Adabiyot 8-sinf



Download 127,94 Kb.
bet2/19
Sana16.04.2022
Hajmi127,94 Kb.
#556204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
8-SINF SAVOL-JAVOB

YUSUF XOS HOJIB
1. Quz o’rdu qaysi shaharning ikkinchi nomi?
J: Bolosog‘unning
2. Qaysi shoir Bolosog‘uniy nomiga ega?
J: YusufXos Hojib
3. «Qutadg‘u bilig»ni kim Baxtliklanish bilimi degan nom bilan atagan? J: Fitrat
4. «Qutadg‘u bilig»ning qo’lyozma nusxalari to‘g‘ri sa nalgan qatorni toping. J: Namangan, Qohira, Vena
5. «Qutadg‘u bilig»ning Vena nusxasi qachon kim tomonidan ko‘chirilgan?
J: 1439yilda Hirotda Hasan Qora Soyil Shams tomonidan uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan
6. «Qutadg‘u bilig»ning uyg‘ur yozuvidagi nusxasi qan day nomlanadi? J: Vena
7. Kitob Turkiyaning Tugot shahrida, 1474yilda esa Is tanbulga keltirilgan. Uni keyinchalik mashhur sharqshunos Hammer Purgshtal sotib olib, Venadagi saroy kutubxonasi ga keltiradi. Ushbu fikr «Qutadg‘u bilig»ning qaysi nusxasi haqida? J: Vena
8. «Qutadg'u bilig»ning qaysi nusxalari arab yozuvida bitilgan? J: Qohira, Namangan
9. «Qutadg‘u bilig» necha baytdan iborat? J: 6409 bayt
10. «Qutadg‘u bilig» necha bobdan tuzilgan?
J: 73 bobdan
11. «Qutadg‘u bilig»da asosiy voqealar nima bilan boshlanadi? J: Kuntug‘dining ta’rifi bilan
12. Masnaviy so‘zining ma’nosini toping. J: Ikkilik
13. «Qutadg‘u bilig»da dostonning asosiy voqeasi ne cha bobda ifoda etilgan? J: 12 bobda
14. «Qutadg‘u bilig»ning qaysi qahramoni orqali davlat ning o‘tkinchi, kelibketadigan va o’zgaruvchan narsa, sel kabi tez kelib, tez ketadigan ekanligi anglatiladi?
J: OytoMdi
15. «Qutadg‘u bilig» bek nomi qaysi so‘z bilan bog‘liq ravishda tilga olinadi? J: Bilig so‘zi bilan
16. «Qutadg‘u bilig»da elning tayanchi sifatida ikki nar sa e’tirof etiladi. Ular qaysilar? J: Hushyorlik va siyosat
17. «Qutadg‘u bilig»da bekning elini buzuvchi narsalari sifatida qaysi yomon xislatlar koYsatiladi?
J: Zo‘rlik va g‘ofillik
18. «Qutadg‘u bilig»da bek uchun zarar bo‘lgan 5 xis lat sanaladi. Ular qaysilar? J: Shoshqaloqlik, ochko‘zlik, jaholat, yomonlik, yolg‘onchilik
19. «Qutadg‘u bilig»ning qaysi nusxasi haqida 1823 yilda fransuz sharqshunosi Jaubert Amedee ma’lumot chop etib, bu asarni ilm ahliga tanishtiradi?
J: Vena nusxasi haqida
20. «Qutadg‘u bilig»ning qaysi nusxasi haqida sharq shunos Valizoda 1914yilning 20aprelida ma’lumot bera di? J: Namangan nusxasi haqida
21. Fitrat kimdan «Qutadg‘u bilig»ning Namangan nusxasini olishga muvaffaq bo’ladi?
J: 1924yili Muhammad hoji Eshon Lolareshdan
22. Aruzning mutaqoribi musammani mahzuf vaznida yozilgan asarlarni toping.
J: «Qutadg‘u bilig», «Saddi lskandariy», «Shohno ma», «Xiradnomayi lskandariy»
23. «Qutadg‘u bilig»ning qaysi nusxasi 1896yili topil gan? J: Qohira nusxasi
24. Koshg‘ar shahrining ikkinchi nomi nima?
J: 0‘rdukent
25. «Qutadg‘u bilig»ni chinliklar qanday atagan?
J: «Adab ulmulk» Podsholar odobi
26. «Qutadg‘u bilig»ni mochinliklar nima deb atagan?
J: «Amin ulmamlakat» Mamlakat omonliklari
27. «Qutadg‘u bilig»ni Sharq elining ulug‘lari qanday nomlagan? J: «Ziynat ulumaro» Amirlar ziynati
28. «Qutadg‘u bilig»ni eronliklar qanday atagan?
J: «Shohnomayi turkiy»
29. «Qutadg‘u bilig»ni turonliklar qanday atagan?
J: «Qutadg‘u bilig» yoki «Pandnomai muluk» Podshohlar pandnomasi
30. «Qutadg‘u bilig» nasriy hamda she’riy muqaddi madan tashqari necha bobdan iborat?
J: 71 maxsus bobdan
31. Qaysi asarda o‘ng qo‘ling qilich tutsa va tortib tursa, so‘l qo’ling narsa olib ulashsin deyiladi?
J: «Qutadg‘u bilig»da
32. «Qutadg‘u bilig» muallifi bekning ikki qilmishidan qut qochishini aytadi. Ular qaysilar?
J: lchimlik ichish va fasod qilish
33. Ushbu parcha qaysi asardan olingan: «Qut pok narsadir, u pokiik tiiaydi, Daviat sof narsadir, u sofiik tilay di»? J: «Qutadg‘u bilig»dan
34. «Qutadg‘u bilig»ning 31bobi nimaga bag‘ishlana di? J: Beklikka loyiq bek qanday bolishi, ya’ni rahbar ma’naviyatiga
35. Qaysi asarda «Agar arslon itlarga bosh bo’lsa, itlar arsionga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik qiisa, ars lonlar itlar kabi bollib qolishi mumkin», deyiladi?
J: «Qutadg‘u bilig»da
36. «Qutadg‘u bilig»ni kim o‘zbek tiliga ilmiy tarjima qil gan? J: Qayum Karimov
37. «Qutadg‘u bilig»ni she’riy yo’l bilan ommabop qilib tarjima qilgan olimni toping. J: Boqijon To‘xliyev
38. «Qutadg‘u bilig»da beklik mustahkam bo’lishi uchun 4 narsa muhimligi sanaladi. Ular qaysilar?
J: Kuchli lashkar, kuchli lashkarni saqlash uchun ko‘p boylik, ko‘p boylikni to‘plash uchun badavlat xalq, boybadavlat xalqqa ega bo‘lish uchun adolatli siyosat
39. «Qutadg‘u bilig»ning qaysi qahramoni adolat ramzi? J: Kuntug‘di (chiqqan Quyosh) elig, hukmdor
40. «Qutadg‘u bilig»ning qaysi qahramoni baxt va dav lat ramzi? J: Oytoldi (tolgan Oy) vazir
41. «Qutadg‘u bilig»ning qaysi qahramoni aql va zako vat ramzi? J: 0‘gdulmish (aqlga to‘lgan) vazirning o‘g‘li
42. «Qutadg‘u bilig»ning qaysi qahramoni qanoat va ofiyat, ya’ni sog‘lomlik ramzi?
J: 0‘zg‘urmish (uyg‘ongan) vazirning qarindoshi
43. «Qutadg‘u bilig»da nodon, bilimsiz kishilarga xos belgilar sifatida qaysilar sanaladi?
J: Shoshqaloqlik, fe’li tezlik, yengiltaklik
44. «Qutadg‘u bilig»da qaysi xislatlar bek uchun ziynat, buiar bekiik yumushlarini bog‘iovchi rishtadir deya beril gan? J: Qaror va sabr
45. «Qutadg‘u bilig»da bag‘irsoq kishi deganda kim nazarda tutiladi? J: Sadoqatli, sodiq kishi
46. «Qutadg‘u bilig»da shoir maxsus boblarni qanday ko‘rinishda ifodalaydi? J: Savoljavob va munozara
47. «Qutadg‘u bilig»ning Namangan nusxasi bilan bog‘liq shaxs nomlarini toping.
J: Valizoda, Eshon Lolaresh, Fitrat
48. «Qutadg‘u bilig»ning uyg‘ur nusxasi bilan bog‘liq shaxslarni toping. J: Hammer Purgshtall, Jaubert Amedeye
49. «Qutadg‘u bilig» dostonining uyg‘ur nusxasi bilan bog‘liq joy nomlarini sanang.
J: Hirot, Istanbul, Tugot, Vena
50. Qaysi asar eski o‘zbek tilidagi asl matniga ko‘ra darslikda tinish belgilarsiz berilgan? J: «Qutadg‘u bilig»
51. Ellik yosh haqida «qora quzg‘un tusidek boshimni oq (qush) qildi», «pistirma, ya’ni nogahoniy o‘lim bo‘lmasa, u tomon boraman» mazmunidagi fikrlarni aytgan ijodkor kim? J: YXHojib
52. «Qutadg‘u bilig» dostonining muqaddimasi qanday yo‘l bilan bitilgan? J: She’riy hamda nasriy
53. «Zulm yonib turgan olov, yaqinlashsang kuydiradi». Parcha qaysi asardan olingan? J: «Qutadg‘u bilig»dan
54. «Qutadg‘u bilig»da yozilishicha, bek xalqni nima bilan zabt etadi? J: Bilim bilan
55. Qaysi asarda shaxs tarbiyasi, uning jamiyatdagi o’rni, komillik shartlari, umrni bekorga o‘tkazmaslik, tur li ijtimoiy tabaqaga mansub kasbkor egalarining axloqiy mezonlari, davlatchilik qafiyatlari asosiy yo‘nalishga aylan gan? J: «Qutadg‘u bilig»da
56. «Qutadg‘u bilig» dostonining vaznini toping.
J: Mutaqoribi musammani mahzuf
57. Shohlar haqida yozilgan asarlar qaysi vaznda yozil gan? J: Mutaqoribi musammani mahzuf
58. Mutaqorib bahrining ruknini toping. J: Faulun
59. Mutaqorib bahrining taqte’si (paradig’lasi)ni top ing. J: V —
60. Mutaqoribi musammani mahzuf vaznining ruknini toping. J: Faulun faulun faulun faul
61. Mutaqoribi musammani mahzuf vaznining taqte’si (paradig’lasi)ni toping. J:V — / V — / V — / V
62. «Qutadg‘u bilig» dostoni bilan Firdavsiyning «Shohnoma»si qaysi jihatiga ko‘ra birbiriga o‘xshaydi?
J: Vazni bir xil
63. «Qutadg‘u bilig» dostoni qachon yaratilgan?
J: Asar hijriy 462, ya’ni milodiy 1069/1070yili Koshg‘arda yozib tugallangan
64. Dostonni yozishga muallif qancha vaqt sarflagan?
J: Bir yarim yil
65. «Qutadg‘u bilig» dostoni zamon hukmdori tahsiniga sazovor bo‘lgani uchun muallifga qanday rasmiy lavozim berilgan? J: «Xos hojib», ya’ni eshik og‘asi
66. «Qutadg‘u bilig»da: «Barcha nomunosib ishlardan tiyuvchi, barcha xayrli ishlarga yo‘llovchi», deya ta’riflan gan fazilat qaysi? J: Uyat
67. «Adolat suv kabidir, oqsa, no’mat unadi». Parcha qaysi asardan olingan? J: «Qutadg‘u bilig»dan



Download 127,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish