Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

Postgastrorezektsion sindromlar
Demping-sindrom paydo bo’lishida psixonevrologik o’zgarishlarga, 
vegetativ nerv sistemasi buzilishlariga katta aharniyat beriladi. 
Klinik jihatdan demping-sindrom bo’shashish, issiqlab ketish, sovuq ter 
chiqishi, bosh aylanishi, yurak urishi, taxikardiya, ko’krakda og’riq va qisilish 
sezgisi, hatto xushdan ketish holati bilan yuzaga chiqadi. Kasallik klinikasi va 
simptomlarining nechog’lik yuzaga chiqqanligi demping-sindromning og’ir- 
engilligiga va ovqat, xususan shirin, sutli ovqatlar eyish bilan bog’liq. 
Jarayon 
diagnostikasi 
anamnestik, 
klinik 
jihatdan 
qiyinchilik 
tug’dirmaydi. 
Rentgenologik 
tekshirishda 
konstrastning 
tezlashgan 
evakuatsiyasi qayd qilinadi. 
Demping-sindromni davolash parhezga rioya qilish, ratsiondan 
dempingga sabab bo’ladigan taomlarni chiqarishdan iborat, tez-tez muntazam 
ovqatlanish va imkon boricha dag’al ovqat: go’sht, baliq, sabzavot, tuzlangan 


karam kabilarni iste’mol qilish kerak. Konservativ davo yordam bermaganda 
va demping-sindromning og’ir hollarida operatsiya qilinadi. Bu duodenal 
passajni tiklashga qaratilgan asosan rekonstruktiv operatsiyalar hisoblanadi 
(Bilrot II va Bilrot I). 
Keltiruvchi qovuzloq sindromi - operatsiya texnikasidagi kamchilik, 
bitishma jarayoni yoki duodenal o’tkazuvchanlik buzilishlari rivojlanishi 
natijasi hisoblanadi. Patologiya aksariyat operatsiyadan keyin birinchi yiliyoq 
paydo bo’ladi. 
Klinik jihatdan kasallik ko’prok o’ng qovurg’a osti sohasida og’irlik va 
og’riq bilan o’tadi, vaqti-vaqtida o’t aralash yoki ovqat bilan o’t aralash qayt 
qilinadi, shundan so’ng bemor sezilarli engillik his qiladi. 
Ovqatni qaytarish, kekirish, jig’ildon qaynashi, to’sh orqasida og’riqlar 
bo’lishi ehtimol. 
Keltiruvchi qovuzloq sindromi patogenezi murakkab va ko’p qirrali: 1) 
keltiruvchi qovuzloqning gastroenteroanastomoz orqasida qisilishi; 2) 
keltiruvchi qovuzloq rotatsiyasi yoki buralib qolishi; 3) keltiruvchi 
qovuzloqning ichaklar orasidagi tutashgan joy invaginatsiyasi (kirib qolishi); 
4) keltiruvchi qovuzloq shilliq pardasining me’da-ichak anastomoziga 
tushishi; 5) uning bitishmalardan bosilishi; 6) o’smadan bosilishi, chandiqli 
torayishi; 7) texnik xatoliklar va boshqalar. 
Diagnostika ro’y-rost klinik manzara asosida o’tkaziladi. Rentgenolegik 
tekshiruvda kontrast moddaning keltiruvchi qovuzloqqa tushishi qayd 
qilinadi, biroq bu keltiruvchi qovuzloq sindromi manzarasi bo’lmagan 
bemorlarda ham ro’y berishi mumkin. 
Davolash demping-sindromdagi kabi konservativ, vitarninlar bilan 
davolash - oqsilli preparatlar, arninokislotalar yuboriladi, sanatoriy-kurortda 
davo qilinadi. Keltiruvchi qovuzloq sindromining og’ir darajasida, mexanik 
tusiqlar paydo bo’lganda yaxshi natija beradigan operatsiya usulini qo’llanish 
tavsiya etiladi. 
Anastomozning peptik yarasi asosan saqlanib qolgan me’da 
sekretsiyasida hosil bo’ladi. Kislotalilik juda oshgan bo’lsa, ular tez-tez 
uchrab turadi, past bo’lsa, kam uchraydi, axiliyada sira uchramaydi. Bu 
rezektsiyadan keyin yuz beradigan eng og’ir asorat va operatsiya qilingan 
bemorlarning 0,5-2,5 foizida odatda dastlabki 3 yil ichida va asosan 
erkaklarda uchraydi. Biroq, ayollarda, yoshi ulg’aygan va keksa yoshdagi 
kishilarda ham bo’lishi mumkin. 
Peptik yara joylashuvi har xil - keltiruvchi qovuzloqda ham, anastomoz 
sohasida ham bo’ladi, ko’pincha ichak tutqich, ko’ndalang chambar ichak, 
me’da osti bezi, ichakka penetratsiyalaydi. 


Peptik yaraning bosh simptomi qattik va azob beradigan og’riq 
hisoblanadi. U operatsiyadan oldingi og’riqdan kuchli. Og’riqsiz damlar 
tobora kamayib boradi, og’riq doimiy, orqaga, ko’krak qafasiga beriladi 
(irradiatsiya), jig’ildon qaynashi, qusish xarakterli. Bemor ozib ketadi, doimo 
grelka qo’llanilishi sababli epigastriy sohasida pigmentatsiya paydo bo’ladi. 
Operatsiyadan keyingi peptik yara bir qancha asoratlar - qon ketishi, 
perforatsiya, penetratsiya berishi, og’irlashgan hollarda hatto oqma yara 
rivojlanishi mumkin (tashqi yoki me’dachambar oqma yara). 
Anastomoz peptik yaralarini va asoratlarini davolashning asosiy usuli 
operatsiya hisoblanadi. 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish