38
koʻmir aralash kontinental yotqiziqlar qalinligi (500 m.) koʻrsatilgan, oʻrta
yuraning asosida kvars qumlari tarqalgan.
Kimmeridj qatlamida loydan tashqari glaukonit,
fosforitli qumlar
uchraydi.
Moskva orti hududlarida pastki va oʻrta yura choʻkindilari mavjud
emas.
Toshkoʻmir davri oxagtoshining yuvilgan yuzasida turli xil
qalinlikda Oksford yarusi loyining gorizonti,
temirli kimmerdj yarusi
mergeli, fosforitlari uchraydi.
Kesimning quyi qismida loysimon qumlar, qoʻngʻir koʻmir linzalari
bilan kaolin loylari (loy frans va oʻtga chidamli gʻishtlarni olishda, Gjelsk-
Kudinov loylari) ishlatiladi. Yuqori yura choʻkindilarida ammonitlar
rivojlangan boʻlib, sovuq bareal dengizini
vakili sifatida Virgatites
parkinsonia qoldiqlari juda koʻp tarqalgandir.
Yura choʻkindilarining quvvati Rus platformasining turli joylarida
oʻzgarib turadi: Donbassda 800 metrgacha, Moskva ortida -20-30
metrgacha, Povoljeda-210-300 metrgacha, Kaspiyoldi sineklizasida -280-
720 metrgacha.
Yura davrida iqlim issiq, ammo nam boʻlgan. Oʻsimliklarni gurkirab
rivojlanishi boshlangan. Relyefning barcha choʻkkan
joylarida turli
hajmdagi koʻl-botqoqliklar paydo boʻlib, limnik sharoitda bu kullarda past
sifatli qoʻngʻir koʻmir qatlari paydo boʻlgan (Polʻsk-Gyermaniya, Ural-
Embin, Litva va boshqalar).
Rus platformasining turli xil erodik yuzalarning absolyut balandligi
tebranish harakatining belgilariga xushyorlik bilan seziladi. Minus (-)
belgili tebranish harakatlari oʻrta yurada dengiz suv havzalarini
trangressiyasiga Pechora pasttekisligi va Dnepro-Donesk qoʻltigʻiga olib
keladi.
Bu yerda asosan ikki fatsiyali choʻkindilarni: bir fasiyasi bareal
sovuq trangressiyani (bu esa Virgatites Cfsmocyeras va boshqalarga ishora
qiladi) taʻsirida loy shaklida; ikkinchisi esa – janubiy issiq transgressiyasi
(Donbass) taʻsirida ohaktosh hosil boʻlishini (Xildoceras) koʻrsatadi.
Bat (oʻrta yura yuqorisi) vaqtlaridan
boshlab ikki transgreslar
birlashib Moskva orti tomonga yoʻnalib, uni dengiz suvi bilan bostiradi.
39
Gʻarbiy yoʻnalishda choʻkish natijasida transgressiya juda sekin
boʻlib yuqori yura davriga Polsk-Germaniya qoʻltigʻiga yetadi. (Voljsk
davrida) regressiya-dengizlarni chekinishi tezda boʻlib, yuqori yura
davrida Rus platformasining sharq qismlarida dengizlar saqlanib qolgan.
Poles vali, Moskva ortida, Ufim amfiteatrining
katta maydonlari
dengizdan xalos boʻlgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, maksimal transgressiya natijasida yuqori
yura davrida dengizlar Voronej boʻrtiq joyining shimoliy tarafidan
Dnepro-Donesk qoʻltigʻining shimoliy tarafiga sizib kirgan,
bunda noyob
qurilmali, toʻrtdan bir qism materiklarni muzlashi bosimi ostida paydo
boʻlgan Pripyat daryosi tomonidan Dnepro-Donetsk qoʻltigʻiga tushadigan
Kanevsk tumanida yupqa-ritmik terrigen qum loy choʻkindilarini hosil
qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: