Kimyoviy
qo’zg’atuvchilardan saqlashga ekstraktiv moddalarga boy
bo’lgan, me’da-ichak reseptor apparatini kuchli qo’zg’atuvchi ta’sirlardan
himoyalash orqali erishiladi.
Shu maqsadda ovqatlanishda barcha organlar faoliyatini, sekresiyasini
kuchaytiruvchi o’tkir ta’mli
moddalar, kuchli qaynatmalar, nordon va
tuzlangan mahsulotlar, qovurilgan taomlar man etiladi.
Termik
qo’zg’atuvchilardan saqlanishga rasiondan ovqat hazm qilish
organlariga kuchli ta’sir qiluvchi juda sovuq yoki juda issiq taomlarni
cheklash orqali erishiladi.
Yara ksalligi- juda keng tarqalgan kasallik bo’lib, asosiy belgisi oshqozon
va o’n ikki barmoq ichak devorida yara hosil bo’lishi hisoblanib, qo’zish va
remissiya davrlarini almashinib turishi bilan
kechuvchi kasallik sifatida
ma’lum.
Yara kasalligini kompleks davolashda parhez ovqatlanish juda katta va
asosiy o’rinni egallaydi.
Oziqlantirishni davolash tamoyili - bu dietani tanlashdir. Kasallikning
patogenetik mexanizmlari va surunkali kasalliklarga ta'sir etishi uchun
bemorlarning patologik jarayonning bosqichini, jinsi,
yoshi va xastalik
darajasini hisobga olgan holda bemorlarning ovqatlanishini tartibga solish
maqsadga muvofiqdir.
So'nggi yillarda uzoq muddatli (1-2 hafta) kimyoviy, termik va ayniqsa
mexanik qo’zg’atuvchilardan saqlangan "
qat'iy
" ovqatlanish tartibinig
maqsadga muvofiq ekanligi qaroriga kelindi.
Yara kasalligidagi parhez ovqatlanishning maqsadi:
og'riqni yo'qotish
uchun qulay
shart-sharoitlarni yaratish, dispeptik shikoyatlar va oshqozon
yarasini davolash. Bu shunday oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak shilliq
qavatidagi kimyoviy va termik ta'sirlarning yumshoq printsiplariga javob
beradigan, oshqozonga tahdid qiluvchi ta'siri yo'q davolovchi ratsionni
tayinlash orqali erishiladi. Oziq-ovqat moddalarining
buferlik xususiyatlari,
oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning refleks uyg'otilishini kamaytirish,
fiziologik va ta'mirlashni tiklash jarayonlarini rag'batlantirish sababli kislota-
peptik omilning faoliyatini kamaytirishga qodir.
Parhezni yaratishda oziq-ovqatning oshqozon sekretsiyasi va mator
funktsiyasiga ta'siri hisobga olingan holda kasallik belgilariga ta'sir ko'rsatishi
inobatga olinadi.
Diyetoterapiyada yara kasalligining fazasini (o'tkir, subakut, to'liq
bo'lmagan remissiya), klinik patogenetik xususiyatlarini hisobga olgan holda
kasallikni o’ziga xos xususiyatlari (pyloroduodenal yoki mediagastral
oshqozon yarasi), asoratlari va yondash
kasalliklarning mavjudligi
ahmiyatlidir.
Oshqozon funksional holatini pasaytirish maqsadida ovqat mahsulotlari
mexanik ishlov berishda o’tqaziladi yani maydalanadi, jelesimon yoki
pyuresimon, bo’tqasimon holatga keltiriladi. Ratsiondan shakar va
shakrsaqlovchi mahsulotlar cheklanadi. Bunda to’g’ri ovqatlanish ritmi katta
aharniyatga ega. Bemorlarga har 3-4 soatda,
oz-oz miqdordan ovqatlanish
tavsiya etiladi.
Ovqat mahsulotlarini energetik qiymati bemorning fiziologik holatiga mos
bo’lishi kereak.
Do'stlaringiz bilan baham: