Mardlar vatan tayanchi



Download 18,07 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi18,07 Kb.
#452780
Bog'liq
mardlar vatan tayanchi


MARDLAR VATAN TAYANCHI
Reja:

  1. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir!

  2. Vatan himoyasi - ajdodlarimizdan qolgan meros.

  3. Mardlar qo’riqlaydi Vatanni!

 Millatim nasli bashardur, Vatanim - kurrayi arz,
Ikkisin xizmati farzdur, ikkisidin jon qarz!
Hamza Hakimzoda Niyoziy
Bu dunyoda shunday bir ilohiy kalom borki, uni tilga olgan har bir kishining qalbida olam-olam g’urur, iftixor, faxrlanish hissi jo’sh uradi.
Bu Vatan so’zidir. Bu kalom o’z zamirida qanchadan qancha ma’noni mujassam etgan. Vatan bizning tug’ilib o’sgan tuprog’imiz, ilk qadam qo’ygan ostonamiz, muqaddas sajdagohimizdir. Uni jondan-da ortiq sevish, ardoqlash, uni xavf-xatarlardan himoya qilish shu Vatanda yashayotgan har bir insonning burchidir. Bu dunyoda Vatandan ortiq mo’tabar joy yo’q. Inson o’z onasini qanchalar hurmat qilib, sevsa, o’z vatanini ham shunchalar ardoqlashi zarur. Chunki mehribon onamiz bizni go’daklikdan oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazadi. Vatanimiz ham bizni o’zining qaynoq quchog’ida ulg’aytiradi. Shuning uchun ham biz Vatan so’zini dunyodagi eng muqaddas zot nomi bilan tilga olamiz, uni Ona Vatan, deya ardoqlaymiz. Vatanimiz Alloh tomonidan bizlarga berilgan eng ulug' ne'matdir. Sharqdan chiqadigan quyosh har tongda o'zining saxovatli nurlarini o'lkamiz tuprog'iga sochadi. Vatanimizda to'rt fasl ham birday o'z go'zalligi-yu tarovatini namoyon etadi. Ona diyorimizning bir hovuch tuprog'i uchun ne-ne bobolarimiz qon to'kkanlar, uni ko'z qorachig'idek himoya qilganlar. Abdurauf Fitrat ta'kidlaganidek: "Vatan mening jon-u tanim, sajdagohimdir. U mening oyim, tinch-omonim, izzatim, sharafim, Ka'bam, qiblam hamda gulistonimdir".
Ona Vatanimiz Yaratgan tomonidan bizlarga in'om etilgan ilohiy ne'matdir. Vatan insonning kindik qoni to'kilgan xonadon tuprog'idan boshlanadi. Shu bois, inson ilk bor nafas olib, ulg'ayib voyaga yetgan ona zaminga mehr-muhabbat va sadoqatda bo'lishi, uning har bir hovuch muqaddas tuprog'ini ko'zlariga to'tiyodek surtishi, unga nisbatan bir umr farzandlik hissi bilan yashashi uning uchun ham farz, ham qarzdir. Uni ko'z qorachig'iday asrab-avaylash, himoya qilish nafaqat, Vatan himoyachilarining, balki shu o'lkada istiqomat qilayotgan har bir insonning burchidir. Inson bu dunyoga kelar ekan, o'ziga berilgan ne'matlarning qadriga yetib, shukr qilib yashashi kerak. Jonajon diyorimizni ham asrab-avaylash bizga ajdodlarimizdan qolgan muqaddas va sharafli vazifadir. Tarixga nazar solsak, bobolarimiz ham Vatan uchun o'z jonlarini fido qilganlar, uning hurligi, tinchligi yo'lida kurashganlar. Jaloliddin Manguberdi, Temur Maliklar ona yurtini mo'g'ul bosqinchilaridan himoya qilish uchun o'z hayotini qurbon qilgan bo'lsalar, Sohibqiron Amir Temur Vatanning farovonligi, obodligi, tinchligi yo'lida ulkan ishlarni amalga oshirgan. Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Abdulla Avloniy, Munavvarqori singari bobolarimiz millatning ertasi, Vatanning ozodligi, tarqqiyoti yo'lida shahid bo'lganlar. Biz ona yurtimizni himoya qilishni, uni asrashni shu insonlarning faoliyatlaridan o'rganishimiz lozim. Bu ulug' zotlarning ibratli hayoti bugungi kun yoshlari uchun o'rnakdir. Bugungi kun yoshlari ham ona yurt himoyasi uchun har doim tayyor turmoqlari lozim. Istiqlol yillarida jadal rivojlanayotgan O'zbekistonimiz tinchligi va farovonligi biz, kelajak egalari bo'lgan yoshlarning qo'lidadir. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi"ning beshinchi bandida ham xavfsizlik masalasi o'z ifodasini topgan. Hozirgi yoshlar o'z ajdodlariga munosib ravishda mamlakat xavfsizligi, tinchligi yo'lida xizmat qilishi zarur. Har yili mamalakatimiz miqyosida keng nishonlanadigan 14- yanvar "Vatan himoyachilari" kuni bugungi osuda kunlarimizning qadriga yetish, har bir fuqaroning ko'nglida ona yurtga bo'lgan mehr-muhabbatni kuchaytirishga qaratilgan qutlug' bayramdir. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov o'zlarining "Milliy armiyamiz - mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir" asarlarida: "Vatan himoyachilari kunini faqat harbiy xizmatchilar emas, ayni vaqtda armiya saflarida o'z burchini o'tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron farzandlarimizning qutlug' bayrami deb qabul qilishimiz, uni eng ulug' va eng aziz bayram - Mustaqillik bayrami singari yuksak darajada nishonlashimiz lozim",-degan edilar. Bobolarimiz bizga shunday Vatanni meros qoldirganlar. Ular bugungi kun kabi dorilomon kunlarni orzu qilganlar. Ne baxtki, biz shunday kunlarda yashayapmiz, hayot kechiryapmiz. Shuning uchun ham har bir fuqaro o'z diyorini, tug'ilib o'sgan ona tuprog'ini himoya qilmog'i darkor. Bu ajdodlarimizdan biz avlodlarga meros bo'lib qolgan sharafli burchdir!
Buyuk adib G'afur G'ulom o'zining "Yigitlarga" deya nomlangan she'rida shunday satrlarni keltiradi:
"Yigitlar xalqlarning maqtovi, ko'rki,
Naslning javhari, davlat tayanchi.
Yurtning obodligi, to'ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi,
Yigit omon bo'lsa, xavf-u xatar yo'q!"
Darhaqiqat, yigitlar yurtning, millatning tayanchi, himoyachisi hisoblanadi. Vatanni chin dildan sevadigan, ardoqlaydigan, yuragida Vatanga bo'lgan muhabbat hissi jo'sh urib turadigan yigitlargina Vatanning haqiqiy himoyachisi degan sharafli nomga munosibdir. Ular o'z yurti oldidagi yigitlik burchini o'tash uchun sidqidildan xizmat qiladilar. Kun-u tun Vatanimiz sarhadlarida sergak turib uni qo'riqlaydilar. Bugungi kunda ham o'z yurtining tinchligi yo'lida fido bo'lgan jasur, mard askarlar bisyor. Ular o'zlarining yigitlik burchini bajarish yo'lida halok bo'laganlar. Shunday jasur askarlardan biri baxmallik qahramon Botir Valiyevdir. U Qirg'izistondan O'zbekiston chegarasini noqonuniy tarzda buzib o'tmoqchi bo'lgan jinoyatchilarga qarshi kurashish chog'ida halok bo'lgan edi. Botir Valiyev va u kabi mard askarlarning fidoyiliklari hech qachon unutilmaydi. Zero, Vatan himoyasi yo'lida jon berganlar xalqning, millatning xotirasida mangu yashaydi!
Biz navqiron avlod barkamol, yetuk bo'lib voyaga yetsak, o'zimizda or-nomus, milliy g'ururni izchil shakllantirib borsak, Vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanadi. Vatanni, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo'lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg'ularini his etib yashash jannatmakon O'zbekistonimizda yashayotgan har bir insonning sharafli burchidir!
Tinchlik inson uchun muqaddas qadriyat. Ko’ngli xotirjam, turmushi osoyishta kishi ezgu maqsadlar yo’lida olg’a intiladi, hayotni on sayin, kun sayin, yil sayin obod qilish harakatida bo’ladi, o’z fidoyi mehnati samaralarini ko’rib, yanada g’ayratga kiradi.
Shukrki, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda, xalqimiz osuda va va farovon hayot kechirayotir. Bularning barchasi Prezidentimiz Islom Karimovning el-yurtimiz ravnaqi yo’lida amalga oshirayotgan buyuk mehnatlari va g’amxo’rligi samarasidir.
Har qaysi millat va xalq uchun muqaddas sajdagoh bo’lmish ona Vatanni qadrlash, uning erkinligi va ozodligini himoyalash, bu yo’lda, kerak bo’lsa, jon fido qilish – shu yurtning jasur o’g’lonlari, o’zini er yigit deb biladigan insonlar uchun qadim-qadimdan or-nomus va mardlik belgisi bo’lib kelgan. Ko’hna va shonli tariximizdan yaxshi bilamizki, xalqimiz mana shunday fidoiylik va qahramonlik namunasini ko’rsatkan farzandlarini hamisha yuksak qadrlagan, ularning jasorati va sadoqatini qo’shiq va dostonlarda tarannum etgan.
Vatan himoyachilari! Bu ikki so’z zamirida qanchalik teran ma’no borligiga har doim ham biz chuqur e’tibor beravermaymiz. Aslida esa bu so’zlarni shunchaki eshitilarli qilib tilimizda emas, balki har doim dilimizdan, yuragimiz qo’ridan chiqarib, chuqur his-hayajon bilan baralla aytmog’imiz lozim.
Kasbiy bayramlar orasida eng birinchilardan bo’lib belgilangan Vatan himoyachilari kuni bayrami — Qurolli kuchlar tashkil topgan kun — 14 yanvarni katta shodiyonalar bilan nishonlash yurtimizda an’anaga aylanib qoldi.
14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari — Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bu kunni nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o’z burchini o’tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan.
Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash o’ta murakkab va oliy darajadagi mas’uliyatdir. Shuning uchun ham Yurtboshimiz buni bot-bot takrorlaydilar: “Har qaysi millat va xalq uchun muqaddas sajdagoh bo’lmish ona Vatanni qadrlash, uning erkinligi va ozоdligini himoyalash, bu yo’lda, kerak bo’lsa, jon fido qilish — shu yurtning jasur o’g’lonlari, o’zini er yigit deb biladigan insonlar uchun qadim-qadimdan or-nomus va mardlik belgisi bo’lib kelgan”. Prezidentimizning bu so’zlari harbiy xizmatning qanchalik ma’suliyatli, nufuzli va sharafli ish ekanligini yana bir bor ta’kidlaydi. Demak, mustaqil Vatan himoyachisi bo’lish — katta mas’uliyat va sharaf. Bugun Vatan himoyachilari o’zlariga yuklatilgan murakkab vazifalarni hal etmoqdalar va shuning uchun ham mas’uliyat yanada oshib boraveradi. Shu sharafli vazifani ado etishda xalqimizning minglab mard o’g’lonlari Vatan xizmatiga bel bog’lab, kunni kun, tunni tun demasdan, haqiqiy ixlos va sadoqat bilan xizmat qilmoqdalar.
Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.
Qurolli Kuchlarimiz doimo mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligining, keng miqyosdagi demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, muqaddas zaminimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning ishonchli kafolati bo’lib kelmoqda va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. O’z hayotini dunyodagi eng muhim va olijanob vazifa – Vatan himoyasi degan sharafli kasbga bag’ishlagan insonlar esa davlatimiz va jamiyatimizda hamisha yuksak hurmat va ehtiromga munosib bo’lib qolajak.
Har bir qadamida qat’iyat va matonat aks etayotgan mard va jasur yurt himoyachilari bor ekan, yurtimiz osmoni doimo musaffo bo’lib, tinch va osuda hayot kechirayotgan xalqimiz faravonligi abadiy bo’ladi. Vatan himoyachilari yurtimizning ming yillik tarixi davomida ulug’lanib kelgan va shunday bo’lib qoladi.
Download 18,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish