Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

Jigar abstsesslari
Jigar abstsesslari keyingi yillarda ta’sir doirasi keng bo’lgan 
antibiotiklarning tibbiyotda faol qo’llanilishi oqibatida bir muncha kam 
uchraydigan kasallik bo’lib qoldi. Bugungi kunda bu kasallikni 
ko’paytiruvchi omillar: jadal kimyoviy muolaja, qandli diabetning 
asoratlanishi, o’zga a’zolarni ko’chirib o’tkazish va OITS sababli 
immunitetning pasayib ketishi xisoblanadi. Jigar abstsesslari yuqoriga 
ko’tariluvchi biliar infektsiya ta’sirida, infektsiyaning portal venoz sistema 
bo’ylab gematogen tarqalishi yoki sepsisda jigar arteriyasi orqali tarqalishi, 
infektsiyaning qorin bo’shlig’i a’zolarining yallig’lanish kasalliklarida 
to’g’ridan-to’g’ri tarqalishi, shuningdek jigarning jarohatlanishlari natijasida 
paydo bo’ladi. Ko’pchilik hollarda jigar abstsesslari o’t tosh kasalligida yoki 
jigardan tashqaridagi o’t yo’llari saratonining parchalanishida aksariyat og’ir 
kechuvchi yiringli xolangitning asorati sifatida rivojlanadi. Boshqa 
sabablaridan: destruktiv appenditsit, chambar ichak divertikuliti, nospetsifik 
yarali kolit, amyobali dizenteriyalar asorati bo’lgan sepsis yoki pileflebit 
hisoblanadi. 
Jigar abstsesslari yolg’iz holda bo’lishi mumkin, biroq aksariyat hollarda 
ko’p sonli abstsesslar uchraydi. Yakka abstsess ko’pincha o’ng bo’lakda 
joylashadi. Abstsesslarda bakteriologik tekshiruv natijasida bakterial flora 
taxminan 50% hollarda topadilar. Sepsisda aksariyat hollarda tillarang 
stafilokokk, gemolitik streptokokk aniqlanadi. Biliar abstsesslarida aksariyat 
ichak tayoqchasi yoki aralash florani aniqlaydilar. So’nggi yillarda anaerob 
floraga katta aharniyat berilmoqda. Uni bakteriyalarni maxsus muhitga 
ekkandagina topish mumkin bo’ladi. 
Jigar abstsessi harnisha ikkilamchi kasallik hisoblanib, kasallikning 
asosiy klinik belgilari zarnirida: tana haroratining gektik tabiatga ega bo’lishi, 


et junjikishi, qaltirash, haddan tashqari ko’p terlash, ko’ngil aynishi, ishtaha 
pasaishi kuzatiladi. Og’riq esa, bu xastalikda kechikkan simptom bo’lib 
hisoblanadi va aksariyat yirik yolg’iz abstsesslarda uchraydi. Bu holda 
ko’pincha jigar kattalashadi, paypaslanganda jigarda og’riq paydo bo’ladi va 
ba’zan teri qoplamlari va ko’z oqlig’ining (skleralar) sarg’ayishi kuzatiladi. 
Qon tahlilida - yuqori leykotsitoz, leykotsitar formulaning chapga siljishi, 
anemiyaga xos belgilar kuzatiladi. Qon ekmasida taxminan 30% hollarda 
kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalar topiladi. Aksariyat hollarda asosiy 
sababchi septik holat bo’ladi. 
Qorin bo’shlig’i a’zolari rentgenoskopiyasida diafragmaning o’ng 
gumbazini odatdan tashqari yuqoriga ko’tarilganligi va xarakatchanligining 
cheklanishi aniqlanadi. Plevral sinusda reaktiv tarzda suyuqlik yig’ilishi 
mumkin. Gaz hosil qiladigan flora abstsessga sabab bo’lsa, jigar soyasi 
tasvirida suyuqlik sathi aniqlanishi mumkin, ba’zan esa jigar chegaralarining 
deformatsiyasi aniqlanadi. 
Diagnostikasida jigarni ultratovush yordarnida tekshirish, kompyuter va 
rentgen tomografiyasi o’tkazish, zarurat bo’lganda esa angiografiya, jigarni 
radioizotop texnetsiy bilan skanerlash diagnozni aniqlashda yordam beradi. 
Antibiotiklar bilan davolash mikroflorani sezuvchanligiga muvofiq 
tarzda olib boriladi. Jigarda antibiotikning ko’proq kontsentratsiyasini 
vujudga keltirish uchun jigar arteriyasiga yoki obliteratsiyalangan kindik 
venasiga, u ajratilib buj yordarnida tiklangandan so’ng qo’yigan kateter orqali 
muolaja o’tkaziladi. Yakka holdagi katta yoki bir necha yirik abstsesslarni 
operatsiya usulida davolanadi, abstsess ochiladi va bo’shliq drenajlanadi. 
Ko’p sonli abstsesslarda, bo’shliqni rentgenoskopiya, komp’yuter 
tomografiya yoki ultratovush tekshiruvi nazorati ostida teri orqali drenajlash, 
davolashning kam invazivli va samarali usullaridan hisoblanadi. Jigar 
abstsessi asoratlariga sepsis, diafragma osti abstsessi, abstsessning qorin 
bo’shlig’iga yoki plevra bo’shlig’iga yorilishi, plevra empiemasi, yiringli 
perikardit, peritonitlar kiradi. 
Prognozi doimo jiddiy. Yakka yirik abstsesslarda o’z vaqtida 
drenajlanganda 90% gacha bemorlar sog’ayib ketadilar. Ko’p sonli abstsesslar 
va drenajlanmagan yakka abstsesslarda davolash ko’pchilik hollarda o’lim 
bilan yakunlanishi kuzatiladi. 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish