Adabiyot 10 oxirgi 2-qism indd


pochtovoy  – pochta tashuvchi ot Zevs


bet44/104
Sana30.01.2023
Hajmi
#905159
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104
Bog'liq
adabiyot 10 2-qism 168

pochtovoy 
– pochta tashuvchi ot
Zevs 
– qadimgi yunon 
mifl arida oliy ma’bud
Bu o‘rinda Pushkin o‘zining 
bundan oldin yozilgan “Ruslan 
va Lyudmila” dostonini esga 
olib, o‘z o‘quvchilariga murojaat 
qilmoqda.
Neva bo‘ylari
– o‘sha paytda 
Rossiya imperiyasi poytaxti 
bo‘lgan Sankt-Peterburg shahri 
Neva daryosi bo‘yida joylashgan. 
Bu yerda Pushkin o‘zining 
Sankt-Peterburgdan surgun 
qilinganiga ishora qilmoqda.
Madame (fransuzcha) –
xonim, Monsieur (fransuzcha) –
janob. O‘sha paytda rus 
zodagonlari orasida fransuz 
murabbiylarini yollash urf 
bo‘lgan. 
Yozgi bog‘
– Sankt-
Peterburgdagi mashhur bog‘


61
?
IV
Yoshlik – o‘tli, beorom fasl,
Nozik dard-u umidlar undan:
Yevgeniy ham yetilgach asl,
Murabbiyni haydashdi uydan.
Mana endi Onegin ozod,
Soʻnggi urfda soch qo‘ydirib shod,
Kiyinishda – London 
dandysi

Ko‘rdi kibor olamin ko‘zi.
Endi farang tilida ravon
Yoza bilar, bemalol so‘ylar,
Mazurkaga charx urib o‘ynar,
Ta’zim bajo keltirar chaqqon.
Boz ne kerak? Kibor doira
Tan berdi: u – aqlli, sara.
V
O‘rganganmiz barchamiz oz-moz
Nimanidir, amallab, bir qur.
Tarbiyada ko‘rinsak mumtoz,
Ajab emas, xudoga shukur.
Ko‘pchilikning fi kriga ko‘ra
(Ulug‘ zotlar hukmiga ko‘ra),
Olimdir-u Onegin, quruq,
Unda ajib iqtidor, yo‘riq:
Suhbatlarda qiynalmay asta
Har sohadan ozgina cho‘qir,
Olimona tus olib, chuqur
Sukut saqlar muhim bahsda.
Tag‘in o‘tli hajv ila dildor –
Xonimlarni kuldirishi bor.
dandy 
(inglizcha) – 
olifta, po‘rim
mazurka 
– 
polyak raqsi
Muallif Oneginning 
ta’lim-tarbiyasini qan-
day tasvirlamoqda? U 
haqiqatdan ham “ajib 
iqtidor” egasimi?


62
VII
Umrin hayot sadolariga
Baxsh etmoqqa yo‘q unda havas.
Yamb va xorey arolarida
Ne farq bordir, urinmang, bilmas.
So‘kar Homer, Feokritni,
Ammo o‘qir Adam Smitni – 
Iqtisodchi edi u, demak,
Mushohada qilardi andak:
Qanday qilib boyiydi davlat,
Nima bilan kechirar hayot,
Bo‘lsa unda oddiy mahsulot,
Nechun bo‘lmas oltinga hojat.
Tushunmasdi otasi uni,
Garov qo‘yar edi mulkini.
X
Riyo kasbin o‘rgandi u tez,
Umid – pinhon, eplaydi rashkni.
Ko‘rinadi munglig‘, g‘amangez,
Boplar ishontirish, avrashni.
Goh mag‘rur-u, goh itoatkor,
Goh parvona, goh bee’tibor!
Sukutlari nechog‘ xumorli,
So‘zlashlari go‘zal, ohorli,
Ishqiy xatda qo‘pol qandayin!
Birin suyib, biriga to‘yib,
Yashar o‘zin unutib qo‘yib!
Qarashlari keskin va mayin,
Uyatchan va beor, ba’zida
Yiltiraydi yoshlar ko‘zida!

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish