Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi


a — suyuqliklarni ichirish;  b —



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

a —
suyuqliklarni ichirish; 
b —
bemorni ovqatlantirish; 
c
— qusish vaqtida 
bemorga yordam berish. 
Buning uchun bemorning kundalik taomnomasi tarkibi kerakli tarafga 
o’zgartiriladi va qabul qilingan mahsulotlar qiymatlari, uning tanasi 
ehtiyojlarini qoplash chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Qilinadigan hatti-
harakatlar bemorni davolovchi shifokor nazorati ostida parhez hamshirasi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
-rasm. Ahvoli og’ir bemorni ovqatlantirish. 
a —
qoshiqdan; 
b —
ichgichdan. 


Bemorlarni sun’iy ravishda ovqatlantirish
 
Sun’iy ovqatlantirish jarayoni, ya’ni amallari bemor tabiiy yo’l- og’iz 
orqali taomlami tanovul qila olmay qolgan holatlarda tavsiya qilinadi. 
Mohiyati jihatidan bemorlarni sun’iy ravishda ovqatlantirish jarayonini 
ikki usulda bajarish mumkin: 
1)
parenteral; 
2)
enteral. 
Parenteral ovqatlantirish usuli o’z navbatida ikki xil bo'lishi mumkin: 
1)
to’liq; 
2)
qisman. 
Bemorlami parenteral ovqatlantirish jarayonida ularga aminokislotalar 
aralashmalari, yog’lar emulsiyasi, eritma holiga keltirilgan vitaminlar va 
elektrolitlar hamda bemor hayoti uchun muhim bo’lgan boshqa moddalar 
kiritiladi. Odatda, parenteral ovqatlantirish jarayonini amalga oshirish 
maqsadida kerakli mahsulotlar qon tomirlariga yoki teri osti orqali beriladi. 
Amaliy jihatdan sun’iy ovqatlantirishning enteral turi, jumladan zond 
orqali ovqatlantirish katta ahamiyatga ega bo’ladi. 
Bemorlarni zond yordamida ovqatlantirish 3 xil bo'lishi mumkin: 
1)
og’iz orqali zondni me’da-ichakka kiritish; 
2)
burun teshigi orqali zondni bemor me’dasigacha o’tkazish; 
3)
transevyunal yoki transduodenal orqali zondni kiritish. 
Keltirilgan zond orqali ovqatlantirishning 3-xili, ko’pincha me’daning 
ma’lum qismini jarrohlik usulini qo'llanib, olib tashlanganda amalga 
oshiriladi. 
Sun’iy zond orqali bemorlarni ovqatlantirish parenteral turdagi 
ovqatlantirishga nisbatan aytarli darajada ratsional-ahamiyatli bo’lib, uning 
yordamida bemor tanasiga me’da-ichak kanaliga kerakli miqdorda zarur 
ozuqaviy moddalarni yuborish va tananing sarflagan quwatini qoplash 
imkonini beradi. 
Bemorlami zond orqali ovqatlantirish uchun ma’lum shart-sharoitlar 
boiishi taqozo qilinadi. Ularga quyidagilar kiradi: 
1)
me’da-ichak kanalida oMchami katta-kichikligidan qat’iy nazar xech 
qanday to'siq bo'lmasligi; 
2)
me’da-ichak kanalining faoliyatlari, jumladan ximusni o’tkazish, 
me’yor darajasida bo’lishi. 
Sun’iy ravishda bemorlarni enteral ovqatlantirish jarayoni quyidagi 
holatlarda tavsiya qilinadi: 
1)
og’iz, xalqum, hiqildoq shikastlanishlari; 


2)
og’iz, xalqum, xiqildoqda jarrohliq amallarining o'tkazilishi; 
3)
jag’larning sinib ketishi; 
4)
qizilo’ngachning shikastlanishlari; 
5)
qizilo'ngachda jarrohlik aralashuvlari bo’lganida; 
6)
qizilo’ngach va me’dada jarrohlik amallari bajarilib, ular orqali yo’l 
ochilganida; 
7)
ingichka ichakda teshik (svishch) paydo bo'lganida (mgichka ichak 
shikastlanganida yoki sun’iy teshik ochilganida-eyunotomiya); 
8)
ozuqaviy moddalarning sardori bo’lmish, oqsillar ko’p miqdorda 
yo’qotilganida (katta ko'lamdagi kuyishlar, og’ir darajadagi yiringli 
yalligianishlarda va h.k.) va anoreksiyada; 
9)
yurish refieksining izdan chiqishi (masalan, qoqshol kasalligida); 
10)
kalla suyagi, miyani og’ir darajada jarohatlanganida (miyaga qon 
quyilganida, botulizm kasalligida), uzoq muddatli hushdan ketish bilan 
kechadigan kasalliklarda jigar, buyraklar etishmovchiligida); 
11)
коша holatlarida (boshqa sabablar tufayli); 
12)
xalqum, qizilo’ngachlarning rak kasalliklari natijasida taom o’tkazish 
yo’llarining siqilib, berkilib qolishi; 
Yuqorida sanab o'tilgan holatlarda bemorlarni zond orqali sun’iy ravishda 
ovqatlantirish 4 usulda amalga oshirilishi mumkin: 
1)
odatdagi yoki o'lchamlari ingichka bo’lgan ichgichlar (poilniki) orqali; 
2)
bo’g’izdan (voronka) yordamida; 
3)
Jane shpritsi ishtirokida; 
4)
B.K.Kostur 
moslamasi 
jag’-yuz 
soxasi, xalqum, 
qizilo'ngach 
shikastlanganida) yordamida. 
Bemorlarni sun’iy ravishda ovqatlantirish paytida 3 xil naychalardan 
foydalanish mumkin: 
1)
rezinadan ishlanganlari; 
2)
plastmassadan tayyorlangan yumshoq naychalar; 
3)
silikon asosida yaratilganlari. 
Keltirilgan naychalar tashqi teshigining diametri 3-5 mm ga teng bo'lishi 
ko’zda tutiladi. 
Burun-me’da, burun-ichaklar orqali kiritilgan zondlarni bemor og’iz 
orqali qo'llanilgan zondga nisbatan uzoqroq muddat davomida qo'tara oladi. 
Bemor ichiga kiritiladigan zondni 3 mahalda qo’llash mumkin: 
1)
jarrohlik amallaridan oldin; 
2)
umumiy og'riqsizlantirish chog’ida; 
3)
jarrohlik amallari boshlanganida. 
Zondning kiruvchi distal uchi ichakning boshlanish joyigacha yoki 


anastomoz (ochilgan teshik) qilingan yerdan 20-30 sm pastroq, ya’ni nariroq 
bo'lishi kerak. 
Jarrohlik amallari bajarilmagan bemorlarda zondni kiritish amallari 
gastroduodenoskop orqali bajarilishi mumkin. 
Enteral turdagi sun’iy ovqatlantirish maqsadida uchida olivasi bo’lgan 
zondlar ishlab chiqarilib, uning yordamida zondni kiritish jarayonini va shu 
paytda bemor holatini nazorat qilsa bo’ladi. 
Bemorlarni sun’iy ravishda ovqatlantirish jarayonini osonlashtirish uchun 
a’zo bo'shlig'iga alohida naycha kiritiladi. Mazkur naycha doimiy yoki 
vaqtinchalik bo’lib, keyinchalik faqat bemorrn ovqatlantirish chog’ida a’zoga 
kiritiladi. Natijada bemor shikastlangan a’zosida doimo naycha olib yurishdan 
ozod etiladi. Ammo bunday holatlarda maxsus yopiluvchi mexanizmlarni 
ishlab chiqish talab qilinadi. 
Zondli sun’iy ravishda bemorlarni ovqatlantirish jarayonida duch kelgan 
taomlar yoki oziq-ovqatli mahsulotlardan foydalanmasdan, maxsus tanlab 
olingan aralashmalar-omixtalar ishlatiladi. Ular tarkibida etarli miqdorda 
oqsillar, yog'lar, karbonsuvlar, vitaminlari va ma’dan moddalari bo'ladi. 
Bemor tanasi uchun kerakli bo'lgan asosiy ozuqaviy moddalar miqdorini 
aniqlashni osonlashtirish maqsadida sanoat tomonidan ishlab chiqariladigan 
maxsus mahsulotlar-enpitlar qo'llaniladi,

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish