Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

Yaradan qon ketishi
Yaradan qon ketish yashirin va ochiqdan-ochiq bo’ladi. Qon me’da va 
o’n ikki barmoqli ichak kapillyarlari, venalari, arteriyalaridan va a’zolardan 
tashqaridagi tomirlardan oqadi. «Kichik» degan nom olgan kam qon 
yo’kotishlarda (50 ml gacha) klinik manzara amalda ifodalanmagan bo’ladi, 
garchi davomli «kichik» qon ketishlar ham kamqonlikka olib kelishi mumkin. 
15-rasm. Yardan qon ketishi.
Yaradan profuz qon ketishi. Uning 
sababchisi ko’pchilik hollarda me’da va 
o’n ikki barmoqli ichakning penetratsiyali 
yaralari hisoblanadi. Ko’p marta qon ketib, 
ahvol tobora yomonlasha borishi mumkin. 
Yara kasalligi qo’zigan davrda, bahor-kuz 
mavsumida qon ketish hollari ko’payishi 
qayd qilinadi.
Qon ketishining paydo bo’lishida ichkilik ichish, dori-darmonlar qabul 
qilish (atsetilsalitsilat kislota, butadion, rezerpin, glyukokortikoidlar, 
antikoagulyantlar va boshqalar) ham sababchi bo’la oladi.


Yara kasalligining qon ketish bilan asoratlanishi 15-20 foizni tashkil etadi 
Yara kasalligidan bemorlarning o’limi sabablari orasida qon ketishi birinchi 
o’rinni egallaydi. O’tkir gastroduodenal qon ketishlarining klinik manzarasi 
ularning sabablariga, qon yo’qotish darajasiga va asosiysi, qon ketish 
intensivligiga bog’liq. Qon ketishining asosiy belgilari - umumiy holsizlik
bosh aylanishi, teri va shilliq pardalarning bo’zarganligi, taxikardiya, yurak 
urishi, arterial bosim pasayishi; kollaps rivojlanishi mumkin. 
Gastroduodenal qon ketishining bosh belgilaridan biri «kofe quykasi» 
turidagi yoki qirmizi qon rangli qon aralash qayt qilish (gematemezis) 
hisoblanadi. Qusuq massalarining xarakteri bo’yicha aksariyat qon ketish 
manbai to’g’risida xulosa chiqarish mumkin. Qirmizi qizil qon yoki olcha 
rang ivindi manbai me’dada bo’lgan qon ketishi uchun, «kofe quykasiga» 
o’xshash qon manbai o’n ikki barmoqli ichakdan qon ketishi uchun xos. Ko’p 
qon ketishlarda hatto duodenal yaradan qon aralash qusish kuzatilishi 
mumkin. Me’dadan qon ketishining boshka patognomik simptomi 
qatronsimon axlat (melena), ayrim hollarda olcha rangli axlat bo’lishi 
mumkin. Qon rangining o’zgarishi me’dada gematin xlorid (yara kasalligida 
kislotalilik normal yoki oshgan) hosil bo’lishi bilan, qatronsimon axlat - 
ichakda gemoglobinlar temir sulfat hosil bo’lishi bilan bog’liq. Ko’p qon 
ketishi me’daning tez bo’shalishiga, peristaltikasi kuchayishiga va qora rangli 
yoki kam o’zgargan qon aralash badbo’y mo’l suyuq ich kelishiga sabab 
bo’lishi mumkin. 
Qon ketish boshlangan vaqtdan 2-3 sutka o’tgach bemorlarda tana 
harorati qon parchalanish maxsulotlarining ichakdan so’rilishi hisobiga 
ko’tarilishi qayd qilinishi mumkin. Jigar-buyrak etishmovchiligi ro’y berishi 
mumkin. 
Qon ketishi boshlanishining dastlabki soatlarida va hatto sutkalarida 
qizil qon ko’rsatkichlarini o’rganish haqiqiy o’zgarishlarni va qon 
yo’qotilishini 
aks 
ettirmaydi, 
shunga 
gemoglobin 
va 
eritrotsit 
ko’rsatkichlarinigina emas, balki gematokrit, markaziy vena bosimi (MVB), 
globulyar hajm (GH) tanqisligini ham dinarnik o’rganish lozim. 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish