63
XV
Turmasdanoq hali o‘rnidan,
Unga necha maktub tutarlar.
Ne bu? Taklifnomami?
Birdan
Uch xonadon bazmga chorlar.
Bal, bolalar bazmi unda,
Qayga yelar arzandam shunda?
Kimdan boshlar? Biroq baribir
Hammasiga bosh suqar bir-bir.
Keng bolivar qoʻndirib boshga
Xiyobonga yo‘l olar asta.
Hozircha u tonggi libosda,
Qoʻng‘iroqli soat ham tushga
Sado
berib chorlaguncha to
Keng maydonda aylanar tanho.
XVI
Qosh qorayar. Chanaga minar.
Uchar “Po‘sht-po‘sht!”
degan hayqiriq.
Qorlar inar – kumushga doʻnar
Kumushmo‘yna yoqasi, aniq.
Yelar Talon mayxona tomon,
Kutar unda Kaverin, ayon.
Kirar, tiqin dumli yulduzday
Shu zum shipga uchar, toshar may.
Seli sizib turgan qovurdoq,
Farang dasturxonining fayzi –
Qo‘ziqorin qaylasi qaysi!
Strasburgning somsasiga boq!
Limburgning chin pishlog‘i-da bor,
Ham oltinrang ananas tayyor!
bolivar
–
shlyapa turi
Talon
– mashhur restoran sohibi
Kaverin
– Pushkinning xorij da
o‘qigan, hur fi krliligi bilan tanilgan
do‘sti
“Yevgeniy Onegin” she
’
riy romaniga
rassom Dmitriy Belyukin chizgan surat
may.
or,
64
XVII
Istar yana koʻngillar sharob,
Chanqab seryog‘ ul qiyma etdan.
Qoʻng‘iroqli soat-chi,
shu tob
Xabar berar yangi baletdan.
Teatrda qattol hukmdor,
Go‘zal aktyor xonimlarning zor
Va beqaror oshiq-shaydosi,
Sahna ortin faxriy a’zosi –
Oneginim ul tomon yelar.
Bunda barcha erkinlik aro
Raqs olqishlab,
izzalab hatto
Fedra, Kleopatradan kular;
Moinani chorlashar butun.
(Faqat o‘zni ko‘rsatmoq uchun!)
XXI
Qarsak, olqish... Kirar Onegin,
Qatorlardan o‘tgani zamon
Qo‘shoynakdan boqadi sekin
Yot xonimlar lojasi tomon.
Qavatlarga tashlabon nigoh,
Ko‘rdi: yuzlar,
kiyimlar nogoh,
Etdi yomon ta’bini xira.
Har tarafga bosh egib soʻngra,
Erkaklarga ayladi ta’zim.
Soʻng sahnaga boqib parishon,
Yuz o‘girib, esnadi shu on,
Dedi: “Barin yangilash lozim;
Baletga ko‘p chidadim, endi
Didlosi ham jonimga tegdi”.
XXII
Ishq tangrisi,
ilon va jinlar
G‘avg‘o qilur sahnada hamon.
Qarollar-chi, horib, po‘stinlar
Ichra uxlar yo‘lakda bu on.
Hali tinmas toptash, nuqishlar,
Chapak, yo‘tal, burun qoqishlar.
Hali bino ich-u toshida
Fonuslari nur sochar juda.
Sovuq: otlar depsinar kishnab –
Egar-jabduq aylamish zada.
Izvoshchilar gulxan girdida
Janoblarin so‘kar qo‘l ishqab.
Onegin ham chiqadi, mana,
Uyga borib kiyinar yana.
XXIII
Chizarmenmi
aniq lavhasin
Tanho bo‘lma-xonaning zinhor? –
Unda har xil na’ma bandasi
Kiyim tanlar takror-u takror.
Hoy-u havas, zavq uchun chandon
Neki sotsa ul attor London,
Boltiqdengiz to‘lqini bukun
Ne keltirsa yog‘och, moy uchun,
Yo ochko‘z
did Parijda bilsa
Nimaiki go‘zal san’at deb,
Neni rohat, zeb-u ziynat deb,
Yo ermak deb ixtiro qilsa, –
Bular bari bezamish, tayin,
O‘n sakkiz yosh faylasuf uyin.
Oneginning uyi tasviri orqali u haqida nimalarni bilishimiz mumkin?
Download
Do'stlaringiz bilan baham: