60
2. Mineral donachalarining nisbiy katta-kichikligiga qarab struktura
quyidagi turlarga bo„linadi: a) teng donali strukturada
jinslarni tashkil
qiluvchi minerallar katta-kichikligining nisbati 1:1 dan 1:5 gacha bo„ladi;
b) teng donali bo„lmagan strukturali jinslarda mineral donachalarining
nisbiy katta-kichikligi 1:6 dan to 1:10 gacha bo„ladi;
d) porfirsimon strukturali tog„ jinslari to„liq kristallangan asosiy massa
orasida nisbatan yirik minerallar bo„lishi bilan xarakterlanadi. Porfirsimon
strukturalar hosil bo„lishi, birinchidan, magma
yerning ostki qismidan
yuqoriga ko„tarilishi davrida kristallanish holatining o„zgarishi va
ikkinchidan, magma fizik-kimyoviy xususiyatining o„zgarishi bilan
bog„liq. Keyingi holatda evtektik miqdoridan ko„p bo„lishi bilan
tushuntiriladi; e) porfir struktura porfirsimon strukturadan asosiy
magmaning to„liq kristallanmaganligi bilan farq qiladi.
Jinsning asosiy
massasi shishasimon moddadan va mikrolitlardan tashkil topgan bo„lib,
ular orasida porfirlar yoki fenokristallar uchraydi; f) afir struktura to„liq
kristallanmagan tog„ jinslarida porfirlarning yo„qligi bilan tafsivlanadi.
3. Mineral donalarning mutlaq katta-kichikligiga qarab, struktura
quyidagi turlarga bo„linadi: 1) o„ta yirik donali struktura. Tog„
jinsini
tashkil qiluvchi donalarning katta-kichikligi 2 santimetrdan ortiq bo„ladi.
Yirik minerallar hosil bo„lishiga sabab magmaning tarkibida uchuvchan
qo„shimchalar ko„p bo„lishi va magmaning sekin-asta sovishidir. Bu
struktura pegmatitlarda va ayrim granitlarda uchraydi; 2) yirik donali
(5mm-2sm); 3) o„rta donali (5-1 mm) struktura asosan abissal tog„
jinslariga xos bo„lib, yana abissal jins massivining chekka qismlarida ham
uchraydi; 4) afanit struktura asosan effuziv tog„ jinslariga xos bo„lib, jinsni
61
tashkil qiluvchi minerallarning donalarini oddiy ko„z bilan aniqlab
bo„lmaydi.
4. Mineral donalarining shakliga qarab strukturalar
quyidagi turlarga
bo„linadi: 1) panidiomorf donali strukturada jinsni tashkil qiluvchi
minerallar o„ziga xos kristollografik shaklining rivojlanganligi bilan farq
qiladi. Bunday struktura faqat idiomorf mineraldan tarkib topgan jinslarga
taalluqlidir. 2) gipidiomorf donali strukturada tog„ jinslari tarkibidagi
minerallar har xil idiomorfizmga egadir. 3) allotriomorf
donali struktura
tog„ jinsini tashkil qiluvchi minerallar o„ziga xos bo„lgan kristallografik
qirralarning rivojlanmaganligi bilan farq qiladi.
5. Minerallar donalari o„zaro birikishiga qarab jinslarda quyidagi
struktura turlari uchraydi: Masalan, poykilit struktura. Bu strukturali tog„
jinsida keyin hosil bo„lgan mineral oldin hosil bo„lgan mineralning kichik
donalarini o„ziga qamrab oladi. Minerallar ma‟lum qoida bilan birikmagan
bo„lib, poykilit o„simtalari har xil yo„nalishda joylashadi.
6. Birikish strukturasida minerallar ma‟lum qoida bilan kristallanadi.
Masalan: 1) pertit strukturasi. Kaliyli dala shpatida albit o„simtalari bo„lib,
ular ma‟lum qoida bilan birikadi va mikroskop stolchasini burash bilan bir
vaqtda so„nadi; 2) pegmatit strukturasi asosan nordon tog„ jinslarida
uchraydi, unda kaliyli dala shpatining katta
donasi kvarsning bir necha
donalari bilan birikadi. Kvars donalari qoidali birikkan bo„lib, mikroskop
stolchasini burash bilan bir vaqtda so„nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: