1. U Shahrisabz va Karkida yangi usul jadid maktablarini ochadi, bolalarga zamonaviy ta’lim berishni joriy qiladi. Buxoro jadidlarining "Yosh buxoroliklar" firqasiga sarkotib bo‘lib saylanadi. Samarqandda chop etiladigan “Hurriyat” gazetasida o‘zining o‘tkir maqolalari bilan ketma-ket chiqishlar qiladi. Ijodkor
1917-1918-yillar oralig‘ida bu gazetaga bosh muharrir ham bo‘ladi.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A) Fitrat B) Hamza C) Cho‘lpon
D) Abdulla Avloniy
Qaysi javobdagi so‘z birikmasida fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan?
A) yaxshi so‘z B) bo‘sh joy C) katta bog‘
D) ko‘m-ko‘k o‘t
Qaysi javobdagi ma’lumot Uvaysiy haqida?
U zullisonayn shoira bo‘lib, fors-tojik tilidagi asarlarini Maknuna taxallusi bilan yozgan.
Otasi o‘rniga taxtga o‘tirgan Qo‘qon xoni Muhammad Alixon shoiraga yaxshi munosabatda bo‘lmaydi.
Uning erta vafot etgan turmush o‘rtog‘i Amiriy taxallusi bilan she’rlar ijod qilgan shoir sifatida mashhur edi.
Bo‘lg‘usi shoira zamona xoni oilasiga yaqin
qarindosh bo‘lgan xonadonda Andijon hokimi Rahmonqul otaliq xonadonida dunyoga kelgan.
Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli belgilarga to‘liq mos keladigan egasi yashiringan gapni aniqlang.
:::::......
Urush. . . Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi.
Shaftolizor bog‘larni shavq bilan aylandim.
Berilgan topshiriqni vaqtida bajarish kerak.
Kecha bobomlarni ko‘rgani bordik.
Asqad Muxtorning bir xil janrda yozilgan asarlarini toping.
¾Bo‘ronlarda bordek halovat¿, ¾Jar yoqasidagi chaqmoq¿
"Tilak", "Qorako‘z majnun"
"Ikki eshik orasi", "Tushda kechgan umrlar"
¾Davr mening taqdirimda¿, ¾Samandar¿
Qaysi baytda husni ta’lil san’atidan foydalanilgan?
Dushman-u do‘st orasida men g‘ofilni mudom
Besar-u po qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
Quyosh Oydek yuzungning xijlatidin Qochib, to‘rtinchi ko‘k uzra chiqibdur.
Nafs kofiri birla tun-u kun qildim urushni, Tanho qilichi birla urub, qiymalab o‘ttum.
Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur, Jahon husnin borin sizga beribdur.
Qadimda bir badavlat kishining yolg‘iz o‘g‘li bo‘lib, u uquvsiz va mol-davlatni foydasiz ishlarga sarflaydigan bola edi.
Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta sodda yasama so‘z bor?
A) 4ta B) 5ta C) 2ta D) 3ta
Hayotda shunday ajoyib odamlar bo‘ladiki, mansabga yoki shon-shuhratga ishtiyoq hech qachon ularga g‘ov bo‘la olmaydi.
Ushbu qo‘shma gapning ergash gap qismida gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan?
A) 5ta B) 4ta C) 6ta D) 3ta
Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan?
Keyin bozorga olib boribdi.
Bir kishi uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti.
Halima ta’tilda ham ko‘p o‘qishni kanda qilmadi.
Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi.
Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas?
A) tuzmoq-suzmoq B) g‘ildira-shildira C) ziyon-ziyod D) jon-don
Tog‘ay Murodning qaysi asarida qadimiy xalq
musobaqasi kurash san’atining butun qonun-qoidalari eng mayda jihatlarigacha batafsil tasvirlangan?
"Oydinda yurgan odamlar"
"Ot kishnagan oqshom"
"Yulduzlar mangu yonadi"
"Otamdan qolgan dalalar"
Qaysi gapda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud?
Sizning har bir so‘zingiz biz uchun tilladan afzal.
Azim tog‘lar, sizlar ham yaxshi qoling.
Bog‘imizga o‘n tub olma ko‘chatini o‘tqazdik.
Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher.
Darhaqiqat, agar voqealarning kechishini diqqat bilan kuzatsak, hatto Abu Yusuf bilan Zuhrabegi og‘a ham uning niyatidan xabardorligini tushunib yetamiz.
Ushbu gapdagi mustaqil so‘z turkumlariga
mansub bo‘lmagan so‘zlarning turkumini aniqlang.
ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama;
undov so‘z; 5) taqlid so‘z; 6) modal so‘z.
A)2,3,5 B)1,2,3,6 C)1,4,5,6
3,4,6
Qismat bu isnod-u uyat. . . ayni biz. . .
boshimiz. . . solgan erkankim, shul zamonda tug‘ilganimdan pushaymondaman, musibatli damlarda qulayotgan saltanat tojdori. . .
siz. . . , qanot bo‘lolmaganimdan ozurda va armondaman.
Ushbu parchadagi ko‘p nuqtalarning o‘rnida qo‘llab bo‘lmaydigan kelishik qo‘shimchasini aniqlang.
A) o‘rin-payt kelishigi B) qaratqich kelishigi C) jo‘nalish kelishigi D) tushum kelishigi
15. . . . yirik mutasavvuf olim Arslonbobo qo‘lida tarbiyalanadi, so‘ng Buxoroga borib Yusuf Hamadoniy qo‘lida tahsil oladi.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
Rabg‘uziy B) Ahmad Yassaviy
Lutfiy D) Yusuf Xos Hojib
16. Bu qadim dunyoda yangi bir olam, Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q. Tayanch bo‘lmasaydi odamzod albat, O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt. Ushbu betakror misralar o‘rin olgan “Bog‘lar qiyg‘os gulda” she’ri qaysi ijodkor qalamiga mansub?
A) Maqsud Shayxzoda B) Zulfiya
C) Asqad Muxtor D) Saida Zunnunova
Xalqimizning shunday urf-odatlari borki, ularga hamisha hurmat bilan qarash kerak.
Ushbu ergashgan qo‘shma gap haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.
1. Ergash gap qismi shaxsi noma’lum gap sanaladi. 2. Bosh gap qismida ega vazifasini bajargan qaralmish qatnashgan. 3. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi olmoshlar hol va vositali to‘ldiruvchi vazifasini bajargan.
4. Ushbu qo‘shma gap
tarkibidagi otlar aniqlovchi, ega va hol vazifasini bajargan.
5. Ushbu qo‘shma gap tarkibida holning faqat bir ma’noviy turi qatnashgan.
A)3,5 B)2,5 C)1,2,4 D)1,3,4
U bog‘li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan edi. Ushbu gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qaysi javobda qatnashmagan?
Bu voqeadan qanday xulosa chiqarishi uning aql-idrokiga bog‘liq.
Nodirjon echkini o‘tloqqa bog‘lab uyga qaytdi.
Polvon belini belbog‘ bilan mahkam bog‘ladi va ishga shaylandi.
Yigit tadbirkorligi tufayli yerli, suvli va bog‘li mulkdorga aylanibdi.
Xalq dostonlaridan biridagi qaysi qahramon: ". . . Bog‘bon bo‘lsam, qizil gulni terayin, Har na qismat yozilganin ko‘rayin.
Kelgin, qalmoq, birga maydon qilayin,
Nasib etsa, sening doding berayin. . . " deya raqibini maydonga chorlaydi?
A) Alpomish B) Kuntug‘mish C)
Boysari
Ravshan
Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilmagan?
Shunda uchchala ayolning o‘g‘illari kelib qolishibdi.
Vatan muqaddas tushincha sanaladi.
Bolalar atrofni to‘yib-to‘yib tomosha qilishdi.
Darxaqiqat, endi uning qo‘lidan osonlikcha qutulib bo‘lmaydi.
Alisher Navoiyning qaysi asari lug‘atshunoslikka oid?
"Lison ut-tayr" B) "Mahbub ul-qulub"
"Xazoyin ul-maoniy"
"Sab’at-u abhur"
Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) ”Millatlarni, elatlarni, deydi
M.Ulug‘ova: buyuk do‘stlik birlashtiradi”.
B) "Vatan ona kabi azizdir", dedi ustozimiz.
Muharrir mehri tovlanib: "Rahmat, ona qizim!" dedi.
D) "Ertaga hammamiz kelamiz", dedi usta.
Hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang.
Kitob bilan do‘stlashgan insondan yomonlik chiqmaydi.
U nimalar haqidadir tinimsiz gapirar, sira to‘xtamas edi.
Do‘stlari uning asl niyatini darrov fahmladilar.
Noo‘rin aytilgan so‘z boshga kulfat keltirishi mumkin.
Qaysi javobda yasama holat ravishi bilan ifodalangan hol qatnashgan?
U o‘z xatti-harakati va fidokorona mehnati bilan xalqqa tanilgan.
Chol va kampir amallab uyga yetib olishibdi.
Do‘stona yig‘inlar ham munosabatlarni mustahkamlab turuvchi vositalardan biridir.
U barcha qiyinchiliklarni mardlarcha yengib o‘tdi.
Ravish holi uyushib kelgan bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang.
U bolakayni sevintirish, uning kayfiyatini ko‘tarish uchun shunday qilgan edi, lekin onasi buni o‘zgacha tushundi.
Nizomjon yig‘ilib qolgan gaplarini entikib, shoshilib gapirardi, Dildor bo‘lsa beparvogina uning gaplariga quloq solib borardi.
To‘satdan daraxtlarning biri qattiq va vahimali silkindi, yomg‘irdek duv to‘kilgan olmalar uning boshiga, yelkasiga tushdi.
Kunbotar tomondan ko‘tarilgan bulutni shamol haydab keldi-da, shatir-shutir qilib jala quya boshladi.
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida: “. . . baxt bag‘ishlovchi toza ruh manbayi ham u; yomonliklar keltiruvchi nahs yulduzining chiqar joyi ham u. . . Odam u bilan boshqa hayvonlardan imtiyozli bo‘ldi” degan mazmunda nimaga ta’rif berilgan?
A) saxovatga B) safarga C) hilmga
tilga