68
Magmatik jinslarni qo„shimcha kimyoviy tavsiflaganda CaO, K
2
O,
Na
2
O , Al
2
O
3
molekulyar miqdorining nisbati hisobga olinadi. Hamma
magmatik tog„ jinslari quyidagi qatorlarning biriga to„g„ri keladi.
1. Normal yoki ohak - ishqoriy qatorda oksidlarning nisbati quyidagicha
bo„ladi; CaO + Na
2
O, + K
2
O > Al
2
O
3
;
2. Ishqorlar bilan to„yingan qator- Na
2
O, + K
2
O > Al
2
O
3
;
3. Alyuminiy (III) - oksidi bilan to„yingan qator - Al
2
O
3
> CaO + Na
2
O
+ K
2
O .
Magmatik jinslar mineralogik
tarkibi magmaning kimyoviy
tarkibiga bog„liq. Magma tarkibidagi SiO
2
ning miqdori 65 foizdan ko„p
bo„lsa, u rangli minerallar va dala shpatlari kristallanishida ishtirok etib,
yana ortib qoladi. Qoldiq SiO
2
hisobiga kvars kristallanadi. Ishqorlar bilan
to„yingan jinslarda ko„p miqdorda ishqorli dala shpatlari (ortoklaz-pertit va
mikroklin-pertit, anortoklaz), ishqorli rangli minerallar (egirin) va
feldshpatoidlar (nefelin, sodalit, leytsit) hosil bo„ladi.
Magmatik jinslarni mineral tarkibiga
ko‘ra tasniflash
Tog„ jinslarini tarkibiga qarab tasniflash ancha qulaydir, chunki to„liq
kristallangan jinslarning mineral tarkibini mikroskop ostida tez aniqlash
mumkin. Biz A.N. Zavaritskiy tomonidan taklif etilgan tasnifni asos qilib
oldik. U taklif etgan tasnifda jinslarni tashkil
qiluvchi minerallarning
miqdori nisbati hisobga olinib, jinslarning kimyoviy tarkibi, strukturasi va
teksturasiga e‟tibor beriladi.
Asosiy tasniflash minerallaridan biri dala shpatidir. Plagioklaz albit va
anoritning izomorf birikmasi bo„lib, har bir magmatik tog„ jinsi uchun
ularning ma‟lum nisbati xosdir. Jinslar guruhlarga bo„linganda plagioklaz
69
bilan natriy-kaliyli dala shpatlarining nisbati hisobga olinadi. Tog„
jinslarida kvars keng tarqalgan bo„lib, ikkinchi
tasniflash minerali
hisoblanadi. U SiO
2
bilan o„ta to„yingan jinslarda uchraydi. Tasniflash
minerallariga yana temir-magnezial silikatlar (biotit, shoh aldamchisi,
piroksen, olivin) va feldshpatoidlar (nefelin, sodalit, leytsit) kiradi.
Magmatik jins hosil qiluvchi asosiy minerallar miqdoriga va jinslarning
kimyoviy tarkibiga ko„ra magmatik jinslar sakkiz guruhga bo„linadi.
Jinslar guruhining nomi eng keng tarqalgan intruziv
va effuziv jins nomi
bilan nomlanadi:
1. Peridotit guruhi- kremnezyom oksidi miqdoriga qarab o„ta asos
(giperbazit) jins.
2. Gabbro-bazalt guruhi - asos (bazit)
3. Diorit-andezit guruhi - o„rta
4. Granodiorit-datsit guruhi -nordon
5. Granit-liparit guruhi - nordon
6. Sienit-traxit guruhi - o„rta
7. Nefelinli sienit-fonolit- ishqorli
8. Ishqorli gabbroid-bazaltoid guruhi- ishqorli
Do'stlaringiz bilan baham: