Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

III
 
- penetratsiyaning tugallanish va qo’shni a’zoga (kichik charvi, 
me’da osti bezi, jigar, ko’ndalangchambar ichak yoki uning ichak tutqichi, 
diafragma, taloqqa) kirishi. 
Penetratsiyaning o’ziga xos simptomlari og’riqning kuchayishi, uning 
doimiyligi, bel sohasiga, kurakka, bo’yinga (penetratsiya ro’y bergan a’zoga 
ko’ra) tarqalishi, qattiq, tungi og’riqlar, konservativ davolashning foydasi 
yo’qligi yoki kam naf berishidan iborat. Umumiy o’t yo’liga penetratsiya 
bo’lishi mumkin, u o’t pufagiga kamdan-kam kiradi. Bu holda biliodigestiv 
oqma yara hosil bo’ladi. 
Me’da osti beziga penetratsiya orqaga o’rab oladigan og’riq bilan o’tadi, 
me’da osti bezi boshchasiga penetratsiya bo’lganda sariqlik paydo bo’lishi 
mumkin, me’da yarasi bez tanasiga teshilganda og’riq, kurakka, yurakka 
tarqaladi. 
Kovak a’zoga penetratsiya oqma hosil bo’lishi bilan tugallanishi 
mumkin, yo’g’on ichakka penetratsiya bo’lganda axlatda ovqat, axlat 
aralashgan, axlat hidi keladigan qusish bilan o’tadi. 
Penetratsiyali yaralarda, ayniqsa oqma paydo bo’lganda jarrohlik 
amaliyotlari qiyinchilik bilan kechadi. 
 
Piloroduodenal stenoz
Uning sababi ko’pincha o’n ikki barmoqli ichak yoki pilorik bo’limi, 
yoki pilorik kanalidagi yarada periultseroz infiltrat, shish, spazm va 
chandiqdanish bo’lishidir. Yarali anamnez odatda davomliligi, biroq, yoshi 
ulg’aygan va keksa odamlarda kasallik paydo bo’lgan vaqtdan boshlab 1-3 oy 
ichida stenoz rivojlangan hollar ma’lum. 
Evakuatsiyaning buzilish darajasiga ko’ra stenozning 3 asosiy bosqichi 
farq qilinadi. 
Kompensatsiyalangan stenoz biror belgilarsiz o’tadi: ovqatning toraygan 
uchastka orqali qiyinlik bilan o’tishi me’daning kuchaygan peristaltikasi bilan 
qoplanadi, ya’ni kompensatsiyalanadi. Klinik jihatdan yara kasalligining 
odatdagi simptomlari fonida me’daning to’lib ketish sezgisi, epigastriyda, 
ayniqsa ko’p ovqat eyilgandan keyin og’irlik paydo bo’ladi. Nordon kekirish, 
ba’zan me’da suyuqligi aralash nordon hidli qayt qilish engillik beradi. 
Rentgenologik tekshiruvda me’da o’lcharni normal, biroq gipermotorika, 
bariyning o’rtacha tutilib qolishi aniqlanadi. 
Subkompensatsiyalangan stenoz me’dada to’liqlik hissi palag’sa bo’lgan 
tuxum hidi keladigan yoqimsiz kekirish, sanchiqsimon og’riq, qorin 
quldirashi bilan o’tadi. Qusish ko’prok bo’ladi, bemorlar o’zlarini qusishga 


majbur etadilar, u engillik beradi. Qusuq massasida undan oldin yoyilgan 
ovqat qoldiqlari bo’ladi. Bemorlarning ahvoli yomonlashadi, holsizlanish, 
ozib ketish, suv-elektrolit balansi buzilishlari ifodalangan. Ob’ektiv 
tekshirishda epigastriyda «chayqalish shovqini» qayd qilinadi. Rentgenologik 
nahorga me’dada suyuqlik, uning peristaltikasi sustlashgan, toraygan 
piloduodenal kanal orqali sekinlashgan evakuatsiya qayd qilinib, bariy 6-12 
soatgacha tutilib qoladi. 24 soat o’tgach me’dada bariy bo’lmaydi. 
Dekompensatsiyalangan stenoz me’dada suyuqlik evakuatsiyasining 
keskin buzilishi, umumiy holatning yomonlashishi bilan o’tadi. Me’dada 
suyuqlikning turib qolishi me’daning cho’zilib ketishiga, dilatatsiyasiga olib 
keladi, me’dada bir necha litrgacha badbo’y suyuqlik to’planib qoladi, 
palag’sa bo’lgan tuxum hidi keladigan kekirish paydo bo’ladi. Atayin 
qo’zg’atilgan qusishdan keyin bemor ahvoli vaqtinchalik engillashadi, biroq 
tez-tez qayt qilish, ko’p mikdorda suyuqlik, xloridlar, kaliy ionlari yo’qotish 
degidratatsiyaga, qonning quyuklashuviga, xloridlar kamayishiga, alkaloz, 
diurez kamayib ketishiga olib keladi. 
Bemorlarning umumiy ahvoli yomonlashadi, ular ozib ketadi, teri 
qoplarnining elastikligi pasayadi, adinarniya bo’ladi. Qorin devorining 
turtkisimon chayqalishlarida «chayqalish shovqini», me’dada ko’zga 
ko’rinadigan qisqarish aniqlanadi. 
Rentgenologik tekshiruvda qabul qilingan kontrast aralashmasi pastga 
tushadi va me’da kosacha ko’rinishini oladi, bunda me’daning pastki qutbi 
taroqsimon chiziqdan 6-10 sm pastga tushadi, tekshirish vaqtida suyuqlik 
evakuatsiyasi bo’lmaydi, me’da peristaltikasi sekinlashadi yoki bo’lmaydi, 
me’dada bariy 24 soat va bundan ko’p vaqt tutilib qoladi. 
Dekompensatsiya bosqichida bemorda keskin suvsizlanish, kaxeksiya 
rivojlanishi mumkin, buyrakda qon oqimi pasayadi, diurez kamayadi, nordon 
mahsulotlar siydik bilan chiqarilmaydi, alkaloz atsidozga o’tadi, og’ir 
hollarda gastrogen tetaniya rivojlanadi (talvasa, trizm, «akusher qo’li» - 
Trusso simptomi). 
Bunday asoratlar operatsiyadan oldingi korrektsiyani qunt bilan 
o’tkazish, bemorlarni reanimatsion bo’limga yotqizishni taqozo etadi. 
Piloroduodenal 
stenozlarni 
operatsiya 
yo’li 
bilan 
davolash. 
Operatsiyaning maqsadi bir tomondan o’tkazuvchanlikni tiklash va ayni 
vaqtda yara kasalligini batamom tuzatib yuborish uchun shart-sharoitlar 
yaratishdan iborat. Hozirgi vaqtda piloroduodenal soha stenozlarini 
davolashning ko’p sonli usullaridan asosan 3 turi kullaniladi: 1 - radikal 
operatsiyalar - dekompensatsiyalangan stenozda me’daning 2/3 qismini 
rezektsiya 
qilish 
gastrodudenoanastomoz 
Bilrot-I 
(72-rasm) 
yoki 


gastroenteranastamoz Bilrot-II (73-rasm) usulida bajariladi (o’n ikki barmoqli 
ichakning stenozlovchi yarasi va me’da yarasining qo’shilib kelishi; 
duodenostaz bo’lganda ham), ikki tomonlama tutam vagotomiyasi bilan 
antrumektomiya (o’sha ko’rsatmalar bo’lganda va kislotalilikning yuqori 
raqamlarida) utkaziladi; II - palliativ operatsiyalar - me’dani drenajlashning 
har 
xil 
turlari 
(gastroenteroanastomoz, 
gastroduodenoanastomoz, 
piloroplastika). Biroq operatsiyalarning bu turlari alohida variantda, juda og’ir 
yotgan, holsizlangan va keksa bemorlardagina qo’llanilishi mumkin, chunki 
saqlanib qolgan kislota hosil qiladigan va sekretor funktsiyalar peptik yaralar 
paydo bo’lishiga olib keladi; III - a’zoni saqlab qoladigan operatsiyalar 
vagotomiyaning turli variantlari (tutam, selektiv, selektiv proksimal, 
vagotomiyaning boshqa har xil variantlari) bilan birga o’tkaziladigan me’dani 
drenajlovchi operatsiyalar. 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish