88
Nazorat savollari:
1. Nefelinli sienit va ishqorli gabbroidlar guruh jinslarining abissal,
gipabissal va effuziv turlarini aytib bering.
2. Nefelinli sienit va ishqorli gabbroidlar guruh jinslariga qanday
mineral tarkib, struktura va tekstura xos?
11-amaliy mashg‘ulot
Cho‘kindi tog‘ jinslari. Ularning tasnifi, strukturasi, tekturasi,
g‘ovakligi, rangi va solishtirma og‘irligi
Cho„kindi jinslarga avval hosil bo„lgan tog„
jinslarining yer yuzasida
past harorat va past bosim sharoitida yemirilishidan hosil bo„lgan jinslar
kiradi. Shuningdek, vulqonning qattiq mahsulotlaridan hosil bo„lgan
piroklast jinslar (vulqon kullari, tuf, tuffit va tufogen jinslar)
cho„kindilarning alohida guruhini tashkil qiladi. Cho„kindi jinslar
litosferaning ustki qismida okean, dengiz, ko„l, daryo, botqoqlik tublarida
turli bo„laklarning va minerallarning ekzogen sharoitda to„planishidan
hosil bo„ladi.
Cho„kindi tog„ jinslarining tarkibi magmatik, ilgari hosil bo„lgan
cho„kindi va metamorfik tog„ jinslarining yemirilishidan hosil bo„lgan
mineral va jins bo„laklaridan, organik moddalarning (hayvon va o„simlik)
qoldiqlaridan va kimyoviy yo„l bilan hosil bo„lgan
minerallarning
to„planishidan hosil bo„lgan cho„kindilardan iborat.
Cho„kindi jinslarning umumiy ta‟rifini M.S. Shvetsov quyidagicha
keltiradi: "Cho„kindi jinslar organizmlarning hayot faoliyatidan hosil
bo„ladigan va havo hamda suvdagi har qanday materiallar muhitida
cho„kadigan, shunda ham hamisha yer yuzasidagi bosim va harorat
sharotida vujudga keladigan jinslardir".
89
Cho„kindi tog„ jinslari magmatik jinslarga
qaraganda litosferaning oz
qismini, ya‟ni atigi 5% tashkil qilsada, Yer yuzasining 75% maydonini
qoplab yotibdi.
Cho„kindi jins hosil bo„lishining muhim omillaridan biri nurash
(gipergenez) jarayonidir. Ilgari paydo bo„lgan tog„ jinslari havo,
suv va
muzlarning ta‟sirida, haroratning o„zgarishidan va organizmlarning hayot
jarayoni natijasida yemiriladi. Qattiq jinslar fizikaviy nurash jarayonida
mayda bo„laklarga parchalanib ketadilar. Kimyoviy nurash kimyoviy
birikmalar hosil qiladi. Qisman ular o„z o„rinlarida qoladilar,
kattagina
qismi esa suv, shamol, muz (sedimentogenez) yordamida olib ketiladi.
Ularni olib ketish kuchi, ya‟ni tezligi kamayishi natijasida yemirilgan
jinslar ushlanib qoladi. Shunday qilib suvga to„yingan cho„kindi hosil
bo„ladi. Cho„kindi diagenez davrida cho„kindi jinsga o„tadi. Vaqt o„tishi
bilan cho„kindi asta-sekin suvsizlanadi, cho„kindining tuzilishi o„zgaradi,
bo„laklar sementlanadi, g„ovaklik
kamayadi, yangi minerallar hosil
bo„ladi, jins qayta kristallanadi. Demak, cho„kindi jinslar qadimda paydo
bo„lgan jinslarning fizikaviy va kimyoviy nurashidan hosil bo„lgan
mahsulotdir. Cho„kindi jinslarni hosil bo„lish sharoiti va uning
to„planishiga yordam beradigan omillarga qarab quyidagi genetik
guruhlarga ajratish mumkin:
A. Bo„lakli jinslar.
B. Organogen jinslar.
D. Kimyoviy jinslar
Cho„kindi tog„ jinslarini o„rganishda
ularning struktura va
teksturalarini o„rganish katta ahamiyatga ega. Jinsni tashkil qilgan bo„lak
va minerallarning katta-kichikligiga va faunalarning saqlanish darajasiga
90
qarab struktura, bo„lak zarrachalarining joylashuviga ko„ra tekstura
ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: