48
Yura davri
Yura davrida muxit juda issiq va nam boʻlgan, oʻsimliklarning
gurkirab oʻsgan davri. Relyefning barcha chuqur yerlarida turli
hajmdagi koʻl-botqoqliklar yuzaga keladi, bu koʻllarda
past sifatli
qoʻngʻir koʻmir qatlamlari hosil boʻladi (Polsha-German, Ural-Embin,
Litovsk. va b.q. konlar).
Rus platformasining tekislangan yuzasidagi turli absolyut nuqtalari
tebranishlar harakatiga juda ham sezuvchan boʻladi. Manfiy (-) ishorali
tebranish
harakatlari
quyi
yura
davrida
dengiz
havzasining
transgressiyasiga sabab boʻladi. Pechera past-tekisligi va Dneprovo-
Donesk vohasini suv bosadi. Bu yerda ikkita choʻkindi fasiyasi kuzatiladi:
birinchisi, bareal sovuq – suvli triasgressiya (Virqatites, Sosmokyeras va
boshqalar) gillardan tashkil topgan; ikkinchisi janubiy issiq tranasgressiya
(Donbass) ohaktoshlar hosil boʻlgan (Nildocyerds faunasi).
Hududning boshqa qismlarida gox issiq oqim (Kaspiy oldi past-
tekisligi) yoki sovuq Pechyera past-tekisligi ustun keladi. Yuqori yura
davrida sovuq oqim xukm suradi.
Bat davrida (Oʻrta yuraning Yuqori qismi) ikkita oqim qoʻshilib,
Moskva osti tomon surilib, uni suv bosadi.
Gʻarbiy yoʻnalishda choʻkish hisobiga
trasgressiya asta - sekin
borib, Yuqori yura oxirida Polsha-Germaniya vohasiga etib boradi.
Keskin ravishda regressiya boshlanadi - dengiz qaytishi (voljek
asrida) yuqori yuraning oxiriga borib dengiz Rus platformasining
Sharqiy qismida saqlanib qoladi. Poless vali, Moskva osti hududi
dengizdan xalos boʻladi. Ufa amfiteatrining katta maydoni ham dengizdan
ozod boʻladi.
Shuni qayd etish kerakki, dengizning maksimal triasgressiyasi
Yuqori yura dengizi Voronej tepaligi Shimoliy qismidan Dnepr-Donesk
vohasini Shimoliy qismidan oʻtib, yupqa ritmik
tyerrigen qumtosh-gilli
choʻkindilar (Kanev hududida) hosil qiladi, toʻrtlamchi davr muzligining
bosimi ostida, Aripyat davri daryosi tomonidan Dnepro-Donesk vohasiga
tushib kelgan ajoyib tuzilishga ega boʻladi.
Boʻr davri
49
Boʻr davri boshida Rus platformasining sharqni qismida dengiz
havzasi, quruqlik relyefi, yura davri vohalari saqlanib qolgan. Tebranish
harakatlari poydevorining ayrim qismlarida oʻziga
yarasha relyef hosil
qiladi, hozirgi Oksko-sinke vali oʻrnida koʻp mikdorda koʻtarilgan va
choʻkkan qismlar hosil qiladi, dengiz triasgressiyasi vujudga kelganda
sharq tomonda sayozliklar va turli choʻkindilar fatsiyali orollar hosil
qiladi.
Quyi boʻr davrida Rus platformasining sharqy qismini dengiz bosib
keladi. Havzaning ostki qismi relyefi tekis boʻlmagan, Shuning uchun,
oz miqdordagi tebranish harakati ham dengiz ostidan koʻp mikdorda
orollar (yuvilish alomatlari bilan) yoki kontinental qumlli katta maydonda
quruqlik vujudga keladi. Rus platformasining sharqy qismida dengiz
choʻkindilarining hosil boʻlishida doimiylik boʻlmagan boʻlsa, Gʻarbiy
qismida esa koʻp miqdorda vohalar (Moskva osti, Polsha-Litva, Dnepro-
Donesk) va koʻp mikdorda oʻralgan (tashqaridan oʻralgan) vohalar,
platformaning Shimoliy qismida asosan kontinental choʻkindilar, kvarsli
qumlar, glaukonatli gillar, sideritlar,
temirlashgan kvarsli qumlar,
qoʻngʻir koʻmir qatlamlari vujudga kelgan.
Rus platformasining kechki boʻr havzasi janubiy Tetis va Barsal
dengiz havzasi bilan Timman-Pechyersk past-tekisligi Shimoliy sharqdan
oʻzaro birlashgan.
Bu davrda uch marotaba musbat va manfiy tebranish harakatlari
kuzatilgan,
unda
koʻtarilish
amplitudasi
tushish
(choʻkish)
amplitudasidan koʻp boʻlgan. Bu hodisa uchta guruh, choʻkindi hosil
boʻlishiga olib kelgan, ular triasgressiv ravishda erta hosil boʻlgan
jinslar
ustiga yotadi, glaukonitli qumlar, fosforitli-kvarsli qatlam, fosforitli va
temirli yotqiziqlar. Har koʻtarilish - tushish harakati bilan almashinib
keladi. Bu hodisa dengizni janubiy-sharq va Shimoliy-sharqdan Rus
platformasiga kirib kelishiga sabab boʻladi, qisqa vaqt ichida chuqur
dengiz havzasini hosil qiladi. Har qaysi transgressiya maksimumga etgach
yotqiziqlar boʻrning qalin qatlamini
hosil qiladi-ustki qismida
senoman-turon-konyak, santon, kompan-mastrixt qatlami. Bu tebranish
harakatlari platformaning butun maydonini qamrab oladi. Yuqori boʻrning
oxirida Rus platformasida umumiy koʻtarilish kuzatiladi. Yuqori boʻr
50
davrda dengiz keskin qisqaradi, faqat ingichka yoʻlak shaklida Moskva
sineklizasi va Paleoural orasida saqlanib qoladi. Boʻr davri oxirida suv
havzasi keskin sayyozlashgan. Shuning uchun, dat yotqiziqlari hamma
joyda rivojlanmagan. Dat yarusida bareal dengiz havzasi Tetis dengizi
dan butunlay ajraladi. Bu hammasi Oʻrta
yer dengizi burmachanlik
zonasining tektonik harakati bilan bogʻliq. Shu bilan bir vaqtda Rus
platformasining Shimoliy va markaziy qismlari koʻrinishlarini oʻzgartirib
yubordi. Sharqiy qismi dengizdan ozod boʻlgan. Poydevorning janubiy
geosinklinalga tegib turgan qismi kaynazoy davrida intensiv choʻkishi
natijasida
yuza
janub
tomonga
ogʻganligi
kuzatiladi.
Rus
platformasining ogʻishi tufayli choʻkindilar qalinligi 40-50 m dan shimol
tomondan, 600-800 m gacha janub tomonga oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: