Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

II.
 
Joylashuvi bo’yicha: a) 
me’da yaralari: kichik egrilikdagi, katta egrilikdagi, oldingi devordagi, orqa 
devordagi, kardial, prepilorik, pilorik qismlarida. b) o’n ikki barmoqli ichak 
yaralari: oldingi devoridagi, orqa devoridagi. 
III.
 
Kechishi bo’yicha: ozod qorin bo’shlig’iga teshilishi, usti yopiq 
teshilishi, atipik teshilishi. 
Teshilgan gastroduodenal yaralarning klinik manzarasi. Teshilgan 
gastroduodenal yaralarning klassik klinik manzarasi tarixiy rivojlanishga 
uchramagan. Teshilishning asosiy simptomatikasi (G. Mondor triadasi): 
«xanjar» bilan urilgandek to’satdan paydo bo’lgan og’riq, qorin 
muskullarining qattiq taranglashuvi, yara anamnezidan iborat. 
Darhaqiqat, kuchli og’riqlarning to’satdan paydo bo’lishi birorta 
kasallikda ham perforatsiyadagi kabi yaqqol yuzaga chiqqan bo’lmaydi. 
Bunday bemorlar og’riqqa chidab bo’lmaydigan darajadagi shikoyat qayd 
qiladilar. «Katta yoshdagi zabardast» odamning yuz qiyofasidagi g’am-g’ussa 
u tortayotgan cheksiz azob-uqubatlarni ifodalab turadi» (G. Mondor). 
Og’riq avvaliga epigastriyda, bunda o’n ikki barmoqli ichakda ko’prok, 
o’ng tomonda joylashadi, so’ngra qorinning butun o’ng yarmi bo’ylab 
tarqalib, o’ng yonbosh sohani, keyin butun qorinni qamrab oladi. Og’riqning 
elkaga yoki o’ng kurakka, kichik chanoqqa tarqalishi xarakterli. Qusish 
kamdan-kam, peritonit rivojlangandagina kuzatiladi. Stenozlovchi yaralar 
teshilganda yara teshilishidan oldin bemor qayt qiladi. 
Bemor, odatda, chalqancha yoki yonboshi bilan oyoqlarini qorniga tortib 
yotadi, ranggi oqarib ketgan, qo’rquv ostida, sovuq, ter chiqishi mumkin. Tez- 
tez, yuza nafas oladi, qon tomir urishi avvaliga siyrak, arterial bosimi 
pasayishi mumkin. 
Tili dastlabki soatlarda nam, keyin quruqlashadi, karash bilan qoplanadi. 
Og’riq, bilan bir vaqtda boshqa simptom - qorin oldi devori mushaklarining 
taranglashuvi paydo bo’ladi («taxtasimon», qayiqsimon ichiga tortilgan 
qorin), taranglanish avval epigastriyda, so’ngra butun qorin bo’ylab 
joylashadi. 
Kasallikning dastlabki soatlarida rektal tekshiruvda chanoq qorin 
pardasida keskin og’riq borligini aniqlash mumkin. Parietal qorin pardasi nerv 
oxirlari sezuvchanligi buzila borgan sayin og’riq asta-sekin bosiladi, biroq 
bemor avvalgiday harakatsiz yotadi. Umumiy holati yaxshilanadi, oldingi 
qorin devori qattiqlashishi kamayadi, kam og’riydi, o’ng yonbosh soxasida 


og’riq kamayadi, ya’ni «soxta tuzalish» davri boshlanadi (II davr). Yara 
teshilish vaqtidan kechikib 6-12 soat o’tgach operatsiya qilish keyingi davr 
rivojlanishiga - peritonitga olib keladi. Peritonit uning hamma klinik 
manzarasi - qon tomir urishi tezlashuvi, til quruqligi, intoksikatsiya sababli 
umumiy ahvolning og’irligi, qorin dam bo’lishi, el chiqmasligi, ich 
kelmasligi, ko’p martalab qayt qilish yuzaga keladi. Bu davrda diagnoz ham, 
xirurgik yordam ham odatda kechikkan bo’ladi. 
Yara teshilishi uchun xarakterli simptom qorin bo’shlig’ida ozod gaz 
borligi hisoblanadi, u diafragmaning o’ng gumbazi ostida yig’iladi. 
Rentgenologik tekshirishda bir yoki ikkala gumbazlar ostida yo’l-yo’l yorug’ 
chiziq kuzatiladi. 
Usti yopiq teshilish. Teshilgan yaraning to’satdan paydo bo’lgan turik 
klinikasi 1-2 soatdan keyin so’nadi, og’riq kamayadi, mushaklarning 
taranglashuvi bardam topadi, oz-moz og’riq, bo’ladi va mushaklar tarangligi 
epigastriyda 
kuzatiladi, 
xolos. 
Bemorlarning 
ahvoli 
shunchalik 
yaxshilanadiki, ular o’zlarini sog’lom deb hisoblaydilar. 
Diagnozi va differentsial diagnozi. Teshilgan gastroduodenal yaraning 
diagnostikasi avvalo anamnezga, bemordan sinchiklab so’rab-surishtirishga, 
fizikal tekshirish ma’lumotlariga asoslanadi va rentgenologik hamda 
laboratoriya ma’lumotlari bilan to’ldiriladi. 
Perforatsiya uzoq vaqtgacha yara kasalligi bilan og’rib yurgan 
bemorlarda (rentgenologik tasdaqlangan); yara kasalligi belgilari bo’lgan 
(nordon kekiradigan, och qoringa yoki ovqatdan keyin og’riq paydo 
bo’ladigan, muntazam soda ichib turadigan), biroq hech qachon 
tekshirishlardan o’tmagan va yara borligi to’g’risida shubha qilinmagan 
shaxslarda yuz berishi mumkin. Uchinchi guruhga «dispeptik o’tmishi» 
bo’lgan, biroq uni unutib yuborgan va hozirgi kasalligini avvalgi hazm 
buzilishlari bilan bog’liq deb o’ylamagan shaxslarni kiritish mumkin. 
To’rtinchi guruhga «soqov» yarasi teshilgan bemorlar kiritiladi. 
Bemorda prodromal davr borlig’iga - jarayonning kuchayishi yoki 
qo’zishi - epigastriyda og’riq, ko’ngil aynishi, subfebril harorat, qusishga 
aharniyat berish zarur. 
Diagnostika uchun kasallikning o’tkir boshlanishi, bemorning o’ziga xos 
holati, tashqi ko’rinishi, qon tomir urishi va qon bosimi ma’lumotlari katta 
aharniyatga ega. Qorinni tekshirishda perforatsiyadan keyin o’tgan fursat 
haqida unutmaslik kerak: dastlabki soatlarda ifodalangan «taxtasimon» 
taranglashuv keyinroq, peritonit avj olgandan keyin qorin dam bo’lishi 
kuzatilishi mumkin. Har xil yoshdagi bemorlarda - keksalar, ayollar va 
boshqalarda qorin devorining bo’shashgan bo’lishini nazarda tutish lozim. 


Perkussiyada ozod gaz borligi 50-60 foiz bemorlardagina, rentgenologik 
tekshiruvda esa 75-80 foiz bemorlarda aniqlanadi. Bemor tik turganda yoki 
chap yonboshi bilan yotganida rentgenodiagnostika qilish - bemorni 
tekshirishning asosiy diagnostik usuli bo’lib, diafragma gumbazi ustida ozod 
gazni aniqlashga (o’ngda yoki chapda) qaratiladi. 
Noaniq hollarda bemorga 1-2 qultum suvda eruvchan kontrast modda 
berishga to’g’ri keladi, rentgen tekshiruvida uning me’da konturlari 
tashqarisiga chiqishi perforatsiyaning absolyut belgisi hisoblanadi. Ba’zan 
pnevmogastrografiya 
o’tkazib 
(me’daga 
havo 
yuborish) 
takror 
rentgenografiya qilishdan foydalaniladi. Diagnostika qilish mushkul bo’lgan 
hollarda gastrofibroduodenoskopiya yoki laparoskopiya qilish kerak bo’ladi. 
Laboratoriya tekshiruvida qon va siydik tomonidan biror spetsifik 
buzilishlarni aniqlashga muvaffaq, bo’linmaydi, biroq, peritonit rivojlanganda 
leykotsitoz, eritrotsitlar cho’kish tezligining oshishi, leykotsitar formulaning 
chapga surilishi ifodalangan bo’ladi. 
Teshilgan yarani yara kasalligining qo’zishidan farq kilish zarur, bunda 
og’riq xarakteri unchalik kuchli emas, ruy-rost taranglashish, ozod gaz yo’q. 
O’tkir xoletsistit bilan aksariyat yoshi o’tgan semiz ayollar 
kasallanadilar, ularning anamnezida o’ng qovurg’alar ostida yog’lik ovqat 
eyish bilan bog’liq bo’lgan qaytalanadigan og’riq bo’ladi. Og’riq o’ng 
qovurg’alar ostida joylashadi. Orqaga, elkaga, kurakka beriladi, doimiy 
bo’ladi. Ko’p marta qusish bilan o’tadi. Muskullar tarangligi kam 
ifodalangan, o’t pufagi paypaslanadi, leykotsitoz ifodalangan. 
O’tkir pankreatit uchun o’tkir keskin doimiy og’riqlar xos, biroq ular 
o’rab oladigan xarakterga ega va parhez buzilishi bilan bog’liq (yog’lik yoki 
kuchli ovqat eyish, ichkilik ichish). Bemor bir necha martalab qayt qiladi, u 
yara teshilganidagi kabi harakatsiz emas, muskul taranglashuvi odatda 
bo’lmaydi, Meyo-Robson simptomi yaxshi ifodalangan, qonda arnilaza 
miqdorining ko’rsatkichlari oshgan bo’ladi. 
O’tkir appenditsit bilan differentsial diagnostikasi eng qiyin, chunki har 
ikkala holda xam kasallik epigastriyda og’riq paydo bo’lishidan boshlanib, 
keyinroq o’ng yonbosh sohasiga o’tadi. Biroq o’tkir appenditsitda bu og’riqlar 
sustroq, epigastriyda muskullar taranglashmagan, o’ng yonbosh sohada 
simptomatika birmuncha yuzaga chiqqan. Kasallik kuchayib ketgan hollarda 
rivojlanib bo’lgan peritonit fonida dardning sababi aksariyat o’rta 
laparotomiyada aniqlanadi. 
Miokard infarkti (gastralgik formasi), stenokardiyaning boshlang’ich 
bosqichlaridagi o’tkir boshlanish perforativ yara klinikasiga o’xshab ketishi 
mumkin. Bemor yoshining ulug’ligi, anamnezda tez-tez stenokardiya borligi, 


tez aritmik qon tomir urishida bemor holatining og’irligi, arterial bosimning 
pasayganligi, yurak tonlarining bo’g’iqligi, elektrokardiografik o’zgarishlar, 
jigar to’mtoqligining saqlanib qolishi yurak patologiyasidan dalolat beradi. 
Bazal zotiljam va plevrit uchun ham o’tkir boshlanish, qorinning yuqori 
qismida muayyan joylashgan o’rni bo’lmagan og’riq xos bo’ladi. Bemorning 
aktiv hatti-harakati, yuza nafas olish, burun qanotlarining harakati, harorat, 
o’pka tomonidan olinadigan ma’lumotlar, qorin tomonidan o’zgarishlar 
bo’lmasligi - bularning jarni rentgenologik tekshiruv yordarnida 
aniqlanadigan to’g’ri diagnoz qo’yishga yordam beradi. 
Differentsial diagnostikani kasallik boshlanishidan boshlab dastlabki 
soatlarda o’tkazish mumkin; u birmuncha qiyin va anchagina vaqt o’tgach va 
tutash peritonit klinikasi yuzaga chiqqandan keyin o’rta laparotomiyadagina 
o’tkazilishi mumkin. 
Davolash. Kasalxonaga yotqazilgunga qadar tez yordam ko’rsatish zarur. 
Yara teshilganiga shubha bo’lganda bemorni shoshilinch ravishda 
statsionarga olib borish kerak. Yurak dorilari yuborish, kislorod berilishi 
mumkin. Kasallik klinikasini yashirishi mumkin bo’lgan og’riq qoldiradigan 
vositalarni sira yuborib bo’ lmaydi. 
Xirurgik bo’limda bemorni tinchlantirish, unga operatsiya qilish 
zarurligini tushuntirish kerak. 
Konservativ davolash teshilish vaqtidan 2 sutka o’tgach o’tkazilishi 
mumkin, bunda teshik usti bekilgan, bemorning umumiy ahvoli qoniqorli, 
teshik yaxshi chegaralangan bo’ladi, chunki infiltrat bo’lgan sharoitlarda 
operatsiya qilish asossiz shikastlanib qolishga sabab bo’lishi mumkin. 
Vangenstin va Teylorning teshilgan yaralarni davolash uchun me’da 
suyuqligini doimiy aspiratsiya qilish usuli (konservativ usul) o’z vaqtida 
tanqid qilingan edi. Biroq bemor operatsiyadan qat’iyan bosh tortganda yoki 
uning ahvoli nihoyatda og’ir bo’lgan ahyon-ahyon hollarda bu usul 
qo’llanilishi mumkin. 
Operatsiyadan oldingi tayyorgarlik imkon boricha qiska bo’lishi va 
shokni davolash, dezintoksikatsion tadbirlar, me’daga zond qo’yishni o’z 
ichiga olishi kerak. 
Operatsiya xarakteri har kimning o’ziga xos bo’lishi va bemorning 
ahvoliga, yaradagi o’zgarishlar xarakteriga, shuningdek xirurg va yordamchi 
xizmatlarning texnik imkoniyatlariga bog’liq. 
Teshilgan yarani charvi bilan plastika qilib tikish boshqa operatsiyalar 
o’tkazishga ko’rsatmalar bo’lmaganda, tutash peritonitda, yosh bemorlarda 
yoki, aksincha, keksa yoshdagi bemorlarda, zarur instrumentariy, apparatura 
yo’qligida, xirurg malakasi etarlicha bo’lmaganda qo’llaniladi. 


Teshilgan yarani tikish (74-rasm) bemorni peritonitdan qutqarib, yara 
kasalligiga bardam bera olmaydi va keyinchalik bemorlarning 40-50 foizi bu 
kasallikning turli asoratlari sababli takroriy operatsiya qilinishga majbur 
bo’ladilar.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish