhonim» deb boshlanuvchi she’rda mumtoz adabi yotimizga xos qaysi jihatlar aks etgan?
J: Badiiy o‘xshatish!ar, jonlantirish, istiora, qochi
nm
50. Fitratning mustaqillik yillarida (2000yilda) necha jilddan iborat «Tanlangan asarlar»i chop etildi? J: 2 jilddan
51. Fitratning «og‘ir yigit»ga murojaati bir millatning asriy istagi, qalb chaqirig‘i bo‘lib eshitilgan she’rini toping.
J: «0‘git»
52. Qaysi o’zbek adibining birinchi yirik asari Istanbul da chop etilgan? J: Fitrat
53. Fitratning XX asr boshlarida Toshkentda va Tur kistonning boshqa chekkalarida bolayotgan xunrezliklar dan kuyunib yozgan she’ri qaysi? J: «Mirrix yulduziga»
54. Fitratning «0‘git» she’rida kimlar millat dardiga na jot sifatida tilga olingan? J: Yigitlar
55. 0‘zbek milliy she’riyati, prozasi, maorifi, tilshunosli gi, adabiyotshunosligi, jamiyatshunosligUsingari o‘nlab so halar oyoqqa turishiga, rivojiga ulkan hissa qo‘shgan adib kim? J: Fitrat
56. «Rahbari najot» (1915), «Oila» (1916), «Begijon» (1916), «Mavludi sharif» (1916), «Abo Muslim» kabi asarlar muallifi kim? J: Fitrat
57. Fitrat qachondan siyosiy harakatlarga yanada faol roq aralasha boshlaydi?
J: 1917yil fevral inqilobidan keyin
58. Fitrat nechanchi yillar oralig‘ida «Hurriyat» gazeta siga bosh muharrirlik qildi? J: 1917 1918yillar
59. Fitrat qaysi asarida bolsheviklar o‘z yurtiga yanada ko‘proq qayg‘ular olib kelishini oldindan bashorat qilgandi?
J: «Yurt qayg‘usi» turkum she’rlarida
60. Fitrat rahbarligida tashkil etilgan «Chig‘atoy gurun gi» ilmiyma’rifiy jamiyati necha yil faoliyat ko‘rsatcli?
J: Uch yil
61. Qachondan e’tiboran Buxoro Jumhuriyatida turk (o‘zbek) tili davlat tili deb e’lon qilinadi?
J: 1921yil mart oyidan
62. Fitrat Fayzulla Xo‘jayev ko’magida nechanchi yillar da Moskvada Sharq tillari institutida mehnat qiladi?
J: 19231924
63. Vaqtli matbuotda, ketmaket uyushtirilgan turli maj lislarda «millatchi», «turkparast», «islomparast», hatto «g‘arbning josusi» sifatida qoralangan shoir kim? J: Fitrat
64. Fitratga 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Far moni bilan qanday mukofot va orden berilgan?
J: Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti va «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni
65. «Bormi senda o’ksuz yo’qsulning qonin Gurung lashib chog‘ir kabi ichkanlar?» misralarida qo’llanilgan «o‘ksuz» so’zining ma’nosini toping. J: Baxtsiz
66. «Bormi senda o‘ksuz yo‘qsulning qonin Gurun glashib chog'ir kabi ichkanlar?» misralarida qo‘llanilgan «chog‘ir» so‘zining ma’nosini toping. J: Sharob, may
67. «Bormi senda butun duhyo tuzugin 0‘z qopchig‘in to‘ldirg‘ali buzg‘anlar» misralarida qollangan «tuzuk» so’zining ma’nosini toping. J: Nizom, tartib, yashash
68. Fitratning qaysi she’rida «bir olkaniyondirib o‘z qo zonin qaynatguchi xoqonlar» qoralangan?
J: «Mirrix yulduziga» she’ri
69. «Mirrix yulduziga» she’ri kimlar haqida?
J: Yurtfurushlar haqida
70. Shoir «Mirrix yulduziga» she’rida kimlarni «Qardosh etin to’ymay yegan qoplonlar»ga o’xshatyapti? J: Ikki yuzli ishbuzarlar, ya’ni o‘z qardoshlarini sotgan sotqinlarni
71. «Turma yugur, tinma tirish, bukiima yuksai, Hurkma kirish, qo‘rqma yopish, yo‘riima qo‘zg‘ai\» misralarida qo’llangan «yo‘riima» so‘zining ma’nosini to ping. J: Charchama, o‘tirma
72. Sho’rlarining birida yorini «munisim, hamdamim, madadkorim» deya ulug‘lagan shoir kim? J: Fitrat
73. 0‘z umrini «bog‘ umrim» deb atagan shoir kim?
J: Fitrat

Download 127,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish