quritilgan oq non
buyuriladi;
b)
semizlik podagra kasalliklarida har 2 soatdan keyin kuniga 12001500 ml
qaynatib ilitilgan sut yoki ayni miqdorda qatiq (kefir)
ichiriladi;
2)
olmali parheznoma:
a)
ich ketish bilan kechayotgan surunkali qulanj yoki o'tkir qulanj dardida
kuniga 1250-1500 gr pishgan, po’chog’i va danaklaridan forig’ qilingan
olmani 5-6 martaga 250-300 gr dan tavsiya etiladi;
b)
surunkali poliartrit, xafaqon kasalligi, nefritlarda 2000 gr gacha bo'lgan
pishgan, 300 gr dan 5-6 mahalga mo’ljallab olma buyuriladi;
3)
shakarli (qandli) parheznoma: jigar, o’t yo’llari, surunkali ich ketish va
nefrit kasalliklarida 150-200 gr shakarni 5 mahalga taqsimlab, har 3 soatda 1
stakan qaynoq choyda eritilib beriladi;
4)
guruchli-meva qaynatmasi parheznomasi: xafaqon, jigar, buyraklar
dardlarida har 2,5-3 soatlardan kuniga 5 mahal 200 ml meva qaynatmasi va
ushbu tartibning 2 mahalida suvda pishirilgan shirin guruch bo'tqasi tavsiya
qilinadi; shunda kuniga 1200 gr yangi meva yoki 24 gr quritilgan meva, 50 gr
guruch, 120 gr shakar, 1500 ml meva qaynatmasi dasturxonga tortiladi;
5)
tarvuz parheznomasi: xafaqon, nefrit, ateroskleroz va jigar xastaliklarida
har 2,5-3 soatdan so’ng kuniga 5 mahal 1500 gr po’chog’idan archilgan
pishgan tarvuz beriladi;
6)
tvorogli
(churitmali)
parheznoma:
semizlik
va
ateroskleroz
kasalliklarida tavsiya qilinadi: kuniga 400-600 gr yog’liqligi 9 foizli yoki
yog’i olingan tvorog 4-5 mahalga taqsimlanib tanovul qilinadi; undan tashqari
bunday bemorlarga sutli shakarsiz 2 stakan kofe yoki shakarsiz kofe, 1-2
stakan na’matak qaynatmasi va 1-2 stakan yog’siz qatiq (kefir) buyuriladi;
kuniga hammasi bo’lib 1000 ml suyuqlik ichiladi;
7)
go’shtli-sabzavotli parheznoma; semizlik dardida tavsiya qilinadi;
kuniga 300 gr suvda pishirilgan go'sht va 600-800 gr turli sabzavotlar (karam,
sabzi, bodring) 6 mahalga bo’lib yediriladi; taomni tanovul qilish
mahallaridan 2 tasida 1 stakandan shakarsiz sutli kofe va 1-2 stakan na’matak
qaynatmasi ichiriladi;
8)
bargak parheznomasi: yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida buyuriladi;
kuniga 500
gr bargak ivitib, 5 mahalga 100 gr dan taqsimlanib tanovul
qilinadi;
9)
kartoshkali parheznoma: o’tkir va surunkali nefrit, qon aylanishining 2-
3 darajali yetishmovchiliklari dardlarida beriladi; kuniga 1500 gr tandirda
yopilgan yoki po’chog’i archilmagan kartoshkani 5 mahalga taqsimlab, tuzsiz
yeyiladi;
10)
sabzavotli, mevali va tar mevali parheznomalar: ateroskleroz, xafaqon,
jigar, buyrak, podagra, semizlik, uraturiya xastaliklarida qo'llaniladi; kuniga
1000-1500 gr yangi sabzavotlar va tar mevalar
yoki ular majmuasi tuz
qo’shilmay, o’simlik moyi bilan birga tanovul qilinadi; ayni maqsadda
bodring qoilanilsa, u holda har bir yeyish uchun 300-400 gr mahsulot olinadi;
11)
suvda ivitilgan turshak — qora olxo’rili parheznoma: yurak-qon tomir
va moddalar almashinuvi izdan chiqqan holatlarda va surunkali qulanjda
qo’llaniladi; mahsulotlar miqdori 400 gr bo’lib, turshak 200 gr va qora olxo'ri
200 gr.
Do'stlaringiz bilan baham: